cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт 71-244-79-17 [email protected] https://tkti.uz instagram.com/tktiuz fb.com/tktiuzrasmiy youtube.com/@tktiuzrasmiy linkedin.com/company/tktiuz Murojaat uchun: @TKTIMX

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 852
المشتركون
-124 ساعات
+57 أيام
-1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich "Mahalla" telekanalining "Minbar" ko'rsatuvida "2024/2025 o'quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusidagi sonida ishtirok etdi. 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
❤‍🔥 3👍 1 1😢 1
🇺🇿 🇰🇷 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 👩‍🎓 2024-yilning 6-iyul kunida Koreya Respublikasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan "Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi" kafedra mudiri professor A.Sh.Xusenov hamda Andong Milliy Universiteti professor Ji-Heum LEYe, professor Hyoung Woo Choi ham qatnashishdi. ☄️ Koreya Respublikasi Andong Milliy universitetining va Toshkent kimyo-texnologiya institutining jami 20 ta talabalari 4 guruhga bo‘linib, loyihada ko‘rsatilgan vazifalarni a’lo darajada bajarib yakuniga yetkazishdi. Unda 1-hafta davomida bajargan o‘zbek va koreys talabalari “Biopolimer”, “Antibakterial sellyuloza” mahsulotlarini ishlab chiqarishda haroratni avtomatik boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bajargan ilmiy tadqiqot ishlarini taqdimotlar qilib hisobotlar topshirishdi. Eng yaxshi natijaga erishgan guruh talabalarini Andong Milliy Universiteti rektori tomonidan Sertifikatlar bilan taqdirlandi va Toshkentga qaytishdi. ⚠️ Eslatib o‘tamiz: Koreyaning “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining 1 bosqichi – O‘zbekistonda Toshkent kimyo-texnologiya institutida bajarilgan, 2 bosqichi – Koreya Respublikasining Andong Milliy universitetida bajarilib yakuniga yetkazildi. 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
👍 6
00:14
Video unavailableShow in Telegram
#Xorijga_tashrif 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning Polsha va Vengriya davlatlariga tashrif dasturi Batafsil 👉 https://tkti.uz/uz/ads/detail/Polsha-vengriya-tashrif-rejasi 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
FWLFDa4AMH.mp43.19 MB
👍 13❤‍🔥 1😱 1
#Xalqaro_hamkorlik #международное_сотрудничество #international_relations 🇺🇿 👩‍🎓 🇩🇪 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Germaniyaning nufuzli kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 🟢 2024-yilning 8-iyul sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Germaniyaning BYK kompaniyasidan Rene Rieser hamda Bridge-Hub kompaniyasidan Abduvaliyeva Dinara va Maxamadjonov Miralamlar tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va BYK kompaniyasi bilan birgalikda qo'shma labaratoriya va muhandislik maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BYK kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda talaba, professor-o'qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024_magistratura 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxasisliklari uchun qabul davom etmoqda!!! 🔼 Bizda mavjud yo‘nalishlar va talab etiladigan sertifikat darajalari: ➡️ Menejment - B2 ➡️ Loyiha boshqaruvi - B2 ➡️ Marketing - B2 ➡️ Atrof-muhit muhofazasi - B1 ➡️ Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi - B1 ➡️ Kimyoviy texnologiya - B1 ➡️ Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi - B1 ➡️ Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari - B1 ➡️ Biotexnologiya - B1 ➡️ Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi - B1 ➡️ Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish - B1 ➡️ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - B1 ➡️ Atrof-muhit muhandisligi - B1 ➡️ Oziq-ovqat texnologiyasi - B1 ➡️ Oziq-ovqat xavfsizligi - B1 ➡️ Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi - B1 ➡️ Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari - B1 ➡️ Sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari - B1 ➡️ Yogʻochga ishlov berish texnologiyasi va yogʻochshunoslik - B1 ➡️ Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari - B1 ➡️ Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari - B1 ➡️ Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi - B1 ➡️ Uzumchilik va vinochilik - B1 📞 +998953248084 +998942230264 🔗 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
👍 6
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 4
01:52
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli kredit modul tizimida tahsil olayotgan SIRTQI ta'lim talabalari, o‘zlashtirilmagan fanlarni 2023/2024 — o‘quv yilining  "Yozgi semestr"ida qayta o'qish uchun arizalar qabul qilish Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 13-iyul kuniga qadar davom etishini e'lon qilamiz! ✅Ushbu yozgi semestrda qatnashish uchun  talabalar yuqoridagi video qo'llanmadan foydalangan holda ''Kontrakt.edu.uz''saytidan ro'yxatdan o'tib ''Kredit modul'' bo'limidan  qayta o‘qishlari kerak bo'lgan fanlari uchun shartnoma olishlari hamda shartnomada ko'rsatilgan fanlarning kreditlari miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalaga oshirishlari kerak bo'ladi. ✅Kimda kim  "Yozgi semestr"ida o‘qish istagini bildirsa  Registrator ofisi yoki  t.me/tkti_Sirtqi_qarzdorlik telegram guruhiga qayta o'qish uchun shartnoma va amalga oshirilgan to'lov cheki bilan murojaat qilishlari mumkin. ✅Yozgi semestrda fanlarni qayta o'qish uchun akademik guruhlar shakllangandan so'ng  darslar 2024-yilning 15-iyulidan masofaviy (online) shaklda tashkil etiladi. ✅Qayta o‘qish uchun alohida dars jadvali tuziladi, fan uchun ajratilgan auditoriya soati to‘liq o‘tiladi va nazorat ishlari orqali talabalar baholab boriladi. ✅Ariza yuborishga yoki to‘lovlarni amalga oshirishga muddatidan kech qolganlar yozgi semestrga qatnashish imkoniyatini yo'qotishi mumkin. 👩‍🎓👨‍🎓Barcha talabalar!!! O‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o‘qish masalasida Tyutorlaringizga, Dekanatingizga yoki Registrator ofisi(Talalabalar bilan ishlash bo'limi)ga (71 244 79 34) hamda t.me/tkti_Sirtqi_qarzdorlik telegram liinki orqali murojaat qilishingiz mumkin. ! Hozirgi vaqtga qadar "Yozgi semestri"da fanlarni qayta o'qish bo'yicha quyidagi fanlardan akademik guruhlar  shakllanish arafasida: 1. Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar (1,2). 2. Biologiya. 3. Fizik kimyo. 4. Materialshunoslik. 5. Elektrotexnika va elektronika asoslari. 6. Fizika (1,2). 7. Xorijiy til 8. Matematika (1,2) 9. Muhandislik grafikasi 10. Mustaqil ta'lim asoslari. 11. Noorganik kimyo (1,2) 12. O'zbek tilini sohada qo'llanishi. 13. O'zbekistonning eng yangi tarixi. 14. Organik kimyo (1,2) 15. Ovqatlanish fiziologiyasi. 16. Oziq-ovqat kimyosi. 17. Umumiy kimyoviy texnologiya. 18. Umumiy va noorganik kimyo. !!! Ushbu fanlardan va boshqa barcha fanlardan qarzdor talabalardan tezroq ro'yxatdan o'tishlari so'rab qolinadi. 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
Yozgi semestr da qayta o'qish uchun ariza yuborish.mp410.30 MB
👍 6 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'mimlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni ehtiyojiga koʻra yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo'yicha e'lon qilingan tanlov g'oliblari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasining yosh olimlari Turkiyaning Istanbul Yildiz Texnik Universitetiga yo'l olishdi. 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
👍 11 3😢 2😍 1🏆 1
02:16
Video unavailableShow in Telegram
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
إظهار الكل...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#happy_birthday_to_you Bugun Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha ish yurituvchi kotiba Aripova Mushtariy Nizamiddinovnaning tavallud topgan kunlari!!! Shu munosabat bilan Aripova Mushtariy Nizamiddinovnani tavvallud ayyomlari bilan barcha yoshlar va institut jamoasi nomidan muborakbod etib, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, ishlariga doimo omad, oilalariga tinchlik, tuganmas baxt va omad, yuzlariga doimo tabassum, davomli quvonchli onlar tilab qolamiz.
إظهار الكل...
👍 13❤‍🔥 2🎉 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.