ar
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

إظهار المزيد
4 817
المشتركون
+624 ساعات
-217 أيام
+1030 أيام
أرشيف المشاركات
Universitet yotoqxonasida turadigan tanishim dardini ulashibdi...😄😢 #joke @JoshDeveloper
Universitet yotoqxonasida turadigan tanishim dardini ulashibdi...😄😢 #joke @JoshDeveloper

Ofisda tahoratxona va namozxona qilish qiyin emas. Qimmat ham emas. Mayli namozxona bo'lmasa ham, tahoratxonaga sharoit qilishsa bo'ladi. Buni ishchilari o'zi ham qildirsa bo'ladi. Tepada C-Space Yunusobod ofisidan kichik lavha. @JoshDeveloper

React'chilarni "heyt"idan Backend'ga butunlay o'tib qutilsam kerakov. #joke @JoshDeveloper

Xo'sh, Bu yil Frontend freymvorklari ichida jiddiy raqobat bo'ladigan ko'rinadi. Angular 16 versiyasi chiqibdi. 🔥 Katta o'zgarishlar bor. Xudo xohlasa bir Angular guruhida "Voice call" qilib gaplashamiz. Guruh: @angular_uz @JoshDeveloper

Frontend'dan Backend'ga o'tishda bir minus tarafi bor ekan. "Backend'chini aybi, Backend'chi qilishi kerak. Backend'chiga etiyla. Bizani Backend'chila hech narsani bilmaydida, bu API'ni qara..." deyolmas ekansiz... 😄 #joke @JoshDeveloper

Lekin to'g'risin aytsam, JavaScript'ga yetadigani yo'q 💯 It is the only one language I know, that people love and hate at the same time. #truth @JoshDeveloper

Microsoft nega TypeScript'ni chiqarganini endi tushundim. Ular C# dan keyin, JS'ni ko'rib, kulib yuborishgan, so'ng shu "bechora"larga bir yordam qilaylik deyishgan bo'lsa kerak. 😄 #joke @JoshDeveloper

5-maslahat Lay-off'ga tushishdan foydalanib qoling. Huh, qanday ? Inson mashaqqat ko'rsa, komfort zonadan chiqib, uni bartaraf etgisi keladi. Lay-off'ni mashaqqat deb qarasak, komfort zonangizdagi divanda yalpayib yotgan siz, u mashaqqatni daf qilish uchun komfort zonadan chiqishga majbur bo'lasiz. Ya'ni, ustingizda ishlaysiz, bilimlaringizni yangi ishga kirishga mos bo'lishi uchun takrorlaysiz. Bu orqali juda tez sur'atda o'sasiz. Va bu ajoyib! ⚡ Shu davrdan foydalanib, qattiq ustingizda ishlab qoling. Keyin xohish kamayishi mumkin. O'zimdan misol, anchadan beri cho'zib yurgan narsalarimni, lay-off bo'lishi bilan darrov boshlashga kirishdim va bu vaziyatdan o'zim uchun foydalanyapman. Allohning yaxshiligini umid qilyapman. Siz ham shu vaziyatga tushsangiz, undan foydalaning, muommolardan yomonlik ko'ravermasdan, yaxshilik ko'rib, shunga intiling. #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

4-maslahat Ketishga shoshilmang. Lay-off haqida eshitganimda, biroz achchig'im kelib, boshqa yaxshiroq joyga topshirib yuborsammi deb qoldim. Keyin yaxshilab o'ylab ko'rdim. Aslida klient tomondan lay-off bo'lsa, Outsource kompaniyalarda nima ayb ?) Kechirdim. 😄🌚 Hazil, boshqa joyga topshirishda qiyinchiliklar ko'pligini o'yladim. Yaxshiroq joy topganim bilan ham, yangi ishga kirish, unga moslashish, onboarding jarayonlari... Qiyin. Kamiga buyerda endi yaxshi darajalarga chiqyapman. Hammasini yana 0 dan yangi joyda boshlash qiyin. Shu sabab, oxirgi 1 oygacha aktiv ish qidirish rejimini yoqmaymaslikka qaror qildim. Sizlarga ham maslahatim, ish joyingiz o'zingizga yoqsa va shu kabi 50/50 holat bo'lsa, ketishga shoshilmang. Qolish uchun sabablarni ko'ring. Ilojini qidiring. Yangidan ish boshlash, har doim qiyin. #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

Yaxshi dasturchi va oddiy dasturchining farqlaridan biri, yaxshi dasturchi kutilmagan jarayonlarni ham o'ylaydi, oddiy dasturchi esa, faqat kutilganni. Ya'ni, "User" hardoim ham "valid" email yubormasligini yaxshi dasturchi o'ylaydi va "validator"lar yozadi. Oddiy dasturchi esa, unday emas. Yana qanday kutilmagan jarayonlarni bilasiz, qaysiki yaxshi dasturchi o'ylashi kerak bo'lgan ? @JoshDeveloper

C# ni qanday tez o'rgandim ? Umuman olganda tez emas, juda kam vaqt ajratdim. Udemy'da kurs ko'rdim ozgina. Tushunmasam ChatGPT orqali o'rgandim. ChatGPT bilan juda juda tez o'rgansa bo'lar ekan. Bitta tilni asoslarini 1-2 kunda ham bemalol o'rgana olishimni his qildim. Undan to'g'ri foydalansangiz, o'sishingiz 10x ga ham oshishi mumkin. Endi C#'da Advanced mavzularni ham yo'l-yo'lakay ko'rib ketaman, .NETni ham boshlayman inshaaAlloh. Shunaqa gaplar :) @JoshDeveloper

Resume.AddSkill("C#");

Qaysi dasturlash tilini tanlay deganlarga javob mana 👆 10-100 ta odam bosganni tanlayvering. 😄 #joke @JoshDeveloper

Qaysi dasturlash tilini ko'p ishlatasiz ?
Anonymous voting

Biroz og'ir ish haftasi bo'ldi 😢😄 Ishdan tashqari C# .NET o'rganishga ham vaqt ajratishga harakat qildim. Komfort zonaga tushib qolibman. Passiv o'rganish jarayonidan, aktivga o'tish biroz charchatib qo'yarkan odamni. Endi sekin sekin qaytib olaman aktivga inshaaAlloh C# yoqyapti, biroz qiyin joylari ham bor ekan. Juda "strict" til ekan. Ammo, umumiy dasturlashni bilganim uchun juda tez bo'lyapti, faqat C#ni o'ziga aloqador funksiya va boshqa narsalarni ko'rish qiynab qo'yarkan. Udemy'da "Mosh Hamedani"ning Beginner kursini ko'ryapman. Tugay deb qoldi. Shunday gaplar :) #updates @JoshDeveloper

Ushbu videoni bir do'stimiz tashlabdi :) Man bir chetda C# .NET o'rganib yuribman xolos 🤷‍♂ #hazil @JoshDeveloper

Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar 👆😄 #joke @JoshDeveloper
Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar 👆😄 #joke @JoshDeveloper

3-maslahat Vahima qilmang.😌 Lay-off'ga tushsangiz vahima qilmang. 😌 Agar kompaniyadan to'liq chiqayotgan bo'lsangiz, yangi ish joyi qidirishni eng kamida ketishingizdan 1 oy avval boshlab yuboring. 1 oy ham berishmayotgan bo'lsa, avvalo muomala qilib so'rab ko'ring, baribir berishmasa, vahima qilmang. 😌 Ish qidirishni boshlang. Rizqingiz yozilgan, siz harakatini qiling, natijasini Allohga qo'ying. G'am qilmang. :) Sinovda bu ham. Quyidagi oyatni unutmang. Albatta, biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musiybat yetganda: "Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz" derlar. Ana o'shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o'shalar hidoyat topganlardir. Baqara surasi, 155-157 #lay_off #maslahat @JoshDeveloper

2-maslahat Muomala madaniyati. Ishda muvaffaqiyat qozonish va Lay-off'larda "tirik" qolish imkonini oshirish uchun ayta oladigan yana bir maslahatim shu. Ishda bo'lsin hayotda bo'lsin, muvaffaqiyatli inson bo'lmoqchi bo'lsangiz, kerak joyda o'zingizni qanday tutishni bilishingiz kerak. Jamoadoshlar va menejerlar bilan yaxshi muomalada bo'ling. Yordamga doim tayyor inson sifatida ko'rishsin sizni. Bu orqali juda unaqa lay-off'dan sakrab o'tmasangiz ham, egilib o'tmoqchi bo'lib ko'rasiz :) #lay_off #maslahat @JoshDeveloper