Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
نمایش بیشتر5 147
مشترکین
-424 ساعت
-237 روز
-5830 روز
آرشیو پست ها
Repost from Islombek.dev
Musulmon ekanligizdan aslo uyalmang!
Do'stlarimiz hali to'liq bo'lmasa ham soqolingizni o'zi holicha qo'yib, opa-singillarimiz hijobingizni bemalol o'rab yuring. Noqulay bo'lgan hollarda ham bemalol namoz o'qishga joy so'rang. Ishga kirayotganingizda ham ochiq-oydin qanday ishlarni qilmasligingizni tushuntiring.
Hamma "solikum, qaleees" deb yurgan bo'lsa ham siz "Assalomu alaykum"ni kanda qilmang. Odamlarni gapiga aslo e'tibor bermang, ular har qanday holatingizda ham sizni ortingizdan gapiraveradi. Musulmonlik bu uyaladigan narsa emas, musulmonlik sharaf. Qaddingizni tik tuting siz sharafli insonsiz.
Yangi ish joyi, yoxud global kompaniyadan, lokal kompaniyaga o’tish qanday kechdi?
Xo’sh. Xabaringiz bor. EPAM, ITransition’lardan keyin, lokalniy kompaniyaga o’tishga qaror qilgandim. Bunga quyidagicha sabablar turtki bo’lgandi:
1. Bozor yomonligi va chet el kompaniyalarida “lay-off”lar istalgan payt bo’layotgani. (Stabil ish joyi kerakligi.)
2. Lokal kompaniyada ko’proq mas’uliyat olib, tezroq o’sish.
3. O’zimga ham qiziq bo’lgandi. 😅️️️️
Birinchi oyni ham o’tkazib oldik Alhamdulillah.
Qanday bo’ldi?
Kutganimdan yaxshi. Jamoaga va loyiha ko’nikib oldik. Alloh fazli bilan. Loyiha biznes protsessi biroz kattaligini aytmasa, qolgan tomondan hammasi yaxshi.
Nimalar yoqdi?
Ofis yaxshi. Jamoa va ishchilar ajoyib.
Tepangizda turib, har 1 soatda tekshirib kelishmaydi, erkin ishlashga berishadi, shu orqali sifatli ishlasa bo’ladi. Ishxonada mendan kuchlilar ko’pligi ham ancha hursand qildi. Ish vaqti qat’iy emas, falon soatdan ishda bo’l deyilmaydi. Ba’zan biroz kechroq ishni boshlasangiz, muommosi yo’q(lekini bor, keyingi bo’limda).
To’g’ri, bu aytganlarim hamma joyda bo’lishi kerak. Lekin, lokal va davlat loyihalarini qilayotgan kompaniyadan bularni kutish biroz qiyin edi men uchun.
Nimalar yoqmadi?
1. SDLC(Software Development Life Cycle) yaxshi rivojlanmagan. Tartib biroz kamroq. Bu haqida o’z fikrlarimni ulashdim. Balki o’zgarish bo’lar :)
2. Ish vaqti qat’iy belgilanmagani, ba’zan zararingizga ishlaydi. Ya’ni, “overwork” bo’lib ketish ehtimoli katta.
3. Ofis binosida namoz o’qib olish mumkin emas ekanligi xayron qoldirdi. Bilishimcha bu kompaniyani aybi emas. Boshqa sabablar tufayli. Ammo, masjidga borib kelishga qarshilik qilishmaydi. Shunga ham shukur.
Umumiy fikrimni aytadigan bo’lsam, hammasi yaxshi. Kutganimdan yaxshiroq desam ham bo’ladi.
Shuyerda kattaroq natijalarga erishishni ko’zlaganman. Xudo xohlasa.
Shunaqa gaplar :)
#updates
@JoshDeveloper
Aytgancha, yangi ishxonda birinchi oylik ham tushdi 🌚
Seems like a good weekend’s starting 😅
Lokal kompaniyaga moslashdimmi? Qanday bo’ldi? Kompaniya yoqdimi? va boshqa savollar ko’p keldi. Yaqinda bir narsalar yozaman inshaaAlloh
@JoshDeveloper
Nixoyat. Bu bolani tanimayman. Lekin juda juda hursand bo’ldim.
https://t.me/xushnudbek/20459
#Alhamdulillah
@JoshDeveloper
Hamma seni ishlayapti deb o’ylayotganda, sen:
#joke #pingPong
@JoshDeveloper
Jacob aka yaxshi gap yozibdilar.
“Design patterns”ni yodlagandan ko’ra, “Design patterns”ga olib boradigan fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak deya.
Lekin, qanday ? :)
Hozircha aniq bir fikr kelmadi o’zimga. Katta tajriba orqali balki erishsa bo’lar. Balki, boshqa qandaydir “yo’li” bordir.
Siz nima deb o’ylaysiz ?
@JoshDeveloper
Accessibility
Ko’pchilik ishlatadigan dasturlarda jiddiy e’tibor berilishi kerak bo’lgan narsalardan biri - Accessibility.
Ya’ni, imkoniyati cheklangan insonlarga ham dastur xizmat ko’rsata olishi. Imkoniyati cheklanganlarga misol, ko’zi ojizlar, eshitish qobiliyatini yo’qotganlar, ranglarni ajrata olmaydiganlar va hatto kompyuter sichqonchasi buzilib qolganlar ham kiradi.
Mavzuga aloqador boshqa mavzu:
Bizda saytlar tugur, hayotda ham bunga qarashmaydi ko’p joyda. Odamlarni hammasi xuddi mukammaldek qarashadi. Bilishmaydiki, xalqqa xizmat qiladigan binodagi xojatxonasidan nogironlar foydala olmayapti, kimdadir ko’z nuri past, siz ilib qo’ygan uzoqdagi kichik yozuvchalarni ko’rmayapti, kimdadir eshitishi past, past gapirsangiz eshitmayapti(shaxsiy tajribadan), kimdadir sigaretga allergiyasi bor, ruhsat so’ramasdan tutayotgan zaharingizdan bo’g’ilib ketyapti va boshqa vaziyatlar bo’lishi mumkin.
Oramizda harxil odam bor. Hammada ham hamma imkoniyatlar mavjud emas. Shunday ekan, e’tiborli bo’lish kerak. Ba’zan, ba’zi toifa insonlarni uchrataman, imkoniyati cheklangan odamni aynan shu nozik qismini bila-turib, uni qiynashni davom etadi. Balki beforasatlikdan qilar(shaxsiy tajriba). Ammo, bundaylar ko’p uchrab turishi achinarli. Biroz farosat va e’tibor zarar qilmas edi.
#maslahat
@JoshDeveloper
P.s: Ha aytgancha, hozirgi bozor ahvolida, oylik deb “likkillamasdan” bir joyda ishlashni maslahat beraman 😅️️️️️️
#maslahat
@JoshDeveloper
Bir maslahat beraymi ?)
Bizni dasturchilarni ko’pisining hayolida “limit”lar bor. Katta oylik haqida tasavvurlari ancha past. Bunga O’zbekistonda yashashlari sabab.
Sizlarga bir narsa aytsam. O’zbekistondan turib, 3K-10k$+ ishlaydigan dasturchilar yetarlicha. Undan ko’proq topadiganlar ham yo’q emas.
Bizda ko’pchilikning “katta” oylik degan hayoli, 1k-2k atrofida. Tasavvuringizdagi chegaralarni olib tashlab, kattaroq narsaga harakat qiling va bir kun erishasiz Xudo xohlasa.
Faqat shunga loiq bo’la olsangiz bo’ldi. Bizda bunga loiqlar ko’p. Ammo, o’zini yaxshi “sotish”ni bilishmaydi. Arzishadi yaxshi oylikka. Lekin harakat qilishmaydi. Chunki, olayotgan kichik oylikiga mos deb o’ylaydi o’zini.
O’zingizni qadrlang. Qadringizni esa baland qiling. Shunga loiq bo’ling va sizni qadrlaydiganlar topiladi.
#maslahat
@JoshDeveloper
Mana shu gaplarga qo’shilaman. Link
O’zim ham sinab ko’rganman birnecha ishda ishlab, yaxshi daromad qilib ko’rishni.
Uzoqqa bormadim. Keyin kompaniyam(EPAM’da edi)ga vaziyatni tushuntirganman. Ko’proq topish uchun ikki joyda ishlayotganimni, lekin ishdagi “Productivity” tushganini, bir joyda yaxshi ishlashni xohlashimni, lekin buning uchun ular oyligimni ko’tarishlarini aytganman. Bularni ayta olishga arzigulik yaxshi ishchi edim. Intervyular, mentorlik, loyihada asosiy dasturchilik va qo’shimchasiga Resource Manager’lik kurslarida ham o’qiyotgan edim.
So’ng, kattaroq oylikka chiqqanman. :)
@JoshDeveloper
Daily.dev sayti “extension”i juda yoqdi. Dasturlash olamidagi yangiliklar, foydali maqolalarni chiqarib boradi.
Google Chrome’ga o’rnatib, ishlatib ko’rdim.
#tavsiya
@JoshDeveloper
Kaminani “tillvizor”ga chiqdi 🌚
Hazil. Kompaniyamiz kanalida videoyim chiqibdi.
Birnarsalar deganman.
Ko’rishingiz uchun link: https://t.me/uniconsoft/374
P.s: 1.5mln oylik bilan EPAMni aloqasi yo’q. Kesilganda yaqin bo’lib qolibdi “kontekst”
@JoshDeveloper
“Universitet ochsammi ?” deyiladigan zamonga ham keldik :’)
Endi qayerga kirishni yaxshilab o’ylab, “feedback”lab bilan tanishib, keyin kiring. Raqobat boshlandi. Bu yaxshi. Ammo, raqobatga hamma ham loiq bo’lib kirishmagan. Loiq emaslar ham ko’p.
E, “Josh*University” deb ochvoraymi a ? 😅️️️️️️ (hazil)
#maslahat
@JoshDeveloper
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
O'rtoqlar bir fikr kelib qoldi.
Dasturlashni o'rganinglar deb mana ancha bozorni to'ldirib oldik.
Endi AyTi korxona ochish, uni yurgizish, buyurtma olish yoki startuplar qilish haqida ham xuddi shu dasturlashga qilgandek bunga ham bosib reklama, targ'ibot qilish kerakmikin, yo'l-yo'riqlarini o'rgatish kerakmikin, nima deysiz?
"Treningchilar aytayotgan o'z biznesingizni yo'lga qo'ying va pul ishlang" ko'rinishida emas, chuqurroq va batafsil yo'l yo'riqlar.
Kanalimda e’lon qilganimdan so’ng, ro’yhatdan o’tishni ochib qo’yishdi 😁️️️️️️
3k odamni qayerga sig’diramiz deb.
#joke
Ro’yhatdan o’tarsizlar :)
@JoshDeveloper
“Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rgangan bo’lar edim?” nomli tadbirga bizni taklif qilishdi.
Boramizmi? 😉
Borishga albatta harakat qilaman Xudo xohlasa. Sizlar ham kelarsizlar :)
@JoshDeveloper
“Guess the repo”
Qiziq o’yin ekan-a ? :)
Rasmdagi “PR”lardan, “repo” nomini toping.
#quiz #guessTheRepo
@JoshDeveloper
