cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
7 321
المشتركون
-2324 ساعات
-1257 أيام
-66830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:31
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 📣📣📣 Diqqat, e’lon! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 4-,5-,6- iyul kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida har kuni 3 smenada kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✔️ 1-smenadagi talabgorlar ertalab soat 6:30 da kirishni boshlab, soat 8:00 dan soat 9:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 2-smenadagi  talabgorlar soat 11:00 dan kirishni boshlab, soat 12:00 dan soat 13:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 3-smenadagi talabgorlar soat 16:00 dan kirishni boshlab, soat 17:00 dan soat 18:30gacha test sinovlarini topshirishadi.
❗️Belgilangan smena uchun belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar kirish imtihonlariga qo‘yilmaydi. 📍Ixtisoslashgan maktablarda o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarning kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzil – Urganch shahar Yoshlik ko‘chasidagi Sport Manejiga  belgilangan soatlarda yetib kelishlari so‘raladi. Mo‘ljal: Urganch shahar, Avtoshox bekati ko‘chasi. Eslatib o‘tamiz, talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga SMS – xabarnoma orqali imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz https://ariza.piima.uz/application/cabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.
إظهار الكل...
9.04 MB
👍 1
DIQQAT, E'LON! MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI URGANCH TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda. Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 3-iyul kuni Urganch tumanidagi 43-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida soat 11:00 da boshlanadi. Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz. Manzil: Urganch tumani, Yuqori do‘rman qishlog‘i, Anjirchi mahallasi, Anjirchi ko‘chasi Murojaat uchun telefon: +99862 22 8 11 70
إظهار الكل...
👍 1
Xiva tuman hokimligida umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi Tadbir avvalida  tuman hokimi Sardor Palvanovning maktab bitiruvchilarga tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng  sektorlar rahbarlari ishtirokida umumta’lim maktablarini namunali hulqi va a’lo baholarga tamomlagan o‘quvchilarga oltin va  kumush medallar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. Joriy o‘quv yilida tumandagi 40 ta umumta’lim maktablari va 2 ta ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan maktab-internatini jami 2009 nafar o‘g‘il-qizlar muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga ilk qadamlarini qo‘ydilar. Shulardan 23 nafar maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
إظهار الكل...
👍 4
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasi o‘tkazildi "Shaxmat festivali" musobaqasining viloyat bosqichida 21 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi va 2 nafar tarbiyalanuvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan, Urganch shahar 30-son DMTT tayyorlov guruhi  tarbiyalanuvchisi Sultonhusain Babajanov hamda Shovot tumani 26-son DMTT tarbiyalanuvchisi Durdonaxon Maqdova faxrli o‘rinni egallab boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. G'olib ishtirokchilar 4-iyul kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan "Shaxmat festivali" musobaqasining respublika bosqichida ishtirok qiladilar.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Barkamol_avlod_bolalari 📍NAVBATDAGI MANZIL — XORAZM VILOYATI! 📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda. 📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili XORAZM VILOYATI! ⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos); ✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik); ✅“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka); ✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik); ✅“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft); ✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika); ✅“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili). ⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi! 🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#islohotlar_raqamlarda ✅ 2024-yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etildi. Jumladan: Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 44 ta (Nukus shahar - 6 ta, Nukus tumani - 1 ta, Amudaryo - 6 ta, Beruniy - 5 ta, Kegayli - 2 ta, Qonlikoʻl - 2 ta, Qoraoʻzak - 1 ta, Qoʻngʻirot - 5 ta, Taxtakoʻpir - 3 ta, Toʻrtkul - 2 ta, Xoʻjayli - 3 ta, Chimboy - 1 ta, Shumanay - 2 ta, Ellikqalʼa - 5 ta);Andijon viloyatida — 78 ta (Andijon shahar – 4 ta, Andijon tumani – 6 ta, Asaka – 5 ta, Baliqchi – 3 ta, Buloqboshi – 4 ta, Boʻston – 1 ta, Jalaquduq – 2 ta, Izboskan – 12 ta, Marhamat – 9 ta, Oltinkoʻl – 11 ta, Paxtaobod - 5 ta, Xoʻjaobod – 3 ta, Shahrixon – 6 ta, Qoʻrgʻontepa – 7 ta); ➖ Buxoro viloyatida — 31 ta (Buxoro tumani - 4 ta, Olot - 2 ta, Vobkent - 4 ta, Gʻijduvon - 8 ta, Jondor - 3 ta, Qorakoʻl - 4 ta, Peshku - 2 ta, Romitan - 4 ta); Jizzax viloyatida — 76 ta (Jizzax shahar - 1 ta, Arnasoy - 1 ta, Baxmal - 14 ta, Gʻallaorol - 14 ta, Sharof Rashidov - 12 ta, Zomin - 9 ta, Zarbdor - 9 ta, Zafarobod - 6 ta, Mirzachoʻl - 2 ta, Paxtakor - 2 ta, Yangiobod - 2 ta, Forish - 4 ta);Qashqadaryo viloyatida — 21 ta (Qarshi shahar - 3 ta, Shahrisabz shahar - 1 ta, Dehqonobod - 1 ta, Yakkabogʻ - 2 ta, Nishon - 1 ta, Koson - 3 ta, Muborak - 1 ta, Koʻkdala - 3 ta, Mirishkor - 1 ta, Gʻuzor - 2 ta, Kitob - 3 ta);Navoiy viloyatida — 37 ta (Navoiy shahar - 10 ta, Zarafshon shahar - 1 ta, Karmana - 3 ta, Konimex - 2 ta, Qiziltepa - 9 ta, Navbahor - 2 ta, Nurota - 4 ta, Xatirchi - 6 ta);Namangan viloyatida — 206 ta (Namangan shahar – 2 ta, Namangan tumani – 12 ta, Davlatobod – 2 ta, Yangi Namangan – 7 ta, Mingbuloq – 4, Kosonsoy – 13 ta, Norin – 13 ta, Pop – 11 ta, Toʻraqoʻrgʻon – 36 ta, Uychi – 35 ta, Uchqoʻrgʻon – 11 ta, Chortoq – 11 ta, Chust – 23 ta, Yangiqoʻrgʻon – 26 ta);Samarqand viloyatida — 141 ta (Samarqand shahar - 31 ta, Samarqand tumani – 8 ta, Kattaqoʻrgʻon tumani – 2 ta, Oqdaryo – 6 ta, Bulungʻur – 5 ta, Jomboy - 12 ta, Ishtixon - 19 ta, Qoʻshrаbot – 5 ta, Narpay - 1ta, Nurobod - 2 ta, Payariq - 14 ta, Pastdargʻom - 13 ta, Paxtachi – 8 ta, Toyloq – 6 ta, Urgut – 9 ta);Sirdaryo viloyatida — 63 ta (Guliston shahar - 6 ta, Guliston tumani - 10 ta, Yangiyer shahar - 2 ta, Boyovut - 9 ta, Mirzaobod - 11 ta, Oqoltin - 4 ta, Sardoba - 6 ta, Sayxunobod - 6 ta, Sirdaryo - 3 ta, Xovos - 6 ta);Surxondaryo viloyatida — 115 ta (Termiz shahar – 10 ta, Termiz tumani - 3 ta, Angor - 5 ta, Bandixon - 2 ta, Boysun - 6 ta, Denov - 21 ta, Jarqoʻrgʻon - 7 ta, Muzrabot - 3 ta, Oltinsoy - 2 ta, Sariosiyo - 11 ta, Uzun - 6 ta, Sherobod - 11 ta, Shoʻrchi - 8 ta, Qiziriq - 5 ta, Qumqoʻrgʻon - 15 ta);Toshkent viloyatida — 132 ta (Angren shahar – 13 ta, Bekobod shahar – 2 ta, Olmaliq shahar – 2 ta, Nurafshon shahar – 3 ta, Chirchiq shahar – 1 ta, Yangiyoʻl shahar – 2 ta, Bekobod tumani – 18 ta, Ohangaron tumani – 4 ta, Toshkent tumani – 13 ta, Yangiyoʻl tumani – 6 ta, Boʻka – 4 ta, Boʻstonliq – 4 ta, Zangiota – 4 ta, Oqqoʻrgʻon – 7 ta, Qibray – 4 ta, Quyi Chirchiq – 5 ta, Parkent – 18 ta, Piskent – 3 ta, Oʻrta Chirchiq – 10 ta, Chinoz – 8 ta, Yuqori Chirchiq – 1 ta); Fargʻona viloyatida — 189 ta (Fargʻona shahar - 4 ta, Qoʻqon shahar – 21 ta, Margʻilon shahar - 14 ta, Fargʻona tumani - 9 ta, Oʻzbekiston tumani - 11 ta, Bоgʻdod - 4 ta, Beshariq - 24 ta, Buvayda - 1 ta, Dangʻara – 11 ta, Yozyovon - 4 ta, Oltiariq - 10 ta, Qoʻshtepa - 10 ta, Rishton - 14 ta, Soʻx - 2 ta, Toshloq - 26 ta, Uchkoʻprik - 7 ta, Furqat - 7 ta, Quva - 10 ta);Xorazm viloyatida — 22 ta (Urganch shahar - 1 ta, Xiva shahar - 1 ta, Urganch tumani - 2 ta, Bogʻot - 4 ta, Qoʻshkoʻpir - 2 ta, Hazorasp - 9 ta, Xonqa - 2 ta, Shovot - 1 ta). Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 2
Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024 yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Platformaga: — tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari; — 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
إظهار الكل...
03:12
Video unavailableShow in Telegram
Видеоинструкция электронного табеля для директоров школ ✅ Начиная с 2024-2025 учебного года, оценки успеваемости учащихся будут переведены в электронную форму. В данной видеоинструкции представлен процесс формирования и загрузки электронного оценочного табеля ответственными лицами школы через систему электронного дневника (emaktab.uz). Для получения дополнительной информации: 📞+998 (78) 888-82-82 📤 @ eMaktabuz_bot Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
РУС_табели.mp46.98 MB
👍 1
02:01
Video unavailableShow in Telegram
📣 Elektron tabel yo‘riqnomasi ⚡️ MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN ✅ 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholar tabeli elektron shaklga o‘tkaziladi. 📹 Mazkur videoyo‘riqnomada elektron kundalik (emaktab.uz) tizimi orqali maktab mas’ullari tomonidan elektron baholar tabelini shakllantirish va yuklab olish jarayoni ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 📞+998 (78) 888-82-82 📤@eMaktabuz_bot Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
УЗ_табели.mp46.69 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.