ch
Feedback
Azimjon's Fikrlog

Azimjon's Fikrlog

前往频道在 Telegram

Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat

显示更多

📈 Telegram 频道 Azimjon's Fikrlog 的分析概览

频道 Azimjon's Fikrlog (@fikrlog) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 18 661 名订阅者,在 教育 类别中位列第 10 642,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 4 298

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 18 661 名订阅者。

根据 28 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 235,过去 24 小时变化为 -12,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 73.71%。内容发布后 24 小时内通常能获得 37.92% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 742 次浏览,首日通常累积 7 070 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 1 142

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat

凭借高频更新(最新数据采集于 29 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

18 661
订阅者
-1224 小时
-77
+23530
帖子存档
Repost from Azimjon's Fikrlog
Boyroq Tirik ——————- o’likdan Erkin ————— qaramdan Sog’lom ———— kasaldan Qarzsiz ——— qarzdordan Hunarli ——— hunarsizdan Beruvchi ——— oluvchidan Qanoatli —— qanoatsizdan Iqtisodchi — soviruvchidan

Shovqin nazariyasi 6 yilda 20ta davlatda bo'ldim. Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi. 6 oyda 20ta sport zalda bo'ldim. Sport zallar shu qadar shovqinki o'z fikrlarimni eshita olmayman. Bir kuni Toshkentdagi juda boy mahalladagi sport zalga borishni boshladim. Fikrlogdagi 15-20ta maqolani o'sha yerda yozdim. Shovqin bizni kambag'alikka toryaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil. Toshkent eng shovqin shaharlardan biri. Magazinda qulog'izni tagida "BARNII" deb baqiradimi-ye, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-ye. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi. Buyoqdan boshqa shovqin ham bor. Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar. Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqin bo'lardi.

Savdolashish siri (2-qism) Siz so’radingiz. …va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi. Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi. 1. Toshkentda ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika… 2. Oldindan to’lab yanayam arzonlashytirish mumkin. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 6 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi. 3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi. 4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring. 5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing. Muhimi hovliqmang. Sizniki bo’lsa boshqaga ketib qolmaydi.

Savdolashish siri. Faqat bozorda savdolashsa bo’ladi deb o’ylasangiz adashasiz. Bir kuni Varshavadagi Canon’ning rasmiy do’koniga kirdim. $50lik tripodni kassaga olib borib, $35 bersam bo’ladimi dedim. Kompyuerga ozgina termuldida, $40 qilib berolamiz dedi. Shu tripodni 1 yildan beri mazza qilib ishlataman. Shu holatda ular “yo’q” degan taqdirda ham savdolashgan bo’lardim. Chunki “savdolashish” - shunchaki “so’rash”, javobidan qat’iy nazar. Chegirmaga qiziqmang. Savdolashing.

Savdolashing. Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik. Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Bir xil xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega? Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi. 60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat. O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. $1,500 deb turgan narxni $1,050ga tushirdik. 20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.

Pulim ko’p bo’lsin desangiz: > Onangizga bering.

30-iyun. Vaqtdan vaqtning farqi bor. Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq. Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q. Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang. Hali ko’p pul topasiz. Yoshlikni qaytib topmaysiz. Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas. Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42 Kuningiz bilan, yoshlar!

mushukkinam mitti mosh
+4
mushukkinam mitti mosh

26-iyun. Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak. Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik. Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi. 2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi. Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi. Endi giyohvand so’zidagi “giyoh” esa sintetik tabletka”ga aylandi. Uning oqibati jirkanch va ayanchli o’lim, oxiri esa abadiy jahannam azobi. Manba

Kasalliklar Qalb: • kibr • riyo • ujub Tana: • jarohat • saraton • semizlik Ong: • g’aflat • jaholat • shubha Cho’ntak: • qarz • isrof • dangasalik Munosabat: • gina • g’iybat • minnat

u ishi o’ziga yoqmas ekan, maoshi qo’lda turmas ekan. hozir puli yetmasa - bo’lib to’lab ayfon-u, kreditga moshina olar ekan. ertaga nima qilarini bilmay, 30 yilga ipoteka olibdi. to’yida to’yona kutarkan, yolg’on aytib pul toparkan. ozish uchun dori ichibdi, muskul xohlab, ukol olarkan. boyagini yuragi paaaq etibdi, dunyoni oxiratiga olgan ekan.

Ozuqalar Qalb: • Namoz • Quron • Alloh zikri Tana: • Uyqu • Taom • Harakat Ong: • Ustoz • Kitob • Tafakkur Cho’ntak: • Mehnat • Ehson • Sarmoya Munosabatlar: • Xabar olish • Shirin so’z • Yaxshiliklar

Issiqdan chanqadim. Suv olgani do’konga kirdim. Sovutgichda faqat rangli shakar suvlar qo’yilgan. Nok hidi keladigan montelladan olgim keldi. Qadoqqa qaradim: > Har 100 ml da 11 gram shakar. Bu o’sha 450 ml ichimlikda 50 gram - ya’ni 12 qoshiq shakar degani. 1 safar hech narsa qilmas deb qo’limga oldim. Oldim-u, yonimdan qo’lida Fanta ko’tarib olgan og’ir vaznli ayol o’tib ketdi. Balki u ayol mendan baxtliroqdir. Lekin men undan sog’lomroq bo’lishni tanladim. Shakar suvni joyiga qo’ydim. Oddiy suv olib chiqib ketdim.

1 dona tarvuz qadrini… O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani. Toshkentda 16 mingga kaatta t
1 dona tarvuz qadrini… O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani. Toshkentda 16 mingga kaatta tarvuz beradi ~30x arzonroq. London 0 : 1 Toshkent

O’zgartirmoqchimisiz? > Unda o’lchang. Varshavada biz bilan bir yigit turardi. U tamaki chekardi. Bir kuni undan kuniga nechta tamaki chekishini so’radim. Ma’ruza o’rniga shunchaki har kuni menga kun oxirida nechta chekkanini yozib turishni so’radim. 2 oyda ~10tadan ~2taga tushdi. Shunchaki o’lchashni o’zi uni ongli yashashga undadi. Mindful.so da har kuni odatimlarimni yozib boraman - ongli yashash uchun. O’lchang, o’zgaradi.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin 🎉

Adashibman, Arafa ertaga ertalab ekan. Yangi kun Shomdan boshlanadi, faqat bu Arafaga hos emas ekan.

Arafa muborak 🎉

90% × 30y