Yosh kitobxon roʻyxati – 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanalda „Yosh kitobxon“ tanlovi roʻyxatidagi va boshqa asarlarning elektron (PDF, APK formatda) va audio shakllari joylab boriladi Savollar va kanal haqida mulohazalar uchun manzil: @Historian1111
نمایش بیشتر1 250
مشترکین
+224 ساعت
+97 روز
-2430 روز
آرشیو پست ها
* * *
Jangda o’lgan emas biror bahodir,
bari halok bo’lgan xiyonatlardan,
toshday uxlaganda to’shlarin ochib
yo zahar qo’shilgan ziyofatlardan.
Biror asotirda bahodirlarni
hattoki yuz boshli ajdar yemagan,
ming bir sinoatli yalmog’izlar ham
tog’larni o’ynagan devlar yengmagan.
Bari halok bo’lgan xiyonatlardan,
bariga orqadan sanchilgan xanjar.
Shunday bo’lib kelgan azal-u azal
Mana shu jafokash, ko’hna Vatanda.
Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig’idan,
qayta tirilganday bo’lardi nogoh
har bir bolakayning qorachig’ida.
Ishongil, hech qachon seni aldamas
sofdil elatlarning asotirlari,
birorta bahodir o’lganmas jangda,
qo’rqoqlar o’ldirgan bahodirlarni
© Shavkat Rahmon
@yosh_kitobxon_kitoblari
TURKIYLAR
Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig’lar suroni,
urhoga o’rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil Xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobur yigitlar,
sajdaga bosh qo’ydi yovga ters qarab,
g’ullarni kemirib yig’ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi…
qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib,
«Bizga tik qarama», — buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zeb-u zabari,
«Ters qarab o’ling», — deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o’zlarin qarg’ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari.
«Tug’ingiz, — dedi yov, — teskari qarab»,
yovlarga ters qarab tug’ildi bari.
Tug’ildi,
tug’ildi,
tug’ildi qullar,
qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda
do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to’ng’iz kallasin ko’rdim.
Bu holda buvaklar bo’g’ilib o’lar,
qul Bilol ezilib yig’lar falakda…
O’zlarin yondirar borliqdan to’ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.
Mo’minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo’yib jallod toshiga.
O’grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar,
bormi er qizlar,
bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar,
bormi bul tufroqda o’zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.
Bor bo’lsa,
alarga yetkarib qo’ying,
bir boshga bir o’lim demagan ermas,
shahidlar o’lmaydi,
bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
© Shavkat Rahmon
@yosh_kitobxon_kitoblari
#shoir_tavalludi
🇺🇿Shavkat Rahmon (1950–1996) – taniqli oʻzbek shoiri va tarjimoni.
🇰🇬1950-yil 12-sentabrda Qirgʻiziston respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida dunyoga kelgan.
🇺🇿Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar.
📝Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, oʻz sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan oʻtadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muxammad Doʻst, Sobit Madaliyev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi.
🖌1978-yilda „Rangin lavhalar“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi.
📚Shundan soʻng, „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1983), „Gullayotgan tosh“ (1984), „Uygʻoq togʻlar“ (1986), „Hulvo“ (1988) kabi qator sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi.
🇪🇸Ispan shoiri Federiko Garsia Lorkaning sheʼrlarini ispan va rus tillarida oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
🎖Mukofotlari: „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni (1996).
⚰️1996-yil 2-oktyabrda uzoq davom etgan ogʻir kasallikdan soʻng vafot etgan.
📝Muhammad Yusuf uning xotirasiga bagʻishlab „Lolaqizgʻaloq“ sheʼrini yozgan (1996).
📚Vafotidan soʻng „Abadiyat oralab“, „Zulfiqor ruh“ sheʼriy kitoblari nashr etilgan.
@yosh_kitobxon_kitoblari
#adib_tavalludi
🇺🇸O. Genri (asl ismi: Uilyam Sidni Porter; 1862–1910) – amerikalik yozuvchi, qisqa hikoyalar ustasi.
🇺🇸1862-yil 11-sentabrda Shimoliy Karolina shtatidagi Grinsboro shahrida tugʻilgan.
💊Amakisi qoʻlida dorixonada ishlagan. 1879-yilda dorixonachi litsenziyasini olgan.
🇭🇳Gondurasda oʻzining mashhur „Qirollar va karam“ satirik qissasini yozgan. Asarida qishloq xoʻjaligiga asoslangan va beqaror tropik mamlakatni ifodalash uchun „banan respublikasi“ atamasini ishlatgan.
⛓️1898–1901-yillarda qamoqda boʻlgan. Qamoqxonada ilk bor „O.Genri“ taxallusi ostida hikoyalar yozgan.
📚1904—1910-yillarda 9 novellalar toʻplami („Yonayotgan sham“, „Gʻarb qalbi“, „Yoqimtoy oʻgʻri“ va boshqalar), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan.
⚰️1910-yil 5-iyunda Nyu-Yorkda vafot etgan.
🇺🇿Gʻ.Gʻulom („Mening oʻgʻrigina bolam“), A.Qahhor („Anor“) va boshqalar oʻzbek hikoyachiligini O.Genri ijodining ilgʻor tomonlari bilan boyitdilar.
@yosh_kitobxon_kitoblari
#Podkast
🎤“Nega buyuk davlatlar boy? Chunki o‘qituvchisi boy”
🌐 Turkum: Ta'lim
😎 Dastur: Tanaffus podkast
Germaniyada o‘qituvchilikGermaniya ta’lim tizimi, bu mamlakatda o‘qituvchilar maqomi, oylik maoshi haqida ko‘p bora eshitganmiz. Lekin aynan Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan pedagogning o‘zidan bu haqda eshitmaganingiz aniq. "Tanaffus" podkastining yangi sonida bir necha yillar O‘zbekistonda o‘qituvchilik qilgan, keyinchalik Germaniyaga ketib, ayni damda o‘qituvchilik qilayotgan Behruz Bozorov bilan eksklyuziv suhbat uyushtirildi. Podkast davomida Behruz Bozorov o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Germaniyaga ketish imkoniyati, bu mamlakatda o‘qituvchilik kasbining qadrlanishi, oylik maoshi va imtiyozlari haqida gapirib berdi. ️😎@audiokitoblar_uz
#adib_tavalludi
🇷🇺Rasul Hamzatov (1923–2003) – sovet va avar shoiri, yozuvchi, tarjimon, publitsist, jamoat va davlat arbobi.
🇷🇺1923-yil 8-sentabrda Dogʻistonning Xunzax tumani Sada ovulida avar oilasida tugʻilgan.
📚Asarlari:
Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat (1943, ilk sheʼriy toʻplami);
„Bizning togʻlar“ (1947);
„Mening yurtim“ (1948);
„Togʻlik oʻlkasi“;
„Tugʻilgan yilim“ (1950);
„Katta ogʻa shaʼniga“ (1952);
„Dogʻiston bahori“ (1955);
„Qalbim mening togʻlarda“ (1959);
„Yuksak yulduzlar“ (1962); „Bitiklar“ (1963);
„Yulduz yulduz bilan soʻzlashar“ (1964);
„Yillar ortidan yillar“ (1968); „Oʻchoq boshida“ (1969); „Chegara“ (1972); „Muhabbatnoma“ (1974);
„Soʻnggi narx“ (1976).
🎖️Eʼtirofi:
Dogʻiston xalq shoiri (1959),
Sotsialistik Mehnat qahramoni (1974),
3-darajali Stalin (1952), Lenin (1963) va Maksim Gorkiy (1980) nomidagi davlat mukofotlari,
Dogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2003).
⚰️2003-yil 3-noyabrda Moskvada vafot etgan. Tarkidagi musulmon qabristoniga dafn etilgan.
@yosh_kitobxon_kitoblari
#iqtibos
Qimorning qarzi nomusdir...
©Yuy Xua. „Yashamoq“
@yosh_kitobxon_kitoblari
Faqat kuchli asargina yashashga va oʻqishga arziydi, qolgani miya fikrlashini yo toraytiradi, yo oʻrtamiyona mahsulotga oʻrgatib qoʻyadi, xolos...
@yosh_kitobxon_kitoblari
***
Қон ва Сиёҳ
Қон:
—пақ этди, отилди ўқ.
ҳақ, деган ул ўғлоннинг
тешилган кўкрагидан
бўй чўздим гул мисоли.
Сиёҳ:
—пақ этди, отилди ўқ.
зирҳланган қўналғада
қондан қўрққан қўлни ва
кўрдим қоғоз висолин.
Қон:
—авлодим, эгилмагин,
бошингни тик тут, дея
жондан кечган ўғлоннинг
исён тўла кўксидан
Ватан дея тўкилдим.
Сиёҳ:
—келажакка солдим из:
“Бош эгмади исёнчи,
Хоин эди, отилди”.
Йиллар ўтиб авлодинг
Бошин эгиб ўқийди.
Қон:
—Ватан дея тўкилдим.
Сиёҳ:
—хоин дея ўқилгай.
https://t.me/NajmiddinTURON
Kanal admini oʻzi kim deb qiziqsangiz shu yerda kimligim yozilgan. Mabodo kerak boʻlib qolsa dedimda😌
Repost from Oʻzbekiston Yetakchi Yoshlari Ensiklopediyasi
"Vaqt behuda sarflanishni yoqtirmaydi."Azamat Fayzullayev Abdullo oʻgʻli YETAKCHILAR.UZ enskilopediyasiga kirish uchun quyidagi havolani bosish orqali ariza qoldiring! Yetakchilar.uz | Instagram | @uzyye_rasmiy
#asar_haqida_mulohazalar
Dunyo adabiyoti Kafkagacha va Kafkadan keyingi davrga boʻlinadi degan gap yuradi. Bu bejiz aytilmagan. Kafka oʻz asarlarida insonning hukmron tuzum oldidagi ojiz-u notavonligi, nafsning inson erkidan ustunlikka erishishni, qadr-qimmat masalasini bot boʻyicha olib chiqqani uchun uni modernizm (aslida kuchli realizm) ning boshlovchisi deyish mumkin.
Kafkaning „Jazo koloniyasida“ (nemischa: In der Strafkolonie, 1919) hikoyasi uning eng keskin, ramziy va falsafiy asarlaridan biridir. Asarda jazolash, hokimiyat, adolat, inson qadr-qimmati va eski tartibning yemirilishi masalalari ko‘tariladi. Insoniyat yaralibdiki, oʻzi yaratgan maʼbud, tuzum yoki vositalarga eʼtiqod darajasida ishongan yoki ularni qadrlagan. Qadimgi Misrda firʼavnning iloh darajasiga chiqishi yoki yunon mifologiyasi bunga misoldir.
Kafka insonning oʻzi yaratgan narsalar oldida ojiz ekanligini zamonaviy tushunchaga koʻchiradi. Voqealar nomi aytilmagan jazo koloniyasida kechadi. Asosiy qahramon — Sayyoh (Tadqiqotchi) koloniyaga tashrif buyuradi. Uni Ofitser kutib oladi va koloniyada ishlatiladigan g‘ayrioddiy jazolash mashinasini namoyish etadi. Mashina mahbusning jinoyatini uning tanasiga yozib borish orqali jazolaydi. Ofitser bu tizimni mutlaq adolatning namunasi deb hisoblaydi. Asarda nisbiy tushuncha boʻlgan adolat masalasi ham koʻtariladiki, bunda quyidagicha savol qoʻyish mumkin: „Adolat mezonlarini kim belgilaydi, hokimiyat o‘zini adolat deb eʼlon qilsa, bu haqiqatan ham adolatdan bo‘ladimi?“. Hikoya qahramoni Ofitser oʻzi yaratgan jazo mashinasiga shu darajada eʼtiqod qoʻyadiki, unga apparatning tozaligi inson hayotidan ham azizroq. Ammo eng dahshatli jihati shundaki, koloniyadagi mahkum o‘zining nima uchun jazolanayotganini ham bilmaydi.
Demak, bu yerda jazo adolatni tiklash vositasi emas, balki hokimiyatni saqlab turish vositasidir.
Kafka oʻquvchini oz boʻlsa-da oʻzi yashab turgan davr va uning mohiyati haqida oʻylashga majbur etadi. Nafaqat majbur qiladi, balki fikrlarni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Kafka uchun eng qo‘rqinchli narsa qonunsizlik emas, balki adolat nomidan ishlaydigan, ammo inson hayotini izdan chiqaradigan hukmron tizimdir.
@yosh_kitobxon_kitoblari
