Azimjon's Fikrlog
الذهاب إلى القناة على Telegram
📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Azimjon's Fikrlog
تُعد قناة Azimjon's Fikrlog (@fikrlog) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 18 661 مشتركاً، محتلاً المرتبة 10 642 في فئة التعليم والمرتبة 4 298 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 18 661 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 28 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 235، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -12، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 73.71%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 37.92% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 742 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 7 070 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 1 142.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Fikrlar daftari
Asosiy: @azim_pulat”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 29 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.
18 661
المشتركون
-1224 ساعات
-77 أيام
+23530 أيام
أرشيف المشاركات
18 661
Repost from Azimjon's Fikrlog
Boyroq
Tirik ——————- o’likdan
Erkin ————— qaramdan
Sog’lom ———— kasaldan
Qarzsiz ——— qarzdordan
Hunarli ——— hunarsizdan
Beruvchi ——— oluvchidan
Qanoatli —— qanoatsizdan
Iqtisodchi — soviruvchidan
18 661
Shovqin nazariyasi
6 yilda 20ta davlatda bo'ldim.
Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi.
6 oyda 20ta sport zalda bo'ldim.
Sport zallar shu qadar shovqinki o'z fikrlarimni eshita olmayman. Bir kuni Toshkentdagi juda boy mahalladagi sport zalga borishni boshladim. Fikrlogdagi 15-20ta maqolani o'sha yerda yozdim.
Shovqin bizni kambag'alikka toryaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil.
Toshkent eng shovqin shaharlardan biri.
Magazinda qulog'izni tagida "BARNII" deb baqiradimi-ye, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-ye. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi.
Buyoqdan boshqa shovqin ham bor.
Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar.
Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqin bo'lardi.
18 661
Savdolashish siri (2-qism)
Siz so’radingiz.
…va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi.
Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi.
1. Toshkentda ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika…
2. Oldindan to’lab yanayam arzonlashytirish mumkin. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 6 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi.
3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi.
4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring.
5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing.
Muhimi hovliqmang.
Sizniki bo’lsa boshqaga ketib qolmaydi.
18 661
Savdolashish siri.
Faqat bozorda savdolashsa bo’ladi deb o’ylasangiz adashasiz.
Bir kuni Varshavadagi Canon’ning rasmiy do’koniga kirdim. $50lik tripodni kassaga olib borib, $35 bersam bo’ladimi dedim.
Kompyuerga ozgina termuldida, $40 qilib berolamiz dedi. Shu tripodni 1 yildan beri mazza qilib ishlataman.
Shu holatda ular “yo’q” degan taqdirda ham savdolashgan bo’lardim. Chunki “savdolashish” - shunchaki “so’rash”, javobidan qat’iy nazar.
Chegirmaga qiziqmang.
Savdolashing.
18 661
Savdolashing.
Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik.
Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Bir xil xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega?
Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi.
60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat.
O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. $1,500 deb turgan narxni $1,050ga tushirdik.
20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.
18 661
30-iyun.
Vaqtdan vaqtning farqi bor.
Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq.
Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q.
Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang.
Hali ko’p pul topasiz.
Yoshlikni qaytib topmaysiz.
Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas.
Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42
Kuningiz bilan, yoshlar!
18 661
26-iyun.
Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak.
Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik.
Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi.
2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi.
Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi.
Endi giyohvand so’zidagi “giyoh” esa “sintetik tabletka”ga aylandi. Uning oqibati jirkanch va ayanchli o’lim, oxiri esa abadiy jahannam azobi.
Manba
18 661
Kasalliklar
Qalb:
• kibr
• riyo
• ujub
Tana:
• jarohat
• saraton
• semizlik
Ong:
• g’aflat
• jaholat
• shubha
Cho’ntak:
• qarz
• isrof
• dangasalik
Munosabat:
• gina
• g’iybat
• minnat
18 661
u
ishi o’ziga yoqmas ekan,
maoshi qo’lda turmas ekan.
hozir puli yetmasa -
bo’lib to’lab ayfon-u,
kreditga moshina olar ekan.
ertaga nima qilarini bilmay,
30 yilga ipoteka olibdi.
to’yida to’yona kutarkan,
yolg’on aytib pul toparkan.
ozish uchun dori ichibdi,
muskul xohlab, ukol olarkan.
boyagini yuragi paaaq etibdi,
dunyoni oxiratiga olgan ekan.
18 661
Ozuqalar
Qalb:
• Namoz
• Quron
• Alloh zikri
Tana:
• Uyqu
• Taom
• Harakat
Ong:
• Ustoz
• Kitob
• Tafakkur
Cho’ntak:
• Mehnat
• Ehson
• Sarmoya
Munosabatlar:
• Xabar olish
• Shirin so’z
• Yaxshiliklar
18 661
Issiqdan chanqadim.
Suv olgani do’konga kirdim.
Sovutgichda faqat rangli shakar suvlar qo’yilgan. Nok hidi keladigan montelladan olgim keldi.
Qadoqqa qaradim:
> Har 100 ml da 11 gram shakar.
Bu o’sha 450 ml ichimlikda 50 gram - ya’ni 12 qoshiq shakar degani.
1 safar hech narsa qilmas deb qo’limga oldim.
Oldim-u, yonimdan qo’lida Fanta ko’tarib olgan og’ir vaznli ayol o’tib ketdi.
Balki u ayol mendan baxtliroqdir.
Lekin men undan sog’lomroq bo’lishni tanladim.
Shakar suvni joyiga qo’ydim.
Oddiy suv olib chiqib ketdim.
18 661
1 dona tarvuz qadrini…
O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani.
Toshkentda 16 mingga kaatta tarvuz beradi ~30x arzonroq.
London 0 : 1 Toshkent
18 661
O’zgartirmoqchimisiz?
> Unda o’lchang.
Varshavada biz bilan bir yigit turardi. U tamaki chekardi.
Bir kuni undan kuniga nechta tamaki chekishini so’radim.
Ma’ruza o’rniga shunchaki har kuni menga kun oxirida nechta chekkanini yozib turishni so’radim.
2 oyda ~10tadan ~2taga tushdi.
Shunchaki o’lchashni o’zi uni ongli yashashga undadi.
Mindful.so da har kuni odatimlarimni yozib boraman - ongli yashash uchun.
O’lchang, o’zgaradi.
18 661
Adashibman, Arafa ertaga ertalab ekan.
Yangi kun Shomdan boshlanadi, faqat bu Arafaga hos emas ekan.
