fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ

СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ

رفتن به کانال در Telegram

СЎХ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ РАСМИЙ КАНАЛИ Веб-сайт - https://soh.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/suxtumaniaoka Youtube - https://www.youtube.com/c/SuxAnvar Инстаграм - https://www.instagram.com/suxanvar/ Мурожаатлар - @soh_murojaat_bot

نمایش بیشتر
8 856
مشترکین
-524 ساعت
+1897 روز
+11230 روز
آرشیو پست ها
Chorvachilikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Runto” kompaniyasi vakili
+2
Chorvachilikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Runto” kompaniyasi vakili Yan Xuan Yunni qabul qildi. Uchrashuvda chorvachilikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Xitoyning ilg‘or tajribasi asosida naslchilikni rivojlantirish masalalari muloqot mavzusi bo‘ldi. Avvalgi qabullarda erishilgan kelishuvlar doirasida chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish laboratoriyasini tashkil etish loyihasi haqida fikr almashildi. — В животноводстве реализуются перспективные проекты — Promising Projects Are Being Implemented in the Livestock Sector Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Yangi yo‘nalishlardagi takliflar ko‘rib chiqildi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yonggang Construction En
+2
Yangi yo‘nalishlardagi takliflar ko‘rib chiqildi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yonggang Construction Engineering” kompaniyasi rahbari Vey Jiyonni qabul qildi. Uchrashuvda zamonaviy mehmonxona barpo etish, turar joylar qurilishi va boshqa yo‘nalishlarda investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida so‘z bordi. — Рассмотрены предложения по новым направлениям сотрудничества — Proposals for New Areas of Cooperation Reviewed Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Qurilish yo‘nalishida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandun provinsiyasi Jyansi sav
+2
Qurilish yo‘nalishida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandun provinsiyasi Jyansi savdo palatasi asoschisi, “Shandong Sanlixing Holding Group” kompaniyasi raisi Fan Youjin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda qurilish sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. — Расширяется сотрудничество в сфере строительства — Cooperation in the Construction Sector Is Expanding Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarola
+2
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov ishtirokida o‘tkazilgan qabulda shahar va tumanlardan kelgan 20 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida aholi tomonidan tibbiy yordam olish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy ko‘mak ko‘rsatish, bandlik, ijtimoiy himoya, kredit ajratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshqa hayotiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash muddatlari belgilandi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha rej
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о текущей деятельности Бухарского нефтеперерабатывающего заводa и планах по расширению его мощностей. #Mirziyoyev #taqdimot #BNQIZ #modernizatsiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

«КЕЛАЖАК ВОРИСЛАРИ» БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ Бугун Сўх туманида «Келажак» маркази ташаббуси билан «Келажак ворислари» ва
+9
«КЕЛАЖАК ВОРИСЛАРИ» БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ Бугун Сўх туманида «Келажак» маркази ташаббуси билан «Келажак ворислари» ва раҳбарлар иштирокида очиқ мулоқот ташкил этилди. Учрашувда тумандаги умумтаълим мактаблари ўқувчилари, мактаб маслаҳатчилари ҳамда масъул раҳбарлар иштирок этди. Тадбирда туман ҳокими ўринбосари сўзга чиқиб, ўтказилган сайловларда ғолиб бўлган ёшларни табриклади ва уларнинг келгуси фаолиятига муваффақият тилади. Мулоқот давомида 1 нафар лидер ва 7 нафар йўналиш координатори «Тенгдошдан тенгдошга» тамойили асосида ўз тажрибалари билан ўртоқлашди. Ёшларнинг савол ва таклифлари тингланиб, билдирилган мурожаатлар қайд этилди. Айрим масалаларга шу жойнинг ўзида ечим топилди. Тадбир якунида фаол иштирок этган ёшларга эсдалик совғалари топширилди. Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

#Yoshlar_kuni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilim, intizom va vatanparvarlikda tengdoshlariga namuna bo‘lmoqda Viloyat h
+4
#Yoshlar_kuni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilim, intizom va vatanparvarlikda tengdoshlariga namuna bo‘lmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov payshanba — Yoshlar kuni tadbirlari doirasida Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ular bilan samimiy suhbatlashdi, orzu va maqsadlari bilan qiziqdi. — Учащиеся «Школы Темурбеков» подают сверстникам пример в учёбе, дисциплине и патриотизме — Students at the School of Temurbeks set an example for their peers in learning, discipline and patriotism Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

🇺🇿RAMZIY BAYROQ FARG'ONADA! 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganlıginıng 35-yıllıgi munosabatı bilan yurtimiz bo'ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi davom etmoqda. Bugun Andijon viloyatining Asaka tumani va Farg'ona viloyatining Quva tumani chegarasida viloyat faollari, Ma'naviyat targ'ibotchilari, nuroniylar, harbiylar, yoshlar hamda aholi vakillari ishtirokida ramziy bayroqni Andijon viloyatidan qabul qilib olishdi. Ushbu bayroq viloyatimiz shahar va tumanlari bo'ylab tantanavor tarzda olib o'tiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

СЎХДА «РАҲБАР ВА ЁШЛАР» УЧРАШУВИ: 20 ТА МУРОЖААТ ТИНГЛАНДИ Бугун, 12 ноябрь - пайшанба куни Сўх тумани Маданият бўлими фаолла
+6
СЎХДА «РАҲБАР ВА ЁШЛАР» УЧРАШУВИ: 20 ТА МУРОЖААТ ТИНГЛАНДИ Бугун, 12 ноябрь - пайшанба куни Сўх тумани Маданият бўлими фаоллар залида «Раҳбар ва ёшлар» учрашуви ташкил этилди. Очиқ мулоқотда ёшларнинг тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш, имтиёзли кредитлар олиш, ўз бизнесини бошлаш учун ер майдонлари ажратиш ва бандлик масалаларига оид мурожаатлари тингланди. Учрашувда тумандаги корхона ва ташкилотлар, Кадастр бўлими, Халқ банки ҳамда Агробанк раҳбарлари иштирок этди. Мулоқот давомида маҳаллалардан келган ёшлар томонидан жами 20 та мурожаат билдирилиб, улар юзасидан масъуллар томонидан тушунтиришлар берилди. Бундай очиқ мулоқотлар ёшлар ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, муаммоларига амалий ечим топиш ва уларнинг иқтисодий фаоллигини оширишга хизмат қилади. Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Ziyolilar yangi tashabbus va takliflarni bildirmoqda Farg‘ona shahrida "Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayan
+9
Ziyolilar yangi tashabbus va takliflarni bildirmoqda Farg‘ona shahrida "Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi" shiori ostida o‘tkazilayotgan hududiy muloqot doirasida muhokamalar yettita ixtisoslashgan sho‘bada davom etmoqda. Ularda olimlar, pedagoglar, ijodkorlar, tibbiyot mutaxassislari, mahalla faollari, tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilmoqda. Xususan, milliy o‘zlik va qadriyatlarni asrash, jamiyatda vatanparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlash, raqamli muhitning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri, oila va mahallada tarbiya masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Ziroat Mirziyoyeva
O‘zbekiston Birinchi xonimi “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishti
+4
O‘zbekiston Birinchi xonimi “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish Turkiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya shahrida yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi. Tadbirda “Nol chiqindi” (Zero Waste) Global alyansi tashkil etilgani e’lon qilindi. Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilarni kamaytirish tamoyillarini ilgari surish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan. Ziroat Mirziyoyeva uchrashuvda so‘zga chiqib, taklif va samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdog‘anga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning “Nol chiqindi” tashabbusini xalqaro miqyosda ilgari surishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi. “Nol chiqindi” Global alyansi tashkil etilishi qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekiston Birinchi xonimi Alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. — Первая леди Узбекистана приняла участие во встрече высокого уровня, посвящённой созданию Глобального альянса «Нулевые отходы» В рамках визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Турцию для участия в 31-й Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата (COP31) Первая леди Узбекистана Зироат Мирзиёева приняла участие во встрече высокого уровня в Анталье, в ходе которой было объявлено о создании Глобального альянса «Нулевые отходы» (Zero Waste). Альянс призван объединить усилия супруг глав государств и правительств в продвижении принципов бережного отношения к природным ресурсам и сокращения отходов. Выступая на встрече, Зироат Мирзиёева выразила глубокую признательность Первой леди Турции Эмине Эрдоган за приглашение и тёплое гостеприимство, особо отметив её личный вклад в продвижение инициативы «Нулевые отходы» на международном уровне. Выражена поддержка созданию Глобального альянса «Нулевые отходы». Первая леди Узбекистана также выдвинула ряд инициатив, направленных на развитие экологического образования в рамках Альянса, а также поддержку и реализацию экологических проектов, предложенных молодёжью. Facebook | Instagram

Farg‘onada "Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi" shiori ostida ziyolilar muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, bu uchrashuv oddiy tadbir emas. Bu — yurtimizning buguni va ertasi, farzandlarimiz kelajagi, jamiyatimiz ma’naviyati va millatimiz ravnaqi haqida ochiq fikrlashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydonidir. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#ДИҚҚАТ ❗️Расман: Ўзбекистонда 12 йиллик мактаб таълимига ўтишга тайёргарлик кўрилмоқда 2027 йилдан бошлаб 6 ёшли болалар учун мактабларда бепул мажбурий тайёрлов гуруҳлари очилиши режалаштирилган. Режага кўра, мактабгача тайёрлов билан қамраб олиш даражаси 100 фоизга етказилади. Бу тартиб 12 йиллик таълим тизимига ўтиш жараёнининг бир қисми ҳисобланади. 🇺🇿https://t.me/suxliklars 📝Telegram|🪐 Веб сайт|📝Facebook|🎞Youtube |💻 Instagram

ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ - ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА Сўх тумани «Инсон» ижтимоий хизматлар марказида фуқароларнинг шахсий қабули ўткази
+6
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ - ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА   Сўх тумани «Инсон» ижтимоий хизматлар марказида фуқароларнинг шахсий қабули ўтказилди.   Қабул давомида 15 нафардан ортиқ фуқаронинг ижтимоий реестрга киритиш, болалар нафақаси ва моддий ёрдам тайинлаш, ногиронликни белгилаш ҳамда санаторийларга йўлланма ажратиш билан боғлиқ мурожаатлари тингланди.   Натижада 4 та мурожаат жойида ҳал этилди, 5 таси ижрога йўналтирилиб, назоратга олинди, 6 таси бўйича ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.   Фуқароларнинг муаммоларини ўрганиш, уларга амалий кўмак кўрсатиш ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар изчил давом эттирилмоқда.   Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Kelajak avlod uchun farovon hayot va qulay shart-sharoit yaratish hamda ona sayyoramizni asrab-avaylash barchamizning insoniy burchimizdir".
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«Создание достойных условий для благополучной жизни будущих поколений, а также сохранение нашей родной планеты – общечеловеческий долг каждого из нас».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

СЎХДА ТИКУВЧИЛИК САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛИДА ЯНГИ ҲАМКОРЛИК Сўх тумани ҳокими Сайидбаҳром Сайидмусаев Фарғона шаҳрида кийи
+6
СЎХДА ТИКУВЧИЛИК САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛИДА ЯНГИ ҲАМКОРЛИК   Сўх тумани ҳокими Сайидбаҳром Сайидмусаев Фарғона шаҳрида кийим-кечак ишлаб чиқаришга ихтисослашган «NARIMTEKST» корхонаси раҳбари Жамшид Алишерович Тиллабоев билан учрашув ўтказди.   Мулоқот давомида Сўх туманида тикувчилик ва тўқимачилик саноатини ривожлантириш, янги ишлаб чиқариш қувватларини ташкил этиш, инвестиция жалб қилиш ҳамда аҳоли, айниқса, хотин-қизлар учун қўшимча иш ўринлари яратиш масалалари муҳокама қилинди.   Туман ҳокими тадбиркорга Сўхнинг мавжуд имкониятлари, меҳнат ресурслари ва соҳани ривожлантириш истиқболларини аниқ мисоллар асосида тушунтириб, ўзаро манфаатли ҳамкорлик юзасидан таклифлар билдирди.   Учрашувда Сўх туманида тикувчилик соҳасида истиқболли лойиҳаларни амалга ошириш бўйича ҳамкорликни йўлга қўйиш масалалари юзасидан фикр алмашилди.   Мазкур ташаббус туманда саноат салоҳиятини ошириш, маҳаллий аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги иқтисодий имкониятлар яратишга қаратилган.   Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Farg‘ona shahrida "Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi" shiori ostida o‘tkazilayotgan hududiy muloqot yu
+5
Farg‘ona shahrida "Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi" shiori ostida o‘tkazilayotgan hududiy muloqot yuqori saviyada davom etmoqda. Tadbirda Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova, Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom Sodiqov, Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov, Qo‘qon universiteti prorektori Zebo Qobilova, yosh shoira Go‘zal Oxunova kabi qator ziyolilar so‘z olib, o‘z fikr-mulohazalari va tashabbuslarini bildirib o‘tdilar. Muloqot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy yuksalishga erishishda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’naviyatning o‘rni, ziyolilarning jamiyat taraqqiyotidagi mas’uliyati xususida so‘z bordi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

СЎХДА ЭЛЕКТР ТАРМОҚЛАРИ ХОДИМЛАРИ УЧУН НАЗАРИЙ ВА АМАЛИЙ ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ Бугун Сўх туман электр таъминоти корхона
+9
СЎХДА ЭЛЕКТР ТАРМОҚЛАРИ ХОДИМЛАРИ УЧУН НАЗАРИЙ ВА АМАЛИЙ ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ   Бугун Сўх туман электр таъминоти корхонасида соҳа ходимларининг касбий малакасини ошириш ҳамда электр қурилмаларини эксплуатация қилишда хавфсизлик талабларига риоя этилишини таъминлаш мақсадида ўқув машғулотлари ташкил этилди.   Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 9 октябрдаги 638-сонли қарори асосида ўтказилган машғулотларда бириктирилган мутахассислар томонидан электр хавфсизлиги қоидалари, ходимларнинг вазифа ва масъулияти, иш жараёнларини хавфсиз ташкил этиш ҳамда бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш юзасидан батафсил тушунтиришлар берилди.   Шунингдек, 35/10 кВ кучланишли «Сўх» подстанциясида бевосита амалий машғулотлар ўтказилиб, электр ускуналари билан ишлаш, техника хавфсизлиги чораларига амал қилиш ва иш жойларини хавфсиз ташкил этиш бўйича касбий кўникмалар мустаҳкамланди.   - “Бундай ўқув машғулотлари ходимларнинг касбий билими ва масъулиятини ошириш, иш жараёнида бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш ҳамда аҳолини барқарор электр энергияси билан таъминлашда муҳим аҳамият касб этади», - дейди Сўх туман электр таъминоти корхонаси мутахассиси Давлатжон Садирбеков.   Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

СЎХДА ЁШЛАР ЕТАКЧИЛАРИНИНГ КАСБИЙ МАЛАКАСИ ОШИРИЛМОҚДА Ўзбекистон ёшлар етакчиларини қўллаб-қувватлаш маркази томонидан Сўх т
+6
СЎХДА ЁШЛАР ЕТАКЧИЛАРИНИНГ КАСБИЙ МАЛАКАСИ ОШИРИЛМОҚДА   Ўзбекистон ёшлар етакчиларини қўллаб-қувватлаш маркази томонидан Сўх туманидаги маҳалла ёшлар етакчилари учун ўқув-семинар ташкил этилди.   Семинар давомида етакчи имиджи, ҳисоботларни юритиш тартиби, ёшлар билан самарали мулоқот қилиш ҳамда маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш юзасидан амалий машғулотлар ўтказилди.   Мазкур ўқув-семинар ёшлар етакчиларининг касбий салоҳиятини ошириш, ташаббускорлигини кучайтириш ва маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш самарадорлигини янада юксалтиришга хизмат қилади.   Сўх тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати