ar
Feedback
Доктор Аллерголог

Доктор Аллерголог

الذهاب إلى القناة على Telegram

Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак! 🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог 👨‍⚕️ Болалар ва катталар шифокори 🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935 Консультация бўйича: @allergolog Беморлар фикри (отзывы): https://bit.ly/42mm5yl

إظهار المزيد
2 584
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
-1630 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يونيو '26
يونيو '26
+32
في 0 قنوات
مايو '26
+92
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+92
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '26
+89
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+166
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '26
+298
في 1 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+72
في 2 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+61
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+36
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+33
في 1 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+59
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+61
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+70
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '25
+126
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+135
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '25
+207
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+52
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '25
+166
في 2 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+118
في 9 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+68
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+69
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+76
في 1 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+81
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+89
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+65
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '24
+182
في 1 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+154
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '24
+106
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+106
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '24
+106
في 1 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+87
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+93
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+165
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+664
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+17 601
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+76
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+78
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+94
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+84
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+1 053
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+42
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+58
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+44
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+63
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+85
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+72
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+126
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+156
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+1 393
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+459
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+123
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+91
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+41
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+92
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+63
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+113
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+75
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+72
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+138
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+240
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+120
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+215
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+135
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+88
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+87
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+77
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+2 338
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
14 يونيو+1
13 يونيو+3
12 يونيو+2
11 يونيو+4
10 يونيو+6
09 يونيو+1
08 يونيو+1
07 يونيو+3
06 يونيو+2
05 يونيو+1
04 يونيو+2
03 يونيو+2
02 يونيو+1
01 يونيو+3
منشورات القناة
🧬 Juda qiziqarli yangi molekula — Barzolvolimab. Semiz hujayralar (mast cells) yuzasida KIT deb ataladigan retseptor mavjud.
🧬 Juda qiziqarli yangi molekulaBarzolvolimab. Semiz hujayralar (mast cells) yuzasida KIT deb ataladigan retseptor mavjud. Bu retseptor semiz hujayralarning yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan asosiy signalni ta’minlaydi. Barzolvolimab aynan shu retseptorga qarshi yo‘naltirilgan monoklonal antitanadir. Mexanizmi juda elegant: ❌ KIT retseptori bloklanadi ➡️ semiz hujayralar yashab qolish signalini olmaydi ➡️ semiz hujayralar nobud bo‘ladi ➡️ semiz hujayralar bo‘lmasa, ular bilan bog‘liq muammolar ham kamayadi. Shunday sodda va mantiqiy yondashuv. Hozirgi ma’lumotlar 🔹 Surunkali spontan eshakemi bo‘yicha III faza klinik tadqiqotlari yakunlanish arafasida. 🔹 Dastlabki natijalar preparatning samaradorligi yaxshi ekanligini ko‘rsatmoqda. 🔹 Preparat teri ostiga yuboriladi va haftasiga 1 marta qo‘llanadi. Qaysi kasalliklarda o‘rganilmoqda? Hozirda II faza tadqiqotlari quyidagi kasalliklarda davom etmoqda: 🔹 sovuq iduksiyali eshakemi (cold urticaria); 🔹 dermografik eshakemi; 🔹 prurigo (surunkali qichishish bilan kechuvchi tugunchali dermatozlar); 🔹 Atopic Dermatitis. Agar natijalar tasdiqlansa, Barzolvolimab semiz hujayralar markaziy rol o‘ynaydigan kasalliklarni davolashda yangi davrni boshlab berishi mumkin. ✅ @allergiya

2
🇹🇷 Anqaralik Ozge Soyer astmani davolashda ovqatlanishning roli haqida so‘zlab berdi Immun tizimi ishida ovqatlanish va mikroblar o‘rtasidagi vositachilik roli haqida biz allaqachon ko‘p gaplashganmiz. 📊 Tadqiqotlar nimani ko‘rsatadi? Quyidagi bog‘liqliklar tasdiqlangan: ✔ bolalarda O‘rta yer dengizi (Mediterranean) dietasi astma rivojlanish xavfini kamaytirishi; ✔ ko‘p miqdorda sabzavot va mevalar iste’moli astma xavfini pasaytirishi; ✔ o‘simlikka asoslangan ovqatlanish va go‘sht hamda baliq iste’molini kamaytirish bolalarda astma xavfini kamaytirishi; ✔ tolaga boy (kletchatka) mahsulotlar ko‘proq iste’mol qilinishi astma xavfi kamayishi bilan bog‘liq. ❌ Ultra qayta ishlangan (ultra-processed) oziq-ovqat bolalarda allergiya xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo bu borada qo‘shimcha tadqiqotlar kerak. ❌ Yog‘ga boy ovqatlar T2-yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkin. ⸻ 🟢 Biz nimalar qila olamiz? ✔ Ratsionda sabzavot va mevalar miqdorini oshirish ✔ Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, semizlik va astmaga ega bolalar va o‘smirlar O‘rta yer dengizi dietasiga o‘tgach: • vazni kamaygan • nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlari 1 yil ichida yaxshilangan ✔ Shuning uchun quyidagi ovqatlanish modeli tavsiya etiladi: • o‘simlik mahsulotlari asosiy bo‘lgan ratsion • o‘rtacha miqdorda baliq, dengiz mahsulotlari, tuxum va sut mahsulotlari • shirinliklar va ultra qayta ishlangan ovqatlarni cheklash Bu yondashuv: 🦠 ichak mikrobiotasini yaxshilashi 🔥 yallig‘lanishni kamaytirishi 🌬 astma kechishini yengillashtirishi mumkin. ✅ @allergiya
353
3
Yuvish vositalarining allergiya rivojlanishiga ta’siri haqida 🇯🇵 Tokiolik professor Hideaki Morita detergentlar (yuvish vositalari)ning epitelial to‘siqni shikastlashi va allergiya rivojlanish xavfiga ta’siri haqida gapirdi. Bugungi kunda tobora ko‘proq ma’lumotlar allergik kasalliklarning boshlanishida asosiy hodisa aynan epitelial to‘siqning buzilishi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Jarayon taxminan quyidagicha rivojlanadi: 🧴 Detergentlar yoki sirt-faol moddalar (PAV) ta’siri ⬇️ 🛡️ Epitelial to‘siqning buzilishi ⬇️ 🌾 Allergenlarning organizmga oson kirishi ⬇️ 🧬 IL-33, TSLP va IL-25 ajralishi (epiteliy yallig‘lanishiga tug‘ma immun javob) ⬇️ ⚡ ILC2 hujayralari va T2-immun javobining faollashuvi (tug‘ma va allergik immunitetni bog‘lovchi bo‘g‘in) ⬇️ 🟠 Eozinofil yallig‘lanish ⬇️ 🤧 Astma, oziq-ovqat allergiyasi va eozinofilli oshqozon-ichak kasalliklari ✅ Hozircha ishonch bilan aytish mumkin bo‘lgan faktlar Tajriba tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki: ✔️ detergentlar epiteliy hujayralarini shikastlaydi; ✔️ hayvonlarda allergik sensibilizatsiyani kuchaytiradi; ✔️ IL-33–ILC2 signal yo‘lini faollashtiradi; ✔️ eozinofilli yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkin. ❌ Hali isbotlanmagan jihatlar Hozircha quyidagilarni tasdiqlovchi ishonchli dalillar yo‘q: ❌ maishiy kir yuvish kukunlaridan foydalanish odamlarda oziq-ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi; ❌ detergentlardan voz kechish allergiya xavfini kamaytiradi; ❌ detergentlar allergik kasalliklar “epidemiyasi”ning asosiy sababi hisoblanadi. 🌍 Barer gipotezasi doirasida Hozirda detergentlar epitelial to‘siqni shikastlovchi ko‘plab omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Boshqa ehtimoliy omillar: ✔️ havo ifloslanishi; ✔️ mikroplastiklar; ✔️ tamaki tutuni; ✔️ nanozarrachalar; ✔️ zamonaviy qurilish materiallari; ✔️ mikrobiologik muhitning o‘zgarishi. 🟠 Xulosa Mavjud eksperimental ma’lumotlar maishiy detergentlar epitelial to‘siqni shikastlashi va IL-33–ILC2 yo‘li orqali T2-yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkinligini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq ularning insonlarda allergik kasalliklarning bevosita sababi ekanligi hozircha ehtimoliy gipoteza bo‘lib, hali to‘liq isbotlanmagan. ✅ @allergiya
319
4
Nima qilsak sog’lom bolalarda kelajakda allergiya riski kamayadi? Bolalarni barvaqt uy hayvonlari bilan kontakt qildirish + erta yoshda turli xil mikroblarga duch kelish — allergiya rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. 🔥 Eng muhim jihati shundaki, bu qarash e’tiborni faqat mikrobiotaga bog‘liq tushunchadan kengroq konsepsiyaga o‘tkazadi: immun tizim tolerantlikni faqat mikrobiota yordamida emas, balki erta hayot davrida to‘plangan turli xil antigen (begona modda) tajribasi orqali ham o‘rganadi. Ya’ni, ilgari faqat chiroyli gipoteza sifatida qaralgan “immun tizimni mashq qildirish” g‘oyasi endi ilmiy asosga ega bo‘lib bormoqda. ✅ @allergiya
372
5
🇹🇷 Hozirda Istanbulda bo’lib o’tayotgan xalqaro allergolog va klinik immunologlar kongressida men sevgan mavzu - ichak mikrobiomasi va allergiya haqidagi bilimlar qaytadan eslatildi Oziq-ovqatlarga allergiya bo’lmasligi - tolerantlik deyiladi. Oziq-ovqat tolerantligi — bu passiv holat yoki bir marta sodir bo‘ladigan “ovqatga allergiya yo‘qligi” emas. Bu mikrobiota tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanib turiladigan faol jarayondir. Ichak bakteriyalari o‘z metabolitlari orqali regulyator T-hujayralarni faollashtirib, tolerantlikni muntazam saqlab turadi. Agar mikrobiota bu vazifani yo‘qotsa, oziq-ovqat allergiyasi rivojlanishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. 💚 Shuning uchun o‘z bakteriyalaringizni qadrlang va ularga g‘amxo‘rlik qiling. Hozirgi vaqtda biz qila oladigan eng samarali ishlar: ✔️ bolalikdan tuproq, hayvonlar va o‘simliklar bilan tabiiy kontaktlarni ta’minlash; ✔️ ichak mikrobiotasini to‘g‘ri oziqlantirish: - oziq tolalari (kletchatka)ga boy mahsulotlar; - fermentlangan mahsulotlar (qatiq, kefir va boshqalar); - ultra-qayta ishlangan mahsulotlarni kamaytirish; qo‘shilgan shakarni cheklash; ✔️ antibiotiklar va antiseptiklardan faqat zarurat bo‘lganda foydalanish. ❌ Hozircha boshqa samarali va ilmiy asoslangan yechimlar mavjud emas. Masalan: ❌ zarur ko‘rsatmasiz ichakni “tozalash yoki detox”; ❌ maqsadsiz tarzda probiotiklarni kursma-kurs qabul qilish; Ushbu usullarni oziq-ovqat allergiyasining oldini olish yoki davolash uchun tavsiya etishga yetarli dalillar yo‘q. Xulosa: sog‘lom mikrobiota oziq-ovqat tolerantligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi, ammo bugungi kunda uni qo‘llab-quvvatlashning eng ishonchli usuli — sog‘lom turmush tarzi, xilma-xil ovqatlanish va antibiotiklardan oqilona foydalanishdir. ✅ @allergiya
442
6
Istanbuldagi EAACI kongressining 2-kuni yangiliklari 🇵🇹 Portugaliyalik professor Margarida Gonçalo kontakt dermatitning turli shakllari haqida ma’ruza qilmoqda. 1️⃣ Irritant (ta’sirlovchi) kontakt dermatit Mexanizmi: ✔️ teriga ta’sir qiluvchi omillarning takroriy va yig‘ilib boruvchi ta’siri; ✔️ teri to‘sig‘ining (barerining) shikastlanishi; ✔️ nospetsifik yallig‘lanish rivojlanishi. Klinik xususiyatlari: ✔️ achishish va kuydirish hissi qichishishdan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi; ✔️ ta’sir asta-sekin yig‘ilib borgani sari kasallik ham bosqichma-bosqich rivojlanadi; ✔️ ba’zan kuchli irritant bilan bir martalik kontaktning o‘zi ham yetarli bo‘lishi mumkin; ✔️ allergologik teri testlari (patch-testlar) manfiy bo‘ladi. 2️⃣ Allergik kontakt dermatit Xususiyatlari: ✔️ IV-tip (kechikkan tipdagi) gipersensitivlik reaksiyasi asosida rivojlanadi; ✔️ ayrim hollarda T2-tip immun javobi ham qo‘shilishi mumkin (masalan, atopik dermatit bilan birga kechganda, atirlar yoki kosmetika tarkibiy qismlariga allergiyada); ✔️ atopik dermatitli bemorlarda IgE ishtirokidagi tezkor reaksiyalar ham kuzatilishi mumkin, bunday hollarda IgE testlari foydali bo‘lishi mumkin; ✔️ asosiy mexanizm — T-limfotsitlar vositachiligidagi immun javob; ✔️ kasallik rivojlanishi uchun avval sensibilizatsiya (allergen bilan oldindan tanishish) bo‘lishi kerak; ✔️ kross-reaksiyalar (o‘xshash allergenlarga reaksiyalar) kuzatilishi mumkin. 3️⃣ Fotoallergik dermatit ✔️ anamnezda fotosensibilizatsiya qiluvchi dori yoki modda bilan kontakt bo‘ladi; ✔️ tashxisni tasdiqlashning asosiy usullaridan biri — fotopatch-test (yorug‘lik bilan birga o‘tkaziladigan patch-test). ✅ @allergiya
490
7
LTP (lipid tashuvchi oqsillar) allergiyasining rivojlanishi haqida juda qiziqarli tadqiqot taqdim etildi. Bu mavzu bo‘yicha m
LTP (lipid tashuvchi oqsillar) allergiyasining rivojlanishi haqida juda qiziqarli tadqiqot taqdim etildi. Bu mavzu bo‘yicha ma’lumotlar hozircha juda kam. LTP allergiyasi — bu o‘simliklarda uchraydigan Lipid Transfer Protein (LTP) deb ataluvchi oqsillarga nisbatan rivojlanadigan oziq-ovqat allergiyasidir. LTP nima? LTPlar o‘simliklarning himoya oqsillari bo‘lib, meva, sabzavot, yong‘oq va don mahsulotlarida uchraydi. Ularning muhim xususiyati — issiqlikka va hazm fermentlariga chidamli bo‘lishidir. Shu sababli ular pishirilgandan keyin ham allergik reaksiyani chaqirishi mumkin. Qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi? Ko‘pincha: Shaftoli (eng muhim manba) O‘rik Olcha Gilos Olma Nok Uzum Yong‘oq va funduq Yer yong‘oq Bug‘doy Pomidor Salat barglari Belgilari qanday? Oddiy og‘iz qichishishidan tortib og‘ir anafilaksiyagacha bo‘lishi mumkin: Og‘iz va tomoq qichishishi Lab va til shishi Eshakemi (urtikariya) Qorin og‘rig‘i, qusish Nafas qisishi Anafilaksiya LTP allergiyasining o‘ziga xos tomoni Ko‘pincha reaksiya faqat mahsulotning o‘zidan emas, balki qo‘shimcha omillar ishtirokida kuchayadi: Jismoniy mashq Alkogol NSAIDlar (aspirin, ibuprofen va boshqalar) Infeksiyalar Stress Masalan, bemor shaftolini yeganida hech narsa bo‘lmasligi mumkin, lekin shaftoli yeb yugursa yoki aspirin qabul qilsa anafilaksiya rivojlanishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: Bemorlarning taxminan 1/3 qismida allergiya progressiyalangan, ya’ni ilgari reaksiya bo‘lmagan yangi allergenlarga ham allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan. Bemorlarning qariyb yarmida esa yangi allergiyalar rivojlanmagan, kasallik barqaror holatda qolgan. Ayrim bemorlarda esa regressiya kuzatilgan, ya’ni allergiya belgilari kamaygan yoki butunlay yo‘qolgan. Bu natijalar juda qimmatli va umidbaxsh hisoblanadi, chunki LTP-allergiyasi har doim ham vaqt o‘tishi bilan og‘irlashib boravermasligini, ayrim hollarda esa aksincha, yengillashishi yoki yo‘qolishi mumkinligini ko‘rsatadi. ✅ @allergiya
547
8
Foydali yangiliklar bor Ayni vaqtda Istanbulda EAACI (Yevropa allergolog va klinik immunologlar akademiyasi) navbatdagi xalqa
Foydali yangiliklar bor Ayni vaqtda Istanbulda EAACI (Yevropa allergolog va klinik immunologlar akademiyasi) navbatdagi xalqaro kongressi bo’lib o’tmoqda. Kongressdagi ba’zi bir yangiliklarni bo’lishib boraman. Baliq va tovuq o‘rtasida parvalbumin oqsili bilan bog‘liq kross-allergiya (o‘zaro allergik reaktivlik) mavjud. Bu holat kam uchraydi. Qizig‘i shundaki, bunday allergiyasi bo‘lgan bemorlar yaxshi pishirilgan tovuq ko’krak go‘shtini bemalol iste’mol qila olishlari mumkin, chunki tovuqning aynan ko‘krak qismida parvalbumin miqdori juda kam bo‘ladi. ✅ @allergiya
522
9
🔍 BOLALARDA O‘TKIR ESHAKEMI (URTICARIA): HAMMASIGA OVQAT AYBDORMI? Ko‘pchilik ota-onalar bolada to‘satdan toshma va qichishi
🔍 BOLALARDA O‘TKIR ESHAKEMI (URTICARIA): HAMMASIGA OVQAT AYBDORMI? Ko‘pchilik ota-onalar bolada to‘satdan toshma va qichishish paydo bo‘lsa, darhol yegan ovqatidan gumon qiladi. Ammo ilmiy ma’lumotlar boshqa narsani ko‘rsatmoqda. 1️⃣ Bolalarda o‘tkir urticarianing eng ko‘p uchraydigan sababi — infeksiyalar. Turli tadqiqotlarda virusli va bakterial infeksiyalar bolalardagi o‘tkir urticaria holatlarining 40–60% gacha qismini tashkil qilishi aniqlangan. Ayniqsa, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari (shamollash, virusli respirator kasalliklar) eng ko‘p uchraydigan trigger hisoblanadi. (PMC⁠) 2️⃣ Oziq-ovqat allergiyasi muhim sabab bo‘lsa-da, birinchi o‘rinda emas. Shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qilgan bolalar orasida o‘tkir urticariyaning sababi sifatida infeksiya 18%, oziq-ovqat esa 8% holatda aniqlangan. (American Academy of Pediatrics⁠) 3️⃣ Ayrim tadqiqotlarda oziq-ovqat yetakchi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Biroq bu tadqiqotlar ko‘pincha allergologiya bo‘limlariga murojaat qilgan, allergik fonli bolalarni qamrab olgan. Shuning uchun natijalarni barcha bolalarga tatbiq qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. (PMC⁠) 4️⃣ Agar urticaria ovqat sabab rivojlansa, odatda belgilari tez boshlanadi. Ko‘pincha toshmalar shubhali mahsulot iste’molidan keyin 30 daqiqa – 2 soat ichida paydo bo‘ladi. Takror ovqatlanganda holat qaytalanishi ham xos belgi hisoblanadi. (PMC⁠) 5️⃣ Oziq-ovqat sababli urticariyada eng ko‘p uchraydigan mahsulotlar: 🥛 Sut 🥚 Tuxum 🥜 Yong‘oqlar 🐟 Baliq va dengiz mahsulotlari Bu mahsulotlar IgE vositachiligidagi allergik reaksiyalar va ba’zan anafilaksiyaga ham sabab bo‘lishi mumkin. (American Academy of Pediatrics⁠ Bolalarda o‘tkir urticaria (eshakemi) rivojlanganda birinchi navbatda yegan ovqatni emas, balki yaqinda o‘tkazilgan virusli yoki bakterial infeksiyani ham o‘ylash kerak. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda o‘tkir urticarianing eng ko‘p uchraydigan sababi infeksiyalar bo‘lib, oziq-ovqat allergiyasi ulardan keyingi o‘rinlarda turadi. @allergiya
795
10
📌 ALLERGIK KASALLIKLAR UMRBOD DAVOM ETADIMI? Ko‘pchilik bemorlar: "Doktor, allergiyamdan butunlay qutula olamanmi?" deb so‘rashadi. Javob esa allergiyaning turiga bog‘liq. 1️⃣ Ba'zi allergiyalar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi mumkin Masalan, bolalardagi sut, tuxum yoki bug‘doy allergiyasi ko‘pincha yosh o‘tishi bilan kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. 2️⃣ Ba'zi allergiyalar esa yillar davomida saqlanib qoladi Uy changi kanasi, gul changlari, mushuk-it allergenlari yoki ayrim dori vositalariga allergiya ko‘pincha uzoq muddat davom etadi. 3️⃣ Astma va allergik rinit nazorat qilinadigan kasalliklardir To‘g‘ri davolash bilan bemorlar deyarli sog‘lom inson kabi hayot kechirishi mumkin. Muhimi — kasallikni nazorat ostida ushlash. 4️⃣ "Allergiya ketmadi" degani davolash foydasiz degani emas Maqsad faqat simptomlarni kamaytirish emas, balki: ✔️ xurujlarning oldini olish, ✔️ hayot sifatini yaxshilash, ✔️ kasallikning og‘irlashishini to‘xtatishdir. 5️⃣ Ba'zi hollarda ASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) kasallikning tabiiy kechishini o‘zgartirishi mumkin Bu usul allergenlarga bo‘lgan sezuvchanlikni kamaytirib, uzoq muddatli remissiyaga olib kelishi mumkin. Allergik kasalliklar "bir umr dori ichib yurish" degan tushuncha bilan cheklanmaydi. Zamonaviy yondashuvning maqsadi — kasallikni nazorat qilish, xurujlarni kamaytirish va imkon qadar remissiyaga erishishdir. ✅ @allergiya
971
11
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi? 😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'l
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi? 😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'ladimi? 😮‍💨 Nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi? ❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang! 🗓 26-iyun kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi. Qabul quyidagi muammolar bo'yicha: ✅ Allergik rinit ✅ Allergik konyunktivit ✅ Krapivnitsa (eshak yemi) ✅ Bronxial astma ✅ Atopik dermatit (diatez) ✅ Oziq-ovqat allergiyasi 📅 Sana: 26-iyun (juma) ⏰ Vaqt: 09:00–15:00 👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi. 📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy 🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi 📞 Qabulga yozilish: +998 95-401-06-06 ⚠️ Ulgurib qoling, joylar cheklangan!
1 579
12
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi? 😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'l
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi? 😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'ladimi? 😮‍💨 Nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi? ❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang! 🗓 26-iyun kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi. Qabul quyidagi muammolar bo'yicha: ✅ Allergik rinit — Burun bitishi, oqishi, aksirish ✅ Allergik konyunktivit — Ko'z qichishi, yoshlanishi, qizarishi ✅ Krapivnitsa (eshak yemi) — Terida qavarchiq va kuchli qichishish ✅ Bronxial astma — Nafas qisishi, xirillash, yo'tal ✅ Allergik bronxial obstruksiya — Tez-tez qaytalanuvchi obstruktiv bronxit ✅ Atopik dermatit (diatez) — Bolalar va kattalardagi teri muammolari ✅ Oziq-ovqat allergiyasi — Ayrim mahsulotlardan keyin toshma, qichishish yoki boshqa reaksiyalar 👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi. 📅 Sana: 26-iyun (juma) ⏰ Vaqt: 09:00–15:00 📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy 🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi 📞 Qabulga yozilish: +998 95 401 06 06 ⚠️ Joylar cheklangan. Oldindan ro'yxatdan o'tish tavsiya etiladi.
1
13
🫁 Astma yo‘qolib ketdimi yoki shunchaki nazorat ostidami? Ko‘pchilik astma belgilari kamaygach, dorilarni o‘zboshimchalik bi
🫁 Astma yo‘qolib ketdimi yoki shunchaki nazorat ostidami? Ko‘pchilik astma belgilari kamaygach, dorilarni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatib qo‘yadi. Natijada esa kasallik yana kuchayib, xurujlar qaytalanadi. 🎯 Astmani davolashning asosiy maqsadi — to‘liq nazoratga erishish. O‘zingizni tekshirib ko‘ring: ✅ Kunduzi astma belgilari haftasiga 2 martadan kam bezovta qiladimi? ✅ Tunda yo‘tal yoki nafas qisishi sabab uyg‘onmaysizmi? ✅ Kundalik faoliyatingiz cheklanmaganmi? ✅ Tez yordam beruvchi inhalyatorga haftasiga 2 martadan kam ehtiyoj sezayapsizmi? Agar ushbu savollarning barchasiga “Ha” deb javob bersangiz, astmangiz yaxshi nazorat qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Astma nazorat ostida bo‘lmasa: 🔸 Xurujlar soni ortadi 🔸 Shifoxonaga tushish xavfi oshadi 🔸 O‘pka funksiyasi asta-sekin yomonlashishi mumkin ❌ Eng ko‘p uchraydigan xato: Bemor faqat nafas qisganda ingalyator ishlatadi, lekin yallig‘lanishni nazorat qiluvchi asosiy davoni muntazam qabul qilmaydi. 🩺 Astma — bu surunkali kasallik. Belgilar yo‘qolgani kasallik yo‘qolganini anglatmaydi! ✅ @allergiya
1 288
14
Taglik ostidagi qizarish sababi nima? Ko‘pchilik ota-onalar taglik sohasidagi qizarishni ko‘rib darhol xavotirga tushishadi.
Taglik ostidagi qizarish sababi nima? Ko‘pchilik ota-onalar taglik sohasidagi qizarishni ko‘rib darhol xavotirga tushishadi. Bu holatga diaper dermatit deyiladi. Diaper dermatit — bu taglik sohasida rivojlanadigan dermatitlar uchun umumiy nom. Uning ichida bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin: 1️⃣ Irritant kontakt dermatit (eng ko‘p uchraydi) 2️⃣ Kandidozbilan bog‘liq diaper dermatit 3️⃣ Allergik kontakt dermatit Eng ko'p uchraydi turi - irritant kontakt dermatit Nima uchun paydo bo‘ladi? 💧 Siydik va najasning teri bilan uzoq kontakt qilishi, 🌡 Issiqlik va namlik, 🩲 Taglikning ishqalanishi natijasida terining himoya qavati shikastlanadi. Natijada quyidagilar paydo bo‘ladi: 🔴 Qizarish, 🔥 Achishish, 😢 Taglik almashtirganda bezovtalik Muhim belgi: Qizarish odatda dumba, jinsiy a’zolar va son ichki yuzalarida bo‘ladi, lekin teri burmalarining o‘zi ko‘pincha saqlanib qoladi. ✅ Taglikni tez-tez almashtirish ✅ Terini quruq saqlash ✅ Himoya kremlaridan foydalanish (sink oksidli kremlar) Ko‘p hollarda aynan shu choralar yetarli bo‘ladi. ⚠️ Bu jarayon uzoq davom etganda, zamburug‘li infeksiya qo‘shilishi ham mumkin. ✅ @allergiya
1 103
15
☀️ SPF KREM — YOZDA TERI UCHUN "KO‘RINMAS QALQON" Ko‘pchilik SPF kremni faqat dengizga borganda yoki quyoshda qoraymaslik uch
☀️ SPF KREM — YOZDA TERI UCHUN "KO‘RINMAS QALQON" Ko‘pchilik SPF kremni faqat dengizga borganda yoki quyoshda qoraymaslik uchun ishlatiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa SPF har kuni kerak bo‘ladigan teri himoyachisidir. ❓ SPF nima? SPF (Sun Protection Factor) — terini quyoshning zararli ultrabinafsha (UV) nurlaridan himoya qiluvchi vosita. 🌞 Quyosh nurlari teriga nima qiladi? 🔸 Teri kuyishiga sabab bo‘ladi 🔸 Teri qarishini tezlashtiradi 🔸 Qora dog‘lar va pigmentatsiyani kuchaytiradi 🔸 Ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradi 🔸 Teri saratoni xavfini oshiradi ❗ Eng qizig‘i, teri kuyib qolmasa ham UV nurlari teriga zarar yetkazishda davom etadi. 🇺🇿 O‘zbekiston sharoitida SPF nega muhim? Yoz oylarida havo harorati 40–45°C gacha ko‘tariladi. Bunday paytda UV nurlanish ham juda yuqori bo‘ladi. Ayniqsa: ✅ Bolalarda ✅ Atopik dermatitli bemorlarda ✅ Allergiyasi bor insonlarda ✅ Homilador ayollarda ✅ Yuzida qora dog‘lari bor odamlarda SPF ishlatish tavsiya etiladi. 👶 Atopik dermatit va allergiyada SPFning foydasi Teri qizarib yoki qichishib tuzalganidan keyin qoladigan qora dog‘larning kuchayib ketishini oldini oladi. Shuning uchun dermatologlar ko‘pincha: "Avval SPF, keyin qolgan kremlar" deb tavsiya berishadi. 🧴 Qanday SPF tanlash kerak? ✔️ SPF 50+ ✔️ Broad Spectrum (UVA + UVB) ✔️ Water Resistant (terlashga chidamli) ✔️ Hidsiz (Fragrance-Free) Bolalar va sezgir teri uchun: ✔️ Zinc Oxide yoki Titanium Dioxide saqlovchi mineral SPFlar afzal. ⏰ Qachon surtish kerak? 🔹 Ko‘chaga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin 🔹 Tashqarida bo‘lsangiz har 2 soatda qayta surtish kerak 🔹 Ko‘p terlasangiz yoki yuzingizni yuvsangiz yana surtish lozim 📌 Muhim eslatma: SPF krem terini oqartirmaydi va qoraytirmaydi. Uning vazifasi: 🛡️ Terini quyoshdan himoya qilish 🛡️ Pigmentatsiyani kuchayishidan saqlash 🛡️ Erta qarishning oldini olish ☀️ Yozda uy kalitini unutganingiz kabi SPFni ham unutib qoldirmang! Yaxshi emollient va SPF — ko‘plab teri muammolarining oldini oluvchi eng oddiy, ammo eng samarali kombinatsiyadir.
1 296
16
#tezkor 💨 Toshkentda chang zarralarga to'la kuchli shamol kuzatilmoqda! Nafas a'zolari allergik kasalligi bo'lgan bemorlarga ko'chaga chiqish tavsiya etilmaydi. Bu chang zarralari hattoki sog'lom odamning ham ko'zi va nafas yo'llariga kirib, qichishish hamda yo'talga sabab bo'lmoqda.
1 093
17
Topikal kortikosteroidlarning 7 ta kuchlilik sinfi (Class I–VII) bo'yicha kllassifikatsiyasi.
Topikal kortikosteroidlarning 7 ta kuchlilik sinfi (Class I–VII) bo'yicha kllassifikatsiyasi.
1 160
18
❗️DIQQAT, E'LON: 31-may kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasiga boramiz! 🗓 31-may (Yakshanba) kuni allergik kasa
❗️DIQQAT, E'LON: 31-may kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasiga boramiz! 🗓 31-may (Yakshanba) kuni allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun Namangan shaxridagi “Dr. Muyassar” klinikasida Allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan navbatdagi tibbiy konsultatsiya o‘tkaziladi. Quyidagi bemorlar qabul qilinadi: ✅ Allergik rinit; — Burun bitishi, oqishi, aksirish, ✅ Allergik konyuktivit; — Ko‘z yoshlanishi, qichishi, qizarishi ✅ Krapivnitsa (qavarchiq, Eshak yemi); — Terida toshma toshishi, qichishi ✅ Bronxial astma; — Nafas qisishi, xushtaksimon xirillash ✅ Bronxial obstruktiv sindrom — Allergiya fonida tez-tez qaytalanadigan obstruktiv bronxiti bor bolalar ✅ Atopik dermatit (Diatez); — Bolalar terisidagi muammolar ✅ Oziq-ovqat allergiyasi; — Turli oziq-ovqatga bog‘liq toshmalar 🗓 Sana: 31-may (yakshanba) ⏰ Vaqt: 09:00 dan 15:00 gacha 👥 Ham bolalar, ham kattalarga! 🚩 Manzil: Namangan sh, Gʻirvonsoy 11-uy 🏦 Mo‘ljal: “Anor Bank” ro‘parasi 🗺 Lokatsiya: t.me/doktorMuyassar/134553 Qabulga ro‘yxatdan o‘tish uchun: ☎️ +998 954010606
1 840
19
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-toʻzon va yomgʻir kuzatilishi mumkin — Oʻzgidromet Jahon meteorologiya tashkiloti hamd
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-toʻzon va yomgʻir kuzatilishi mumkin — Oʻzgidromet Jahon meteorologiya tashkiloti hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kun davomida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, shamol esa ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Shu sababli havoda chang zarrachalari, xususan PM10 miqdori vaqtincha ortishi mumkin. Mutaxassislar nafas yo‘llari, allergiya va yurak-qon tomir kasalliklari bor fuqarolarga ehtiyot bo‘lishni, imkon qadar uzoq vaqt ochiq havoda yurmaslikni tavsiya etdi. Ayni paytda atmosfera havosi holati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Kanalga ulanish: ➖@uzauz
1 167
20
Irritant kontakt dermatit 1. Sifatsiz taglik (pampers) 2. Noto'g'ri teri parvarishi 3. Ichakdagi disbioz 20 kunlik chaqaloqda
Irritant kontakt dermatit 1. Sifatsiz taglik (pampers) 2. Noto'g'ri teri parvarishi 3. Ichakdagi disbioz 20 kunlik chaqaloqda shu muammolar sabab orqa chiqaruv teshigi atrofida qizil, nuqtasimon, eroziyali toshmalar bezovta qilishni boshlagan edi. Alhamdulillah, 7 kunlik davo muolajasidan keyin yaxshi natija oldik! Nega bunaqa holat bo'ladi? Najasdagi lipaza va proteaza fermentlari teri himoya qatlamini buzadi. Pampers ichidagi issiqlik, nam muhit va ishqalanish teri bar’yerini zaiflashtiradi. Ayniqsa, sifatsiz sovun, antiseptik va salfetkalar (spirtlisi), kuchli sovunlar chaqaloq terisini irritatsiya qiladi. Shunaqa holatlarga sabab bo'ladi. Bemorlarimiz fikrlari (отзывы): https://bit.ly/42mm5yl
2 055