cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Biznes intellekt

Biznes intellekt — Hayotga aql bilan yondashuv. Reklama joylashtirish uchun:️ @reklama_servis

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 886
المشتركون
+12124 ساعات
+907 أيام
+12730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Biznes_fikr  Ko‘plab insonlarni birlashtirib ishlatish yo‘lidagi eng katta g‘ov keragidan ortiq boshqaruv tizimi, hadsiz menejmentdir. Boshqaruvchilarni haddan ziyod ko‘paytirish tashkilot uchun xavfli. Chunki buning natijasida so‘ngsiz shoxlab ketgan sulola daraxti paydo bo‘ladi. © "Mening hayotim" kitobidan. Genri Ford, Dunyo avtomobil sanoati asoschilaridan biri 🔝 @biznesplus_uz 
إظهار الكل...
👍 15👏 1
#Biznes_nonushta 📢 Biznes nonushta: 22-son — Professor Alisher Fayzullayev bilan biznes nonushta Mavzu: Muzokara va hayot 🔝 @biznes_intellekt
إظهار الكل...
Biznes nonushta (22-son).mp382.47 MB
👍 4
#Biznes_podkast 🎙 IMAN Invest loyihasi asoschisi Rustam Rahmatov bilan suhbat 🔝 @biznes_intellekt
إظهار الكل...
IMAN Invest loyihasi asoschisi Rustam Rahmatov bilan suhbat.mp376.61 MB
👍 1 1
Har bir ayol (erkak) oʻqishi kerak boʻlgan kitoblar:
إظهار الكل...
👏 4👍 1
👱‍♂ Ro‘yxat
👩 Ro‘yxat
Telegramdagi eng katta audio kutubxona shu yerda ekan. Izlab yurgan audio kitoblaringizni oson toping:
إظهار الكل...
👍 6🔥 1🥰 1
Audio kitoblar
#Biznes_fikr  Agar har bir ish mahorat talab qilaversa, ishlab chiqarish umuman yurishmasdi.   © "Mening hayotim" kitobidan. Genri Ford, Dunyo avtomobil sanoati asoschilaridan biri 🔝 @biznesplus_uz 
إظهار الكل...
👍 14🔥 1
#Kasblar Universitet diplomisiz ham yuqori maosh to‘lanadigan 7 ta kasb Diplom yo‘qligi karyeraga nuqta qo‘yildi degani emas, deb hisoblaydi ish beruvchilar. Shuning uchun yangi ish qidirishda umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki ish bozorida narx va sifatning to‘g‘ri nisbatini topish mumkin. ✅ Shaxsiy haydovchi Bir qarashda, shaxsiy haydovchilikka faqat haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi, deb o‘ylash mumkin, lekin aslida boshqa talablar ham bor. Avtomobil boshqarish qobiliyati bilan birga, sizdan o‘ta punktual va mas’uliyatli bo‘lish ham talab etiladi — ba’zan bir daqiqa kechikish oylik maoshingizni, hatto ishingizni yo‘qotishingizga olib kelishi mumkin. Mijoz xavfsizlik va aniq vaqtni qadrlaydigan shaxsiy haydovchining mehnatiga munosib ravishda to‘lashga tayyor bo‘ladi. ✅ Enaga yoki uy xizmatchisi Ko‘plab uylarda enaga yoki uy xizmatchilari oilaning to‘liq a’zolari hisoblanadi va ularning yordamisiz uy xo‘jaligini tashkil etishni tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, enagalarni tanlash jarayoni juda qattiq bo‘ladi, chunki ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va taqdirini ularga ishonib topshiradi. Agar siz boshqaning uyini o‘zingiznikidek sevib, bolalarga chin dildan g‘amxo‘r va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz, unda mehnatingiz shubhasiz, nafaqat moddiy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan ham qadrlanadi. ✅ Shaxsiy yordamchi Shaxsiy yordamchiga yirik korporatsiyalarda ham, kichik kompaniyalarda ham talab kuchli. Ko‘pincha ishga kirish uchun suhbatda ish beruvchi ta’lim darajangizdan ko‘ra, ko‘nikma va xususiyatlaringizga qiziqadi: xorijiy tillarni bilish, ko‘p vazifalilik, mas’uliyat, stressga chidamlilik, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyati va tezkorlik. Bejizga yordamchini rahbarning o‘ng qo‘li deyilmaydi — hech bir rahbar yordamchisiz uchrashuv rejasini tuzish bilan bir paytda safarlarda mehmonxona band qilolmagan bo‘lardi.  ✅ Styuardessa Bu romantik kasb, albatta, maxsus mahoratlarni talab qiladi, lekin oliy ma’lumotli bo‘lish shart emas. Asosiy talablar — stressga chidamlilik, tashkilotchilik, ozoda tashqi ko‘rinish va, albatta, xushmuomalalik. Yaxshi oylik olish uchun avval bir nechta o‘quv parvozlarida ishtirok etish kerak bo‘ladi. Yirik aviakompaniyada ishlashning bir qancha afzalliklari bor: katta maoshdan tashqari, qo‘shimcha imtiyozlar va bonuslarga ham ega bo‘lasiz, bu ba’zan oddiy moddiy mukofotdan ham ko‘ra yoqimli va foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xususiy kompaniyaning bort xizmati xodimlari sifatida ishlash imkoniyati ham mavjud. ✅ Rieltor Bugungi kunda ko‘chmas mulk bozori qanday qonunlar asosida ishlayotganini bilasizmi? Xavotir olmang, buning uchun oliy o‘quv yurtini bitirish shart emas. Bunday ko‘nikmalarni siz to‘g‘ridan to‘g‘ri ish jarayonida o‘rganasiz. Bu sohada hamma narsa yuqori malakali mutaxassis bo‘lish istagi va eng yuqori muvaffaqiyatlarga erishishga bog‘liq. ✅ Grafik dizayner So‘nggi yillarda bu kasb tez sur’atlar bilan ommalashib bormoqda. Bu sohada nihoyatda ko‘plab vazifalar mavjud: 2D va 3D animatsiyalar va bannerlar yaratish, veb-saytlarni bezash, kerakli mahsulotlarni sahifalash, qo‘llanmalar ishlab chiqish. Professional kurslar ko‘pligi tufayli talab qilinadigan malakani uzoq muddatli ta’limsiz olish imkoni mavjud. Onlayn ishlash imkoniyati esa bu kasbning afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bir xillikdan charchaganlar uchun frilansing ideal usul bo‘lishi mumkin. ✅ Teatr va kinoda vizajist San’atkor va yulduzlar bilan ishlaydigan vizajistlarga modellar va moda sanoati vakillari bilan cheklangan mijozlarga ega pardoz ustalaridan ko‘ra ancha yuqori haq to‘lanadi. Albatta, kerakli davr va mavzuga mos obraz yaratish uchun maxsus mahoratlar kerak bo‘ladi, aynan shunday ko‘nikmalar ish beruvchilar tomonidan qadrlanadi.  🔝 @biznes_intellekt
إظهار الكل...
👍 14 2
Photo unavailableShow in Telegram
• Shaxsiyatni oʻzgartirish • Odatlarni shakllantirish • Uyqu haqida faktlar • Ilmiy maqolalar • Kitobdan olingan Iqtiboslar • Ulamolar fikrlari ➡️ Mana shu bloglarning barchasi tartibli ravishda qoʻyib boriladigan kanal ochilibdi Tavsiya qilaman💡 🔗 https://t.me/+jEg2hxB9tBkxMTYy
إظهار الكل...
👍 2🤔 2
#Biznes_kitob 📚 Pul oqimi kvandranti (2-kitob) ✍️ R. T. Kiyosaki, Sh. L. Lechter 🔝 @biznes_intellekt
إظهار الكل...
Pul oqimining kvadranti (2-kitob).pdf11.14 MB
4
Photo unavailableShow in Telegram
#Biznes_kitob 📚 Pul oqimi kvandranti (2-kitob) ✍️ R. T. Kiyosaki, Sh. L. Lechter Kitobning birinchi qismi chop etilib, o‘kuvchilar e’tiboriga havola etilgan edi. Kitob muhlislarining fikr-mulohazalarini inobatga olib, ushbu asarning ikkinchi va uchinchi qismini jamlangan holda nashr etishga tayyorladik. Mazkur kitobning birinchi qismida kvadrantdagi bo‘limlarining o‘ziga xos xususiyatlari hakida so‘z yuritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida kvadrantning o‘ng tomonini tanlaganlarning nuqtai nazarini shakllantirishga asosiy e'tibor qaratildi. 🔝 @biznes_intellekt
إظهار الكل...
👍 1