СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ
الذهاب إلى القناة على Telegram
СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ РАСМИЙ КАНАЛИ Веб-сайт - https://soh.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/suxtumaniaoka Youtube - https://www.youtube.com/c/SuxAnvar Инстаграм - https://www.instagram.com/suxanvar/ Мурожаатлар - @soh_murojaat_bot
إظهار المزيد8 886
المشتركون
-1524 ساعات
+1 9377 أيام
+1 78030 أيام
أرشيف المشاركات
8 890
+5
🇺🇿🇨🇳 ХАЛҚАРО ТАЖРИБА - ТАЪЛИМ СИФАТИ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
Сўх туман 1-сон техникумининг «Компьютер тармоқлари ва IT сервис» касби ўқитувчиси Азизбек Мехидинов айни кунларда Хитой Халқ Республикасидаги Chongqing муҳандислик касбий-техника университетида IT йўналиши бўйича тажриба алмашиш ва малака ошириш стажировкасида иштирок этмоқда.
Стажировка жараёнида замонавий ахборот технологиялари, компьютер тармоқлари, рақамли таълим воситалари, шунингдек, IT соҳасида мутахассислар тайёрлашнинг илғор хорижий усул ва ёндашувлари ўрганилмоқда.
Бундай халқаро тажриба алмашинувлари педагогларнинг касбий маҳоратини ошириш, таълим жараёнига замонавий технология ва инновацион ёндашувларни жорий этишда муҳим аҳамият касб этади.
Энг муҳими, орттирилган билим ва тажрибани техникум таълим жараёнига татбиқ этиш орқали ўқувчиларга замонавий ва бозор талабларига мос билим бериш, рақобатбардош IT мутахассисларини тайёрлаш имкониятлари янада кенгаяди.
🎓 Халқаро тажриба - замонавий билим ва малакали кадрлар сари муҳим қадам.
Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
«Yil o‘qituvchisi» tanlovi g‘oliblari aniqlandi 🏆
Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan «Yil o‘qituvchisi» tanlovi yakunlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, respublikadagi 208 ta tuman va shahar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan pedagoglar aniqlandi.
Mazkur tanlovda respublika bo‘yicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. Kasbiy bilim va mahoratini namoyon etgan ishtirokchilar orasidan 208 nafar pedagog o‘z hududida birinchi o‘rinni egallab, tanlov g‘olibiga aylandi.
Har bir tuman va shahar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan pedagogga bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari, ya’ni 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi 💰
Farg‘onalik g‘olib bo‘lgan pedagoglarni tabriklaymiz!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026 y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 🔰 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi. 📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi. ❌ Chegirma : ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida; ▪️xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida; ▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 👨👩👧👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi. 📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi. 🌐 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi. ⌛Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. 📍 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
🏆 СЎХЛИК УСТОЗ - «ЙИЛ ЎҚИТУВЧИСИ» ТАНЛОВИ ҒОЛИБИ!
Педагоглар ўртасида илк бор ўтказилган «Йил ўқитувчиси» танлови якунланиб, республика бўйича 208 та туман ва шаҳар кесимида ғолиблар аниқланди.
Қувонарлиси, ушбу нуфузли танловда Сўх тумани вакили Турдиева Дилноза Латифжоновна туман босқичида биринчи ўринни эгаллаб, танлов ғолиби деб топилди.
46 мингдан ортиқ педагог иштирок этган танловда устозимизнинг юқори натижа қайд этиши - унинг касбий билими, педагогик маҳорати, изланувчанлиги ҳамда таълим-тарбия соҳасидаги фидокорона меҳнатининг муносиб эътирофидир.
Танлов шартларига мувофиқ, ҳар бир туман ва шаҳар бўйича биринчи ўринни эгаллаган педагог базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 400 баравари -— 616 миллион сўм миқдоридаги пул мукофоти билан тақдирланади.
👏 Дилноза Латифжоновнани ушбу юксак муваффақият билан самимий муборакбод этамиз!
Устозимизга келгуси педагогик фаолиятида янада улкан зафарлар, мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик ва шогирдлари камолидан доимо бахт ҳис этиб яшашини тилаймиз.
Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
8 890
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.
—
Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Atlas_bayrami
Marg‘ilondagi muhtasham “Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasida VII xalqaro “Atlas bayrami” festivali tantanali yakunlandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+1
«Atlas bayrami – 2026»: Moda sanoati sohasidagi g‘olib va laureatlar! 🏆
Festival doirasida bo‘lib o‘tgan xalqaro moda namoyishi (Fashion Show) o‘z yakuniga yetdi. 🌍 Jahonning turli burchaklaridan tashrif buyurgan va mahalliy dizaynerlarning eng sara kolleksiyalari Xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Moda sanoati sohasidagi nominatsiya laureatlari:
⭐️ Mayra Suleymenova (Qozog‘iston) — Ma’naviy-madaniy merosni ijodiy talqini uchun 🇰🇿
⭐️Sandile Mngadi (JAR) — Erkaklar kolleksiyasida qo‘llangan yechim uchun 🇿🇦
⭐️Dilnoza Umirzoqova (O‘zbekiston) — Moda dizayni orqali an’anaviy to‘qimachilikni saqlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 🇺🇿
⭐️Ana Farima (Ruminiya) — Kolleksiyani badiiy yondashuv bilan taqdim etgani uchun 🇷🇴
⭐️Antonella Alotto (Italiya) — Kolleksiyaning ilhomlantiruvchi optimizmi uchun 🇮🇹
⭐️Iroda Agzamxodjayeva (O‘zbekiston) — Modada an’anaviy kashtachilik san’atini mukammal taqdim etgani uchun. 🇺🇿
«Atlas jilosi» nominatsiyasi sovrindori: 🌟
Mumtozbegim Abdumuminova (O‘zbekiston).
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
«Atlas bayrami – 2026» festivalining laureatlari bilan tanishing!
Nufuzli xalqaro hakamlar hay’ati (O‘zbekiston, AQSH, Fransiya, YUNESKO ekspertlari) tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazma va moda namoyishi yakunlariga ko‘ra eng mahoratli ijodkorlar aniqlandi 👇:
✅ Madina Qosimboyeva — Yorqin badiiy yechim va ijro mahorati
✅Hakim Tojiboyev — Kashtachilikdagi innovasion talqin
✅Nodir Rasulov — Zardo‘zlik san’ati an’analarini saqlagani uchun
✅ Nargiza Sherxodjayeva — An’anaviy texnika va zamonaviy dizayn sintezi
✅Fazliddin Dadajonov — Abr matolarning mahalliy an’analarini saqlagani uchun
✅Santosh Kumar Dxanopiya (Hindiston) — Ekologik to‘qimachilik texnologiyasi
✅ Nargiza Murodova — Zamonaviy dizayndagi ijodiy talqin
✅Meki Okiyasari (Indoneziya) — Eski dizaynni saqlashdagi mahorat
✅ Ali Rezo (Eron) — Sharqona chitgarlik an’analari talqini.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Axborot24
Farg‘onada “Ijtimoiy ongning shakllanishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusidagi III xalqaro konferensiya va mediatur o‘tkazildi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
📢 BUGUN FUTBOL!
Bugun O‘zbekiston Superligasi 22-turi doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.
Vakillarimiz bugungi muhim bellashuvda bor mahoratlarini namoyish etib, Farg‘onaning ashaddiy muxlislariga chiroyli o‘yin va g‘alaba taqdim etishlariga ishonamiz!
"Lokomotiv" stadionga tashrif buyuring va "Neftchi"ning 12-o‘yinchisiga aylaning!
Olg‘a "Neftchi", olg‘a Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+9
"Atlas bayrami"da, go‘zal Farg‘onada yana ko‘rishguncha!
Marg‘ilon shahridagi “Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli tadbirda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, dunyoning ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan hunarmandlar, dizaynerlar, soha mutaxassislari, san’at namoyandalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev tadbirda so‘z olib, uch kun davom etgan “Atlas bayrami” milliy qadriyatlar, an’anaviy hunarmandchilik, ijodiy izlanishlar va xalqaro hamkorlikni o‘zida mujassam etgan muhim madaniy tadbir bo‘lganini ta’kidladi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifi tafsilotlari tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun, 19-sentabr soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.
Ertaga, 20-sentabr soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#online
“Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining yakuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan bayram tantanasida xalqimizning sevimli san’atkori Botir Qodirov ijrosida betakror qo’shiqlar ijro etildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#online
“Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Atlas bayrami” xalqaro festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
🎶 O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijrosida go‘zal tarona.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#online
Marg’ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Atlas bayrami” VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining yakuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan tantanali yopilish marosimida turli xalqlarning milliy raqslari namoyish etildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Online
Marg‘ilon shahridagi “Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida yettinchi xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali — “Atlas bayrami”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
O’zbekiston xalq artisti Munojot Yo’lchiyeva ijrosida
“Farg’ona tong otguncha”
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+9
#Atlas_bayrami
Marg‘ilon shahar tarixi muzeyida “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida “To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar” fotoko‘rgazmasi ham mehmonlarga yurtimiz hunarmandlarining mahorat va ijod olamini namoyon etdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 890
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.
Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.
Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.
—
Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.
Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.
Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.
Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.
Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.
