ar
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

إظهار المزيد
5 034
المشتركون
-324 ساعات
-157 أيام
-3930 أيام
أرشيف المشاركات
Vaziyat balki boshqacha-dir?! Ikki qalin do’st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi. Ular orasidagi yaqinlikni chetdagi odam his qilmaydi. Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring. Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi. #tanqid @JoshDeveloper

Repost from MohirDev.uz
Dasturchining hayot yo'li haqida podkast 🎙MohirDev'da navbatdagi suhbat dasturchining hayot yo'li, sohani o'rganish, ish topishdagi tajribalar, universitet va diplom, hamda xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida bo'lib o'tdi. ▶️ Unda Umar Sa'dullayev hamda Muhammadrasul Nurmuhammadov o'z tajribalari asosida dasturchilarga muhim tavsiyalar berib o'tishdi. Ularning ayni kundagi faoliyati va bunga qadar nimalar qilishgani haqida esa bugun premyerada bilib olishingiz mumkin. 🕘 Premyera 2-sentabr, bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi 👉 Eslatmani yoqib qo'yish

Helper/Utility funksiyalarni qaysi ko’rinishda yozish kerak ? Bilamiz, ba’zi kutubxonalar yordamchi funksiyalarni Class ichiga, statik qilib yozadi. Masalan, export class Utils { static someHelpfulMethod() { // logic } static calculatePros(name) { // some logic if(name === “React”) return null; } } Yana ba’zilar esa, har bir funksiyalarni alohida-alohida qilib, function bilan yozadi. Masalan, export function doSomethingFun() { // logic } Bu ikkisini ham o’z foyda va zararlari mavjud. Keling foyda va zararlarini kommentda sanaymiz. Men esa o’zim ma’qul ko’rganimni aytaman. Bu ikkinchi usul. Alohida funksiyalar orqali qilish. Sababi, kodda ishlatilmay qolgan funksiyalarni “Tree shaking” qilishda Class’lar biroz muommo bo’ladi. Ichida keraksiz funksiyalarni ham ko’tarib kelishi mumkin. Alohida funksiyalarda esa unday emas. Sizga qaysi biri ma’qul va nega ? #programming @JoshDeveloper

Kanalimiz kattaroq bo’lgandan so’ng, postlarni ikkiga ajratishga to’g’ri kelyapti. Ushbu kanalimni 90% qismini faqat professional IT postlari uchun qoldirishga qaror qildim. Qolgan hamma mavzular, fikrlarim, IT’ga aloqador no-professional postlar(hazillar, kichik ma’lumotchalar va hokazo), tanqidlar va boshqa shu kabi postlar uchun alohida kanalda qilishga o’tamiz. O’zbek kompaniyasiga o’tib Ingliz tilida kam gaplashishni boshlaganim sabab, alohida kanalimizda postlar O’zbek va/yoki Ingliz tilida bo’ladi. Xullas, kiringlar buyoqqa ham bo’ldi. 😅️️️️️️ https://t.me/Josh_shares @JoshDeveloper

Kimgadir qilayotgan yaxshiligini videoga olib, yaxshilik qilinayotgan odamga zulm qilayotgan ahmoqlar ko’payib qoldi a? Bir nochor onaxonni yashirin videoga olib, unga pul beryapti va yig’laganlarini videoga olib tarqatyapti… Onaxonni o’zi yoki farzandlari buni ko’rsa nima der ekan? Kimga yoqadi bu holat? Ruhsat so’radimikan? Eng qizig’i, u pulni berayotganlar Alloh roziligiga erishmoqchimi yoki odamlar olqishiga? Asabim buzilib ketdi… Ibrat bo’lsin uchun olgandir deysizmi? Zulm orqali qilinadigan ibratlariga tupurdim unaqada! Zulmsiz ham ibrat ulashsa bo’ladi aslida… Biroz aqlini ishlatsa… #tanqid @JoshDeveloper

EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi. Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan. Check it out - upper.uz #tavsiya @JoshDeveloper

Bizni ba’zi odamlar zo’rda, xuddi mana bu Bruce Lee’ning shogirdiga o’xshashadi. Oyni ko’rsatsa, barmoqqa qarashadi… #tanqid @JoshDeveloper

Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan. Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan. Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada eng ilg’orlardan bo’lishgan. Taqvo ahli bo’lishgan-da liderlar ham. #fakt #islam @JoshDeveloper

Kirganlar xafa bo’lmasin-a 😅️️ Ularga 20% chegirma beraqolamiz unda 🙂️️️️️️ Xuddi shu tepadagi shartlar, faqat 30% emas, 20%. Davlat universitetiga kirganlarga esa, 20% emas, 25% chegirma. 🌚️️️️️️ #chegirma #tanqid @JoshDeveloper

Universitetga kira olmaganlar uchun Frontint.uz kursimning Classic va Pro tariflariga 30% chegirma e’lon qilaman. 😁️️️️️️😅️️️️️️🌚 Rostan :) 1-sentabr’gacha amal qiladi chegirma. Undan keyinga ola-olaman deganlar, shu narxda kelishib, 1-2 haftaga cho’zdirishlari mumkin. Chegirmasiz narxlar va ma’lumotlar uchun frontint.uz saytiga kirishingiz mumkin. Chegirmani olib, to'lov qilish uchun Adminga bog’lanasiz. #frontint #chegirma @JoshDeveloper

Frontend’da portfolio oshirish istagidagilar uchun Muhammadjavohir akani chellenjlar 🔥 bo’lib davom etyapti. Quyida 10 kunlik chellenj natijalari: https://t.me/mayoquz/2759 #tavsiya @JoshDeveloper

Siz qanday qobiq ichidasiz? Dunyoda yashayotgan insonlarning barchasi qandaydir qobiq ichida yashaydi. Barcha. Ularning fikrlashlari ham o’sha qobiqdan tashqariga chiqmaydi. Kimdirning qobiqi juda kichik. Oddiy mavzularni ham tushunmaydi. O’z fikriga ham ega emas. Nima maqsadda yashab yurganini ham tushunmaydi. Kimdirning qobiqi esa, biroz kichik, lekin o’zini kichik fikrlash doirasi ham bor. Shu befahm doirasi ichida turib, o’zidan katta qobiqdagilar fikrlariga tosh otgani-otgan. Dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham bebahra. Kimdirning qobiqi o’rtacha. Dunyo ilmidan bir qismini olgan. O’ziga yarasha maqsadlari bor. Ular shu hayotda yashash uchun yashaydi. Undan uyoqini fikrlashmaydi. Uzoqi bilan shu dunyo qobiqichalik qobiqqa ega bo'lishadi. Bunday qobiqlar ko'p. Quyidagisi esa, nazarimda biz insonlar uchun eng kattasi va oliysi. Bu qobiq egalari dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham nasibasini olish yo’lida yurishadi. Bu dunyoga shunchaki bekorga kelmagani, bu dunyodagi barcha borliq, quyosh, oy, yer va undagi barcha mavjudotlar, ozuqa zanjiri, borliqdagi barcha narsaning yagona tizimga amal qilishi, xullas barcha barchasi, shunchaki yaralmaganligini anglab yetgan. O’zidan o’zi bunday mukammal “sistema” bor bo’lib qolmaganini, buni ortida faqatgina Yagona zot, Alloh* borligini anglagan. Bunday qobiqdagilarni juda hurmat qilaman. Dunyosini ham, oxiratini ham o’ylay oladiganlar. Dunyo qobiqidan ham tashqariga chiqa olganlar. Bekorga kelmaganiga iymon keltirganidek, o’limi bilan hammasi tugamasligiga, barcha o'z amallari uchun javob beradigan kun borligiga ishonadiganlar. *Alloh - Al-ilah so’zidan tuzilgan, bu Yagona iloh ma’nosini bildiradi. Bandalariga rahmli, Qur’on ila fazl bergan zot, Robbimizning ismlaridan biri. P.s: Bu fikrlar o’z “qobiqim”dan kelib chiqib aytildi. Siznikiga to'g'ri kelmasa, ma’zur tutasiz :) #tafakkur @JoshDeveloper

Repost from MohirDev.uz
Nima uchun "soft skills" muhim? 🦾 Texnik qobiliyatlarning o'zi bilan raqobatbardosh bozorda uzoq qolish mumkinmi? @mohirdev - tez kunda yangi podkast🎙

React’chilar “radikal” desam ishonmaysizlar… #joke @JoshDeveloper
React’chilar “radikal” desam ishonmaysizlar… #joke @JoshDeveloper

Dasturlashda tajribasi bo’lmasdan, dars berib yurganlar haqida fikrim 👆 Mohirdev’da bo’lib o’tgan podkast chiqishiga oz qoldi, Xudo xohlasa. Ushbu qisqa rolik shu podkastdan. Dasturlashda tajriba bo’lmasdan turib, dars berib yurganlar haqida o’z fikrlarim. Davomi bor edi, 🪓 qilishibdi shekilli, yoki to’liq holi chiqqanda chiqar 🙂️️️️️️ #stayTuned #podcast @JoshDeveloper

Linkedin’da “scam”lar ko’payib ketganidan xabaringiz bor. Qandaydir yo’llar bilan, sizdan pul yechib olishni o’ylashadi. Bugu
Linkedin’da “scam”lar ko’payib ketganidan xabaringiz bor. Qandaydir yo’llar bilan, sizdan pul yechib olishni o’ylashadi. Bugun menga mana bu opa yozibdi. “Scammer” deb tahmin qildim. Balki unday emasdir. Ammo, ehtiyot bo’lish kerak. Meni vaqtim bo'lmagani uchun ham qiziqib oxirigacha borib ko'rmadim. Rasmda, “Falon kompaniyada ishlagan ekansiz, biz shu kompaniya haqida izlanishlar olib borayapmiz, biz bilan 1 soat meeting qila olasizmi? (pullik)” degan ma’noda yozilgan. #warning #scammers @JoshDeveloper

Banda Alloh desa-yu, shu gapiga amal qilsa… Bir akamizdan shu gapni eshitgandim… Har zamon esimga tushib turadi…( #tafakkur @JoshDeveloper

Loyihamiz arxitekturasini yangilashni boshladik. Nx ishlatib, Monorepo ko’taryapmiz. Yaxshi tajriba bo’lyapti. Avval 0 dan Nx orqali Monorepo ko’tarib ko’rmagan edim. Faqat tayyorlarida ishlagandim. Hozir bu vazifani ham qilishni boshladim. Migration juda qiyin narsa. Alloh oson qilsin.) Xullas, it’s getting fun… #fun #nx #monorepo @JoshDeveloper

Ba’zan, siz xohlamagan narsalar, kutmagan natijalar bo’ladi. Siz keladigan natijani kuting. Qanday va nima kelishini bilmagan holda. O’zingiz xohlaganni emas. Alloh yaxshisini biladi. Xohlaganingiz balki kelar, balki kelmas… Lekin qaysi biridir keladi… P.s: Bu xuddi, TypeScript’dagi Generic’larga o’xshaydi. Tip kelmaguncha bilmaydi funksiya. Lekin uning kutadigani shu… #tafakkur @JoshDeveloper

Qani kim qayerga kirdi? Kira olmaganlar ham bo’lsa kerak. Xavotir olmang. Bir yil o’z ustingizda ishlash uchun vaqt bor. Universitet maqsad emas, vosita. Maqsad boshqa bo’lishi kerak. Universitetsiz ham yetisha olishingiz mumkin. Kirganlar esa, universitetga ishonmang. Sizni soha mutaxassisi qildirib qo’ymaydi. O’zingiz ham qattiq harakat qiling. Yaxshi tomoni, endi sizda maqsadlari o’xshash insonlar bilan tanishish, ular bilan birga o’qish imkoni bor. Foydalanib qoling. Barchaga omad. #maslahat @JoshDeveloper