cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

📚 Kitoblar dunyosi bizni birlashtirdi -Bizga murojaat @booklovercouplee_bot

إظهار المزيد
Uzbekistan19 907لم يتم تحديد اللغةالكتب8 033
مشاركات الإعلانات
2 497
المشتركون
-424 ساعات
-337 أيام
-20230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Reading planner 🔖 Hayitlikni qabul qilib oling. (Osh boʻlsin 🥹) 💠@booklovercouple
إظهار الكل...
Reading planner @booklovercouple.pdf2.24 MB
❤‍🔥 11 4👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalom aleykum, Hayit bayrami munosabati bilan sizlar uchun arzimas tuhfa tayyorladik. Ko'pchilik rejali mutolaa qilish qiyin ish ekanligini, kitob o'qish uchun vaqt ajrata olmayotganidan nolishadi. Biz aynan shu muammolar uchun yechim topdik. Suratda ko'rib turganingiz "Reading planner " ni sizlar uchun tuzib chiqdik. Planner 2 oy uchun moʻljallangan. Va turli xil qismlarga ajratilgan. Bu planner bilan sizning mutolaa jarayoningiz tartibli va samarali boʻladi.Plannerni chiqarib olsangiz ayni muddao boʻladi. Bemalol yozib boraverasiz. Manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Yurakchalar bosish esdan chiqmasin. Rahmat tariqasida qabul qilamiz.🩷 ✅️@booklovercouple
إظهار الكل...
❤‍🔥 5 1👏 1
Eid Muborak!
إظهار الكل...
Eid Muborak!🌙
إظهار الكل...
9❤‍🔥 1
#review #shortreading "Olam tortishish qonuni" Shukur Xolmirzayev Biografiya, roman janrlaridan biroz yiroqlashgan holda bugun hikoya o'qib ko'rdim. "Mutolaa" ilovasini ochishim bilan birinchilardan bo'lib Shukur Xolmirzayevning "Olam tortishish qonuni" deb nomlanuvchi hikoyasiga koʻzim tushdi. Sekin-asta o'qishni boshladim. Qiziqarli va mazmunli edi. Hikoyada Husan aka degan bir insoning hayotidan lavhalar keltirilgan edi. U yoʻlida uchragan har bir inson bilan salomlashar, farzandlariga ham sizlab muomala qiladigan xokisor inson edi. Uning bir odati bor edi. Farzandli boʻlsa, bolasi bir yoshga to'lsa doimiy ziyofatlar berar , yigʻinlar uyushtiradi. Ammo oddiy odamlardan koʻra oʻzidan “yuqori” odamlar koʻp boʻladi. Olti qizdan keyin Sodiqbek ismli o'g'il farzandli boʻldi. Yana butun xalqni yigʻib ziyofat berdi. Doimgidek nozik mehmonlar kelishdi. Ikkita sovxoz direktori. Uchta vrach... Toʻrtta agronom... Mobodo taklif qilgan insonlari kelmasa ularni kutib , darvozadan necha marotalab kirib -chiqardi. Oradan vaqtlarda u insonlar uchun ziyofat uyushtirishdan toʻxtamadi. Ammo kunlarning birida sevimli yagona o'g'li kasallika chalinib vafot etdi. Uning dafn marosimiga ham insonlarni taklif qildi. Oradan kunlar, yillar o'ta boshladi. Husan aka kasallika chalindi.Aytishlaricha shol boʻlib qolgandi. U taklif qilgan insonlar uni koʻrgani borishdi. Vafot etgan kuni ham oʻsha yerda boʻlishdi. Ammo endi Husan aka ularga ortiqcha iltifot koʻrsatmas, hatto e'tibor ham bermasdi. Uning koʻzlari oilasida edi. Ular bilan suhbatlashar ,oxirgi soʻzlarini aytardi. Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki Husan aka timsoli dunyodagi koʻplab insonlar hayotidan olingan. Kimdir koʻrsin, kimdir xursand boʻlsin, deb butun umrini birovlarga iltifot koʻrsatish, borini berib o'zi , oilasi uchun yashashni unutib qoʻygan insonlar hayotidan achchiq haqiqatdir. Husan aka ham uning uchun eng kerakli, bor narsalar – farzandlari, oilasi, eng tabiiy-insoniy tashvishlar ekanligini umrini oxirgi daqiqalarda anglab yetdi.Afsuski endi kech edi... Dunyoning zavq-shavqiga berilib oilangiz va oʻzingiz uchun yashashni unutmang. Hikoyani Mutolaa ilovasi orqali o'qishingiz mumkin. @booklovercouple💠
إظهار الكل...

🔥 8👏 2👍 1 1
#review #lovelyreading "Bugun Masklar qilolmaydigan ishing o'zi yo'q" "Rejali ayol yoxud Baxtli hayot qoidalari" Mey Mask Juda koʻplab kitoblarni mutolaa qilamiz, taqrizlar yozamiz. Lekin bu asar oldingilaridan farq qiladi. Ba'zi kitoblarni o'qisang muallif, asar qahramonlari bilan birga yurgandek , xuddi kitob ichida bo'lgandek his qilasan go'yo." Rejali ayol" asari menda shunday kechdi. Kitobni oʻqish jarayonida men muallif bilan boʻldim: U xafa bo'lsa , xafa bo'ldim, hayratlansa hayratlandim . Qisqa qilib aytgan kitob bo'rtirma bo'yoqlardan holi yozilgan. Muallif borini yashirmay, sodda tilda so'zlagan. Xo'sh , taxmin qilganingizdek kitob Ilon Maskning onasi Mey Maskning hayotiga bagʻishlangan. Toʻgʻriroq qilib aytganda Mey Mask o'z hayotini ochiq - oydin atroflicha qogʻozga tushirgan. Muallif hayoti davomida erishgan narsalarga biz tasavvur qilganimizdek osonlik bilan erishilmaganiga kitobni o'qish orqali yana bir marta amin boʻldik. Mey Mask oilasi sayohatni sevuvchi insonlar hisoblanishgan. Shu sababdan uning hayoti sayohatlar qamrovida oʻtgan. Mey Mask sevildi, xo'rlandi, hiyonatga uchradi . Yo'qchilik , qiyinchiliklar qamrovida qoldi. Axiri kuchli ayolga aylandi. Bolalarini oʻzi tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Ularni o'zlari tanlagan sohalari boʻyicha o'qitdi.Ilon atrof- muhitni o'ylab elektromobillar ishlab chiqardi, SpaceX kompaniyasiga asos soldi. Kimbal esa taomlar pishirishga qiziqardi, shu sababdan o'z restoranlarni ochgan va shaxsiy retseptlar kitobini yaratgan. Qizi Toska esa prodyuser va rejissyorlar. Bestseller asarlar asosida mashhur filmlarni suratga oladi. Hozir uch farzandning bari butun dunyo tan olgan insonlardir. Ayniqsa Ilon Mask ... Uning dunyoning o'zgartish toʻgʻrisidagi harakatlari butun olamni lol qoldirishda davom etmoqda. Mey Maskning kasbi dietolog hisoblanib, qoʻshimcha ravishda modellik bilan shugʻullanadi. Dietolog sifatida butun dunyo boʻylab ayollarga soglom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish, yosh koʻrinish sirlari haqida maʼruzalar qilib, retseptlar tuzadi. U hozir 71 yoshda ammo haligacha oʻz goʻzalligini yoʻqotmagan. Yosh model qizlar bilan bir sahnada podiumlarda ishtirok etadi. Agar kitob uchun xulosalarimni hammasini yozsam o'qib tugatolmasligingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda kitobi barcha uchun tavsiya qilishim mumkin. Bir narsaga amin boʻldimki hech qachon, hech narsaga osonlik bilan erishib boʻlmas ekan. Mashaqqatlar bilan erishgan yutuqlarining bari oʻzgacha boʻladi. Ilon Maskning bu darajadagi inson boʻlishida onasing mashaqqatli mehnati yotganini esdan chiqarmang. Happy reading. @booklovercouple 💠
إظهار الكل...

12👍 4🔥 1👏 1
May oyi sarhisobi O'tgan oydagi postlarimizni birma - bir ko'rib chiqar ekanman, may oyi ancha barakali o'tibdi. Eng asosiysi bu oyda Shaxmat musobaqasida Magnus Karlson va Nodirbek bilan uchrashuv, Varshavada Xalqaro kitoblar festivalida qatnashishimiz yoddan chiqmas memory bo'ldi. Bilimlarimizga bilim, kitoblarimizga kitoblar qo'shilaversin. Shu doyimgi gap qancha o'qiganim sari, shunchalik o'qimaganimni his qilib boryapman. Marhamat tanishib chiqing Tugatilgan kitoblar 📚: "Men kim, Sohibqiron - Jahongir Temur" - Marsel Brion "Mening hayotim" - Henry Ford "Tirilish" - Lev Tolstoy "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" - Rey Bredberi "CoC - Savol ortidagi savol" - Jon.G. Miller Foydali deb bilgan postlarimiz ✍: Zakovatning savoli Varshavada 🇵🇱 o'tkazilgan shaxmat bo'yicha musobaqa Misrdagi Aleksandiriya kutubxonasi va muzeyi Kitobxon hayollari Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 uchrashuv Varshava Xalqaro kitoblar festivali
إظهار الكل...
👍 5
"COC" - Savol ortidagi savol" may oyini shu kitob bilan yakunladim. Sezgan bo'lsangiz sahifamiz ham ozgina to'xtab qoldi. Tadbirlar, uchrashuvlar va o'qish tufayli o'zim niyat qilgan kitoblarni ba'zilari baribir keyingi oyga qoldi. Lekin shunday bo'lsa ham COC - uchun review yozib qo'yib qo'yay dedim. Chunki o'qigan kitoblarimiz haqida albatta yakunlagandan so'ng muhokama qilishimiz kerak. O'qigan kitobingni kimgadir aytib ber. Zotan biz ikki kishimiz, shunda ham ba'zida o'qiganlarimizni masofalar tufayli mazza qilib discuss qila olmayapmiz. COC - sizga har qanday vaziyatda ham o'zingizga va o'sha vaziyatga to'g'ri savol berishni o'rgatadi. Shaxsiy javobgarlik va ma'suliyatli bo'lish asosiy e'tibor berilgan jihat. Kitobni ko'pchilik o'ziga to'g'ri savol berish, vaziyatni to'g'ri baholab yechim topish uchun qo'llanma sifatida qabul qilgan. Kitob muallifi fikricha har qanday vaziyatda ham yechim bor, hatto no'tog'ri tanlov amalga oshirish uchun ham siz qandaydir tanlovlar amalga oshirasiz. Qilingan hato uchun nega bunday bo'ldi yoki kimlar ? nimalar ? sabab bo'ldi emas, bu vaziyatdan qanday chiqib ketaman, qanday resurslardan foydalansam bo'ladi deya to'g'ri savol, to'g'ri tanlov amalga oshirish kerak. Bu bo'yicha Jon. Miller kitobda hayotiy bir necha misollar keltirgan. Shaxsiy javobgarlik sizda qanchalik yuqori? Qiyin vaziyatlarda ma'suliyatni o'z zimmangizga ola olasizmi ? Yoki jamoa nima desa shu qarorga qo'shiluvchi insonlar toifasidanmisiz ? Shaxsan men kitobni o'qish jarayonida berilgan savollarni o'zimga berib ko'rdim. Men ham ba'zida eng muhim pallada shaxsiy ma'suliyatimni his qila olmas ekanman degan qarorga keldim. Tavakkalchi inson emasman. Rejali inson bo'lganim uchun muhim qarorlarni jamoaviy qabul qilishga rozi bo'laman. Lekin bu kitobdan so'ng albatta bir necha o'zgartishlar kiritishga harakat qilyapman. Kitobda uch hayotiy ajoyib hikoyalar keltirilgan. Ofitsiant yigitdan - restoran managerigacha, sotuvchi qizdan - ish boshqaruvchiga va muhim hayot uchun xavfli pallada keskin, shaxsiy javobgarlikni o'z zimmasiga olib qaror qilgan ota va qiz haqida. Kitob sahifalari soni ko'p emas judayam sodda va tushunarli yozilgan. Qiziqib o'qisangiz bir o'tirishda o'qib qo'ysangiz bo'ladi. Hafta oxiri mutolasi uchun sizlarga COC ni tavsiya qilaman. @booklovercouple
إظهار الكل...

🔥 2🥰 1
Assalomu aleykum do'stlar Ikki - uch kun kanalimiz faol bo'lmadi. Sababi judayam band edik. Lekin sizlarga ajoyib yangiliklar bor. 24 maydan boshlanib 26 maygacha davom etadigan "Varshava kitoblar xalqaro festivalida" qatnashmoqdamiz. Bu ajoyib kitoblar bayramida ko'plab mamlakatlar o'zlarining pavilionlari bilan ishtirok etmoqdalar. 600 ga yaqin eksponatlar va 1000 ga yaqin muallif, tarjimon va ilyustratorlar mehmon bo'lishmoqda. Fahriy mehmon sifatida esa Italiyaliklar 🇮🇹 taklif etilgan. Bu yerda esa qo'shimchasiga sevimli yozuvchilaringiz bilan uchrashish va dasxat olish imkoniyatiga ham egasiz. Mmmm hayolimizga kelgan narsa shu bo'ldiki qaniydi biz ham O'zbekiston nomidan o'zimizning shox asarlar va yangi zamonaviy adabiyotimiz bilan vatanimiz elchisi sifatida qatnasha olsak.
إظهار الكل...
1.38 MB
3.74 KB
1.72 MB
9.11 KB
8.20 KB
❤‍🔥 4👍 4 3🔥 1
06:41
Video unavailableShow in Telegram
📍 Seongsan Ilchulbong Tuff Cone [UNESCO World Heritage] (성산일출봉 [유네스코 세계문화유산]) Instagram 📷 Tur AU 21 -guruh talabasi Mirhamidova Gulibonu
إظهار الكل...
64.31 MB