cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kitoblar ombori (blog)

Adabiyot, kitoblar, qiziqarli va tahliliy maqolalar, tavsiya hamda tanqidlar Admin bilan aloqa uchun: @TezkorXatlarbot

إظهار المزيد
Uzbekistan5 376لم يتم تحديد اللغةالكتب1 706
مشاركات الإعلانات
14 584
المشتركون
-5124 ساعات
-1427 أيام
+43630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Haligindaqa marafonlar tinchib kettimi?
إظهار الكل...
🌚 11
Longseller, stadiseller, fastseller. Bu atamalar haqida katta ehtimol bilan hali eshitmagansiz. Eshitgan bo'lsangiz ham ular haqida to'liq ma'lumotga ega emassiz. Demak, kitobxonlik va noshirlikka aloqador yangi so'zlarni o'rganishda ham o'zlashtirishda davom etamiz. Longseller Longseller atamasini bir so'z bilan tushuntiradigan bo'lsak, uzoq vaqtlar davoimida barqaror talabda bo'lgan kitoblarga nisbatan qo'llaniladi. Ular kam tirajda chiqariladi shunga qaramay sotuvda barqarorlikni saqlab qoladi. Longseller kitoblarni aniqlashda bundan tashqari aniq bir mezonlar mavjud emas. Longseller asarlar odatda nashr qilinishi bilan katta shovqin-suron chiqarmaydi, katta-katta mukofotlarga sazovor bo'lmas ammo ular uzoq yillar va xatto asrlar davomida "yashayveradi". Barcha klassik adabiyotlar longsellerlardir. Ba'zan sobiq bestsellerlar ham longsellerlar toifasiga o'tashi mumkin. Bu kabi kitoblar mualliflar, noshirlar va kitob sotuvchilari uchun eng ideal holatdagi kitoblar hisoblanadi. Sizningchi qaysi kitoblarni longseller kitoblar qatoriga qo'shish mumkin? @kitob_ombori
إظهار الكل...

👍 8 2
Repost from Xushnudbek.uz
01:18
Video unavailableShow in Telegram
MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast 📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik. Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor. 📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA Buni albatta ko‘rishingiz shart. Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 25 7 2🔥 2
Repost from The Stranger
Men bu mavzuda yozishdan iloji boricha qochaman. Lekin jamiyat holiga qarab, baʼzan dilimdagi tilimga chiqib turadi. Masalan, yomgʻirni yaxshi koʻraman. Lekin mashina yuvgan kunim yomgʻir yogʻib qolsa yoqmaydi. Shuncha mehr berib yuvgandan soʻng hech boʻlmasa bir-ikki kun chang yoʻllarga kirgim, yomgʻirda qolgim kelmaydi. Yoki Rumiyni ilk bor oʻqiganimda bir qator illatlarimdan qutulgandim. Bunday teran va koʻngilga yaqin soʻzlarni oʻqigach yana oʻsha-oʻsha hayotni davom ettirishim mumkin emasdi. Men tushunmayman, jamiyat yoppasiga dindorlashyaptiyu, nega axloqiylashmayapti? Dindor jamiyat axloqli jamiyat degani emasmi axir? Mantiqiy jihatdan shunday natija kutishim xatomi? Bugun kimki pul topsa masjid qurdiryapti. Kimki pul topsa Umraga joʻnayapti. Kimniki koʻrsak, hijob oʻrayapti. Soqol qoʻyyapti. Jumaga chiqyapti. Namoz oʻqiyapti. Roʻza tutyapti. Leksikoni diniy istilohlar bilan boyiyapti. Biroq yurtimiz hamon dunyodagi eng korrupsion davlatlar qatorida turibdi. Davlat tashkilotlarini qoʻyib turaylik. Uy bozori, mashina bozori, texnika bozori, tovuq bozori, qoʻyingki hatto kitob bozoridayam sergak boʻlmasangiz kiydirib ketishadi. Odam odamning boʻrisi boʻldi. Universitetda bizga Al-Azharda oʻqib kelgan kishi dinshunoslikdan dars berardi. Shu kishining ovozi baland chiqqanini eshitmaganman. Har qancha muammoli vaziyatda ham yengil kulib turardi. Yuzida oʻzgacha nur bor edi. Bugungi dindorlar esa asabiy, koʻngli tor, sal narsaga yoqangga yopishadi. Boshida hijobi bor-u, ogʻzi shaltoq. Soqoli koʻksiga tushadiyu, nafsi buzuq. Faqat oldi-berdida emas muammo. Oddiy insoniy, oilaviy masalalarda ham tuban ketdik. Birovga rahm qilmayapmiz. Yo qoʻl bilan, yo til bilan ozor berishdan chekinmayapmiz. Bugunning odami oldingi rejimlardagi odamdan koʻra axloqsiz. Undan koʻra dilozor. Undan koʻra xaromga oʻch. Undan koʻra bilimsiz. Ilgari oʻqimagan odam oʻqigan odamni hurmat qilardi. Oʻqigan bilan oʻqimagan teng boʻlurmi axir? Bugungi yuzaki dindorlik esa odamlarga johillik jasoratini berdi. Ular qaysidir domladan eshitganini yoki ibratli vaynda koʻrganini ilm hisoblab, oʻzini ziyoli bilan teng koʻryapti. Savodi chiqmasidan tili chiqyapti. Ilm soʻzining mazmuni oʻzgaryapti. Men bugungi dindorlikni hammomdan nopok chiqishga oʻxshataman. Qachonki jamiyat halol boʻlsa, halim boʻlsa, oʻshanda sizning dindorligingizga ishonaman. @salimov_blogi
إظهار الكل...
🔥 69👍 18 15❤‍🔥 5😢 4 1👎 1👏 1🆒 1
Yakshanbani uyda serial ko'rib yoki instagramda reels tomosha qilib o'tkazib yubormang. Manabu taklifnomani kecha jo'natishibdi. Sarmoya books o'zini navbatdagi filialini ochilishini qilyapti ekan. Kun issiq, juda erta yoki kech ekan deydiganlar uchun ochilish marosimini ham ideal vaqtda belgilashibdi. Xijolat bo'lmasdan, minde kanaldoshlar bilan kelishib borilanoradi.
إظهار الكل...
🔥 47👍 20😁 20 12🌚 3👏 1😘 1
Ko'p narsaga chidadim: yirtilgan boshmoqlarda rus qishloqlari bo'ylab yetti soatlab kezganman, koʻlmaklardan suv ichganman, yelkamda uchta pulemyotni ko'tarib yurganman, asirligimda gadolik qilganman, jasadlarni koʻmganman. Rotadagi barchaning etiklarini tozalaganman, qorin g'ami uchungina behayo fotosuratlarni sotganman - hammasini qilganman va hammasiga chidaganman, zero bu hol qachon bo'lmasin tugashi, qachon bo'lmasin o'z o'rnimni topishim, birinchi, ikkinchi pillapoyani bosib o'tishimga ishonganman. Ammo biz kabilarni har doim yo'ldan supurib tashlaganlar. Hozir shunday ahvoldamanki, birovdan bir nima so'rashdan koʻra, yaxshisi, uni otib tashlay qolaman. Stefan Sveyg "Kristina" @kitob_ombori
إظهار الكل...
34🔥 15👍 14😢 10🆒 5❤‍🔥 2
bitiruvni videosini topdim. Endi ko'rishga дух'ni ham topsam bo'ldi
إظهار الكل...
😁 156🔥 13👍 10 9💘 8🤣 1
Maktabni negadir uncha qo'msamayman. Uni oldidan o'tsam ham u darajda entikmayman (balki kuniga 5-10 marta o'tganim sabablidur). Maktabda na a'lochi va na ikkichi bo'lganman. O'rtamiyona o'quvchi edim. Tarix, huquqshunoslik va albatta adabiyot yoqtirgan fanlarim edi. Uchchala fandan haqiqatda qiziqib, uyga kelib ham yotvolob o'qirdim. Maktabimiz huquqshunoslikka ixtisoslashgani sababidanmi O'zbeksiton Respublikasini Konsitutsiyasini yarmini 5-sinfdayoq bob va bo'limlari bilan yodlagan edik (majburan albatta). Hamma sinfda ham kruglar, qabilachalarga bo'linganlar bo'ladi. Masalan boylar alohida krug, ko'chinskiylar alohida, futbolistlar alohida, mahalladoshlar alohida.... Men ulardan hech biriga to'laligicha mansub emas edim. Har qaysisi bilan kelishib ketaverardim. Ajralish, ajratish bo'lmagan (hozirgacha shunday). 8-sinfgacha hech kimga ozor bermaydigan, mo'min-qobil bolakay bo'lganman. Keyinchali ichimdagi "yomon bolakay" uyg'onib ketgan)) 2011-yil 9-sinfni bitirganman. Bitiruvimiz ajoyib o'tgan. "Elitalar" valsga tushishgan, qiziqchilar QVZ qo'ygan, menga o'xshaganlar bilan birgalikda sinxron raqsga tushganmiz (qovunlar esga tushib ketdi😂😂😂) Keyin banket bo'lgan. Negadir banket bilan bog'liq xotiralar esga kelmayapti. Balki yorqin nimadir bo'lmagani sabablidir. Eng esda qolgani banketdan so'ng kechki payt 10km masofadagi uyimga sinfdoshim bilan piyoda ketganimiz bo'lgan. Chunki bor pulimizni mirigacha banketga xarajarlariga to'lagan edik. Bu sana haqida yodimga kelganlari shu. Sizni bitiruv kungiz bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?
إظهار الكل...
🔥 72😁 33👍 18🌚 7🤣 5 1
13 yil bo'pti (((
إظهار الكل...
👀 106🤓 21😢 19🙉 9👍 8😁 8 7🆒 4💊 3🔥 2🤝 2
00:06
Video unavailableShow in Telegram
Hozir hech kimga oson emas 😁 #tabassum
إظهار الكل...
😁 85😢 17👍 13🔥 8 3 2🤯 1🤝 1💘 1