cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Koson tumani MMTB rasmiy kanali.

مشاركات الإعلانات
232
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+157 أيام
+1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Bor_mehrimiz_senga_bolajon 🔴 Bugun “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Respublika qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. ❕Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi. ➖ Ma'lumot o‘rnida: ushbu aksiya gemotologik kasalliklar bilan og‘rigan bolajonlarga beg‘araz yordam berish maqsadida tashkil etildi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
"BEG‘UBOR BOLALIK" MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI 🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Dream park” G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida “Beg‘ubor bolalik” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida: ➡️to‘garak a’zolarining ijodiy sahna ko'rinishlari, ➡️o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi, ➡️sportchi bolalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, ➡️estrada xonandalarining eng sara kuy qo'shiqlari, ➡️”Muzqaymoq party” bo’lib o’tdi. ✅Tadbir 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maxsus maktab internati va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Inklyuziv ta’lim to‘garak a’zolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o'tkazildi. ❗️Tadbirda 500 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi. ⚡️Tadbir davomida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garaklarini 216 soat davomida toʻgarak mashgʻulotlarini a’lo darajada tamomlagan to‘garak a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
إظهار الكل...
03:09
Video unavailableShow in Telegram
#Ustoz_shogird ➖ Ustoz va shogird joriy o‘quv yilida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritishdi. ❕Unda xususan: ➖ malaka toifasi uchun bo‘lgan attestatsiya sinovlari, ➖”Direktorlar kengashi” va menejerlik sertifikati, ➖”Turon” maktab teatri tanlovi, ➖ maktablarda joriy etilgan 2 xorijiy til va 1 ta kasb-hunar o‘rgatish amaliyoti kabi ijobiy o‘zgarishlar ta’kidlab o‘tildi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
00:32
Video unavailableShow in Telegram
#Эълон #Turon_teatri 📣 "Turon" maktab teatri tanlovining qizg'in pallasi tobora yaqinlashmoqda! Tanlovning Respublika bosqichi 3–6-iyun kunlari Buxoro viloyati bo'lib o'tadi! Unda hududlardan saralangan 14 ta jamoa g'oliblik uchun kuch sinashishadi. Ushbu bosqichda 1-o'rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 📍 Tanlovning taqdirlash marosimi tarixiy Poyi Kalon ansamblida bo’lib o’tadi. _________ TEATR - TARBIYA MASKANIDIR! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
#Taqdirlash_marosimi Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi ✅ Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi. ➖ 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi. ⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi. Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan: ➖ 10 nafar ishtirokchi — oltin medal; ➖ 19 nafar ishtirokchi — kumush medal; ➖ 26 nafar ishtirokchi — bronza medallari bilan taqdirlandi. ❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi. 👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
XORAZMDA “XAYR BOGʻCHA, SALOM MAKTAB!” TADBIRI YUKSAK KO‘TARINKILIK BILAN O‘TKAZILDI Xorazm viloyatida yuksak ko‘tarinkilik va zo‘r tayyorgarlik bilan tashkil etilgan “Xayr bog‘cha, salom maktab!” tadbiri bolajonlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi. Viloyat markazi – Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi viloyat musiqali va drama teatrida barcha shahar va tumanlardan tadbirga taklif etilgan bolajonlarni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov bayram munosabati bilan muborakbod etib, ularga ezgu tilaklar bildirdi. “Xayr bog‘cha, salom maktab!” tadbiriga taklif qilingan bolajonlar musiqali va drama teatri sahnasidagi betakror tomoshalar, quvnoq she’r-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va jo‘shqin lahzalar orqali bayram zavqini tuydilar. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
إظهار الكل...
Repost from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida pedagogik kadrlarning inklyuziv ta’lim sohasidagi xabardorligini oshirish, shuningdek, barcha bolalarning ta’lim resurslaridan teng bahramand bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida seminarlar o‘tkazildi. YUNISEF vakili inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga ota-onalar va jamoatchilikni jalb etish hamda ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhit yaratish masalalariga to‘xtaldi. Tadbirlarda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilari va tarbiyachilari, psixologlar, Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Inson» hududiy markazlari xodimlari, ota-onalar, mahalla vakillari ishtirok etdi. — В рамках проекта «Инклюзивное образование» в Ташкенте, Ташкентской, Сырдарьинской, Самаркандской и Джизакской областях прошли семинары с целью повышения осведомлённости педагогических кадров в области инклюзивного образования, а также создания условий для равного доступа к образовательным ресурсам для всех детей. Представитель ЮНИСЕФ осветил вопросы вовлечения родителей и общественности в поддержку инклюзивного образования и создание безбарьерной среды в образовательных учреждениях. В мероприятиях приняли участие руководители, преподаватели и воспитатели дошкольных и школьных образовательных организаций, психологи, сотрудники региональных центров Национального агентства социальной защиты «Инсон», родители и представители махаллей. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات