Elektron kitoblar
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling. Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139 📩 @kitobxonrobot
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Elektron kitoblar
تُعد قناة Elektron kitoblar (@kitoblar_pdf) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 17 772 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 010 في فئة الكتب والمرتبة 4 487 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 17 772 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 03 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -262، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -9، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 12.23%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 4.28% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 2 175 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 760 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 8.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.
Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139
📩 @kitobxonrobot”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 04 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الكتب.
جاري تحميل البيانات...
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 04 سبتمبر | +4 | |||
| 03 سبتمبر | +5 | |||
| 02 سبتمبر | +2 | |||
| 01 سبتمبر | +1 |
| 2 | #maktubot
«Assalomu alaykum!
Men Sizni esladim.
Balki gunoh ish qilgandirman, lekin o‘z enamdek bo‘lib qolgan mehribon qo‘shnimizning ko‘nglidan o‘tolmay, maktubingizni oldim. Javob yozaymi-yozmaymi deb, bir haftani o‘tkazdim. Axir bu maktubning ortida inson ko‘ngli turibdi-ku, deb o‘yladim so‘ng. Allohning o‘zi kechirsin!
O‘sha kuni olamning rangi boshqacha edi debsiz va bu go‘zallikning ijodkorini xato aytibsiz. Hamma narsaga qodir faqat Allohdir. Alloh taolo beadad va betimsol husn sohibidir. Ul zoti mukarram o‘zining beadad jamolining beadaddan bir ulushini biz bandalariga ham ato etmish. Bizlar bundan iftixor qilmog‘imiz va Yaratganga shukronalar aytmog‘imiz lozim. Biz barchamiz go‘zalmiz.
Hozirgi aytadigan gapimni nokamtarlikka yo‘ymagaysiz. Illo uning ma’nosini keyinroq tushungaysiz, inshoolloh.
Siz Farhod bo‘lolmassiz, men esa Shirin. Siz Otabek emassiz, lekin men Kumushlikka qodirman. Siz Anvar emassiz, ammo men Ra’no bo‘la olaman.
Men ham zaminiyman, emas osmonliq,
Vale shakkari sho‘r, biling, osonliq.
Namozlaringizda duo qilib turing. Ilohi, gunohlarimizni avf etsin!
Iltimosim — endi xat yozmang. Allohning o‘zi bir yo‘lga boshlagay.
Mumtozmahal.»
✍️Nabi JALOLIDDINning
«Ayo ishq» hikoyasidan
📚 @kitoblar_pdf | 638 |
| 3 | 🔥 MAFIA ELITE UZ 🇺🇿 🔥
🕵️♂️ Aql, strategiya va yolg‘onlar jangi boshlanadi!
🎭 Mafia o‘yinida:
👨⚕️ Doktor
🔎 Komissar
🔫 Mafia
👥 Tinch aholi
va boshqa qiziqarli rollar sizni kutmoqda!
⚡ O‘zingizni eng kuchli detektiv yoki ayyor mafiozi sifatida sinab ko‘ring!
🎮 O‘yinga qo‘shiling — yangi tanishlar, qiziqarli suhbatlar va maroqli o‘yinlar!
👇 Guruhga qo‘shiling:
https://t.me/+IO_2OQZ0riRjYjEy
🔥 MAFIA ELITE UZ — o‘yin boshlanadi! 🇺🇿 | 363 |
| 4 | ✍️ Abu Homid G'azzoliy
📖 "Mukoshafat-ul qulub" (Qalblar kashfiyoti)
Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom" unvoni bilan ulugʻlanib kelayotgan Imom Abu Homid Gʻazzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha eʼtiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani bilan ajralib turadi. Eʼtiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan yoʻgʻrilgan bu sifatlar, shubhasiz, oʻquvchilarni xam insonning dunyoga kelishidagi ilohiy xikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur oʻylashga undaydi.
📚 @kitoblar_pdf | 1 834 |
| 5 | Wildberries bilan maktab qahramoni boʻling
Wildberries — onlayn xarid ilovasi, unda dars va tanaffuslar uchun kerakli barcha mahsulotlar bor, bir kundan boshlab yetkazamiz. Qahramonlarni maktabga tayyorlang: maktab formasi va ustki kiyimlar Wildberries’da kutmoqda.
Sotib olish
#reklama 16+
wildberries.uz | 1 188 |
| 6 | ✍️ Shukrullo
📖 "Kafansiz ko'milganlar"
Boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo‘rliklarini eslash insonni yana bir karra og‘ir azobga ro‘baro‘ qiladi. Uni yozish esa... Qatag‘onlik davri tasviri, undan ham og‘iri o‘zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so‘zsizlik...
Ushbu asar Shukrulloning avtobiografik qissasi bo‘lib, o‘quvchiga qatag‘on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
Shukrullo ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg‘a etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir.
📚 @kitoblar_pdf | 1 720 |
| 7 | ✍️ Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov
📖 "Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori"
XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq shoiri, yirik jamoat arbobi Muxtor Shoxonovning samimiy suhbatlaridan tashkil topgan ushbu kitob insoniyatga boʻlgan cheksiz ishonch va mehr-muhabbat mahsulidir. Nega men bu kitobni hamma oʻqishi kerak, deb hisoblayman bilasizmi? Chunki bu kitob sizni, meni oʻrab turgan atrofdagi barcha narsa haqida, nafaqat atrofdagi, balki, qalbimizdagi, ongimizdagi barcha narsalar haqidadir. Bu kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin rostdan ham bilim va tassavvur doirangiz ancha oshganini, dunyoqarashingiz ancha yuksalganini his qilasiz.
📚 @kitoblar_pdf | 1 984 |
| 8 | Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026
Sting xarid qiling, chekdagi QR-kodni orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 poygasiga yo‘llanma o‘yinida ishtirok eting!⚡
Batafsil
#reklama 16+
qr.stingpromo.com | 918 |
| 9 | YANA SHE’RIMGA
(Sonet)
She’rim! Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.
Sen orada ko’prik bo’lding-da,
Geyne bilan o’rtoq tutindim.
Lermontovdan ko’mak o’tindim.
Butun umrim sening bo’yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!
— Usmon Nosir
📚 @kitoblar_pdf | 1 953 |
| 10 | #audiokitoblar
💎Yangi audio kitoblar
📖Ahmad Lutfiy Qozonchi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu)
📖Ahmad Muhammad Tursun. Siz qanday yashamoqchisiz?
📖Akrom Malik. Ramazon kundaligi
📖Artur Konan Doyl. Yoʻqolgan dunyo
📖Baxt tuhfalari
📖Bodo Shefer. G‘oliblar qonuni
📖Imom G‘azzoliy. Qirq qudsiy hadis
📖Kaykovus. Qobusnoma
📖Lev Tolstoy. Iqrornoma
📖Lev Tolstoy. Oilaviy baxt
📖Mehmet Yildiz. Izlash
📖Mirkarim Osim. Zulmat ichra nur
📖Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
📖Mustafo Najotiy Bursali. Hazrati Uvays Qaraniy
📖Nurali Qobul. Buyuk Turon Amiri yoxud aql va qilich
📖Nuriddin hoji Xoliqnazarov. Tasadduq, yo Rasululloh
📖Ravshanbek Xonniyoz. O'tmishdan kelgan boylik sirlari
📖Robin Sharma. Muvaffaqiyatga erishishning 200 siri
📖Robert Kiyosaki. Boy ota, kambag‘al ota
📖Payg‘ambarlar tarixi
📖Said Ahmad. Qorako‘z majnun
📖Songul Unsal. Kaktuslar ham gullaydi
📖Stefan Sveyg. Noma’lum ayol maktubi
📖Tohir Malik. Alvido bolalik
📖Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar
📖Tog'ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi
📖Uilyam Shekspir. Qirol Lir
📖Uilyam Shekspir. Venetsiyalik savdogar
📖Valeriy Sinelnikov. Niyatning kuchi
📖Xolid Husayniy. Ming quyosh shu'lasi
📖Xudoyberdi To‘xtaboyev. Mungli ko‘zlar
📖Xudoyberdi To‘xtaboyev. Sariq devni minib
📖Ziyovuddin Rahim. Istig'forning 40 hosiyati
📖Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi
📖O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari
📖G'iyosiddin Habibulloh. Ramazon sog‘inchi
📖Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim
📖Chingiz Aytmatov. Bo‘tako‘z
📖Chingiz Aytmatov. Jamila
📖Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim
📖Shayx Ali Tantoviy. Ey, qizim
📖Shukrullo. Kafansiz ko‘milganlar
⏲Endi audio kitoblar bir qadam | 1 565 |
| 11 | #Nazmiy
📜
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Endi menga baribir kelsang, kelmasang.
Qo‘lingdan kelsa gar osmonni tashla,
Endi menga baribir sevsa, sevmasang!
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Xo‘p, telba ko‘nglimga cho‘pchaklar aytdim.
Aldashni o‘rgandim yurakni boplab,
Daryoga oborib suqormay qaytdim.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Tili bo‘lsa aytsin shu to‘rt devorning.
Endi men sira ham yig‘lamay qo‘ydim,
Qo‘limga olmayman qaytib ishq tornini.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Axir ne orttirdim kuyib-kuyinib.
Yashayman endi men bir odam bo‘lib,
Qornim to‘q, ustim but, shunga suyiniib.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim,
Ko‘ksimga bir mushtlab oxir unuttim.
Endi sen kimsan-u nedir muhabbat,
Bu o‘t peshonamni qismatga tutdim.
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim...
✍️ Farida Afruz
📚 @kitoblar_pdf | 1 441 |
| 12 | #Savodxonlik
Probel
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅
5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
“ Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz ” ❌
“Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz” ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌
100% gacha ✅
(*Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅
©️xatoliklar
📚 @kitoblar_pdf | 1 560 |
| 13 | Mikroqarz — 30 kungacha 0%, ilovani yuklab oling
Istalgan maqsadlar uchun 100 mlngacha. 30 kungacha 0%, AVO bank ilovasida oling
Oʻrnatish
#reklama 16+
avo.uz | 955 |
| 14 | ✍️ Ziyovuddin Rahim
📖"Qur'on - qalblar shifosi"
Alloh taoloning Kalomi Qur’oni karim insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, qalbini poklaydi, odobini sayqallaydi, ikki dunyo saodatiga yo‘llaydi. Ushbu “Qur’on – qalblar shifosi” kitobida Qur’on o‘qish, eshitish, tadabbur qilish fazilatlari bayon etilgan, Qur’onni qalbga jo aylash, Kalomullohni yaxshi ko‘rish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Qur’on xatm qilish muddati, Kalomullohni yodlash usullari, qiroat odoblari, suralar fazilati haqida ham to‘xtalib o‘tilgan, ulug‘larning Qur’onga cheksiz muhabbati, yuksak hurmat-ehtiromi haqida ibratli rivoyatlar keltirilgan.
Mazkur asarda Qur’on qalbga shifo ekani, ma’naviy kasalliklar Qur’on bilan davolanishi alohida ta’kidlangan, ruhiy komilikka, ko‘ngil xotirjamligiga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ushbu kitob Allohning Kalomiga e’tiboringiz kuchayishiga, muhabbatingiz ortishiga, qalbingiz illatlardan tozalanib, imoningiz mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi, deb umid qilamiz.
📚 @kitoblar_pdf | 2 206 |
| 15 | 📚 Ingliz tilini o‘rganish endi yanada qiziqarli!
Ezabon — ingliz tilini o‘rganish, mashq qilish va o‘z rivojlanishingizni kuzatib borish uchun yaratilgan zamonaviy platforma. 🚀
Platformada siz:
📖 Grammar Guide — ingliz tili grammatikasini tushunarli tarzda o‘rganing.
📚 Essential Words — kundalik va muhim inglizcha so‘zlarni o‘rganing.
🔤 Irregular Verbs — eng muhim noto‘g‘ri fe’llarni shakllari va misollar bilan mashq qiling.
💬 Common Phrases — ingliz tilida ko‘p ishlatiladigan iboralarni o‘rganing.
📝 Quiz & Practice — o‘rgangan bilimlaringizni interaktiv testlar orqali mustahkamlang.
📊 Personal Statistics — o‘z natijalaringiz va faolligingizni kuzatib boring.
📈 Progress Tracking — ingliz tilini o‘rganishdagi rivojlanishingizni kuzating.
🏆 Leaderboard — boshqa o‘rganuvchilar bilan raqobatlashing va reytingda yuqorilang.
👨🏫 Tutors — ingliz tili tutorlarini ko‘rib chiqing va ularning profillari, tajribasi, sertifikatlari hamda tanishtiruv videolari bilan tanishing. Va yoki o'zingiz tutor bo'ling va bilimingizni boshqalar bilan ulashing.
⭐ Tutor Reviews & Ratings — tutorlar haqida fikr bildiring, baho bering va boshqa o‘rganuvchilarning fikrlari bilan tanishing.
🔐 Shaxsiy profil — o‘z profilingizni yarating, ma’lumotlaringizni boshqaring va platformadagi shaxsiy faoliyatingizni kuzating.
———————————————
🎯 Ezabon kimlar uchun?
Boshlang‘ich darajadan yuqori darajagacha ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun.
A1 → A2 → B1 → B2 → C1
O‘rganing. 🧠
Mashq qiling. ✍️
Natijangizni kuzating. 📈
Va ingliz tilida yanada ishonchli gapiring. 🚀
🌐 Ezabon bilan ingliz tilini o‘rganishni bugundan boshlang!
www.ezabon.com | 1 704 |
| 16 | ✍️ Mixail Bulgakov
📖 "Ityurak"
Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o‘qirkanmiz, sho‘ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh yetilganiga guvoh bo‘lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko‘chirib o‘tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo‘yilgan odamsifat maxluqqa — ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi.
O‘sha davr uchun ma’joziy ma’noga ega bo‘lgan, ammo bugungi kunga kelib "it+yurak"ka aylanish xavfi asta-sekin fantastikadan uzoqlashib boryapti. Bu endi ertak emas. Inson bo‘lib qolmoq uchun nima qilish kerak? Birinchi galda ushbu kitob bilan tanishib chiqish zarur.
📚 @kitoblar_pdf | 2 364 |
| 17 | ✍️ Frans Kafka
📖 Jazo koloniyasida (hikoya)
"Jazo koloniyasida" Frans Kafkaning eng mashhur va muhokamali asarlaridan biridir. Unda adolat, qonun va insoniylik chegaralari haqidagi chuqur falsafiy savollar ko‘tariladi. Hikoya ekzotik bir koloniyada, aybdorlarni g‘ayritabiiy mexanik qurilma orqali jazolovchi serjant va bu jarayonni kuzatish uchun kelgan sayohatchi o‘rtasidagi suhbat orqali rivojlanadi. Asar totalitarizm, repressiya va inson tanasining ekspluatatsiyasi mavzularini o‘rganib, o‘quvchini chuqur mulohazaga chorlaydi.
📚 @kitoblar_pdf | 2 472 |
| 18 | 1 daqiqada kartaga pul
Garovsiz, kafillarsiz va ma'lumotnomasiz 100 mlngacha kredit
Oʻrnatish
#reklama
avo.uz | 1 114 |
| 19 | ✍️ Oskar Uayld
📖 "Dorian Greyning portreti"
“Dorian Greyning portreti” Oskar Uayldning yagona romani hisoblanadi. Asar uch hafta ichida yozib tugatilgan ekan. Nashr etilgandan so‘ng tanqidchilarning keskin qarshiligiga va hatto muallifni sudga berishgacha yetib borgan. Biroq keng kitobxon ommasi tomonidan asarning yaxshi qabul qilganligi yuqorida ta’kidlangan to‘siqlardan o‘tib mana yuz yildirki, o‘z ahamiyatini boy bergani yo‘q.
Romanda san’at, sevgi va yangi gedonizm qarashlari bilan fentezi uyg‘unlashgan Dorianning fojiasiga guvoh bo‘lasiz. Eng murakkab vaziyat asarni tugatganingizdan so’ng yuzaga keladi: bo’lib o’tgan mudhishliklar sababchisi qilib kimni ayblashni bilmay qolasiz.
📚 @kitoblar_pdf | 2 595 |
| 20 | TUSHUNMOVCHILIK
Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi – kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman,
O‘zimdan boshqaga bermayman ozor.
Kimlarning ko‘ngliga qarab kun ko‘rdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib baxtsizlarga xalaqit berdim,
Yig‘lab baxtlilarning tegdim joniga.
✍️Behzod Fazliddin
📚 @kitoblar_pdf | 2 678 |
