Rustam Karimjonov
Kanalga Telegram’da o‘tish
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari FB: facebook.com/karimjonovrustam Wiki: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam_Karimjonov Veb-sayt: https://digital.uz/guides
Ko'proq ko'rsatish1 656
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kun
-1630 kun
Postlar arxiv
1 656
Repost from Digital.uz
+5
📌Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🎤 AQShning Yuta universiteti delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. Dastlab, delegatsiyasi uchun IT Park faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda AT sanoatini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy texnologik kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, startap ekotizimini shakllantirish hamda AT xizmatlari eksportini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
⏩Shuningdek, delegatsiya UZINFOCOM faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida raqamli hukumat infratuzilmasini rivojlantirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlari va raqamli platformalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.
Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Yuta universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟢Muloqotda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, AT va sun’iy intellekt sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, universitetlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Uchrashuvda O‘zbekistonning yosh va o‘sib borayotgan aholisi, mamlakatda AT sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda texnologik tadbirkorlik ekotizimining jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda AT sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni ortib borayotgani yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni ham oshirayotgani qayd etildi.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/226044 _______ 📌 Prospects for Cooperation with the University of Utah Discussed 🎤 A delegation from the University of Utah (USA) visited the Ministry of Digital Technologies. The delegation was first given a presentation on the activities of IT Park, covering the development of the IT industry in Uzbekistan, opportunities being created for local and foreign technology companies, the formation of the startup ecosystem, and efforts to expand the export of IT services. ⏩The delegation also familiarized itself with the operations of UZINFOCOM. During the visit, they were presented with projects related to developing digital government infrastructure, digitalizing public services, and implementing modern information systems and digital platforms. Following this, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with the delegation from the University of Utah. 🟢The discussion addressed developing Uzbekistan's digital economy, training highly qualified specialists for the IT and artificial intelligence sectors, and expanding cooperation between universities and technology companies.
💬 The meeting highlighted Uzbekistan's young and growing population, the opportunities being created in the country's IT sector, and the rapid development of the technology entrepreneurship ecosystem. It was noted that the growing number of companies operating in the IT sector is, in turn, increasing demand for highly qualified specialists.In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/226044 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Digital.uz
+2
✅ O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
▶️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICPC Foundation prezidenti Uilyam Pucher bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⚡️Uchrashuvda O‘zbekistonda dasturlash musobaqalari ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning nufuzli xalqaro dasturlash musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
❕ICPC — dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasi hisoblanadi. Musobaqada 70 mingdan ortiq talaba va 4 mingdan ziyod universitet ishtirok etadi. Uning Jahon finalida esa 140 ta universitet jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.✅Muloqot davomida O‘zbekistonning ICPC bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ICPC Jahon finalini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi. Bunday xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mamlakatning global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy yoshlar salohiyatini namoyon etish va dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223170 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Digital.uz
+5
🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ochilish marosimi boshlandi
↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.
⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.
“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi ta’limni rivojlantirish ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Bir million dasturchi” va “Besh million AI Leaders” kabi yirik tashabbuslar orqali yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, ularni kelajak kasblariga tayyorlashga va mamlakatimiz inson kapitalini yanada rivojlantirishga intilmoqdamiz,” – dedi Sh. Shermatov oʻz nutqida.📲 Ochilish marosimini jonli efirda kuzatib boring! 🔦 Youtube 💙 Facebook 😀 Telegram Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Sherzod Shermatov
Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!
Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda. O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing!
Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.
📍CAEx Uzbekistan
🗓 22–25-sentabr.
🤩Ro‘yxatdan o‘ting
🚍 CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali
1 656
Repost from Digital.uz
+9
🌟 WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🟪Raqamli texnologiyalar vazirligida Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum — WEF)ning Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik rahbari Marwen Garbaa hamda Europe & Eurasia – Centre for Regions, Trade & Geopolitics vakili Dietrich John bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida WEFning ustuvor yo‘nalishlari va amaldagi ish yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumi — davlat, biznes, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiruvchi xalqaro platforma bo‘lib, global va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Forum 1971-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shveytsariyaning Kologni shahrida joylashgan.📌Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va WEF o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Sherzod Shermatov
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years.
It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.
The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.
📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz
#ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology
1 656
Repost from Sherzod Shermatov
Kelajak texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqidot ishlarini qilmoqchi bo‘lsangiz, Siz bizga keraksiz!
Hurmatli Prezidentimiz Nurafshon shahriga tashrifda Kelajak texnologiyalari markazi loyihasini boshlashga start bergandilar: https://t.me/shmirziyoyev/34748
Ushbu Markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun hozirdan bu sohadagi ilg‘or kompaniyamizda R&D markazini ishga tushirib, muhandislarni ishga taklif qilayapmiz.
Marhamat, Siz ham ariza topshiring, batafsil: https://t.me/uniconsoft/1848
1 656
Repost from Sherzod Shermatov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35
📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz.
Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi.
Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.
🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik.
Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.
📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.
Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda.
NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi.
⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda.
Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi.
🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi.
Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi.
AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.
⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir.
Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi.
Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi.
Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi.
Bayram muborak!
1 656
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
+6
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi
🖥 Bugun, 27-avgust kuni Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚜Ushbu “IT-shaharcha”da 100 nafardan ortiq yoshlar bir vaqtda tahsil olishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⬇“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
➡Kompyuter savodxonligi; ➡Dasturlash; ➡Sun’iy intellekt; ➡Robototexnika; ➡Grafik dizayn; ➡Ingliz tili.✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kibersport zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. ✅Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax, Andijon viloyatlaridagi “IT shaharcha”larda 2 100 dan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. ⚜Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 656
Repost from Pavel Durov
🏆 The International Olympiad in Informatics (IOI) ends today.
🇷🇺Students from Moscow and St. Petersburg won 2🥇gold and 2🥈silver medals — well done, Vladislav Zhiganov (#2 overall!), Maksim Kravchenko, Sergei Mukhanov and Vladimir Zvezdin!
🇺🇦Ukraine won 3 medals: 🥇 gold for Vladyslav Khalin, and 2🥈 silver for Illia Shevchenko and Daria Perekopska 💪
🇧🇾 Belarus took 1🥇gold and 1🥈silver, won by Kiryl Kardash and Fiodar Sashko, plus two bronze medals from their teammates.
🇰🇿Kazakhstan did well too, winning 1🥇gold and 3🥈silver medals to finish in the top five as a team, while Maksim Tsoy came #5 overall.
🇰🇬Kyrgyzstan picked up 2🥈 silver and 2🥉 bronze medals! 🤝
🇺🇿Uzbekistan, the host country, put on a great showing: 1🥈 silver for Jakhonali Khaydaraliyev and 3🥉bronze medals.
🇨🇳The strongest results of all, though, came from China 👏
At today's award ceremony, the IOI organizers are giving the 188 Algorithm Cups 🎁🎁🎁 to the winners. The organizers of the sister olympiad, IOAI, are sending the 220 Intelligence Cups 🏆🏆🏆 to their winners remotely.
These are the only digital collectibles Telegram has issued this year, so they could end up worth much more than the guaranteed $1,000 for gold.
We're proud to support the brightest young programmers of our time 🧠
1 656
Repost from Digital.uz
+4
🏆 O‘zbekistonda birinchi marta boʻlib oʻtgan IOI 2026 yopilish marosimi
🏆 Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 yakuniga bagʻishlangan yopilish marosimi boshlanmoqda.
📌 Olimpiadaning tantanali yopilish marosimida ishtirokchilar, mehmonlar va tashkilotchilar bir joyga jamlanadi. Ushbu unutilmas lahzalarni biz bilan birga kuzatib boring!
📲 IOI 2026 yopilish marosimini quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin.
🌐 https://youtube.com/live/sZ0I8_2aDO4?feature=share
🔴 https://www.facebook.com/share/v/196rusVKRH/?mibextid=wwXIfr
🌐 https://youtube.com/live/kYAmdor49pk?feature=share
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Digital.uz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi!
🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi.
⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal;
🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal.📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆
Gennadiy Korotkevich: kim bilan muloqot qilishingiz, kelajakdagi hayotingizni belgilaydi
🏆 Sport dasturlash bo‘yicha 6 karra jahon chempioni Gennadiy Korotkevich IOI ishtirokchilariga bir-biri bilan faol muloqot qilishni tavsiya qildi.
➡️ Uning ta’kidlashicha, musobaqadagi natijalar qanchalik muhim bo‘lmasin, insonning kelajagiga uning atrofidagi muhit va hamjamiyat ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
➡️ “Kim bilan muloqot qilishingiz, kelajakda hayotingiz qanday kechishini belgilab beradi. Shuning uchun atrofingizdagi hamjamiyat juda va juda muhim”, — deya ta’kidladi Gennadiy.
IOI — nafaqat bilim va raqobat, balki kelajakdagi do‘stlar, hamkasblar va hamfikrlar bilan tanishish uchun ham katta imkoniyat.🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
1 656
Repost from Digital.uz
+6
▶️
38-Xalqaro informatika olimpiadasining ikkinchi kun bahslari boshlandi
Toshkentda o‘tkazilayotgan IOI 2026 doirasidagi musobaqalarning ikkinchi kuni boshlandi. Bugungi bahslar olimpiadaning yakuniy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling!
➡️Onlayn natijalar bilan ranking.ioi2026.uz sahifasi orqali tanishib boring.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 656
Repost from Digital.uz
🟦🟦
38-Xalqaro informatika olimpiadasining ikkinchi kun bahslari boshlanmoqda
🏆 Birozdan so‘ng IOI 2026 doirasidagi musobaqalarning ikkinchi kuni boshlanadi. Bugungi bahslar olimpiadaning yakuniy natijalarini belgilab beradi.
✅Bugungi bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.
✅Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling!
➡️Onlayn natijalar bilan ranking.ioi2026.uz sahifasi orqali tanishib boring.
🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
1 656
Repost from Sherzod Shermatov
For the first time in history, International Olympiad in Informatics is in Uzbekistan, in the land known for coining the terms “algebra” and “algorithm”!
On August 10, Tashkent hosted the Grand Opening Ceremony of the 38th International Olympiad in Informatics.
Hosting IOI 2026 stands as a direct testament to President Shavkat Mirziyoyev’s comprehensive policy on digital transformation.
This year sets a historic record, uniting 386 contestants from over 97 countries, with total attendance exceeding 900 participants.
Inspiring addresses were delivered by the IOI President Sun Teck Tan and Gennady Korotkevich, the most successful competitor in the history of the IOI.
Highlighting the global tech community's support for young talent, Telegram established a dedicated prize fund for the tournament's winners. Hosting this global event in Uzbekistan holds deep historic symbolism, taking place in the homeland of Al-Khwarizmi, father of algebra, who inspired the concept of algorithms.
As the host nation, Uzbekistan is represented by two national teams of eight selected finalists.
Beyond nurturing local talent and expanding the IT sector, this landmark forum drives international tourism and elevates Uzbekistan's global standing.
The competition rounds have officially kicked off. Follow our channels for live updates.
Welcome to IOI 2026 Uzbekistan!
#IOI2026
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
1 656
💻 Informatika bo'yicha milliy terma jamoamizning iqtidorli yoshlari O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan 38-Xalaqaro Informatika Olimpiadasida ishtirokini boshlashdi.
🌍 Ular dunyoning 97ta davlatidan musobaqa qilish uchun tashrif buyurgan iqtidorli dasturchilar bilan bellashmoqdalar.
🧠
Butun dunyodan kelgan iqtidorli yoshlar bugun 11 va inninga 13 avgust kunlari jami 10 soat ichida 6ta murakkab algoritm va dasturlash masalalariga eng mukammal yechimlarni topish borasida intellektual kuchlarini ko'rsatishga harakat qilishadi.🎞 Ushbu musobaqani online tarzda kuzatish imkoni bor, keling izohlarda O'zbekiston terma jamosini qo'llab quvvatlaymiz - https://www.youtube.com/watch?v=NU3yjvnw82c 🟢Quyidagi havola orqali esa natijalarni online tarzda ko'rishingiz mumkin - https://ranking.ioi2026.uz/
1 656
Repost from Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆
Tantanali ochilish marosimi yakunlandi
✅Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov olimpiada ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi hamda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi baxslariga rasman start berdi.
✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring
@xalqaro_it_olimpiada
1 656
Repost from Pavel Durov
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent.
🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there.
🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total.
🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm."
Let the best algorithm win! 💪
1 656
Repost from Digital.uz
+9
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari uchun Forum va mehnat yarmarkasi tashkil etildi
🗓 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida 2026-yilgi 1-tanlov g‘olibi bo‘lgan stipendiatlar uchun Forum tashkil etildi.
📌 Forum davomida mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularni samarali davom ettirishda iqtidorli yoshlarning o‘rni hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🎓 Shuningdek, stipendiatlarga xorijda ta’lim olish va yashash tartib-qoidalari, ta’limni tamomlagandan keyingi majburiyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarni Vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk va vatanparvar kadrlar sifatida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil:👉 https://digital.uz/oz/news/view/203897
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
