IMA Uzun tuman Ixtisoslashtirilgan maktab
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ijodiy_madaniy_masalalar_bo'yicha_targ'ibot kanali Admin: @Uzun_IMbot Instagram: https://instagram.com/uzun_tumani_ptma__rasmiy?igshid=YmMyMTA2M2Y= Facebook: https://www.facebook.com/uzuntim?mibextid=ZbWKwL Telegram: https://t.me/uzun_im @Uzun_pima_bot
Ko'proq ko'rsatish1 183
Obunachilar
-924 soatlar
-197 kunlar
-5330 kunlar
Postlar arxiv
📢 DIQQAT, E'LON!
Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida nomzodlarning:
✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari;
✅ pedagogik mahorati;
✅ muloqot madaniyati;
✅ psixologik tayyorgarligi;
✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi.
Baholash tartibi:
✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat;
✅ maksimal ball — 100;
✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
#sayyor_qabul
#Sirdaryo_viloyati
Agentlik sayyor qabuli: har bir murojaat – e’tibor markazida!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari Xasan Shakirov ishtirokida Guliston shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida 30 dan ortiq fuqaro o‘z murojaat, taklif va fikrlarini bevosita Agentlik rahbariyatiga yetkazdi.
Murojaatlar asosan o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish, ta’lim sifati hamda boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.✅ Shuningdek, xizmat safari davomida Sirdaryo viloyatida yangi o‘quv yilida faoliyat boshlaydigan Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi, shuningdek, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda yangi 2026/2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🎓 Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🖌 Imtihonlar jadvali:
➡️ 4-sinf — 31-iyul, soat 09:30 da
➡️ 3-sinf — 1-avgust, soat 09:30 da
➡️ 2-sinf — 2-avgust, soat 09:30 da
2-, 3- va 4-sinflarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalarning yuborilishi boshlandi.
Ruxsatnomani shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring:
🟢 talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
🟢 imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
🟢 imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
⚠️ Muhim eslatmalar:
🟢 Tashkil etilayotgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi. 🟢 Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi. 🟢 Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayoniga kiritilmaydi.🟢 Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi!
✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi.
🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.
🟢 Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢 2026-yil 3–4-avgust
🟢 2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#BizningPrezident
🇺🇿 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi shakllandi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengayishi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi, "Renessans" oromgohi hamda zamonaviy ta’lim loyihalari ana shu islohotlarning yorqin amaliy ifodasidir.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi davlatimiz rahbarining yuksak ishonchi va doimiy e’tibori tufayli yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat olib bormoqda. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan yoshlarimiz hamda zamonaviy ta’lim muhitida kamol topayotgan iste’dodlar Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin samarasidir.
Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti, iqtidorli yoshlar kamoli yo‘lida boshlab bergan ezgu islohotlaringiz izchil davom etib, ulkan natijalar bersin!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA!
Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi?
🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi.
✅ Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat.
Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi.
Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan.✅ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
#BizningPrezident
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
➡️ Rasmiy sahifalar
#imtihon_natijalari_2026
🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095
🖱️ https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
✅ 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari joriy yilning 23–24-iyul kunlari quyidagi tartibda tashkil etiladi.
🖌 23-iyul kuni soat 08:00 da Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 57-uy, "Respublika kelajak markazi" binosida o‘tkaziladi.
🖌 24-iyul kuni esa ingliz tili bo‘yicha 2-bosqich kirish imtihoni Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan maktabning rasmiy veb-saytida e'lon qilingan "Qabul imtihoni spetsifikatsiyasi" asosida 3 smenada Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83/A-uyda tashkil etiladi.
Nomzodlarning imtihonga kelish vaqtlari:
🖱️ 07:00 — 1-guruh
🖱️ 10:30 — 2-guruh
🖱️ 14:00 — 3-guruh
🖌 Aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.
🔴 Muhim eslatma: IELTS sertifikati Overall 7.0, Writing 6.0 va undan yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ushbu fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bu haqdagi ma'lumot nomzodlarning shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.
🔴 Barcha nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda!
🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095
🖱️ https://ariza.piima.uz
✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan:
🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi.
✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi:
🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴DIQQAT! TANLOVNING 2-BOSQICHI – TEST JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar uchun pedagog xodimlar tanlovining 2-bosqichi – test sinovlari davom etmoqda.
Test jarayonlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat'iy rioya etilgan holda tashkil etilmoqda.
👨💻 Nomzodlar test sinovlarida o'z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
➡️ Eslatib o'tamiz, yangi tartibga ko'ra tanlov jarayonlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1️⃣ Hujjatlarni saralash;
2️⃣ Test sinovi;
3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun);
4️⃣ Suhbat bosqichi.
➡️ Mazkur tanlovlarning asosiy maqsadi — ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga bilimli, salohiyatli va zamonaviy yondashuvga ega rahbar hamda pedagog kadrlarni adolatli va shaffof tanlov asosida saralashdir.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
📝 Test savollarining tuzilishi
➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi.
➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi.
➡️ Savollar nomzodning:
o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari;
mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi.
⏱ Test uchun ajratilgan vaqt
➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa.
➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa.
📊 Baholash mezonlari
➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi.
➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball.
➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball.
🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi?
Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar
Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi:
➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish;
➡️ texnik vositalardan foydalanish;
➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish;
➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish.
Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from IMA Uzun tuman Ixtisoslashtirilgan maktab
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🔴 DIQQAT, E’LON!
RAHBAR XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA!
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi tanlovi e'lon qiladi!
📖 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Saralash bosqichi
2️⃣ Suhbat bosqichi
Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
⚡️Kasbiy va rahbarlik salohiyati
⚡️Ota-onalar va qizlar bilan ishlashi
⚡️Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalari
Suhbatda sizning:
💥Strategik fikringiz
💥Innovatsiyangiz
💥Amaliy ko‘nikma va liderligingiz sinovdan o‘tadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!💼 Agar siz: ✨O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz ✨Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: vacancy.piima.uz platformasi orqali. Tel:+998333194343 Bizni kuzatib boring 👇 Telegram | Instagram |
#Imtihon_2026
🔴 DIQQAT, E’LON!
🖌 2-BOSQICHDA ISHTIROK ETADIGAN NOMZODLAR DIQQATIGA!
🎓 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2026–2027-o‘quv yili uchun Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan 2-bosqich kirish imtihoni joriy yilning 23-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Kirish imtihonlari “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta'lim tashkiloti hamda “Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi” tomonidan tashkil etiladi.✅ 23-iyul kuni soat 08:00 da Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon uchun ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz. Ruxsatnomada imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil, nomzodlarning ID raqamlari va boshqa imtihonga oid maʼlumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan 1,5 soat oldin Mirzo Ulug'bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 57-uy, “Respublika kelajak markazi" binosiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma nusxasi bilan yetib kelishlari so‘raladi. Imtihon hududiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari har qanday buyumni olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Imtihonni boshqa kunda topshirish, qayta topshirish yoki qo‘shimcha imkoniyat berish nazarda tutilmagan.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖱️ Test sinovlari:
🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil
🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda
🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi.
Hurmatli nomzodlar!
Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
