Rustam Karimjonov
الذهاب إلى القناة على Telegram
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari FB: facebook.com/karimjonovrustam Wiki: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam_Karimjonov Veb-sayt: https://digital.uz/guides
إظهار المزيد1 728
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-2030 أيام
أرشيف المشاركات
1 728
Repost from Sherzod Shermatov
Асл ғалаба - босиб ўтилган йўл, яратилган тарих ва бирлашган халқдир. Биз биргамиз!
1 728
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Namangan viloyatida IT-park qurilishini boshlab berdi va yangi loyihalarga start berdi.
—
Президент нашей страны дал старт строительству IT-парка и новым проектам в Наманганской области.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 728
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shaharchasi hududida IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyish hamda yangi hududiy loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии закладки первого камня в строительство IT-парка на территории городка Янги Наманган и запуска новых региональных проектов.
#Mirziyoyev #safar #Namangan #loyihalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 728
Repost from Digital.uz
+2
🇺🇿🇨🇳 Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
⚡Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari R. Karimjonov Xitoyning yetakchi “Shanghai Linkwise Data Intelligence” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida “O‘zbekistonda modulli intellektual hisoblash markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan natijalarni muhokama qildi.
➡Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda raqamli ta’lim yo‘nalishini yanada rivojlantirish, sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
➡Tomonlar istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, tajriba almashish va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Futbolchilarimizga katta rahmat, jangovor o’yin ko’rsatishdi. Harakatni davom ettiraverish kerak, hali oldinda imkoniyatlar ko’p. 👏👏👏🇺🇿🇺🇿🇺🇿⚽️⚽️⚽️
1 728
Jahon Chempionatida O’zbekiston terma jamoamizning birinchi goli ⚽️🌍 Abbosbek Fayzullaev!
1 728
Repost from Digital.uz
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish.
Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi.
Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi.
Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.
—
В Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начался пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.
Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 728
Repost from Digital.uz
“Prezidentimiz biz yoshlarga bergan ishonchini oqlashimiz kerak. Va biz Uchinchi Renessansni birga quramiz.”Bu so‘zlar katta minbarlarda emas, hali hayotning boshida turgan, ammo maqsadlari o‘zidan ancha katta bo‘lgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi IT shaharchada tahsil olayotgan o‘quvchilardan biriga tegishli. Videorolikda yoshlar o‘z hayot yo‘li, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida samimiy fikr yuritar ekan, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklar, erishgan yutuqlari hamda o‘zlarini ilhomlantirayotgan omillar haqida so‘zlab beradilar. Ularning ayrimlari murakkab hayotiy sinovlarni boshdan kechirgan. Kimdir oilasidan uzoqda ulg‘aymoqda, kimdir qiyin sharoitda yashamoqda. Ammo barchasini birlashtirib turgan jihat bor — bu bilim olish, o‘z ustida ishlash va kelajagini o‘zgartirishga bo‘lgan intilish. Bugun ular AT sohasida bilim olmoqda, yangi ko‘nikmalarni egallamoqda va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ymoqda. Eng muhimi, ular o‘z kelajagiga befarq emas. Chunki katta yutuqlar ko‘pincha ana shunday kichik qalblardagi katta orzulardan boshlanadi. 🔥 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Repost from Digital.uz
+6
🇺🇿 🇰🇷 Koreyada raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi boshlandi
🌐 Koreya Respublikasida Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari salohiyatini rivojlantirish instituti (LOGODI) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish dasturi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏛 Dasturda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Turizm hamda Soliq qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahri Olmazor tumani hokimliklarining raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha mas’ul mutaxassislari ishtirok etmoqda.
🤝 Ochilish marosimida LOGODI prezidenti An Jun Ho, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Kim Min Je, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda dasturda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/177117
___
🇺🇿 🇰🇷 Digitalization and Artificial Intelligence Capacity-Building Program Launched in the Republic of Korea
🌐 The official opening ceremony of the “Local Government Capacity Building Program in Uzbekistan”, implemented in cooperation with the Local Government Capacity Building Institute (LOGODI), was held in the Republic of Korea.
🏛 The program brings together representatives of the Ministries of Digital Technologies, Justice, Internal Affairs, Water Management, Agriculture, and Health of the Republic of Uzbekistan, as well as officials from the Tourism and Tax Committees. The initiative is also attended by specialists responsible for digital transformation and artificial intelligence from the khokimiyats of the Republic of Karakalpakstan, Fergana Region, and Almazar District of Tashkent city.
🤝 The opening ceremony was attended by LOGODI President Ahn Jun-ho, Vice Minister of the Interior and Safety of the Republic of Korea Kim Min-jae, Deputy Minister of Digital Technologies of Uzbekistan Rustam Karimjonov, and representatives of participating ministries and agencies.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/177117
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
+7
🇺🇿🇰🇷 Raqamlashtirish hamda Sun’iy intellektga mas’ul rahbar hodimlar Koreada malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
🏛Koreya Respublikasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari salohiyatini rivojlantirish instituti (LOGODI) hamkorligida “O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish dasturi” loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🗣Dasturda Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vazir o‘rinbosarlari, Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Soliq qo‘mitasining sun’iy intellekt va AKT masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Toshkent shahri Olmazor tumani hokimliklarining raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqda.
Ochilish marosimida LOGODI prezidenti An Junho, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Kim Minje hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov kirish nutqlari bilan ishtirok etdilar.
Dastur davomida ishtirokchilar raqamli hukumat, davlat boshqaruvi innovatsiyalari, sun’iy intellekt yechimlari va Koreyaning ilg‘or tajribalariga oid o‘quv mashg‘ulotlari hamda amaliy tashriflarda ishtirok etadilar.🌟 Mazkur dastur ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlash va raqamli transformatsiya bo‘yicha tajriba almashishga xizmat qiladi hamda Koreya Respublikasi granti hisobidan amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Repost from Digital.uz
+9
🏠 “IT shaharcha” endi Jizzaxda
🖥 Bugun, 4-iyun kuni Jizzax viloyati “IT Park Zomin” majmuasida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati ishtirok etdi.
⚜️Ushbu “IT-shaharcha”da bir yilda 400 nafar yoshlar tahsil oladi. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⬇️“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
➡️Kompyuter savodxonligi; ➡️Dasturlash; ➡️Kibersport; ➡️Robototexnika; ➡️Grafik dizayn; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️Ingliz tili; ➡️Koreys tili.✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kovorking zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 🗺Jizzax viloyati Zomin tumani Mustaqillik mahallasidagi “IT-shaharcha” manzili: havola. ✅Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridagi “IT shaharcha”larda 2 000 dan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. ⚜️Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
+3
Bugun Jizzax viloyati, Zomin tumanida yangi IT shaharcha va IT markaz faoliyati yo’lga qo’yiladi.
Ushbu markazda IT va sun’iy intellekt sohasiga qiziqishi bor yoshlar davlat tomonidan zamonaviy tehnologiyalar hamda chet tillariga maqsadli Bepul o’qitiladi.Bepul ta’lim olish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot olish uchun - https://edu.digital.uz/ portaliga kiring 🌍
1 728
+5
🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi hamkorlik kengaymoqda
➡️ Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Shandun provinsiyasi Internet axborot boshqarmasi vakillari bilan uchrashuvda hisoblash infratuzilmasi, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik hamda transchegaraviy ma’lumot almashinuvi yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🌐 Uchrashuv davomida Xitoy–ShHT Namoyish Hamkorlik Zonasi orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Shandun provinsiyasi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish hamda elektron tijorat va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
🌍 Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi raqamli sheriklikni mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
+4
🇰🇷🇺🇿 Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan AT-ta'lim va sun'iy intellekt sohasida hamkorlik muhokama qilindi.
🏆 Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti vitse-prezidenti doktor Yong Vuk Djun (YongWook Jun) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🏷 Muloqot davomida yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga tayyorlashga qaratilgan "Global ESG Degree" innovatsion ta'lim dasturini O'zbekistonda joriy etish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Mazkur loyiha orqali amaliy buxgalteriya va sun'iy intellekt yo'nalishlarida ilg'or kadrlarni tayyorlash rejalashtirilgan.
➡️ Xorijiy hamkorlar tomonidan dastur doirasida 50 nafar iqtidorli O'zbekistonlik yoshlar yetakchi xorijiy universitetda tahsil olishi bilan bog'lik o'quv to'lovlarini, grant mablag‘larini jalb qilish orqali to'plash muhokama qilindi. Bu tashabbus kelgusida IT Park rezidentlari hamda mahalliy korxonalar uchun raqamli moliya administratorlari va yuqori malakali AT-mutaxassislarni yetishtirib berishga xizmat qiladi.
➡️ Yakunda tomonlar iqtidorli yoshlarni saralab olish jarayonlarini hamkorlikda tashkil etish hamda talabalarni kelgusida AT sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli kompaniyalarga ishga joylashtirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaliy qadamlarni belgilab oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Repost from Digital.uz
+2
🇺🇿 🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya sun’iy intellekt hamda raqamli ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
💬 Uchrashuv davomida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar, jumladan, AT xizmatlari eksportini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish, elektron hukumat bo‘yicha dunyoning TOP-30 davlatlari qatoriga kirish hamda 300 ming nafar yuqori malakali AT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdim etildi.
🤖 Shuningdek, AI Leaders dasturi, sun’iy intellekt savodxonligini oshirishga qaratilgan ta’lim tashabbuslari hamda 3000 dan ortiq xalqaro kurslarni o‘zbek tiliga tarjima qilish loyihalari haqida ma’lumot berildi.
📈 Tomonlar O‘zbekiston AT sohasining jadal rivojlanayotganini, 2025-yilda AT xizmatlari eksporti hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshgani hamda bugungi kunda IT Park Uzbekistan rezidenti sifatida qariyb 4000 ta kompaniya faoliyat yuritayotganini alohida qayd etdilar.
🎓 Uchrashuvda yapon tili, raqamli injiniring, sun’iy intellekt va innovatsiyalar bo‘yicha ta’lim beruvchi “Japan–Uzbekistan Digital AI Center” markazini tashkil etish istiqbollari ham muhokama qilindi.
🌍 Bundan tashqari, sun’iy intellekt boshqaruvi, raqamli salohiyatni rivojlantirish, qo‘shma seminar va treninglar tashkil etish hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli texnologiyalar, yoshlar ta’limi va kelajak raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
+6
🇲🇾🇺🇿 Malayziyaning RAQAMA Ltd. va Shoraka Group kompaniyalari bilan raqamli moliya va FinTech sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🏆 Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Malayziyaning yirik islomiy fintex korporatsiyasi — “Shoraka Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️ Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, Islom moliyasi tamoyillariga asoslangan zamonaviy moliya texnologiyalarini (FinTech) amaliyotga joriy etish va kelgusidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
➡️ O'zaro fikr almashish jarayonida “Shoraka Group” kompaniyasining innovatsion moliyaviy platformalar yaratish, moliyaviy ommaboplikni oshirish hamda biznes vakillari va foydalanuvchilar uchun xavfsiz texnologik yechimlarni taqdim etish borasidagi tajribasi ko'rib chiqildi.
➡️ Ushrashuv yakunida tomonlar raqamli texnologiyalar va moliya sohalari kesishmasida o'zaro tajriba almashishni kengaytirish hamda yangi istiqbolli loyihalar asosida hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 728
Repost from Sherzod Shermatov
Yaxshi xabar: O'zbekiston Dunyoda Eng tez o'sayotgan Startap ekotizimiga ega davlat sifatida e'tirof etildi!
StartupBlink tomonidan chop etilgan Global Startup Ecosystem Index 2026 da O'zbekiston Yil davlati sifatida ham alohida e'tirof etildi: https://www.startupblink.com
Bu aynan Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlarimiz startap loyihalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va keng qamrovli tizimli harakatlar natijasidir!
1 728
❤🔥❤🔥❤🔥 💜💜💜 💛💛💛
🎮 GameFest 2026 — Mintaqadagi eng yirik O‘yin va Animatsiya Festivali 15-16 May kunlari bo'lib o'tadi! 🌍
GameFest 2026 bu - 40dan ortiq davlatlardan 10 mingdan ortiq o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar va mutaxassislarni bir joyga jamlaydigan xalqaro tadbir.
🇺🇸🇯🇵🇮🇳🇨🇳🇰🇷🇨🇦🇫🇷🇵🇱🇩🇪🇹🇷🇰🇿🇰🇬🇦🇪🇪🇸🇦🇿🇺🇾🇨🇴🇬🇧🇮🇹🇸🇪🇪🇸🇷🇸🇲🇽🇮🇩🇲🇦🇲🇽
2 KUNLIK FESTIVALDA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
🟢 Game Forum — xalqaro ekspertlar bilan o‘yin industriyasidagi yangi trendlar va imkoniyatlar
🟢 Animation Forum — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar
🟢 International Game Jam — 48 soatlik xakaton, unda ishtirokchilar yangi o‘yin prototiplarini yaratadilar
🟢 ScaleUp & Fund: Pitch Session — startaplar uchun investitsiya sessiyasi
🟢 B2B Growth Exchange — ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar
🟢 Games and Animations Expo — mahalliy va xalqaro studiyalar tomonidan yaratilgan o‘yin va animatsiya loyihalari ko‘rgazmasi
🟢 Cosplay Show — Sevimli qahramonlaringiz qiyofasiga kiring va maxsus sovrinlar uchun kurashing!
🟢 Music Fest — Top DJ va musiqachilar ijrosidagi yorqin shou. (Musiqa festivali biletlari iTicket.uz sayti orqali xarid qilishingiz mumkin).
📍 MANZIL: "Renessans Hall" majmuasi (Zo’r TV)
✍️💻 Tadbirda ishtirok etish uchun - www.gamefest.uz sayti orqali ro'yhatdan o'tishingiz zarur bo'ladi.
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
