cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 565
المشتركون
+1024 ساعات
+727 أيام
+7630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

"Yigirmanchi asrim mening" kitobi taqdimoti Bugun Yozuvchilar uyushmasida jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "Yigirmanchi asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda uyushma raisi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Kengesbay Karimov, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev va boshqalar so‘zga chiqdi. Mazkur asar 25 yil davomida yozilgan. Bu kitob asrlab davom etgan mustamlakachilik zanjirlarini sindirib tashlab, Istiqlolga erishgan xalqlarning shodiyonasiyu nurafshon kunlari, erk uchun kurashgan mardu maydonlarning achchiq qismati to‘g‘risida. Ko‘rgan-kechirgan voqealaru zamondoshlarining o‘y-fikrlarini tahlil qilish ilmini egallashga uringani, asr oldidagi imtihondan o‘ta olgani, shuningdek o‘z davri, asrning avvaliyu o‘rtalariga oid kitoblaru arxiv materiallari, o‘nlab mualliflarning xotiralarini qayta-qayta o‘qiganiyu uqqani Anvar Jo‘raboyevga yigirmanchi asr mohiyatini chuqur va atroflicha anglash imkonini bergan. 2005-yilda kitobni sahifalashni nihoyasiga yetkazgan. Anvar Jo‘raboyev “Xalq So‘zi” va “Narodnoye Slovo” hamda “Markaziy Osiyo Madaniyati” gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. U XX asrning ko‘plab ulug‘ shaxslari, jumladan, Nobel mukofoti sovrindorlari Gabriel Garsia Markes va Mixail Sholoxov, Fransiya prezidenti Fransua Mitteran bilan suhbatlashib, turkum maqolalar tayyorlagan. Uning samimiyligi va professionalizmi vatanidan tashqarida ham tan olingan. Mixail Sholoxov uni “jasur jurnalist” deb atagan. U o‘zbek jurnalistikasi va madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshevning video tabrigi tinglandi. Iliq xotiralar yodgan olindi. Zulayho Ahmadjonova
إظهار الكل...
Taniqli jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad To'ra.
إظهار الكل...
Taniqli jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad To'ra.
إظهار الكل...
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Respublika tarjimonlar forumi efirga uzatildi. Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
إظهار الكل...
TARJIMA XABAR.mp310.88 MB
OAV VAKILLARI MUKOFOTLANDI Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash   to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, qator kasbdoshlarimiz taqdirlandi.    Ular mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok etishgan. Mukofotlanganlar orasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ham borligi quvonarlidir. Uyushma jamoasi barcha ijodkorlarni muborakbod etadi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Taypatov Abdijalol Gapparovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri “Do‘stlik” ordeni bilan Abdusamatova Mukaddas Salixovna - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Xasanova Zaxro Tulkunovna - “Gulxan” jurnali bosh muharriri “Shuhrat” medali bilan Pirnafasova Muhayyo Rustamovna - “Jadid” gazetasi adabiy muharriri Sulaymonov Shodmon Sultonovich - “Buxoronoma” va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
🇺🇿
👍
😊
Открыть комментарии
"Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Taypatov Abdijalol Gapparovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri “Do‘stlik” ordeni bilan Abdusamatova Mukaddas Salixovna - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Xasanova Zaxro Tulkunovna - “Gulxan” jurnali bosh muharriri “Shuhrat” medali bilan Pirnafasova Muhayyo Rustamovna - “Jadid” gazetasi adabiy muharriri Sulaymonov Shodmon Sultonovich - “Buxoronoma” va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati Mukofotlanganlar orasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ham borligi quvonarlidir. Uyushma jamoasi barchangizni muborakbod etadi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
1:06:14
Video unavailableShow in Telegram
Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni to‘liq tomosha qiling. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati 👇 https://fb.watch/sW8J_DtRaB/
إظهار الكل...
236.29 MB
Photo unavailableShow in Telegram
TAKLIFNOMA 2024-yil 26-iyun kuni (chorshanba) soat 10:30da jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz. Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
🇺🇿 3
👍 6
😊 1
Открыть комментарии
“Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif–Ahmad To'ra.
إظهار الكل...
“Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif–Ahmad To'ra.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.