IMA Uzun tuman Ixtisoslashtirilgan maktab
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ijodiy_madaniy_masalalar_bo'yicha_targ'ibot kanali Admin: @Uzun_IMbot Instagram: https://instagram.com/uzun_tumani_ptma__rasmiy?igshid=YmMyMTA2M2Y= Facebook: https://www.facebook.com/uzuntim?mibextid=ZbWKwL Telegram: https://t.me/uzun_im @Uzun_pima_bot
إظهار المزيد1 228
المشتركون
-724 ساعات
-267 أيام
-11530 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+9
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ "Fan olimpiadalarida erilishilgan yutuqlar va yurtimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mas‘ullari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Fan olimpiadalari markazi direktori Toʻraboy Shermatov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shomansur Sagdullayev va OAV xodimlari qatnashdi.➖ Tadbir avvalida o‘quvchilarimiz tomonidan erishilayotgan natijalar va O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilayotgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi. 🔰 Shundan so‘ng jurnalistlar tomonidan berilgan: ➖O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, ➖o‘quvchilarimiz tomonidan yo‘nalishlar va yillar kesimida erishilayotgan natijalar, ➖terma jamoalarni tayyorlovchi trenerlarni shakllantirish va olimpiada g‘oliblari bilan kelgusida ham ishlash kabi yo‘nalishlarda barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. ⏰ Eslatib o‘tamiz, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi 10-19-IYUL kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda 96 ta mamlakat ishtirok etishi kutilmoqda. 🌐 PRESS-RELIZ O‘ZBEK TILIDA 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Tbilisi shahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
—
В резиденции Президента Грузии – дворце Орбелиани в городе Тбилиси прошла торжественная церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в Тбилиси. В международном аэропорту имени Шоты Руставели главу нашего государства встретили заместитель Премьер-министра, министр иностранных дел Грузии Мака Бочоришвили и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+5
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
“YOSHLAR KUNI”
“KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH KUNI” 📚✨
🇺🇿 Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi “Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni” tadbirida “Kitob sovg‘a” aksiyasi – rahbarlar ishtirokida yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish hamda ularga shaxsiy izoh bilan kitoblar taqdim etildi, “Ochiq kutubxona kuni” – maktab kutubxonasida kitob burchaklari tashkil etib, yoshlar erkin mutolaaga jalb qilindi, “Kitob almashish” yarmarkasi – o‘quvchilar va yoshlar o‘rtasida kitob almashish jarayonlari tashkil etildi. Yozuvchi va shoirlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar – yoshlar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. Onlayn va oflayn “Kitob klublari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda kitob muhokamalari bo'lib o'tdi. “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring 👇
Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi. Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi”,– dedi davlatimiz rahbari. Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!”– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda. Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor. Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir! Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,– dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi. Facebook|Instagram|X
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 7-, 8-, 9- va 10-sinflar uchun kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlariga joylashtirildi!
🎓 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz sayti orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#30_iyun_Yoshlar_kuni
💐 30-iyun – Yoshlar kuni muborak!
Aziz yoshlar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
🇺🇿Bugungi Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi — bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va yuksak marralarni ko‘zlagan yosh avloddir. Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bugun o‘zining yorqin natijalarini bermoqda.
🎓 Joriy o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 34 nafar bitiruvchisi dunyoning TOP-300 talik oliy ta’lim muassasalariga 100 foizlik grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov dunyoda 1-o‘rinda turuvchi MIT universitetiga, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova esa Garvard universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi. Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro SAT imtihonida maksimal 1600 ball natijani qayd etdi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Botirjon Xolmatov esa University College London (UCL) universitetining 180 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.🇺🇿 Shuningdek, Prezidentimizning joriy yilgi qarorlari bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari ham yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir. ✅ Bu yutuqlar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning bilim va salohiyati, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning ishonchi samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Aziz yoshlar!
Kelajakka ishonch bilan intiling, bilim olishdan hech qachon to‘xtamang, yurt ravnaqi yo‘lida dadil qadam tashlang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi yutug‘idir.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+7
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🚀 “DOLZARB 90 KUN” IMKONIYATLAR MAVSUMI! ⚡️
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo'lga qo'yildi. 📚✨
🎯 Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning ta'til davrini samarali va qiziqarli o'tkazish, ularni kitobxonlikka 📚, sportga 🏃♂️ hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga keng qamrab olishdan iborat.📖 O'quvchilar maktab kutubxonasiga, kimyo 🧪, biologiya 🌿, matematika 🔢, ingliz tili 🇬🇧 fan to'garaklariga va sport to'garaklariga jalb qilindi. Bizni kuzatib boring 👇 Telegram | Instagram | Facebook
+7
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🚀 “DOLZARB 90 KUN” IMKONIYATLAR MAVSUMI!
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo'lga qo'yildi. 📚
📖 O'quvchilar maktab kutubxonasiga, kimyo, biologiya, matematika, ingliz tili fan to'garaklariga va sport to'garaklariga jalb qilindi.
🎯 Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning ta'til davrini samarali va qiziqarli o'tkazish, ularni kitobxonlikka, sportga hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga keng qamrab olishdan iborat.
Bizni kuzatib boring 👇
Telegram | Instagram | Facebook
+4
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2026-YIL 11-IYUNDAGI O‘RQ-1151-SON QONUNI
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1151-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati pedagog xodimlarga yetkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
📖 Targ'ibot tashviqot ishlari davomida mazkur qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda qonunchilikka kiritilgan yangi o'zgartirishlarning mazmuni batafsil tushuntirildi.Bizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Jasorat maktablari, 5-sinf;
🖱️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, 9-sinf;
🖱️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur, 10-sinfga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Mazkur ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
#Imtihon_2026
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
🖌 Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+8
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
“DOLZARB 90 KUN” IMKONIYATLAR MAVSUMI! 🌟
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo'lga qo'yildi.
O'quvchilar: matematika 🧮, kimyo 🧪, biologiya 🌿, ingliz tili 🇬🇧 fan to'garaklariga va sport to'garaklariga ⚽️ jalb qilindi.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning ta'til davrini samarali va qiziqarli o'tkazish , ularni kitobxonlikka 📚, sportga hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga keng qamrab olishdan iborat.Bizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning:
🖱️ 6-sinfiga (aniq fanlar yo‘nalishi);
🖱️ 7-sinfiga (tabiiy fanlar yo‘nalishi);
🖱️ 8-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari);
🖱️ 10-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari) kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Ixtisoslashtirilgan maktablar, 7-sinf (Aniq fanlar yo‘nalishi);
🖱️ Ixtisoslashtirilgan maktablar, 9-sinf (Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari);
🖱️ Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Mazkur ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
