ar
Feedback
"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali

الذهاب إلى القناة على Telegram

✔️Toshkent MTU rahbariyatiga MTUni rivojlantirish bo'yicha taklif, muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin: @RJU_Tashkent_bot Tel: 712999620 Instagram: www.instagram.com/rju_tashken_offical/ Veyb-sayt: www.tashkent.railway.uz

إظهار المزيد
6 273
المشتركون
-324 ساعات
-327 أيام
-13630 أيام
أرشيف المشاركات
1-OKTABR — USTOZLAR VA MURABBIYLAR KUNI Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan Tos
1-OKTABR — USTOZLAR VA MURABBIYLAR KUNI Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan Toshkent MTU filiali jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ustoz — bilim va tajribani avloddan avlodga yetkazib, yoshlarning kelajagini bunyod etuvchi sharafli kasb egasidir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va fidoyiligingiz tufayli ko‘plab yoshlar o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib kamol topmoqda. Temir yo‘l sohasida yosh kadrlarga o‘zining ko‘p yillik tajribasi va kasbiy bilimlarini o‘rgatib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati alohida qadrlidir. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz! Hurmat bilan, "Toshkent MTU" filiali boshlig‘i O.N.Xudoyqulov
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 #forma #DRESS_kod Mavsum bo'yicha kasb kiyimini kiyish tartibi. 👮🏻 📅1-oktyabrdan kasb kiyimining o'zgarish
+1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 #forma #DRESS_kod Mavsum bo'yicha kasb kiyimini kiyish tartibi. 👮🏻 📅1-oktyabrdan kasb kiyimining o'zgarishini sizga eslatib o'tamiz. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

🚆 Shahar atrofi poyezdlariga chipta olish endi yanada oson! Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda chipta xarid q
🚆 Shahar atrofi poyezdlariga chipta olish endi yanada oson! Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda chipta xarid qilish jarayonini yanada tezkor va sodda tashkil etish maqsadida shahar atrofi poyezdlari uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqildi. 📱 Endilikda yo‘lovchilar ilova orqali kerakli yo‘nalishni tanlab, poyezdlar qatnovi haqida ma’lumot olish va chiptalarni qulay tarzda xarid qilishlari mumkin. ☑ Navbatlarsiz ☑ Tezkor va qulay ☑ Istalgan joydan chipta xarid qilish imkoniyati 📲 Ilovani yuklab oling: 🤖 Android uchun⁠ 🍎 iOS uchun⁠ Safaringizni oldindan rejalashtiring va chiptangizni yanada qulay xarid qiling! 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА 👍👍👍👍👍👍 Poyezdlar harakat xavfsizligini hamda mehnat muhofazasini taʼminlash sohadagi eng muh
+3
HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА 👍👍👍👍👍👍
Poyezdlar harakat xavfsizligini hamda mehnat muhofazasini taʼminlash sohadagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois,tarmoqda har haftaning chorshanba kunida, harakat xavfsizligi kuni tadbiri oʼtkaziladi. "Toshkent MTU" Filiali boshligʼining birinchi oʼrinbosari Sh.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh, harakat xavfsizligi kunida 🌍"Toshkent yuk" stansiyasida boʼlib, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa, konteyner poyezdlarini qabul qilish, joʼnatish, konteynerlarni tushurish va ortish jarayonlarini, vagonlarning holatini koʼzdan kechirdilar. Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni oʼz vaqtida barataraf qilish, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlashga eʼtiborni yanada kuchaytirish zarurligi borasida, masʼullarga koʼrsatmalar berildi.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIRYO‘L UCHASTKALARIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI 22-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali rahbar
+5
TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIRYO‘L UCHASTKALARIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
22-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati boshchiligida 🌍Toshkent-Angren temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Unda kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ko‘rik davomida stansiya boshliqlari, navbatchilari, yo‘l, aloqa, energiya taʼminoti korxonalari xodimlarining bilim va tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar ham o‘tkazildi. Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlashni yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

SHAXOBCHA TEMIR YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA 👍👍👍👍👍👍 “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulo
+9
SHAXOBCHA TEMIR YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA  👍👍👍👍👍👍
 “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzelning 10 ga yaqin stansiyasida o‘tkazilgan kuzgi ko‘rikda, mavjud shaxobcha temir yo‘llari ham ko‘zdan kechirildi.  Ishchi guruh, uzel tarkibidagi yirik stansiyalardan biri Toshkent yuk stansiyasida bo‘lganda, korxonalarga qarashli ayrim shaxobcha temir yo‘llarni o‘rganib, harakat xavfsizligini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarni aniqladi. Uzel boshlig‘i tomonidan Salar temir yo‘l masofasi korxonasi hamda stansiya rahbariyatiga, doimiy ravishda shaxobcha temir yo‘llarini nazorat qilib borish, kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, boshqa stansiyalarda ham kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi.
 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

Repost from DSBA
Bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (DSBA)da magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlarining so'nggi— ochiq suhbat bosqichi boshlandi 📍Talabgorlarga suhbat kuni hamda vaqti haqida Akademiyaning rasmiy https://qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali xabarnoma yuborilgani eslatib o'tiladi! ✅Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta asl nusxasi) olib kelishlari eslatib o'tiladi. 📹Suhbat jarayonlarini bevosita live rejimida Akademiyaning rasmiy YouTube manzili orqali kuzatib borishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi! Barcha talabgorlarga o'z bilimiga bo'lgan ishonch va muvaffaqiyat tilaymiz! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

"TOSHKENТ - CHINORKENТ" YO'NALISHIDAGI TEMIR YO'L UCHASTKALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK 18-sentabr kuni, "Toshkent M
+9
"TOSHKENТ - CHINORKENТ" YO'NALISHIDAGI TEMIR YO'L UCHASTKALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
18-sentabr kuni, "Toshkent MTU" Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan, ushbu yoʼnalishda kuz-qish mavsumi oldidan koʼrik oʼtkazildi. Mavsumni betalofat oʼtkazish, poyezdlar harakat xavfsizligini, mehnat muhofazasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha oʼrganildi. Shuningdek, koʼrik davomida, stansiya boshliqlari, navbatchilari va boshqa masʼul xodimlarning bilim va tajribalarini yanada oshirish maqsadida, savol javoblar, amaliy sinovlar oʼtkazildi. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini taʼminlash, ish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha joylardagi xodimlarning takliflari ham oʼrganib borilmoqda Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan masʼul xodimlarga koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

YANGI QURILGAN ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YO‘LDA TEXNIK SINOV O‘TKAZILDI 17-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xud
+8
YANGI QURILGAN ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YO‘LDA TEXNIK SINOV O‘TKAZILDI
  17-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 🌍Xovos, Yangi Yangiyer stansiyalaridagi temir yo‘l uchastkalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Ishchi guruh dastlab ko‘rikni      🌍“Xovos-Zomin turizm” yo‘nalishida qurilgan, uzunligi 28 km bo‘lgan yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasida texnik sinov o‘tkazishdan boshladi. Jarayonda amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi hamda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan masʼul xodimlarga  topshiriqlar berildi. Shuningdek, ko‘rik davomida eng yirik saralash stansiyalaridan biri hisoblangan 🌍Xovos stansiyasi hamda Yangi Yangiyer stansiyalarida kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik,harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi. Kuzgi ko‘rik davom etmoqda.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

POYEZDLАR HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSH MUHIM VАZIFА 16-sentabr kuni kunning ikkinchi yarmida, "Toshkent MTU" Filiali rahb
+8
POYEZDLАR HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSH MUHIM VАZIFА
16-sentabr kuni kunning ikkinchi yarmida, "Toshkent MTU" Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh  tomonidan 🌍“Sirdaryo – Guliston- Bekobod” temir yoʼl uchastkasida  kuzgi koʼrik oʼtkazildi. Unda temir yoʼl stansiyalari va korxona boʼlimlarida poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, belgilangan ish texnologiyalariga rioya etilishi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablarining bajarilishi atroflicha oʼrganildi. Аniqlangan kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

2026-yil 17-Sentyabr “Temiryoʻlchi” gazetasining 36-soni. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA KUZGI KO'RIK BOSHLANDI 👍👍👍👍👍 "Toshkent MTU" Filialida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minl
+8
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA KUZGI KO'RIK BOSHLANDI 👍👍👍👍👍
"Toshkent MTU" Filialida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlarni, yo'l, elektr ta'minoti, signallashtirish va aloqa xo'jaliklarining kuzgi mavsumga ko'rgan tayyorgarligini o'rganish maqsadida, kuzgi ko'rik boshlandi. Unda, Filial rahbariyati va bo'lim boshliqlari, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti, Toshkent filiali bosh noziri va nozirlari, xo'jaliklar mutasaddilari, stansiyalar boshliqlari ishtirok etmoqda. Kunning birinchi yarmida 🌍"O'zbekiston-Sirdaryo" yo'nalishidagi temiryo'l uchastkasi ko'zdan kechirildi. Ko'rik davom etmoqda.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

JIZZAX-1 VA JIZZAX-2 STANSIYALARI ORALIG‘IDAGI TEMIR YO‘L ELEKTRLASHTIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisini
+2
JIZZAX-1 VA JIZZAX-2 STANSIYALARI ORALIG‘IDAGI TEMIR YO‘L ELEKTRLASHTIRILDI
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 2-iyuldagi 345-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent MTU” filialiga qarashli Jizzax-1 va Jizzax-2 stansiyalari oralig‘idagi 6 km temir yo‘lni elektrlashtirish bo‘yicha belgilangan ishlar yakuniga yetkazildi. Mazkur loyiha ekspluatatsiya ishlarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, vagon va lokomotivlar aylanmasini optimallashtirish hamda lokomotivlardan unumli foydalanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. 2026-yil 15-sentabr kuni Jizzax-1 va Jizzax-2 stansiyalari oralig‘idagi elektrlashtirilgan temir yo‘lning kontakt tarmog‘iga kuchlanish berildi. Shuningdek, ushbu uchastkada birinchi elektrovoz harakati muvaffaqiyatli tashkil etildi. 🟢 Mazkur ishlarning amalga oshirilishi kelgusida ushbu yo‘nalishning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda tashish jarayonlari samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 🟢 Loyiha doirasida Jizzax-2 stansiyasidagi bitta qabul qilish-jo‘natish yo‘lini tiklash hamda 4 ta qabul qilish-jo‘natish yo‘lini elektrlashtirish ishlari ham nazarda tutilgan.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga elektropoyezdda sayohat qiling 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

🏆⚽️ TURNIR YAKUNLANDI! 🚉“Temiryo‘linfratuzilma” AJ tizimidagi hududiy filiallar hamda tashkilotlar terma jamoalari o‘rtasid
+5
🏆⚽️ TURNIR YAKUNLANDI!
🚉“Temiryo‘linfratuzilma” AJ tizimidagi hududiy filiallar hamda tashkilotlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasi yakuniga yetdi. ⚽️ Chorak final bahsida Toshkent MTU filiali terma jamoasi DASUTY MCHJ jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 🔥 Yarim finalda esa Qo‘ng‘irot MTU filiali terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 🥉 3-o‘rin uchun bahsda Toshkent MTU filiali terma jamoasi Qo‘qon MTU filiali jamoasi bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda jamoamiz 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, Toshkent MTU jamoasi turnirning faxrli 3-o‘rini sohibi bo‘ldi. 🏅 Jamoamizga diplom hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 1 000 000 so‘mlik vaucheri topshirildi. Shuningdek, Jamoasi darvozaboni Sirojjidin Ergashev turnirning “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi g‘olibi deb topilib, 500 000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

⏺⏺⏺⏺⏺ “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026 Futbol musobaqasining FINAL bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Re
+3
⏺⏺⏺⏺⏺ “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026
Futbol musobaqasining FINAL bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisining 2026-yil 23-iyundagi 570-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat tarkibidagi xodimlar o‘rtasida 2026-yil 12-sentyabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisi kubogi – 2026 futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆 Mazkur musobaqa jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, o‘zaro hurmati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yorqin namoyon etdilar. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Final bosqichida quyidagi jamoalar g‘oliblikni va sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥇 1-o‘rin — Qo‘ng‘irot MTU filiali jamoasi 🥈 2-o‘rin — Buxoro MTU filiali jamoasi 🥉 3-o‘rin — Toshkent MTU filiali jamoasi 🏆 Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni hamda barcha ishtirokchilarni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

#Axborot24  | Buxorodan Xivaga va Toshkentdan Andijonga tezyurar elktropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

KUZ- QISH MAVSUMI OLDIDAN 😈O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida kuz-qish mavsumida “O'zbekko
+6
KUZ- QISH MAVSUMI OLDIDAN
😈O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida kuz-qish mavsumida “O'zbekko'mir” АJda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o'rganildi. Xususan, “O'zbekko'mir” АJ, "Ko'mir taʼminot" MChJ, 🚉“O'zbekiston temir yo'llari” АJ va boshqa mutasaddi masʼul xodimlar ishtirokida mavjud muammolar o'rganilib, kuz-qish mavsumi uchun ko'mir yoqilgʼisini aholi va byudjet tashkilotlariga oʼz vaqtida, to'liq va sifatli yetkazib berish, vagonlarga bo'lgan ehtiyojini taʼminlash, ko'mir ortilgan 📦🪨vagonlar tarkibini turib qolishini oldini olish, vagonlar harakatini jadallashtirish uchun qoʼshimcha lokomotiv (elektrovoz)lar jalb etish hamda xavfsizlikni taʼminlash va talon-toroj holatlariga chek qo'yishga alohida eʼtibor qaratish bo'yicha ko‘rsatmalar berildi.
👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

TOSHKENT–ANDIJON YOʻNALISHIDA YANGI TEZYURAR POYEZD QATNOVI BOSHLANDI muxbir: S. Mo’minov 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda Xitoyning Janubi-g
+3
“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda
Xitoyning Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti Uzluksiz ta’lim instituti tomonidan “Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari davlat temir yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va moddiy resurslarni boshqarish bo‘yicha malaka oshirish seminari tashkil etildi. 📍 8-sentabr kuni Janubi-g‘arbiy Jiaotong universitetining Jiuli kampusida seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Tanzaniya, Uganda va Iordaniya kabi 6 ta davlatdan temir yo‘l sohasi vakillari — jami 34 nafar mansabdor xodim va boshqaruv mutaxassisi ishtirok etmoqda. 🎯 Seminar doirasida Ishtirokchilar: 🔹 Xitoy temir yo‘l tizimining rivojlanish tajribasi bilan tanishadi; 🔹 temir yo‘l ekspluatatsiyasining zamonaviy yondashuvlarini o‘rganadi; 🔹 moddiy-texnik resurslarni samarali boshqarish tajribasini o‘zlashtiradi; 🔹 transportni rejalashtirish va texnik standartlar bilan tanishadi; 🔹 temir yo‘l sohasi uchun kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganadi; 🔹 xorijiy temir yo‘l mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantiradi. Shuningdek, seminar turli mamlakatlar temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. 📅 Seminar 2026-yil 21-sentabrga qadar davom etadi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram