cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Bilimni baholash agentligi

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari 🌐 Manba: www.uzbmb.uz

إظهار المزيد
Uzbekistan114لم يتم تحديد اللغةالتعليم168
مشاركات الإعلانات
269 791
المشتركون
-92424 ساعات
-6 5817 أيام
-41 22130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
👍 13 11👎 5🔥 3 2🤔 1😴 1
⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
75,6 balldan kam ball toʻplagan abituriyentlar o‘qishga kirolmaydi ❌ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
👍 185🤬 117😢 25🗿 12💔 7😁 5👏 3🏆 3🙈 3🤩 1🐳 1
⚡️ OTMlarga qabul boshlanishiga 45 kun qoldi ▪️ Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat OTMlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi. ✅ Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin. ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
👍 79🏆 13 7😴 5🤷‍♂ 4❤‍🔥 2 1🤯 1
​​Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫 -Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir. -Millatning ertasi maktablardan boshlanadi. -Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi. -Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi. -Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak. -Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor. -Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak. -Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi. -Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas. -Oʻqituvchilik-bu kasb. Ustozlik esa baxtdir. -Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi. -Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman. -«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi. -Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi. -Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan. -Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak. -Ustoz yaqinmi, ota? -Ota. Agar u ustoz boʻlsa. -Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak. -Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman. -Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin. -Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq. -Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir. -Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak. -Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak. -Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi. -Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz. -Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi. -Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi. Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying! ↗️ ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...

👍 98💯 18🔥 9👏 7🌚 5🏆 3🤪 2🗿 2💘 2😎 2🤩 1
XALQARO va MILLIY darajadagi sertifikat olish endilikda juda oson! BIZ BILAN BIRGALIKDA TURK TILINI ÕRGANIB KARYERANGIZDA YUKSALING! 👩‍🎓MAGISTRATURAGA KIRMOQCHIMISIZ? 👩‍🔬DOKTARANTURA uchun ta'lim olmoqchimisiz ?🎓 👩‍💼Chet elda ham õqib ham GRAND yutmoqchimisiz?💰 UNDA BU IMKONIYAT SIZ UCHUN! Turk tili imkoniyatlar eshigi⚡️ Kurslarimizga yoziling va 3-5 oy ichida siz ham davlat sertifikatiga ega bõling! 🔹Turkcha oʻqish 🔹Yozish 🔹Tinglab tushunish 🔹Gapirish malakalaringiz shakllantiriladi! Hoziroq ro'yxatdan oʻting!🏃‍♀‍➡️ ☎️ Kursga yozilish uchun admin: @Menedjer_turkga murojaat qiling FAOLIYATIMIZ HAQIDA BATAFSIL BIZNI KUZATIB BORING: https://t.me/Turk_tilini_organamiz_turktili Telegram  | Instagram | Natijalar
إظهار الكل...
👍 24 4👎 3🤩 3😍 2💔 2🤷‍♂ 1 1🔥 1👏 1💊 1
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan biri boʻlgan MATEMATIKAdan 2 oylik onlayn kurs ochildi 🤩 ✅Birinchi dars BEPUL(🔗) 📃 Mavzular roʻyxati: https://t.me ❗️Uydan chiqmasdan majburiy fanlarga tayyorlaning! 💵Kurs narxi: 99ming soʻmdan boshlanadi ❗️Bu onlayn kurs barcha abituriyentlarga 100% kerak! 👩🏻‍💻Murojaat uchun: @alfadmin_2024 Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
👍 21🔥 3🤬 3 1 1👏 1💯 1🤝 1
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar! Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir. ✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi. ✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi. ✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir. ✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali. ✅Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan. ✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya. ✅Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi. ⚠️Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning. ❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi. Abituriyentlarga tarqating!↗️ ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
👍 87 7💯 7😎 3 2👏 2🏆 2 1🔥 1💔 1🤪 1
⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI! 📆 Bugun, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 5️⃣-onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆 Test vaqti: 27-aprel (10:00-23:00) 💻 Test tillari: O'zbek va Rus 💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart! Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
إظهار الكل...

👍 19🏆 9 6🥰 4💊 4🤪 3🤗 2 1 1
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing! Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz. 1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing. Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin. 2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering. 1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi. 3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling. Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz. 4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing. Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin. 5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning. Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi. 6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering. 7️⃣ Har bir savolga javob bering. DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi. Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing. ✅️@BahoIashUz
إظهار الكل...
👍 94 6🤔 6 4🏆 4🔥 3👏 3💯 2🤗 2😍 1💊 1