KMT fakulteti rasmiy kanali
243
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+27 أيام
-230 أيام
- المشتركون
- التغطية البريدية
- ER - نسبة المشاركة
جاري تحميل البيانات...
معدل نمو المشترك
جاري تحميل البيانات...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev:
“O‘zini “ko‘cha” deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.
Ko‘chalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom maʼnoda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak.
Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart. Va albatta shunday bo‘ladi”, - dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident: ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladirPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi. —
Президент: наука, образование и воспитание, духовность являются для нас приоритетными задачамиПод председательством президента началось расширенное заседание Республиканского совета по духовности и просветительству. Bizni kuzating👇🏻 Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#KMTF
#Ochiq_eshiklar_kuni
👍 Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetida
Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi
1-son kasb-hunar maktabining laborant-analitik guruh o'quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
✔️ Bunda fakultet dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilari tomonidan institut tarixi, fakultetlar, kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari, talabalar hayoti, o‘quv jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
🔥 Shundan so'ng "Silikat materiallari va nodir, kamyob metallar texnologiyasi", "Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo" va "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedralari laboratoriya xonalariga ekskursiya tashkil etildi va kimyoviy jarayonlar amalga oshirish uchun foydalaniladigan zamonaviy jihozlar va jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.
👩🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Repost from Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 Tez kunda o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi
Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.
Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin.
❗️O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:
➖ yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
➖ muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
➖ davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
#eslatma
Bilasizmi?
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining o‘quv jarayonlariga ta’aluqli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi MY.TICT.UZ telegram boti tashkil etilgan!
📲 Telegram dasturining qidiruv tizimidan ushbu my.tict.uz bot nomi yoki @TKTI_hemis_bot havolasi qidirilib botga kiriladi va start tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi.
Endilikda ushbu bot orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar tezkorlikda quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
🔹interaktiv xizmatlar;
🔸dars jadvallari;
🔹rahbariyat haqidagi ma’lumotlar;
🔸GPA ball kalkulyatori;
🔹O‘quv me’yoriy hujjatlar nusxalarini mazkur Telegram bot orqali ham olishlari mumkin.
Shuningdek, bu bot orqali o‘quv jarayonga ta’aluqli taklif va murojaatlaringizni yuborishingiz mumkin.
Qo‘shimcha tarzda ushbu bot orqali HEMIS axborot tizimining rasmiy (@Hemisedu_bot) telegram boti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy (@EduuzuniversalBot) telegram botiga o‘tish imkoniyati ham mavjud.
👩🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Davlat granti hamda kontraktning stipendiyali ko'rinishida tahsil olayotgan talabalarga dekabr oyi stipendiyasi birozdan so'ng plastik kartalarga tushishini ma'lum qilamiz!
👉 @TKTIbuxgalteriya 👈
👍 1
Repost from TKTI Yoshlar Ittifoqi
Photo unavailableShow in Telegram
#Rektor_va_yoshlar_uchrashuvi
"Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo’lib o’tadi.
12-dekabr kuni institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich bilan Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti va Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti guruh sardorlari, guruh yetakchilari, faol va iqtidorli yoshlar ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo’lib o’tadi.
❇️ Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti
🏢 Fakultet faollar zali.
🕕 16:00
⚡️Hurmatli talabalar sizlardan faollik va yangi tashabbuslar kutib qolamiz!!!
Ochiq muloqotda ko'rishguncha!!!
Izoh: "Rektor va yoshlar" uchrashuvi ma'lum bir sabablarga ko'ra boshqa vaqtga ko‘chirilsa, o‘zgargan vaqti va joyi oldindan aytiladi.
@TKTI_Official
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Talabalar_ligasi
#Rektor_kubogi
🏆 Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" fakultetida joylashgan sport zalida "Talabalar ligasi" sport musobaqalari doirasida talaba-yigitlar va qizlar o'rtasida sportning Stol tennisi turi bo'yicha "Rektor kubogi 2023" musobaqasi o'tkazildi.
🏓 Sport musobaqasida barcha fakultetlar jamoalari ishtirok etishdi. Keskin va qiziqarli tarzda bo'lib o'tgan sport musobaqasida quyidagi ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:
yigitlar:
🥇- o'rin - Soburov Diyor KMT fakulteti
🥈- o'rin - Vafoyev Sardor OOMT fakulteti
🥉- o'rin - Raximov Kamron OOMT fakulteti
qizlar:
🥇- o'rin - Tursunpo'latova Gavhar KMT fakulteti
🥈- o'rin - Xayitova Muborak VTSU fakulteti
🥉- o'rin - Aliyarova Kamola KMT fakulteti a'zolari egallashdi.
👩🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
✅ Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetida"Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosarlari J.S. Qayumov, N.Sh. Zulyarova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi huzuridagi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirzo Ulug'bek tumani bo'linmasi bosh mutaxassisi, shoir Nasriddin Botirov, ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Sanjar Xamroyev, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo'yicha atroflicha so'z yuritildi, hayotiy misollar keltirildi.
✔️ Tadbirda soʻzga chiqqanlar maʼnaviyati yuksak, o‘zining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mahkam tutgan xalqni hech bir kuch yenga olmasligi taʼkidlandi.