ar
Feedback
Yosh kitobxon roʻyxati – 2026

Yosh kitobxon roʻyxati – 2026

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ushbu kanalda „Yosh kitobxon“ tanlovi roʻyxatidagi va boshqa asarlarning elektron (PDF, APK formatda) va audio shakllari joylab boriladi Savollar va kanal haqida mulohazalar uchun manzil: @Historian1111

إظهار المزيد
1 251
المشتركون
+624 ساعات
+57 أيام
-2030 أيام
أرشيف المشاركات
+7
4. Rasul Hamzatov. Ona tili.pptx5.78 KB

#adib_tavalludi 🇷🇺Rasul Hamzatov (1923–2003) – sovet va avar shoiri, yozuvchi, tarjimon, publitsist, jamoat va davlat arbob
#adib_tavalludi 🇷🇺Rasul Hamzatov (1923–2003) – sovet va avar shoiri, yozuvchi, tarjimon, publitsist, jamoat va davlat arbobi. 🇷🇺1923-yil 8-sentabrda Dogʻistonning Xunzax tumani Sada ovulida avar oilasida tugʻilgan. 📚Asarlari: Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat (1943, ilk sheʼriy toʻplami); „Bizning togʻlar“ (1947); „Mening yurtim“ (1948); „Togʻlik oʻlkasi“; „Tugʻilgan yilim“ (1950); „Katta ogʻa shaʼniga“ (1952); „Dogʻiston bahori“ (1955); „Qalbim mening togʻlarda“ (1959); „Yuksak yulduzlar“ (1962); „Bitiklar“ (1963); „Yulduz yulduz bilan soʻzlashar“ (1964); „Yillar ortidan yillar“ (1968); „Oʻchoq boshida“ (1969); „Chegara“ (1972); „Muhabbatnoma“ (1974); „Soʻnggi narx“ (1976). 🎖️Eʼtirofi: Dogʻiston xalq shoiri (1959), Sotsialistik Mehnat qahramoni (1974), 3-darajali Stalin (1952), Lenin (1963) va Maksim Gorkiy (1980) nomidagi davlat mukofotlari, Dogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2003). ⚰️2003-yil 3-noyabrda Moskvada vafot etgan. Tarkidagi musulmon qabristoniga dafn etilgan. @yosh_kitobxon_kitoblari

#iqtibos Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib
#iqtibos Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi ham bilmay qoladi. Abdulla QahhorTelegram 🌐Instagram 🌐Veb-saytFacebook

#iqtibos Qimorning qarzi nomusdir... ©Yuy Xua. „Yashamoq“ @yosh_kitobxon_kitoblari
#iqtibos Qimorning qarzi nomusdir... ©Yuy Xua. „Yashamoq“ @yosh_kitobxon_kitoblari

Faqat kuchli asargina yashashga va oʻqishga arziydi, qolgani miya fikrlashini yo toraytiradi, yo oʻrtamiyona mahsulotga oʻrgatib qoʻyadi, xolos... @yosh_kitobxon_kitoblari

*** Қон ва Сиёҳ Қон: —пақ этди, отилди ўқ. ҳақ, деган ул ўғлоннинг тешилган кўкрагидан бўй чўздим гул мисоли. Сиёҳ: —пақ этди
*** Қон ва Сиёҳ Қон: —пақ этди, отилди ўқ. ҳақ, деган ул ўғлоннинг тешилган кўкрагидан бўй чўздим гул мисоли. Сиёҳ: —пақ этди, отилди ўқ. зирҳланган қўналғада қондан қўрққан қўлни ва кўрдим қоғоз висолин. Қон: —авлодим, эгилмагин, бошингни тик тут, дея жондан кечган ўғлоннинг исён тўла кўксидан Ватан дея тўкилдим. Сиёҳ: —келажакка солдим из: “Бош эгмади исёнчи, Хоин эди, отилди”. Йиллар ўтиб авлодинг Бошин эгиб ўқийди. Қон: —Ватан дея тўкилдим. Сиёҳ: —хоин дея ўқилгай. https://t.me/NajmiddinTURON

Kanal admini oʻzi kim deb qiziqsangiz shu yerda kimligim yozilgan. Mabodo kerak boʻlib qolsa dedimda😌

#asar_haqida_mulohazalar Dunyo adabiyoti Kafkagacha va Kafkadan keyingi davrga boʻlinadi degan gap yuradi. Bu bejiz aytilmaga
#asar_haqida_mulohazalar Dunyo adabiyoti Kafkagacha va Kafkadan keyingi davrga boʻlinadi degan gap yuradi. Bu bejiz aytilmagan. Kafka oʻz asarlarida insonning hukmron tuzum oldidagi ojiz-u notavonligi, nafsning inson erkidan ustunlikka erishishni, qadr-qimmat masalasini bot boʻyicha olib chiqqani uchun uni modernizm (aslida kuchli realizm) ning boshlovchisi deyish mumkin. Kafkaning „Jazo koloniyasida“ (nemischa: In der Strafkolonie, 1919) hikoyasi uning eng keskin, ramziy va falsafiy asarlaridan biridir. Asarda jazolash, hokimiyat, adolat, inson qadr-qimmati va eski tartibning yemirilishi masalalari ko‘tariladi. Insoniyat yaralibdiki, oʻzi yaratgan maʼbud, tuzum yoki vositalarga eʼtiqod darajasida ishongan yoki ularni qadrlagan. Qadimgi Misrda firʼavnning iloh darajasiga chiqishi yoki yunon mifologiyasi bunga misoldir. Kafka insonning oʻzi yaratgan narsalar oldida ojiz ekanligini zamonaviy tushunchaga koʻchiradi. Voqealar nomi aytilmagan jazo koloniyasida kechadi. Asosiy qahramon — Sayyoh (Tadqiqotchi) koloniyaga tashrif buyuradi. Uni Ofitser kutib oladi va koloniyada ishlatiladigan g‘ayrioddiy jazolash mashinasini namoyish etadi. Mashina mahbusning jinoyatini uning tanasiga yozib borish orqali jazolaydi. Ofitser bu tizimni mutlaq adolatning namunasi deb hisoblaydi. Asarda nisbiy tushuncha boʻlgan adolat masalasi ham koʻtariladiki, bunda quyidagicha savol qoʻyish mumkin: „Adolat mezonlarini kim belgilaydi, hokimiyat o‘zini adolat deb eʼlon qilsa, bu haqiqatan ham adolatdan bo‘ladimi?“. Hikoya qahramoni Ofitser oʻzi yaratgan jazo mashinasiga shu darajada eʼtiqod qoʻyadiki, unga apparatning tozaligi inson hayotidan ham azizroq. Ammo eng dahshatli jihati shundaki, koloniyadagi mahkum o‘zining nima uchun jazolanayotganini ham bilmaydi. Demak, bu yerda jazo adolatni tiklash vositasi emas, balki hokimiyatni saqlab turish vositasidir. Kafka oʻquvchini oz boʻlsa-da oʻzi yashab turgan davr va uning mohiyati haqida oʻylashga majbur etadi. Nafaqat majbur qiladi, balki fikrlarni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Kafka uchun eng qo‘rqinchli narsa qonunsizlik emas, balki adolat nomidan ishlaydigan, ammo inson hayotini izdan chiqaradigan hukmron tizimdir. @yosh_kitobxon_kitoblari

#iqtibos Rassom asarini bo‘yoqlardan, bastakor tovushlardan yaratadi. Rassomga ranglarni aniq ko‘radigan ko‘z, bastakorga tov
#iqtibos Rassom asarini bo‘yoqlardan, bastakor tovushlardan yaratadi. Rassomga ranglarni aniq ko‘radigan ko‘z, bastakorga tovushlarni tiniq eshitadigan quloq kerak. Yozuvchiga-chi? Unga har ikkovi ham nihoyatda zarur. Said Ahmad 📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook

#iqtibos Hayotda doimo o‘zing erisha olmagan biron narsaga shaydo bo‘lib yashash kerak. Inson yuksaklikka intilgan sari yanad
#iqtibos Hayotda doimo o‘zing erisha olmagan biron narsaga shaydo bo‘lib yashash kerak. Inson yuksaklikka intilgan sari yanada barkamollashadi. Maksim Gorkiy 📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook

📜 #tarixiy_iqtibos
“Bilimsizlik aslida butparastlikdir. Chunki u fikr paydo qilmaydi, balki yukinadigan sanamlar yasaydi.”
— Molik ibn Nabiy
“O‘qimaydigan ummat vaqtidan oldin o‘ladi.”
— Molik ibn Nabiy ✅Fikrlashamiz

#iqtibos Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir. Viktor Gyugo 📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
#iqtibos Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir. Viktor Gyugo 📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook

Yanayam qulayroq....
+2
Yanayam qulayroq....

photo content
+9

Repost from The Stranger
Yozuvchisining oʻziyam qaytib ochib koʻrmaydigan barcha kitoblarni oʻqib chiqqan marketing qurboni sevgilisiga qarab: Men doʻzaxdan qoʻrqmayman, jonim, Doʻzaxdaman allaqachonlar...

Eshitdingizmi? Mandat chiqdi! Mutolaa ilovasini yuklab oling
+6
Eshitdingizmi? Mandat chiqdi! Mutolaa ilovasini yuklab oling

+1
Ernest_Setonning_"Yovvoyi_yo'rg'a"_hikoyasini_o'rganish.doc4.21 MB