"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
✔️Toshkent MTU rahbariyatiga MTUni rivojlantirish bo'yicha taklif, muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin: @RJU_Tashkent_bot Tel: 712999620 Instagram: www.instagram.com/rju_tashken_offical/ Veyb-sayt: www.tashkent.railway.uz
显示更多6 669
订阅者
+224 小时
+317 天
+4030 天
帖子存档
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!
☀️🔥Ayni kunlarda respublikamiz hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
❗ Yuqori harorat sharoitida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi qizishi natijasida sovutish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishi mumkin. Shu sababli ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
⚠️ Yuqori havo harorati tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
Repost from "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
+2
Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temiryoʻlchilari
Ostonada sohani raqamlashtirishni muhokama qildi
2026-yil 8–9-iyul kunlari Ostona shahrida «Qazaqstan temir joli» MK» AJ, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va «Qirgʻiz temir joʻlu» MK» DK IT-bloklarining Latviyaning «SIGIS» kompaniyasi ishtirokidagi ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv doirasida «SIGIS» kompaniyasi temiryoʻl sohasi uchun oʻzining IT-yechimlarini taqdim etdi. Ishtirokchilar Tashishlarni operativ boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASOUP-2)ni almashtirish boʻyicha tajriba almashishni muhokama qildilar, shuningdek, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tashish va u bilan bogʻliq jarayonlarini raqamlashtirishda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturiy yechimlar hamda ilgʻor amaliyotlarni koʻrib chiqdilar.
Alohida tarzda vagonlar egasi boʻlgan «Kaztemirtrans» AJ korxonasining vagon parkini boshqarishning raqamli tizimlari boʻyicha taklif, xususan «Multikod» MChJ yechimi koʻrib chiqildi.
Uchrashuv uch temiryoʻl maʼmuriyati oʻrtasida transportni raqamli transformatsiya qilish sohasida tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali maydon boʻldi.
___
Железнодорожники Казахстана, Узбекистана и Кыргызстана
обсудили в Астане цифровизацию отрасли
8–9 июля 2026 года в Астане прошла рабочая встреча IT-блоков АО «НК «Қазақстан темір жолы», АО «Узбекистон темир йуллари» и ГП «НК «Кыргыз темир жолу» с участием латвийской компании «SIGIS».
В рамках встречи компания «SIGIS» представила свои IT-решения для железнодорожной отрасли. Участники обсудили обмен опытом по замене Автоматизированной системы оперативного управления перевозками (АСОУП-2), а также рассмотрели программные решения и передовые практики, применимые для цифровизации перевозочного и сопутствующих процессов АО «Узбекистон темир йуллари».
Отдельно было рассмотрено предложение по цифровым системам управления вагонным парком предприятия-собственника вагонов АО «Казтемиртранс», в частности решение ТОО «Мультикод».
Встреча стала площадкой для обмена опытом и укрепления регионального сотрудничества трёх железнодорожных администраций в сфере цифровой трансформации транспорта.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
+3
POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA!
👍👍👍👍👍👍
🌍“O‘zbekiston” lokomotiv deposida "Harakat xavfsizligi kuni" tadbiri oʻtkazildi. Unda“Toshkent MTU”filiali boshligʻining birinchi oʻrinbosari SH.Nurmatov, lokomotiv xo'jaligi boshlig'l o'rinbosari F.Hamzaev, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamentining Filial boʻyicha bosh noziri, yoʻl, aloqa, energiya ta’minot xoʻjaliklari, depo rahbariyati va lokomotiv brigadalar ishtirok etdi. Tadbirda poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda uchrayotgan nostandart holatlar va kamchiliklar xususida soʻz yuritildi. Lokomotiv brigalarning harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi savollariga, Filial hamda depo va boshqa rahbariyat tomonidan javoblar berildi va takliflari oʻrganildi. Filial rahbariyati tomonidan mutaxassislarga poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash, elektrovoz va teplovozlarning ish samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berildi.👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
Repost from uzdepo
+3
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida nazorat ko‘rigi o‘tkazildi
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Sh. Nurmatov, “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati” departamentining “Toshkent MTU” filiali bo‘yicha bosh noziri D.X. Qo‘chqorov hamda korxona rahbari O.M. Maxsumov boshchiligida nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida korxonada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, lokomotivlarni ta’mirlash jarayonlari va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud ish jarayonlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish va ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda hamda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
“Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting
Joriy yilning 15 – 16 - iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, logistika va yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yuqoridagi QR-kod yoki quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish
15–16-iyul 2026-yil
Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
"Sof Expo" ko‘rgazma markazi
Зарегистрируйтесь для участия в выставке "Национальная промышленная цепочка"
15–16 июля текущего года в выставочном центре Sof Expo в Джамбайском районе Самаркандской области пройдёт отраслевая выставка "Национальная промышленная цепочка" в сфере транспорта.
Данная выставка организуется Агентством по промышленной кооперации и государственным закупкам в сотрудничестве с Министерством транспорта, а также крупными государственными заказчиками и отраслевыми предприятиями транспортной сферы.
На выставке будут представлены текущие и перспективные потребности в закупках крупных государственных заказчиков транспортной отрасли. Кроме того, местные производители получат возможность продемонстрировать свою продукцию, комплектующие, технологические решения и импортозамещающие разработки.
В рамках мероприятия будут организованы практические встречи и диалоги в форматах B2B и B2G по вопросам государственных закупок, локализации, промышленной кооперации, инвестиций, логистики и новых производственных проектов.
Для участия в выставке зарегистрируйтесь по QR-коду выше или по ссылке.
Регистрация
15-16 июля 2026 г.
Самаркандская область, Джамбайский район,
выставочный центр Sof Expo
Repost from “O‘TY” AJ Markaziy klinik kasalxonasi
🔹 “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Markaziy klinik shifoxonasi sizni zamonaviy MRT diagnostikasi xizmatlaridan foydalanishga taklif etadi!
✅ Zamonaviy Philips MRT uskunasi
✅ Tajribali mutaxassislar
✅ Aniq va ishonchli tashxis
✅ Hamyonbop narxlar
✅ Qulay va tezkor xizmat
“Zamonaviy MRT diagnostikasi — sifatli xizmat va qulay narxlarda!”
📞 Murojaat uchun: +998 71 299 64 32
📍 Manzil: Toshkent shahri, Pahlavon Mahmud ko’chasi, 36-B uy
📲 Instagram: @railwayhospital
📲 Telegram: https://t.me/railwayhospital
Repost from “O‘TY” AJ Markaziy klinik kasalxonasi
Sizning salomatligingiz — bizning ustuvor vazifamiz!
Siz uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “Temir yo’l ijtimoiy xizmatlar” MCHJ Markaziy klinik shifoxonasida endilikda LOR (quloq, burun va tomoq) bo‘limi 24/7 — tunu-kun faoliyat yuritadi.
✅ Endi kunning istalgan vaqtida quloq, burun va tomoq bilan bog‘liq shikoyatlar yuzaga kelsa, malakali mutaxassislar qabuliga murojaat qilishingiz mumkin.
Biz sizga quyidagi qulayliklarni taklif etamiz:
📍 Qulay joylashuv va oson yetib kelish imkoniyati.
🕒 24 soat, haftaning 7 kuni uzluksiz xizmat.
👨⚕️ Ko‘p yillik tajribaga ega malakali LOR shifokorlari.
🩺 Zamonaviy diagnostika va samarali davolash usullari.
🤝 Har bir bemorga individual yondashuv va sifatli tibbiy xizmat.
Temiryo‘lchilar, ularning oila a’zolari, poytaxtimiz aholisi hamda Toshkent mehmonlari endi istalgan vaqtda malakali LOR shifokorlari qabulidan foydalanishlari mumkin.
🏥 Sog‘lig‘ingizni kechiktirmang — zarurat tug‘ilganda istalgan vaqtda bizga murojaat qiling. Sizning sog‘lig‘ingiz biz uchun muhim!
O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun ishonchli klinikani tanlang.
Temiryol Clinic — sog‘lig‘ingiz biz uchun muhim.📞 71 299 63 02 📍 Manzil: Pahlovon Mahmud 36B Yandeks: улица Пахлавона Махмуда, 36B 💯 Hamma uchun ochiq
+3
TADBIRKORLARNING MUROJAATI, MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 136-UN-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 29-iyun kuni, “Toshkent MTU” filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh 📍“Jizzax” stansiyasida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Jizzax viloyati hamda Jizzax shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etgan ushbu tadbirda, dastlab filial rahbariyati muhtaram prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar borasida so‘z yuritdi Uchrashuvda tadbirkorlar temir yo‘l xizmatlaridan foydalanganda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar, mahsulot eksport, import qilishda vagon bilan ta’minlash, yuklarni qisqa vaqtda o‘z manziliga yetkazib berish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Shuningdek, hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
Repost from 𝐓𝐎𝐒𝐇𝐊𝐄𝐍𝐓 𝐌𝐓𝐔 𝐘𝐎𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑
⚽️ “Uzel boshlig‘i kubogi – 2026” mini futbol musobaqasiga start berildi!
📢 Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda sportni ommalashtirish maqsadida “Uzel boshlig‘i kubogi – 2026” mini futbol musobaqasi tashkil etilmoqda. 📄 Musobaqa 2026-yil 25-iyundagi MTU-1067-sonli qaror asosida o‘tkaziladi. 👥 Musobaqada har bir terma jamoa 5 nafar asosiy va 1 nafar zaxira o‘yinchidan iborat tarkib bilan ishtirok etadi. 📝 Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 10-iyulga qadar qabul qilinadi hamda Uzel hududiy yoshlar yetakchisiga taqdim etilishi lozim. +99891-189-31-31 🏆 Musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoa Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli nomidan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi hamda 5 ta mintaqaviy temir yo‘l uzeli terma jamoalari bilan g‘oliblik uchun kuch sinashadi. ⚡️ Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali tarkibidagi barcha korxona va stansiya yoshlarini o‘z terma jamoalarini shakllantirib, “Uzel boshlig‘i kubogi – 2026” mini futbol musobaqasida faol ishtirok etishga taklif etamiz! #UzelBoshligiKubogi2026 #MiniFutbol #ToshkentMTU #TemirYolchilar #Sport
"Toshkent MTU" filiali hududiy Yoshlar yetakchilar Kengashi 🚉 👍👍👍👍👍👍
E'LON !
#Tadbirkorlar_bilan_muloqot
🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining “Тadbirkorlar kuni arafasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish va joyida hal etish uchun qabul qilingan, 136-UN sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, 📌Jizzax viloyati hamda Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlarini, 2026 yil 6-iyul kuni soat 15-00 da “Тoshkent MТU” filialiga qarashli 📌“Jizzax” stansiyasida Filial rahbariyati ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishga taklif qilamiz👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
Repost from Elektropoyezd.uz
+2
TOSHKENT JANUBIY – XOJIKENT HAMDA TOSHKENT – BEKOBOD YO‘NALISHLARIDAGI ELEKTROPOYEZDLAR QATNOV JADVALLARI
Hurmatli yo‘lovchilar!
Kundalik ishlaringiz, xizmat safari, dam olish yoki sayohatingizni ishonchli, tezkor va qulay tarzda rejalashtiring.
Toshkent Janubiy – Xojikent hamda Toshkent – Bekobod – Toshkent yo‘nalishlarida harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnov jadvallari bilan tanishib, o‘zingizga mos vaqtni tanlang hamda ortiqcha vaqt va xarajatlarni tejang.
Nega aynan elektropoyezd?
✅ Har kuni muntazam qatnovlar
✅ Tig‘iz tirbandliklarsiz tezkor harakatlanish
✅ Qulay, xavfsiz va shinam safar
✅ Barcha oraliq bekatlarda chiqish va tushish imkoniyati
✅ Belgilangan jadval asosida ishonchli qatnov
🎫 Chiptangizni uydan chiqmasdan onlayn xarid qiling:
🌐 https://ticket.elektropoyezd.uz
📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998 71 237-89-14
"Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJ
Elektropoyezdni tanlang — vaqtingizni qadrlang, manzilingizga xavfsiz va qulay yetib boring!
👍"Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJ matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Vebsite 📱Instagram
Repost from "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon daryosi bo‘yidagi temir yo‘l uchastkasining shikastlangani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Joriy yilning 3 iyul kuni Samarqand viloyati Tayloq tumani hududidan o‘tuvchi “Samarqand – Urgut” temir yo‘l uchastkasining ma’lum qismiga shikast yetdi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida Zarafshon daryosida suv oqimi keskin kuchaydi. Buning oqibatida daryo qirg‘oqlarni yuvib ketib, ayrim hududlarda o‘zan yo‘nalishi o‘zgardi.
Hodisaga Zarafshon daryosida suv sarfining me’yoriy 80–100 m³/s o‘rniga keskin oshib, 300 m³/s gacha yetgani sabab bo‘ldi. Natijada daryo o‘zani temir yo‘lga yaqin hududlarda 30–40 metrgacha kengayib, o‘zanga yaqin joylashgan temir yo‘lning ma’lum qismiga zarar yetdi. Mazkur gidrologik holat so‘nggi 20 yil davomida kuzatilmagan.
Ayni paytda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida daryo qirg‘oqlarini xarsang toshlar bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Ishlarga 15 ta maxsus texnika jalb etilgan. 30 ta dumpkar vagon orqali xarsang toshlar yetkazib berildi. Shuningdek, zarur qurilish materiallari yuklangan yana 130 ta dumpkar vagon hududga yo‘naltirildi.
Hozirda temir yo‘l qatnovini imkon qadar qisqa muddatda to‘liq tiklash hamda poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston gerbi 34 yoshda
1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali amaliyotchi yoshlar uchun muhim tajriba maktabiga aylandi.
2026-yilda “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali hamda uning tasarrufidagi stansiya va korxonalarida oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent transport texnikumi hamda Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi talabalari “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tizimida amaliyot o‘tashdi. 2026-yilda filial tomonidan jami 2301 нафар talaba va o‘quvchi amaliyotga qabul qilindi. Shundan: 🟢Toshkent davlat transport universitetiga — 789 нафар; 🟢 Toshkent transport texnikumiga— 920 нафар; 🟢Samarqand ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga — 592 нафар talabalar amaliyotga jalb etildi. 🟢 Mutaxassisligi to‘g‘ri keladigan boshqa taʼlim muassasasalardan. Yo‘nalishlar kesimida talabalar soni 🗺Logistika — 412 нафар; 👨👩👧👦Harakatni tashkil etish va boshqarish — 368 нафар; 📦Temir yo‘l transportida yuk va tijorat ishlari — 295 нафар; 👨👩👧👦 Temir yo‘l va harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash — 356 нафар; 👨👩👧👦 Elektr ta’minoti — 274 нафар; 👨👩👧👦Avtomatika va telemexanika — 241 нафар; 👨👩👧👦Radioaloqa va telekommunikatsiya tizimlari — 198 нафар; 👨👩👧👦Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi — 157 нафар. Amaliyot davomida talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar, texnika xavfsizligi qoidalari hamda temir yo‘l sohasidagi ish faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. 🚉Tajribali temiryo‘lchi ustozlar tomonidan ularga amaliy mashg‘ulotlar hamda kasbiy tavsiyalar berilmoqda. ✅ “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tomonidan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash va kelajakda soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
+3
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA
👍👍👍👍👍👍
2-iyun kuni “Temiryo‘linfratuzilma”AJ “Toshkent MTU” filiali boshligʻining birinchi oʻrinbosari SH.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh 🌍Hamza stansiyasida boʻlib, poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar. Shuningdek, ushbu stansiyada foydalanishga yaroqsiz boʻlgan vagonlarning holati ham oʻrganildi. Bundan tashqari, harakat xavfsizligi kunida stansiya shaxobcha yoʻllarida, ya’ni 🔥“Toshkent gaz toʻldirish stansiyasi” AJ korxonasida ham boʻlib sisternalarda kelgan gaz mahsulotlarini oʻz vaqtida tushurish borasidagi muammolarni oʻrgandilar.👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
+3
FUTBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
👍👍👍👍👍👍
“Toshkent elektr ta’minoti masofasi” filialida, 2026-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar oʻrtasida turli xil musobaqalar oʻtkazilmoqda. Kuni kecha korxonaning bo‘limlari oʻrtasida oʻtkazilgan mini-futbol musobaqasi ham bunga yaqqol misol boʻladi. Musobaqada ishtirok etgan yoshlar gʻolibikni qoʻlga kiritish uchun qizgʻin bahs olib bordilar. Natijalariga koʻra: ECHK kontakt tarmogʻi bo‘limlari oʻrtasida 🥇1-oʻrinni — ECHK-18 🥈 2-oʻrinni —ECHK-2 🥉 3-oʻrinni —ECHK-6 jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, ECHE tortish nimstansiyasilari oʻrtasidagi musobaqada 🥇1-oʻrinni — ECHE-K-2 🥈 2-oʻrinni —ECHE-3 🥉 3-oʻrinni —ECHE-1 jamoalari qoʻlga kiritdilar 🏆 Gʻoliblar munosib taqdirlanib, ularga pul mukofatlari topshitrildi 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram 📱 Facebook 📱Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini rivojlantirish va mamlakatimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию транспортно-логистической системы и эффективному использованию транзитного потенциала страны.
#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
