cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Uzbekonomics

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Aloqa: @econ_feedback_bot

إظهار المزيد
Uzbekistan6 843لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
11 246
المشتركون
+824 ساعات
-217 أيام
-22430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​Muhim hisobot, lekin shu bilan birga biz avvaldan bilganlarimizni tasdiqlaydigan xulosa ekan. Ya'ni, O’zbekistonda 15-yoshli maktab o’quvchilari orasida kreativ fikrlash juda past bo'lib PISAda qatnashgan mamlakatlar ichida eng pastgi o’rinda ekan (Albaniyadan yuqoriroq). @uzbekonomics
إظهار الكل...

New Uzbekistan Universitydagi do'stlarimiz aytib qolishdi - shu yozda O'zbekistonda iqtisodiyot bo'yicha yozgi maktab tashkil etilayotgan ekan. Dasturni ko'rib chiqdim, kuchli professorlar jalb qilinayotgan ekan. Qiziqqanlar bo'lsa tavsiya etaman, do'stlaringiz bilan ulashing. Deadline bugun ekan, lekin yangilikni hozir ko'rgan bo'lsangiz va hujjatlaringiz tayyor bo'lmasa ertaga, uzog'i bilan indinga topshirish imkoniyati bor. Batafsil: https://econsummer.newuu.uz/ @uzbekonomics
إظهار الكل...
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

Yozgi maktabga qabul davom etmoqda ⚡️ Dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yozgi maktab spikerlari bilan tanishing. ➖Stiven Nil Durlauf - Amerikalik ijtimoiy olim va iqtisodchi, Chikago universiteti ➖Lourens E.Blume - Iqtisod professori, Kornel universiteti ➖Eyal Vinter - Iqtisodiy nazariya jamiyati a'zosi, Lankaster universiteti ➖Feliks Elvert - Tibbiy informatika, Sotsiologiya va biostatistika bo'yicha professor, Viskonsin universiteti ➖Klaus Desmet - Shaharlar, mintaqalar va globallashuv bo'yicha professor, Janubiy Metodist Universiteti 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Batafsil 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #SummerSchool #qabul #iqtisod ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

​​“Uzbekonomics” podkastimiz bu yil 5 yoshga to’ladi. Shu munosabat bilan podkastimizning navbatdagi sonini O’zbekistonda jonli va muxlislar bilan birga yozishga qaror qildik. AloqaBank hamkorligi va yordamida tashkil etilayotgan va Toshkentda 26 iyun kuni bo’ladigan bu tadbirga podkastimiz obunachilari, muxlislari va umuman qiziqqanlarni taklif etamiz. Jarayonda podkastning yangi epizodi jonli ravishda yoziladi va so’ng muxlislar bilan jonli suhbat qilish imkoniyati bo'ladi. Joylar chegaralangan. Qatnashish uchun quyidagi havola orqali registratsiya qilishingiz talab qilinadi: https://forms.gle/KqkzmraU4URVJveA8 Podkastimizni yillar davomida tinglab, tomosha qilib, ulashib kelayotgan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Toshkentda ko'rishguncha! Botir Kobilov | Behzod Hoshimov @uzbekonomics
إظهار الكل...

​​Amerika chegarasidan (Meksika tomondan) noqonuniy kirib kelayotgan immigrantlar, boshpana so’rab kelayotganlar soni keskin darajada oshib ketganligi haqida media juda ko’p gapiradi, yozadi. Albatta, siyosiy debatlarning eng markaziy mavzusi shu bo’lgani uchun ham e’tibor katta. Lekin, bugun qiziq raqamlarga ko’zim tushib qoldi va bu yerda tarixiy kontekst muhim. Gap shundaki, AQSh chegarasini noqonuniy kesib o'tayotgan immigrantlar soni tarixiy darajada katta emas, shunchaki qo’lga olinayotgan immigrantlar soni ko’p. Ya’ni, 1970, 1990 yillarda AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tgan immigrantlar soni mutlaq maksimumda bo’lgan ekan, lekin u yillarda chegarani kesib o’tganlar qo’lga olinmagan. Oxirgi 2-3 yilda esa, chegarani kesib o’tgan paytiyoq qo’lga olinganlar soni keskin oshib ketgan (rasmda ko’k rangli ustun). Nimaga? Chunki, hozirda chegarani noqonuniy kesib o’tayotganlar chegarachilarga o'zlarini zudlik bilan "topshirmoqdalar, taslim bo'lmoqdalar”. Ya’ni, chegarachilar hozirda noqonuniy o’tayotganlar, boshpana so’raganlarni joyida ushlamoqdalar. @uzbekonomics
إظهار الكل...

Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
إظهار الكل...
Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids

I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill University, and an MA and PhD from the University of Wisconsin, Madison. Since 1993, he had been a professor at Carleton College. Dr. Khalid's research delved deep into the history of Central Asia, focusing on the region's cultural and identity transformations from the Russian conquest of the 1860s to the present day. His work intricately explored the intersection of the Muslim and Russian/Soviet worlds, with a particular emphasis on the fate of Islam under Tsarist and Soviet rule. His interests spanned culture and cultural change, empire and colonialism, and nationhood in its various forms. Over the years, Dr. Khalid was the recipient of numerous prestigious grants from foundations such as the Guggenheim Foundation, the Carnegie Corporation, and the National Endowment for the Humanities, among others. He also held esteemed visiting research positions at the Maison des Sciences de l’Homme in Paris and the Kluge Center for Scholars at the Library of Congress in Washington, DC. Dr. Khalid was the author of four influential books: "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia," "Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia," "Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR," and "Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present." His latest book offered an integrated narrative of both the "Russian" and "Chinese" parts of Central Asia and had been translated into multiple languages, reflecting its global impact. Among his many accolades, "Islam after Communism" won the 2008 Wayne S. Vucinich Book Prize, and "Making Uzbekistan" received the Reginald Zelnik Book Prize in History in 2016. These awards highlighted the profound contributions Dr. Khalid made to the fields of Russian, Eurasian, and East European studies. Here are the links to Dr. Khalid's books on Amazon: The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia

https://www.amazon.com/Politics-Muslim-Cultural-Reform-Jadidism/dp/0520213551

Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia

https://www.amazon.com/Islam-after-Communism-Religion-Politics/dp/0520282157

Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR

https://www.amazon.com/Making-Uzbekistan-Nation-Revolution-Empire/dp/080145409X

Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present

https://www.amazon.com/Central-Asia-History-Imperial-Conquests/dp/0691161399

Podkastimizning yangi soni chiqdi. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi, va ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun bu mavzuda batafsil suhbatlashishga qaror qildik. Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. https://www.youtube.com/watch?v=ZIzwmHVJ_bo Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/ @uzbekonomics
إظهار الكل...
43 - Sanoat siyosatining qaytishi

Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/

https://zoomrad.uz/mobile-app

Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024. Mualliflar: Botir Kobilov:

https://t.me/uzbekonomics

Behzod Hoshimov:

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi

Audio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify:

https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K...

Apple Podcast:

https://podcasts.apple.com/us/podcast...

Yandex Music:

https://music.yandex.ru/album/1356059...

Podbean:

https://botir.podbean.com/

Stitcher:

https://www.stitcher.com/show/uzbekon...

إظهار الكل...
Iqtisodchi Kundaligi

Atom elektr stansiyasi haqidagi diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilishimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda yoki qandaydir stansiya mavjudligida emas. Hozirgi holatda ham, hech qanday AESsiz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, uning ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi sunʼiy yaratilgan, notoʻgʻri boshqaruv va xato qurilyan elektr energiya siyosatining mevasi. AES qurilishi hal qilib beradigan bir texnologik muammo emas. Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiqmi-muvofiq emasmi bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi…

Shu kunlarda OAVda yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar, va shaxsiy xabarlar orqali juda ko’plab vatandoshlardan tabriklar va tilaklarni o’qidim va eshitdim. Barchangizga e’tibor, tilaklar va quvonchimni baham ko'rganingiz uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlarning doimiy qo’llab-quvvatlashingiz, duolaringiz va ishonchingiz menga kuch beradi. Katta rahmat! @uzbekonomics
إظهار الكل...
Repost from davletovuz
Photo unavailableShow in Telegram
Иқтисодчи Ботир Қобилов Гарварднинг фан доктори илмий даражасини ҳимоя қилибди. Табриклаймиз.
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Erta tongni xushxabardan boshlaymiz Iqtisodchi, @uzbekonomics kanali muallifi Botir Qobilov Harvard Universitetidan fan doktori ilmiy darajasini olibdi. Bu haqda Behzod Hoshimov ma'lum qildi. Botir aka Qobilov Harvard Universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’ldi. Qoyil! O'zbek ilmiy jamiyati uchun katta xushxabar bu. Yurtdoshlarimiz orasidan shunday olimlar yetishib chiqayotganidan doim faxrlanamiz, farzandlarimiz ham ular kabi ilmli inson bo'lishini niyat qilamiz. Botir aka, chin dildan tabriklayman! 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.