Доктор Аллерголог
Ir al canal en Telegram
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак! 🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог 👨⚕️ Болалар ва катталар шифокори 🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935 Консультация бўйича: @allergolog Беморлар фикри (отзывы): https://bit.ly/42mm5yl
Mostrar más2 459
Suscriptores
-224 horas
-257 días
-5130 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+3
en 0 canales
agosto '26
+66
en 0 canales
Get PRO
julio '26
+79
en 0 canales
Get PRO
junio '26
+61
en 0 canales
Get PRO
mayo '26
+92
en 0 canales
Get PRO
abril '26
+92
en 0 canales
Get PRO
marzo '26
+89
en 0 canales
Get PRO
febrero '26
+166
en 0 canales
Get PRO
enero '26
+298
en 1 canales
Get PRO
diciembre '25
+72
en 2 canales
Get PRO
noviembre '25
+61
en 0 canales
Get PRO
octubre '25
+36
en 0 canales
Get PRO
septiembre '25
+33
en 1 canales
Get PRO
agosto '25
+59
en 0 canales
Get PRO
julio '25
+61
en 0 canales
Get PRO
junio '25
+70
en 0 canales
Get PRO
mayo '25
+126
en 2 canales
Get PRO
abril '25
+135
en 1 canales
Get PRO
marzo '25
+207
en 1 canales
Get PRO
febrero '25
+52
en 0 canales
Get PRO
enero '25
+166
en 2 canales
Get PRO
diciembre '24
+118
en 9 canales
Get PRO
noviembre '24
+68
en 2 canales
Get PRO
octubre '24
+69
en 1 canales
Get PRO
septiembre '24
+76
en 1 canales
Get PRO
agosto '24
+81
en 0 canales
Get PRO
julio '24
+89
en 0 canales
Get PRO
junio '24
+65
en 0 canales
Get PRO
mayo '24
+182
en 1 canales
Get PRO
abril '24
+154
en 0 canales
Get PRO
marzo '24
+106
en 0 canales
Get PRO
febrero '24
+106
en 0 canales
Get PRO
enero '24
+106
en 1 canales
Get PRO
diciembre '23
+87
en 0 canales
Get PRO
noviembre '23
+93
en 0 canales
Get PRO
octubre '23
+165
en 1 canales
Get PRO
septiembre '23
+664
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+17 601
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+76
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+78
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+94
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+84
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+1 053
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+42
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+58
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+44
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+63
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+85
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+72
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+126
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+156
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+1 393
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+459
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+123
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+91
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+41
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+92
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+63
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+113
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+75
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+72
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+138
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+240
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+120
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+215
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+135
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+88
en 0 canales
Get PRO
febrero '21
+87
en 0 canales
Get PRO
enero '21
+77
en 0 canales
Get PRO
diciembre '20
+2 338
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 01 septiembre | +3 |
Publicaciones del Canal
🚨 BOLANING LABI, QOVOG’I SHISHDI… DARROV “ALLERGIYA!” DEMANG!
Ko‘z atrofi, lab yoki yuzning birdan shishishi — Kvinke shishi (angioedema) bo‘lishi mumkin.
Lekin uning sababi har doim ham allergiya emas! 👇
🦠 1. Infeksiya — eng muhim sababchilardan biri
Bolalarda virusli infeksiyalar angioedema va eshakemini tez-tez qo‘zg‘atishi mumkin. Oddiy shamollashdan keyin ham paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
💊 2. Dorilar
Ayrim antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchilar va boshqa dorilar shish chaqirishi mumkin.
🍓 3. Oziq-ovqat allergiyasi
Tuxum, sut, yong‘oq, baliq va boshqa mahsulotlar sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo “biror narsa yedi → labi shishdi” degani hali allergiya tashxisi emas. Ayniqsa reaksiya har safar aynan bir mahsulotdan keyin takrorlanishi muhim.
🤷♂️ Ba’zan esa aniq sabab topilmaydi — bu ham mumkin.
⏳ Odatda qancha davom etadi?
O‘tkir angioedema ko‘pincha vaqtinchalik bo‘lib, bir necha soatdan 2–3 kungacha davom etishi mumkin. Gistamin bilan bog‘liq holatlarda zamonaviy antigistaminlar yordam beradi.
🚨 Ammo til yoki tomoq shishishi, nafas olish qiyinlashishi, xirillash, hushdan ketish kuzatilsa — zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.
👨⚕️ Kvinke shishi takrorlanayotgan bo‘lsa, sababini o‘zingizcha taxmin qilmang. Allergologga murojaat qiling.
🎯 Shishni yo‘qotish muhim. Ammo undan ham muhimi — uning sababini aniqlash!
✅ @allergiya
| 2 | 🍂 Kuz keldi — allergiya mavsumi yana boshlandi!
Har yili kuzda:
🤧 aksirish,
👃 burun oqishi yoki bitishi,
👁 ko‘z qichishishi,
😮💨 yo‘tal va xirillash
yana qaytadan boshlanadimi?
Bunday holatda faqat simptomni bosuvchi dorilar bilan cheklanib qolish yetarli emas. Eng muhim savol:
Allergiyani aynan qaysi allergen chaqiryapti?
Agar sabab o'simlik changi yoki boshqa klinik ahamiyatli allergen ekanligi tasdiqlansa, ayrim bemorlarda ASIT — allergen-spetsifik immunoterapiya tavsiya qilinishi mumkin.
💉 ASIT nima?
Bu organizmga sababchi allergenni nazoratlangan dozada berib, immun tizimining unga bo‘lgan ortiqcha reaksiyasini asta-sekin kamaytirishga qaratilgan davolash usuli.
ASITning asosiy afzalligi — u faqat simptomni vaqtincha bostirmaydi, balki allergik kasallikning o‘z mexanizmiga ta’sir qiladi.
✅ simptomlar pasayadi/yo'qoladi
✅ dorilarga ehtiyoj kamayadi
✅ davolash tugagandan keyin ham uzoq muddatli foyda saqlanishi mumkin
❗️Lekin ASIT hamma allergiyaga ham qilinmaydi. Avval allergolog ko‘rigidan o‘tib, analizlar orqali haqiqiy sababchi allergenni to‘g‘ri aniqlash kerak.
🌿 Har kuz allergiyadan azob chekishni odatiy hol deb qabul qilmang. Balki bu safar faqat simptomni emas, sababini davolash vaqti kelgandir! | 392 |
| 3 | 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Har bir xonadonda sog‘lik, tinchlik va farovonlik, yurtimizda esa taraqqiyot va osoyishtalik bardavom bo‘lsin. Farzandlarimiz sog‘lom, bilimli va Vatanimiz kelajagiga munosib avlod bo‘lib ulg‘aysin!
Mustaqilligimiz abadiy, xalqimiz doimo omon bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
Jasur Davlatov | 456 |
| 4 | 🫁 Bolangizda obstruktiv bronxit tez-tez qaytalaydimi? Gripp vaksinasi foyda berishi mumkin!
Kuz-qish mavsumida ayrim bolalarda deyarli har bir virusli infeksiyadan keyin xirillash, hansirash va bronxial obstruksiya boshlanadi.
Bunday bolalarda grippga qarshi vaksina qilish kerakmi?
💉 Ha, ayniqsa tavsiya etiladi.
Sababi oddiy: influenza (gripp) virusi bronxial obstruksiya va astma xurujini qo‘zg‘atuvchi viruslardan biridir.
Tadqiqotlarda gripp vaksinasi bolalarda:
🔹 gripp bilan kasallanish xavfini kamaytirishi;
🔹 gripp sababli shifoxonaga tushishni ~53–57% gacha kamaytirishi;
🔹 astma/hirillashli bemorlarda gripp bilan bog‘liq og‘ir xurujlar va shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyojni kamaytirishi ko‘rsatilgan.
❗️Lekin muhim nuqta:
Gripp vaksinasi “obstruktiv bronxitga qarshi vaksina” emas.
U eng asosiy rinovirus, RSV va boshqa viruslardan himoya qilmaydi. Ya’ni bolada obstruksiya umuman qaytalanmaydi, deb kafolat berolmaymiz.
Ammo obstruksiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan muhim triggerlardan biri — gripp virusini kamaytiramiz. | 566 |
| 5 | ⚠️ Kecha yegan ovqatingiz allergiya bermadi, bugun esa berdi. Nega?
🥜 Tasavvur qiling: siz ma’lum bir mahsulotni oz miqdorda yedingiz — hech qanday reaksiya bo‘lmadi. Boshqa safar xuddi shu miqdorni yedingiz va birdaniga toshma, shish yoki hatto anafilaksiya yuz berdi.
Buning sabablaridan biri — KOFAKTORLAR bo‘lishi mumkin.
🧩 Allergiyada “threshold” degan tushuncha bor. Bu — organizmda allergik reaksiya boshlanishi uchun zarur bo‘lgan allergen miqdori.
Ayrim holatlar bu chegarani pasaytirib yuboradi. Natijada oldin muammo tug‘dirmagan miqdordagi ovqat ham reaksiya chaqirishi yoki reaksiyani og‘irlashtirishi mumkin.
🔻 Thresholdni pasaytirishi mumkin bo‘lgan asosiy kofaktorlar:
🏃♂️ Jismoniy zo‘riqish — yugurish, sport, intensiv mashq
💊 Nosterioid yallig'lanishga qarshi dorilar — aspirin, ibuprofen, diklofenak, naproksen kabi preparatlar
🍷 Alkogol
🤒 Infeksiya va isitma — ayniqsa organizm kasallik bilan kurashayotgan paytda
😴 Uyqusizlik
😰 Kuchli stress va emotsional zo‘riqish
🩸 Hayz ko‘rish davri — ayrim ayollarda
🔥 Issiq muhit / tana haroratining oshishi
💧 Suvsizlanish
🫃 Oshqozon-ichak bilan bog‘liq ayrim holatlar — allergenning so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkin
💊 Ayrim boshqa dorilar — individual vaziyatlarda reaksiyaga ta’sir qilishi mumkin
Masalan: Bemorda bug‘doyga allergiya bor.
🥖 Bug‘doyli ovqat → hech narsa bo‘lmasligi mumkin.
Ammo:
🥖 Bug‘doy + 🏃♂️ jismoniy zo‘riqish
yoki
🥖 Bug‘doy + 💊 aspirin ichish yoki
🥖 Bug‘doy + 🍷 alkogol
→ allergik reaksiya, hatto ANAFILAKSIYA rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun:
“Men bu ovqatni oldin ham yeganman, hech narsa bo‘lmagan” deb — oziq-ovqat allergiyasini to‘liq inkor qilmaydi.
Allergik reaksiya kuzatilganda faqat “Nima yedingiz?” deb emas, balki:
🔎 “O‘sha kuni sport qildingizmi?”
🔎 “Og‘riq qoldiruvchi dori ichdingizmi?”
🔎 “Alkogol iste’mol qildingizmi?”
🔎 “Infeksiya yoki isitma bormidi?”
🔎 “Uyqusizlik yoki kuchli stress bo‘lganmi?”
degan savollar ham muhim.
🧠 Esda tuting: ba’zan allergik reaksiyani faqat ovqat emas, OVQAT + KOFAKTOR kombinatsiyasi yuzaga chiqaradi. | 1 457 |
| 6 | Atopik dermatitli bolaning terisi sog‘lom teridan nimasi bilan farq qiladi?
Muhim jihati shundaki, Atopik dermatitda hatto toshmasiz, sog‘lom ko‘rinayotgan teri ham biologik jihatdan to‘liq sog‘lom emas.
👶 Sog‘lom terida:
🟢 Teri barrieri mustahkam
🟢 Suv yo‘qotilishi kam
🟢 Filaggrin va seramidlar yetarli
🟢 Allergen va mikroblarning kirishi cheklangan
🟢 Mikrobiom xilma-xilligi saqlangan
🔴 Atopik dermatitda:
🔻 Teri barrieri zaiflashadi
🔻 Filaggrin/barrier oqsillari kamayishi mumkin
🔻 Seramid va lipid tarkibi buziladi
🔺 suv yo’qotilishi oshadi → teri quriydi
🔺 Allergen va irritantlar osonroq kiradi
🔺 T2-yallig‘lanish (IL-4, IL-13) kuchayadi
🔺 S. aureus kolonizatsiyasi ko‘payadi
🔺 Qichishish → qashish → barrierning yanada buzilishi yuz beradi
♻️ Natijada patologik aylana shakllanadi:
Barrier buzilishi → quruqlik → allergen/mikroblar kirishi → yallig‘lanish → qichishish va qashish → barrierning yanada buzilishi
Atopik dermatit — shunchaki “teridagi toshma” emas. Bu, avvalo, teri barrieri va immun javob o‘rtasidagi murakkab kasallikdir.
👉 Shuning uchun emollientlar faqat toshmaga emas, butun quruq va atopik dernatitga moyil teriga muntazam qo‘llanadi. | 1 550 |
| 7 | 🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, eshak-yemi tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Bronxial astma, nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
🗓 24-iyul kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi.
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅ Allergik rinit
✅ Allergik konyunktivit
✅ Krapivnitsa (eshak yemi)
✅ Bronxial astma
✅ Atopik dermatit (diatez)
✅ Oziq-ovqat allergiyasi
🗓 Sana: 24-iyul (juma)
⏰ Vaqt: 07:00–15:00
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99878-707-70-80 | 3 950 |
| 8 | 🥹 Yaxshi kunlar yaqin… | 1 160 |
| 9 | ❌ Umumiy IgE pasayganiga qarab “allergiya tuzaldi” deb xulosa qilish mumkin emas
Ba’zi bir allergiyani faqatgina IgE deb biladigan hamkasblarimiz shunaqa Do/Posle natijalar bilan odamlarni chalg’itishmoqda.
1 oy oldin: umumiy IgE ≈ 1300 kME/L
1 oy keyin: umumiy IgE ≈ 207 kME/L
Bu juda katta pasayish (taxminan 84%), lekin buni quyidagicha talqin qilish kerak:
✅ Bu ijobiy o‘zgarish, ammo kasallik tuzalganini isbotlamaydi.
Umumiy IgE organizmning umumiy allergik moyilligini ko’rsatadi, lekin:
simptomlarning og’irligi bilan har doim ham mos kelmaydi, davolash samaradorligini kuzatish uchun ishonchli marker hisoblanmaydi.
Allergiya nazoratga olinganini asosan:
bemorning shikoyatlari kamaygani, burun, ko‘z, teri yoki astma simptomlari yo‘qolgani, o‘pkaning funksiyasi (astmada), kerak bo‘lsa, spetsifik IgE yoki boshqa tekshiruvlar bilan baholanadi.
Yana bir muhim jihat
Bu ikki tahlil ikki xil laboratoriyada bajarilgan. Turli laboratoriyalar turli analizator va reagentlardan foydalanishi mumkin. Dinamikani baholash uchun odatda bir xil laboratoriyada tekshirish ma’qul. | 1 405 |
| 10 | ❗️Yangilik: Allergologiya fanidan ilk kursimga start berdim!
Bundan 10-20 yil avvalgi bilimlar tez eskirib qolmoqda. Yangidan-yangi ma’lumotlar aniqlanmoqda. Zamonaviy shifokor esa bir zumga ham to’xtab qolmasligi shart!
➖ Allergologiya va klinik immunologiya fani bo’yicha o’z bilimlarini yangilamoqchi/mustahkalamoqchi bo’lgan shifokorlarni kursga taklif etaman.
Dalillarga asoslangan allergologiya kursi 1.0
📌 Darslar 1.5 oy davom etadi
🗓️ 20-iyuldan boshlanadi!
Batafsil ma’lumot: | 1 218 |
| 11 | Hozirgi issiq hammasimas!
Yangi hafta enamizni ko’ramiz!
✅ @allergiya | 1 236 |
| 12 | Yana bitta Atopik dermatiti bor bolajonni nazoratga oldik! | 1 142 |
| 13 | 🔥 2026-yil allergologiya va klinik immunologiyadagi muhim yangiliklar
🔵 Remibrutinib yeryong‘oq (araxis) allergiyasida samaradorligini ko‘rsatdi 👆
Dunyo bo‘yicha avval surunkali spontan eshakemni (urtikariya) davolash uchun og‘iz orqali qabul qilinadigan preparat sifatida ro‘yxatdan o‘tgan remibrutinib II faza klinik tadqiqotida IgE vositachiligidagi yeryong‘oq allergiyasi bo‘lgan kattalarda platseboga nisbatan ancha yuqori samaradorlikni namoyish etdi.
Kelgusida remibrutinib nafaqat surunkali urtikariya, balki oziq-ovqat allergiyasini davolash uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Endi III faza tadqiqotlari natijalari kutilmoqda.
⸻
🔵 Breztri ingalyatori bronxial astma uchun yangi dozada ro‘yxatdan o‘tkazildi 👆
Breztri (budesonid + glikopirroniy bromid + formoterol) 160 mkg + 14,4 mkg + 5,0 mkg/doza ko‘rinishida bronxial astmani davolash uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Preparat:
18 yosh va undan katta bemorlarda;
o‘rta yoki yuqori dozadagi inhalatsion glyukokortikosteroid va uzoq ta’sir qiluvchi β₂-agonist bilan davolashga qaramay kasalligi nazorat qilinmayotgan holatlarda;
saqlovchi davolash hamda astma zo‘rayishlari xavfini kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
Avvalroq Breztri boshqa dozada **surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SOO’K/XOBL)**ni davolash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
⸻
🔵 Irsiy angioedema (HAE) bo‘yicha yangi xalqaro konsensus e’lon qilindi 👆
Yangi hujjatda irsiy angioedemani:
tashxislash,
o‘tkir xurujlarni bartaraf etish,
uzoq muddatli profilaktikani tanlash
bo‘yicha zamonaviy xalqaro tavsiyalar jamlangan. Bu konsensus HAE bilan og‘rigan bemorlarni boshqarishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. | 1 324 |
| 14 | Ajoyib xabar!
Andijonda 5 nafar egizak tug’ildi! | 1 311 |
| 15 | 🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, eshak-yemi tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Bronxial astma, nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
🗓 24-iyul kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi.
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅ Allergik rinit
✅ Allergik konyunktivit
✅ Krapivnitsa (eshak yemi)
✅ Bronxial astma
✅ Atopik dermatit (diatez)
✅ Oziq-ovqat allergiyasi
🗓 Sana: 24-iyul (juma)
⏰ Vaqt: 07:00–15:00
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99878-707-70-80
⚠️ Ulgurib qoling, joylar cheklangan! | 2 393 |
| 16 | 🌿 ASIT terapiyasi bronxial astmani orqaga qaytara oladimi?
Allergik rinit vaqtida davolanmasa, ayrim bemorlarda u bronxial astmaga o’tishi mumkin. Bu holat tibbiyotda “allergic march” (allergik yurish) deb ataladi.
❓Xo‘sh, ASIT (Allergen-spetsifik immunoterapiya) astmani butunlay davolaydimi?
🔬 Evidence-Based Medicine (EBM) tadqiqotlari quyidagilarni ko‘rsatadi:
1️⃣ ASIT – allergiyaning sababiga ta’sir qiluvchi yagona davolash usuli. U organizmni allergenga asta-sekin moslashtirib, immun tizimi javobini o‘zgartiradi.
2️⃣ Allergik riniti bo‘lgan bolalarda va kattalarda bronxial astma rivojlanish xavfini sezilarli kamaytiradi. Ayniqsa davolash erta boshlansa va kamida 3 yil davom ettirilsa, natijalar yaxshiroq bo‘ladi.
3️⃣ Agar bronxial astma allaqachon rivojlangan bo‘lsa,
ASIT:
✅ astma simptomlarini kamaytiradi;
✅ xurujlar sonini kamaytiradi;
✅ inhalyatsion gormonal dorilarga ehtiyojni kamaytiradi;
✅ hayot sifatini yaxshilaydi;
✅ kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
4️⃣ Bolalarda ASIT samarasi odatda kattalarga nisbatan yuqoriroq. Chunki bronxlarda qaytmas o‘zgarishlar hali rivojlanmagan bo‘ladi.
⚠️ Muhim eslatma:
ASIT bronxial astmani barcha bemorlarda to‘liq yo‘qotadi yoki “100% davolaydi” degan ilmiy xulosa mavjud emas.
Ammo xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, ASIT:
✔️ kasallikning tabiiy kechishini o‘zgartira oladigan;
✔️ allergik rinitning astmaga aylanishini kamaytiradigan;
✔️ uzoq muddatli remissiyaga erishish imkonini beradigan eng samarali usullardan biri hisoblanadi.
ASIT qanchalik erta, ya’ni allergik rinit bosqichida yoki yengil allergik astmada boshlansa, natijasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Shu sababli allergiyani faqat simptomatik dorilar bilan emas, balki sababiga yo‘naltirilgan davolash usullari bilan ham baholash muhimdir. | 1 093 |
| 17 | Tanangiz qizib ketsa yoki terlasa teringizda toshma toshadimi?
✅ Xolinergik urtikariya - bitta sababli kasallik emas. Hozirgi ilmiy qarashlarga ko’ra u bir necha patogenetik subtiplardan iborat bo’lib, har birida sabab mexanizmi biroz farq qiladi. Keling, ularning asosiylarini ko’rib chiqamiz:
1. Terga yuqori sezuvchanlik (Sweat hypersensitivity) — eng ko’p uchraydigan sabab
Bu eng yaxshi o’rganilgan mexanizmlardan biri.
Bemorning o’z teridagi oqsillarga IgE orqali allergik javob rivojlanadi. Tana qizib terlash boshlanganda semiz hujayralar faollashadi. Natijada gistamin ajraladi va toshma hosil bo’ladi.
📊 Tadqiqotlarda:
50% dan ortiq bemorlarda o’z teriga nisbatan musbat allergik javob aniqlangan. Bu shuni anglatadiki, har ikki bemordan kamida bittasida asosiy mexanizm aynan ter allergiyasi hisoblanadi.
⸻
2. Ter bezlari faoliyatining buzilishi (Hypohidrosis yoki anhidrosis)
Ba’zi bemorlarda ter bezlari normal ishlamaydi. Natijada:
- ter chiqishi qiyinlashadi;
- asetilxolin ko’proq to’planadi;
- semiz hujayralar qo’zg’aladi;
va urtikariya yuzaga keladi.
Bu bemorlarda issiqqa chidamsizlik, kam terlash;
yozda simptomlarning kuchayishi kuzatiladi.
⸻
3. Asetilxolinning bevosita ta’siri
Normal odamda asetilxolin faqat ter bezlarini faollashtiradi. Ammo ayrim bemorlarda asetilxolin semiz hujayralarni ham faollashtiradi, gistamin ajraladi, bir necha daqiqada toshmalar paydo bo’ladi.
Bu mexanizm ayniqsa ter bezlari yaxshi ishlamaydigan bemorlarda muhim rol o’ynaydi.
⸻
4. Ter yo’llarining qisman berkilishi (Poral occlusion)
Ba’zi bemorlarda:
- ter yo’llari qisman tiqilib qoladi;
- ter dermaga sizib chiqadi;
immun tizimi bunga javob beradi. Bu mexanizm ham ayrim subtiplar uchun tavsiya etilgan. | 1 728 |
| 18 | 🌾 Timofevka o‘ti allergiyasi nima? Nega u dunyodagi eng muhim gul changi allergenlaridan biri hisoblanadi?
Timofevka o‘ti (Phleum pratense) — bahor oxiri va yoz boshida gullaydigan o‘t bo‘lib, uning changi (poleni) dunyo bo‘ylab millionlab insonlarda allergik rinit va bronxial astmani qo‘zg‘atuvchi eng kuchli allergenlardan biridir.
⸻
1️⃣ Timofevka o‘ti qayerlarda uchraydi?
🌱 Asosan:
✅ yaylovlarda
✅ maysazorlarda
✅ dala va bog‘larda
✅ yo‘l bo‘ylarida o‘sadi.
Yevropa, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoning ko‘plab hududlarida keng tarqalgan.
⸻
2️⃣ Nima uchun aynan Timofevka changi juda allergik?
Uning chang donachalari tarkibida immun tizimi tanib oladigan maxsus oqsillar mavjud.
Eng muhim allergenlari:
🧬 Phl p 1
🧬 Phl p 5
🧬 Phl p 2
🧬 Phl p 6
🧬 Phl p 7
🧬 Phl p 12
Ayniqsa Phl p 1 va Phl p 5 Timofevka allergiyasi bo‘lgan bemorlarning 80–90% ida IgE antitanalari bilan reaksiyaga kirishadi.
⸻
3️⃣ Qanday belgilar paydo bo‘ladi?
🌾 Burun bitishi
🤧 Ketma-ket aksirish
💧 Burundan suv kelishi
👁 Ko‘z qichishi va yoshlanishi
😮💨 Yo‘tal
🫁 Hansirash
🫁 Bronxial astma xurujlari
Belgilar odatda changlanish mavsumida kuchayadi.
📚 Manbalar:
1️⃣ Matricardi PM, Kleine-Tebbe J, Hoffmann HJ, et al. EAACI Molecular Allergology User’s Guide. Allergy. 2016.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/27288833/
2️⃣ Wensing M, Akkerdaas JH, van Leeuwen WA, et al. IgE to major grass pollen allergens Phl p 1 and Phl p 5 in grass pollen allergy. J Allergy Clin Immunol.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/10359873/
3️⃣ Tripodi S, Frediani T, Lucarelli S, et al. Molecular profiles of IgE to Phleum pratense in children with grass pollen allergy. J Allergy Clin Immunol.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/19895990/
4️⃣ Valenta R, Niederberger V. Recombinant allergens for diagnosis and therapy of IgE-mediated allergy. Nat Rev Immunol. 2007.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/17259980/ | 1 573 |
| 19 | 🤧 Nega ayrim odamlarda allergik rinit yillar davomida faqat burun bilan cheklanadi, boshqalarda esa 2–3 yil ichida bronxial astmaga aylanadi?
Bu savol allergologlarni ham ko‘p yillardan beri qiziqtirib kelmoqda.
Javob esa bitta emas. Har bir bemorning immun tizimi va nafas yo‘llaridagi yallig‘lanish turi turlicha bo‘ladi.
1️⃣ “Bir nafas yo‘li” nazariyasi
Burun va bronxlar aslida bitta tizimning ikki qismi hisoblanadi.
Shuning uchun burundagi allergik yallig‘lanish ayrim odamlarda vaqt o‘tishi bilan bronxlarga ham “ko‘chadi”.
Lekin bu hamma bemorda ham sodir bo‘lmaydi.
⸻
2️⃣ Genetik moyillik
Ba’zi insonlarda tug‘ma ravishda kuchliroq allergik javob berishga moyillik mavjud.
Bunday bemorlarda:
✅ IgE yuqori bo‘ladi
✅ eozinofillar ko‘proq bo‘ladi
✅ IL-4, IL-5 va IL-13 kabi allergik sitokinlar faolroq ishlaydi.
Natijada yallig‘lanish faqat burunda qolmay, o‘pkagacha yetib borishi mumkin.
⸻
3️⃣ Eozinofil yallig‘lanish
Eng muhim farqlardan biri aynan shu.
Agar organizmda eozinofillar uzoq vaqt yuqori bo‘lsa,
ular bronx devorida ham surunkali yallig‘lanishni boshlaydi.
Vaqt o’tishi bilan bronxlar:
🔸 sezgir bo‘lib qoladi
🔸 torayishga moyil bo‘ladi
🔸 astma rivojlanishi mumkin.
⸻
4️⃣ Allergiya og‘irligi
Birgina changga allergiyasi bor odam bilan,
chang + gul changi + uy hayvoni + mog‘orga allergiyasi bor odamning xavfi bir xil emas.
Ko‘p allergenlarga sezuvchan (polisensitizatsiya) bemorlarda astma rivojlanish xavfi yuqoriroq.
⸻
5️⃣ Burundagi allergiyani davolamaslik
Ko‘pchilik:
“Faqat burun oqyapti-ku” deb davolanishni e’tiborsiz qoldiradi.
Aslida esa yaxshi nazorat qilinmagan allergik rinit:
➡️ bronxlarda ham yallig‘lanish boshlanishiga yordam berishi mumkin.
Shuning uchun zamonaviy tavsiyalarda allergik rinitni to‘liq nazorat qilish muhim hisoblanadi.
⸻
6️⃣ Atrof-muhit
Quyidagilar ham astmaga o’tish xavfini oshiradi:
🚬 sigaret tutuni
🌫️ havo ifloslanishi
🦠 tez-tez virusli infeksiyalar
🏠 nam va mog‘orli uy
Bu omillar bronxlarning himoya qatlamini zaiflashtiradi.
⸻
7️⃣ Nega ayrim bemorlarda umuman astma rivojlanmaydi?
Chunki ularda:
✔️ yallig‘lanish asosan burun bilan cheklanadi;
✔️ genetik xavf pastroq bo‘ladi;
✔️ allergen bilan kontakt kam bo‘ladi;
✔️ davolash yaxshi olib boriladi;
✔️ bronxlarda doimiy yallig‘lanish shakllanmaydi.
Allergik rinitning astmaga aylanishi “tasodif” emas.
Bu:
🧬 genetika +
🦠 immun tizimi +
🩸 eozinofil yallig‘lanish +
🌍 atrof-muhit +
💊 davolash sifati
birgalikdagi ta’siri natijasidir.
Shu sababli har bir allergik riniti bo‘lgan bemor ham astmaga aylanishi shart emas, ammo ayrim bemorlarda xavf ancha yuqori bo‘ladi.
Bunday holatlardan davolanish uchun, nazorat qilish uchun albatta allergolog shifokor bilan birgalikda shug’ullanishingiz kerak
📚 Manbalar
Hannikainen P. va boshq. Allergic Rhinitis, Rhinosinusitis, and Asthma: Connections Across the Unified Airway. Otolaryngol Clin North Am. 2024.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/37735024/
Bousquet J. va boshq. ARIA–EAACI Task Force Report. Allergy. 2023.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/37042071/
Iordache A. va boshq. A Review Regarding the Connections between Allergic Rhinitis and Asthma. Curr Health Sci J. 2023.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/37780190/
Bousquet J. va boshq. Rhinitis associated with asthma is distinct from rhinitis alone: The ARIA-MeDALL hypothesis. Allergy. 2023.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/36799120/ | 1 676 |
| 20 | 🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, qavarchiqlar tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
🗓 26-iyun kuni Namangan shahridagi «Dr. Muyassar» klinikasida allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov tomonidan konsultatsiya o'tkaziladi.
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅ Allergik rinit
✅ Allergik konyunktivit
✅ Krapivnitsa (eshak yemi)
✅ Bronxial astma
✅ Atopik dermatit (diatez)
✅ Oziq-ovqat allergiyasi
🗓 Sana: 26-iyun (juma)
⏰ Vaqt: 07:00–15:00
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📍 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
🏦 Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish: +998 95-401-06-06
⚠️ Ulgurib qoling, joylar cheklangan! | 1 448 |
