ar
Feedback
АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.

الذهاب إلى القناة على Telegram
1 316
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-67 أيام
-5630 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Xushnudbek.uz
❓Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi? #abituriyent ✅ Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak: — kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi); — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. ❗️Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi. ❓Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20045 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti: oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda; professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi. O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Таълим кредити олиш учун аризаларни my.gov.uz орқали топшириш имконияти яратилади
“Олий ва профессионал таълим ташкилотлари талабалари ва ўқувчиларига бюджет маблағлари ҳисобидан таълим кредитини ажратиш тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-82-сон, 27.05.2024 й.) қабул қилинди 🔰Фармонга кўра, 2024/2025 ўқув йилидан олий ва профессионал таълим ташкилотларининг талаба ва ўқувчиларига таълим кредитлари қуйидагиларни назарда тутган ҳолда ажратилади: 🔹олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредити фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратилади; 🔹таълим кредити: ▫️олий таълим ташкилотларининг биринчи босқич талабалари ҳамда профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун тўлов-контракт суммаси миқдорида; ▫️олий таълим ташкилотларининг иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилади. ❕Бундан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари мустасно. ✔️Бунда таълим кредити: 🔸ОТМ талабалари учун – талабалар тўғрисидаги маълумотлар “Талабаларга шартнома асосида кўрсатиладиган хизматлар ҳисобини юритиш” (kontrakt.edu.uz) ахборот тизими ва “Олий таълим жараёнларини бошқариш” (HEMIS) ахборот тизимида мавжуд бўлганда; 🔸профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун – ўқувчилар тўғрисидаги маълумотлар “Профессионал таълим жараёнларини бошқариш” (prof.edu.uz) ахборот тизимида мавжуд бўлганда ажратилади. 🗓2024/2025 ўқув йили бошлангунгача таълим кредити олиш учун аризаларни “Таълим кредити” ахборот тизими (taʼlim-krediti.mf.uz) ва ЯИДХП (my.gov.uz) орқали топшириш имконияти яратилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

Repost from Xushnudbek.uz
❗️ Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun 30-31-may kunlari qo’shimcha attestatsiya oʻtkaziladi. ✅ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga uzrli sababini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Quyidagilar uzrli sabab deya hisoblanishi mumkin: — vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi; — davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi; — respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi; — vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi; — yaqin qarindoshining vafoti; — vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar. Malaka sinovlari ushbu manzillarda oʻtkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Xususan, ele
Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Xususan, elektron baholar tabeli emaktab.uz platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi. ✅ Elektron shaklga o‘tkaziladigan hujjatlar: ● Sinf jurnali; ● Baholar tabeli; ● Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari; ● Pedagogik kengash bayonnomalari daftari; ● O‘quvchilar harakati daftari; ● Shahodatnomalarni hisobga olish daftari. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
❓Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi? Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: ©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; 🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; 🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/7256 Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda birin-ketin tushuntirish beramiz. 👉 @xushnudbek 👈

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Юридик кадрлар тайёрлашда “мактаб – лицей – техникум – университет” тизими жорий этилади
🔰Фармонга кўра, юридик кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга қаратилган қуйидаги ишлар амалга оширилади: 🔸мактабларда “Ҳуқуқ синфи” ва ҳуқуқ фанлари чуқурлаштирилган ҳолда ўқитилишини ташкил этиш орқали юридик кадрларни тайёрлашда “мактаб – лицей – техникум – университет” тизимини жорий этиш; 🔸Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик техникумлари негизида Тошкент давлат юридик университетининг академик лицейларини ташкил қилиш ҳамда уларнинг иқтидорли битирувчиларини “юриспруденция” йўналишидаги олий таълим муассасаларига суҳбат асосида тест синовларисиз қабул қилиш. ✅ Қуйидаги институтлар ташкил этилади: ➖Адлия вазирлиги ҳузурида Юридик кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти; ➖Қонунчиликни таҳлил қилиш ва тартибга солиш таъсирини баҳолаш институти. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Ёшларда “Мамлакат келажаги – қонунга итоаткор ва ҳуқуқбузарликка тоқатсиз ёшлар билан” ғояси асосида ҳуқуқий иммунитет шакллантирилади
🔰Фармонга кўра, ёшларнинг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтириш ҳамда уларнинг ҳуқуқий тарбиясига салбий таъсир кўрсатувчи омилларга нисбатан ҳуқуқий иммунитетни шакллантиришга қаратилган “Мамлакат келажаги – қонунга итоаткор ва ҳуқуқбузарликка тоқатсиз ёшлар билан” ғояси асосида адлия органлари ва муассасалари, шу жумладан Тошкент давлат юридик университети ва юридик техникумлар қуйидагиларга масъул ҳисобланади: 🔹ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликларга нисбатан муросасизлик муносабатини шакллантириш, уларда қонунларга ҳурмат, мамлакат тақдирига дахлдорлик ҳамда ватанпарварлик ҳиссини кучайтиришга қаратилган комплекс ҳуқуқий тарғибот тадбирларини ташкил қилишга; 🔹адлия органлари ва муассасаларига ёшларнинг ташрифини ташкил қилиш орқали “Тенгдошимга ҳуқуқий ёрдам” тадбирларини ўтказиб боришга; 🔹ҳуқуқшунослик касбининг обрўси ва нуфузини ошириш, ёшларда ушбу касбга нисбатан ҳурмат ва фахр туйғуларини шакллантириш, уларни ҳуқуқий билим олишга қизиқтириш бўйича амалий тадбирларни ташкил қилишга; 🔹ёшларнинг ҳуқуқий билимларини юксалтиришга қаратилган онлайн ҳуқуқий саводхонлик мактабини ташкил этиш ва у орқали бепул ҳуқуқий ўқув курсларини жорий этишга; 🔹таълим муассасаларида “Ҳуқуқий билимлар ойлиги”ни ўтказиб бориш ва ёшларнинг ҳуқуқий билим олишларини рағбатлантиришга қаратилган турли ҳуқуқий мавзулардаги семинар-тренинглар ва танловларни ташкил қилишга. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Ҳафтанинг ҳар чоршанба куни ҳуқуқий тарғибот куни этиб белгиланди
🔰Фармонга кўра, маҳаллаларда ҳафтанинг ҳар чоршанба куни ҳуқуқий тарғибот куни этиб белгиланди. ✔️ Ҳуқуқий тарғибот кунида қуйидаги тадбирлар амалга оширилади: ➖“Online-mahalla” платформасига киритилган ва жойларда аниқланган муаммоларнинг ҳуқуқий ечимларига қаратилган манзилли ҳуқуқий тарғибот тадбирларини ташкил қилиш; ➖аҳоли учун энг долзарб масалаларни аниқлаш орқали улар юзасидан ҳуқуқий тушунтириш ва маслаҳатлар бериш; ➖ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатламлари учун имтиёзлар ва моддий ёрдам бериш, нафақа тайинлаш, ишсизликдан ҳимояланиш, вақтинчалик иш билан таъминлаш, ижтимоий ёрдам олиш тартиби бўйича тизимли ҳуқуқий тарғибот тадбирларини ўтказиш; ➖кундалик ҳаётда энг кўп зарур бўладиган давлат хизматларидан фойдаланиш тартиби ҳамда улардан ЯИДХП (my.gov.uz) ва бошқа электрон ресурслар орқали фойдаланишнинг афзалликлари тўғрисида ҳуқуқий тарғибот тадбирларини ташкил қилиш. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️“Маҳалла ҳуқуқшуноси” лойиҳаси амалга оширилади
🔰 Фармонга кўра, аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини ошириш, қонунчилик ҳужжатларини ижрочиларга етказиш ҳамда уларнинг моҳияти ва аҳамиятини аҳоли ўртасида тушунтириш ишлари самарадорлигини ошириш мақсадида: 🔘фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларида “Маҳалла ҳуқуқшуноси” лойиҳаси амалга оширилиб, лойиҳа доирасида фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари раисларининг ҳуқуқий билим ва кўникмаларини узлуксиз ошириб боришга қаратилган қисқа муддатли бепул ўқув курслари ташкил этилади; 🔘мактабларда 2024/2025 ўқув йилидан: 🔸Адлия вазирлигининг махсус электрон платформаси орқали ҳуқуқ фани ўқитувчиларининг касбий билим ва кўникмаларини узлуксиз ошириб бориш ҳамда уларни методик таъминлаш тизими йўлга қўйилади; 🔸ўқувчилар ўртасида “Ҳуқуқ билимдони” фан олимпиадаси, ҳуқуқ фани ўқитувчилари ўртасида “Энг яхши ҳуқуқ ўқитувчиси” кўрик-танлови ўтказиб борилади; 🔸мактаб ўқувчиларининг ҳуқуқий билимларни мустақил ўзлаштиришига қаратилган кўргазмали ўқув қўлланмалари, видеороликлар, компьютер ўйинлари ва мобиль иловалар яратилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

Ўзбекистоннинг икки ҳудудида Жисмоний тарбия ва спорт институти ташкил этилади https://kun.uz/80186363

#Биласизми 🔰Педагогларнинг фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш орқали аралашиш ёк
#Биласизми 🔰Педагогларнинг фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш орқали аралашиш ёки педагогнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш: ➖фуқароларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 10 бараваридан 15 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади. 📁 Мазкур ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилса: ➖фуқароларга БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 15 бараваридан 20 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

"Япония мактабларида ўқувчилардан 4 синфга қадар ҳеч қандай имтиҳон олишмайди!" 🇯🇵 Японларнинг нимага Дунёнинг ТОП 10 Aқлли халқлар қаторига киришига сабаблар 👇🏻👇🏻 https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5