cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BOLALAR ADABIYOTI

,,Bolalar adabiyoti - Farishtalar adabiyoti" Abdulla Oripov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
210
المشتركون
-124 ساعات
-37 أيام
-1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Taklifnoma 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 24-may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Turon” axborot-kutubxona markazi hamkorligida uyushma aʼzosi, bolalar shoiri Saodat Tojining xotira kechasi hamda "Bolalarni kuylamoq - baxtim" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Barcha muxlislarni ushbu tadbirga taklif qilamiz. Manzil: “Turon” axborot-kutubxona markazi Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6-uy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Barcha ijodkorlarni va kitobxonlarni shoir AXTAMQULI ustozning "Nazm va navo" kechasiga taklif etamiz. Manzil:O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi, tadbirlar zali. t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Barcha ijodkorlarni va kitobxonlarni shoir AXTAMQULI ustozning "Nazm va navo" kechasiga taklif etamiz. t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#achchiq_fikr Adabiy tilni buzishga jinoiy modda qo‘yilmagan, chunki bunga jazo millatning javobgar a’zosi sifatida har bir odamning o‘zi bilan. Ahmad A’zam @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
10-may - O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavallud topgan kun G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan. Adib “Dinamo”, “Yigit”, «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar», «Tirik qo‘shiqlar», “Ko‘kan”, “Sizga”, “Chashma”, «Yangi sheʼrlar», “Sheʼrlar”, «O‘zbek elining g‘ururi», «Sharaf qo‘lyozmasi», «Tanlangan asarlar» sheʼriy to‘plam va dostonlari, “Jo‘rabo‘za” hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» pyesa hamda “Netay”, «Tirilgan murda», “Yodgor”, «Shum bola» kabi qissalar muallifidir. Asarlari asosida spektakllar va kinofilmlar yaratilgan. “Otello”, «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. U 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng, 2000-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan moʻtabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. https://yuz.uz/a/uz/100264
إظهار الكل...
USTABUZARMON Shogirddikka xushim yo‘q, O‘zim tayyor ustaman. Xom-xatala ishim yo‘q, Ko‘zim pishgan puxtaman. Mayda- chuyda yumushga Vaqtimni ketkazmayman. Zarur bo‘lar turmushga, Katta bufet yasayman. Bufet sizga, men kafil, Yuz yil xizmat qiladi. Tokchalari xilma-xil, Qavat-qavat bo‘ladi. Tepasini teng bo‘lib, Choynak uchun joy qilay. Pastdagisi keng bo‘lib, Idish sig‘sin birtalay. O‘rtadagi qavatda Qutichalar yasayman, Qoshiqlar va albatta, Sanchqi uchun atayman. Menda hamma narsa bor, Deysiz naq ustaxona. Arra, randa, bolg‘alar, Parmadan ikki dona. Ombur, mixlar, egovlar... Sanasam, miya g‘ovlar. Faqat bu emas, picha Quruq taxtalarim bor. Shu bugunoq, menimcha, Bufetim bo‘lar tayyor. Bunda eng birinchi ish: Taxtani to‘g‘ri kesish... Arra yarmiga bordi, Ish yurgandi anchaga, Birdan qisilib qoldi, Tushgandek iskanjaga. Tortib qancha tirishmay, Ergashadi taxta ham. Arra, qurg‘ur, yurishmay, Xunob qildi juda ham... To‘g‘risini tan olay: Kuch yetmadi bufetga. Yaxshisi, yasay qolay Chiroyli taburetka. Ana endi qo‘limda O‘ynab ishlaydi bolta. Menimcha, bu yumushda Ishim yurar, har holda. Bir urgandim, kesmadi. Demang, shumi ustasi?! Chirik ekan, qismadi, Oyboltaning dastasi. Bolta devorga urib, Dastasi tegdi boshga. Chap bergandim yuz burib, Peshanam bo‘ldi qashqa... Kerakmas tabureti, Ramka yasagan durust. Bobomning portreti Ramkasiz yotar hanuz. Bo‘lsin oz-u sozgina. Kelishib qoldi qo‘lim. Oshxonadan ozgina Topildi yog‘ochelim. Endi havas qilgulik Dahshat ramka yasayman. Chetlariga gul solib, Zar hal berib bezayman. Yelim yaroqsiz ekan, Yopishmadi mustahkam. Qoqib ko‘ray mix bilan, Jips ushlasin mahkam. Bolg‘ani bir urgandim, Mixning beli egildi. Sifatli deb yurgandim, Chuvalchangdek bukildi. Qalbaki ekan bari, Sira to‘g‘ri ketmadi. Qurib ketsin mixlari, Ramka, afsus, bitmadi... Asabim buzay nechun, Ishlaganga yarasha, Pechkaga yoqish uchun, Yasagayman tarasha. Yaxshi bo‘lsa o‘tini, Chiqmaydi-da tutuni. Ishim yurdi binoyi, Tarashaga to‘ldi qop. O‘tin chiqdi chiroyli, Samovarga juda bop. Do‘stlarim deydi: -- Qoyil, Yugur samovarni yoq. Shu xizmatga sen loyiq, Ustabuzarmon o‘rtoq. Rus tilidan: XUDOYBERDI KOMILOV tarjimasi. t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
KUTIB TUR - Shirinmikan muzqaymoq? Bir yalaychi puchuqvoy. - Sеnga muzqaymoq yalash Kim qo'yibdi kuchukvoy. - Birgalikda yalasak, Biz ertaroq o'ynaymiz. - Kutib tur, muzqaymoqqa, Biz ikkimiz to'ymaymiz. RO'ZIMUROD BOLQIЕV t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...
MASLAHAT — Qancha «s» yoziladi «Hassa» so'zida ajab? Bittami, ikkitami,— Bilolmay hayron Rajab. — Uchta «s» yozing, aka,— Aql o'rgatar Jo'ra.— Ortib qolgani ma'qul Yetmay qolgandan ko'ra. BILAG‘ON Yangi oyni ukam Hol «Е» harfi deb o'ylabdi. So'rar: — Kim yozdi, aka, Belbog'ini qo'ymabdi. KARIM-YARIM (P. Mo ‘minning «Bir yarim Karim» she'riga o'xshatma) Qo'shnim bor — ismi Karim, Hamma der: — Karim-yarim. Sababi, qilsa ne ish — Xoh yozish, Xohi chizish Yarmigacha qiladi, Hamma undan kuladi. Oqshom uxlash chog'ida Bir etik oyog'ida. Uxlar ochib bir ko'zin, Chala aytadi so'zin. Shunaqa, qo'shnim Karim, Ishni qiladi yarim. O'qishning o'qib yarmin, Qochar, ochdi deb qornim. Yozmay inshoning barin, Oldi u «to‘rt»ning yarmin. Shunaqa, qo'shnim Karim, Ishni qiladi yarim. Biroq-chi, Karim-yarim Yeydi ovqatning barin. HAMZA IMONBERDIYEV t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...
BOLALAR ADABIYOTI

,,Bolalar adabiyoti - Farishtalar adabiyoti" Abdulla Oripov

Photo unavailableShow in Telegram
CHAVANDOZ Otim asov, qochinglar, Qani, yo'lni ochinglar! Shamoldayin yelayin, Bir aylanib kelayin. Hayron qolsin odamlar: Buvim, oyim, adamlar... Ro'molin silkib buvim, Deydi: — Oq yo‘l, qulunim. Oyim deydi: — Oppog'im, Yiqilib qolma tag'in. Dadam esa, «uch» deydi «Uchgin misli qush» deydi. Ortda qolar odamlar: Buvim, oyim, dadamlar... Ot minishim qanday soz, Menman kichik chavandoz. Ey, do'stginam, qani, kel. Qanday yaxshi... karusel! HAMZA IMONBERDIYEV t.me/Adabiyotchi_Bolajon
إظهار الكل...