uk
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Відкрити в Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Kun.uz | Rasmiy kanal

Канал Kun.uz | Rasmiy kanal (@kunuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 71 350 підписників, посідаючи 3 653 місце в категорії Новини і ЗМІ та 949 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 71 350 підписників.

За останніми даними від 26 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -575, а за останні 24 години на -29, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 19.85%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.01% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 14 167 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 12 138 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 66.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 27 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Новини і ЗМІ.

71 350
Підписники
-2924 години
-1697 днів
-57530 день
Архів дописів
Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlar
+2
Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, oldimizda keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtayi nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlarimiz rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi, deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva. Kun.uz rasmiy kanali

Kontrakt toʻlovi: talabalar uchun muddat va shartlar Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan tala
Kontrakt toʻlovi: talabalar uchun muddat va shartlar Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga kontrakt mablagʻini oʻquv yili davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Bunda birinchi kurs va yuqori bosqich talabalari uchun dastlabki toʻlov muddatlari farq qiladi. 👉 https://kun.uz/uz/38978232 Kun.uz rasmiy kanali

Qandahor va Kobul muvozanati: “Tolibon”dagi boʻlinish nima bilan bogʻliq? Jamoatchilikka oʻzini koʻrsatmaydigan, Qandahorda y
Qandahor va Kobul muvozanati: “Tolibon”dagi boʻlinish nima bilan bogʻliq? Jamoatchilikka oʻzini koʻrsatmaydigan, Qandahorda yashashi aytiladigan “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda diniy-mafkuraviy siyosatning ortodoksal xarakterini belgilaydi va qurolli tuzilmalarni oʻz nazoratida ushlaydi. Kobulda esa ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy va unga yaqin doiralar mamlakatdagi tang ahvolni oʻnglash uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va xalqaro izolyatsiyadan chiqishga koʻproq urgʻu bermoqda. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

“5 egizakligini bilib “shokka” tushdim” – 5 egizak tugʻilgan xonadondan reportaj Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Bekjonovlar xonadonida 2 qizdan keyin 5 egizak dunyoga keldi. Ulardan 2 nafari oʻgʻil, 3 nafari esa qiz. Egizaklarning otasi Ixtiyorjon Bekjonov Andijon shahridagi boʻyoq ishlab chiqarish korxonasida injener-metrolog lavozimida ishlaydi. U egizaklarni yaxshi parvarish qilish uchun astoydil harakat qilyapti. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Nepaldagi dahshatli suv toshqinida 100 ga yaqin kishi halok boʻldi Nepalda, Tibet bilan chegara yaqinida yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 95 kishi halok boʻldi. Yuzlab odam, jumladan, 291 nafar xorijiy sayyoh bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Toshqin Xitoy nazoratidagi Tibetda ham vayronagarchiliklarga olib keldi. 👉 https://kun.uz/uz/18887671 Kun.uz rasmiy kanali

O‘n yillik iqtisodiy o‘sish sarhisobi va telefon raqami orqali pul o‘tkazish — mahalliy dayjest ▪️Prezident o‘n yillik iqtisodiy o‘sishni sarhisob qildi. ▪️Telefon raqami orqali bankdan pul o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. ▪️Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi miqdori oshirildi. ▪️Mahalla aholisi profilaktika inspektoriga ishonchsizlik bildirishi mumkin bo‘ladi. ▪️Samarqandda odamlarni juda katta pulga chuv tushirgan ichki ishlar xodimi 8 yilga qamaldi. 🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/uz/48498198 Kun.uz rasmiy kanali

Pensiya tizimi islohoti kechiksa, bir necha yildan keyin indeksatsiyaning oʻzi xavf ostida qoladi - Otabek Bakirov Fiskal tahlillar instituti minimal sugʻurta stajini yetti yildan 15 yilgacha oshirish va pensiya tayinlashda oxirgi 20 yillik davrni hisobga olishni taklif qildi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, pensiya tizimida asosiy muammo indeksatsiya miqdori emas, balki tizimning moliyaviy muvozanati. Pensiyalarni oshirish “qoldiq prinsipi”ga asoslanadi. “Agar hozirgi holat davom etsa, pensionerlar sonining ortishi… 👉 https://kun.uz/uz/88275111 Kun.uz rasmiy kanali

Chaqaloqlar o‘limidan so‘ng Pokistonda sog‘liqni saqlash bo‘yicha eng yuqori amaldor ishdan olindi 🏥 Islomoboddagi davlat ka
Chaqaloqlar o‘limidan so‘ng Pokistonda sog‘liqni saqlash bo‘yicha eng yuqori amaldor ishdan olindi 🏥 Islomoboddagi davlat kasalxonasida sodir bo‘lgan yong‘in kamida 14 chaqaloqning o‘limi bilan yakunlandi. Qurbonlarning yaqinlari binoda yong‘in xavfsizligi taʼminlanmagani, tegishli chiqish yo‘llari yo‘qligini aytmoqda. 💼 Pokiston hukumati yong‘inni tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzdi. Bosh vazir Shahboz Sharif sog‘liqni saqlash bo‘yicha federal kotib Aslam G‘aurini lavozimidan ozod qildi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

«Shoklar va noaniqliklarga yaxshiroq tayyor turishga oʻtishimiz kerak» - MB raisi Inflyatsiyaning pasayishda davom etishiga h
«Shoklar va noaniqliklarga yaxshiroq tayyor turishga oʻtishimiz kerak» - MB raisi Inflyatsiyaning pasayishda davom etishiga ham, tashqi omillar sabab narxlar oshish xavfiga ham tayyor boʻlishimiz kerak, dedi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov. Uning taʼkidlashicha, hozirgi davr yuqori noaniqlik va tashqi taʼsirlar koʻpligi bilan ajralib turibdi. Jahonda neft va oziq-ovqat narxlari oshishi Oʻzbekistonga bevosita taʼsir koʻrsatmagan, regulyator ikkilamchi taʼsirlar ehtimolini kuzatyapti. 👉 https://kun.uz/uz/01526278 Kun.uz rasmiy kanali

Samarqandda enagada qoldirilgan bola elektr plitaga oʻtqazilgani aytilmoqda Kattaqoʻrgʻon tumanida enaga qaramogʻida qoldiril
Samarqandda enagada qoldirilgan bola elektr plitaga oʻtqazilgani aytilmoqda Kattaqoʻrgʻon tumanida enaga qaramogʻida qoldirilgan 3 yoshli bola ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Guvohlar enaga bolani elektr plitaga oʻtqazgani, qoʻllarini sim bilan bogʻlab qiynaganini aytmoqda. 👉 https://kun.uz/uz/13025732 Kun.uz rasmiy kanali

Mustaqillik Special: Asialuxe Travel Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maxsus takliflarni ishga tushir
Mustaqillik Special: Asialuxe Travel Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maxsus takliflarni ishga tushirdi Eng yirik turoperator Asialuxe Travel ushbu kuz va qish mavsumidagi sayohatlar uchun maxsus shartlar asosida Mustaqillik Special bayram kampaniyasini boshlaydi. 👉 https://kun.uz/uz/28674746 Reklama

“Buxoroning 2500-yillik tarixida bugungidek rivojlanish boʻlmagan” - Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi yil oxirigacha viloyatda kambagʻallik va ishsizlik koʻrsatkichini nolga tushirish boʻyicha prezidentga vaʼda berdi. Shavkat Mirziyoyev erishilgan natijalar yuksakligini eʼtirof etish bilan birga, hali qilinishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻpligini taʼkidladi. 👉 https://kun.uz/uz/13089414 Kun.uz rasmiy kanali

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi” — Namangan viloyati hokimi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Mustaqillik bayrami arafasida yangi ob’ektlarni ishga tushirish marosimida davlat rahbari bilan teleko‘prik orqali muloqot qilarkan, viloyatda elektr energiyasi uzilishlari “odamlarning esidan chiqib ketgani”ni aytdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil iyun-iyul oylarida O‘zbekiston energotizimida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan. 👉 https://kun.uz/18795369 Kun.uz rasmiy kanali

“Oʻzbekneftgaz” tizimidagi avariyalar sabab avgust oyida gaz qazib chiqarish kamaydi Avgust oyida Gazli va Shoʻrtan hududlari
“Oʻzbekneftgaz” tizimidagi avariyalar sabab avgust oyida gaz qazib chiqarish kamaydi Avgust oyida Gazli va Shoʻrtan hududlarida avariyaviy holatlar deyarli qayd etilmadi, lekin qolgan boshqarmalarda roʻy bergan avariyalar oqibatida tabiiy gaz, gaz kondensati va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish kamaydi, deya xabar berdi “Oʻzbekneftgaz”. Kompaniya raisi Abdugʻani Sanginov kelgusi oyda avariyalarni keskin kamaytirish, havo sovib ketmasidan barcha profilaktik va taʼmirlash ishlarini yakunlashni buyurgan. 👉 https://kun.uz/uz/50060772 Kun.uz rasmiy kanali

Pokistondagi dahshatli fojia va Moskvaga kelgan AQSH bosh razvedkachisi – kun dayjesti • AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff Rossiya rasmiylari bilan uchrashish uchun kutilmaganda Moskvaga keldi; • Pokiston poytaxtidagi shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida kelib chiqqan yong‘in oqibatida kamida 10dan ortiq chaqaloq halok bo‘ldi; • Eron va O‘mon Ho‘rmuz orqali «qo‘shma vaqtinchalik navigatsiya yo‘lagi»ni hamda bo‘g‘ozni minalardan tozalashni muhokama qildi; • Ukraina dronlari Rossiyaga hujumi davom etmoqda: Lipetsk okrugida turar joy binosi, Tambovda esa WB omborining 100 ming kvadrat metrdan ortiq maydoni yonib ketdi; • Tramp AQSH kompaniyalariga Saudiyaga fuqarolik yadro texnologiyalarini eksport qilish imkonini beradigan kelishuvni Kongressga yubordi. 👉 https://kun.uz/uz/88240326 Kun.uz rasmiy kanali

+1
Тошкентда Zeekr электромобили ёниб кетди Ҳолат Яшнобод туманида юз берди. Пойтахт ФВББ ҳодисада ҳеч ким тан жароҳати олмаганини маълум қилди. 👉 https://kun.uz/kr/01981392 Kun.uz rasmiy kanali

+2
Toshkentda Zeekr elektromobili yonib ketdi Holat Yashnobod tumanida yuz berdi. Poytaxt FVBB hodisada hech kim tan jarohati olmaganini maʼlum qildi. 👉 https://kun.uz/uz/01981392 Kun.uz rasmiy kanali

Islomiy bank toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi: Oʻzbekistonda yangi sarmoya oqimi ochilyapti Hayotimizga islomiy moliya degan
Islomiy bank toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi: Oʻzbekistonda yangi sarmoya oqimi ochilyapti Hayotimizga islomiy moliya degan tushuncha kirib kelyapti. Joriy yil yakunigacha toʻliq islomiy tamoyillarda ishlaydigan kamida bitta bank va bir nechta anʼanaviy bankda islomiy moliya darchalari ochilishi koʻzda tutilmoqda. Kun.uz ekspertlari Iskandar Tursunov va Hayotjon Azimov soʻnggi bir necha oy davomida sohada qoʻyilgan qadamlar va kutilayotgan transformatsiya haqida soʻz yuritdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oshirildi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uch
Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oshirildi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari oshirildi. Yangi miqdorlar qat’iy summada belgilanmasdan, bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘landi. Kun.uz hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘lovlar miqdori 6,8 foizga ko‘tarilgan. Tegishli qaror 25 avgustdan kuchga kirdi. Yangi narxlar bilan tanishing: 👉 https://kun.uz/69126356 Kun.uz rasmiy kanali