cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Chust tumanidagi 10-maktab

* таълимдаги янгиликлари * меъёрий ҳужжатлар * қонунчиликдаги янгиликлар * мактаб ҳаёти ҳақидаги хабарлар Мактаб маъмуриятига мурожаат қилиш: @chust10maktabbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
277
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+87 أيام
+930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Tanlov_natijasi “Yosh gvardiyachi” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi. ❗️Musobaqada jami 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 Navoiy viloyati Navoiy shahri 1-maktab jamoasi 1-o‘rinni, 🥈 Namangan viloyati Chust tumani 10-maktab jamoasi 2-o‘rinni, 🥉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani 18-maktab jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi. ✔️ Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 6👏 3
Gʻalaba muborak "YOSH GVARDIYACHI" Harbiy sport musobaqasi respublika bosqichida maktabimizning "QALQON" jamoasi faxrli 2-oʻrinni egallashdi.Ushbu gʻalaba bilan barcha ishtirokchi oʻquvchilarimizni ularni ustozlari va ota-onalarini chin qalbdan muborakbod etamiz yana bir bor gʻalaba muborak.
إظهار الكل...
👏 34👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Ertaga 19-may kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test tashkil etiladi! 🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm! 📆 Yakshanba, 19-may kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda! 📆Test vaqti: 19-may (09:00 dan 23:59 gacha) 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 👉Ro'yxatdan o'tish shart! Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun! Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting! 👉 Rus tili 👉 Nemis tili 👉 Fransuz tili 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH; 👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
إظهار الكل...
Ассалому алейкум ҳурматли ота-оналар. Бизни мактабда тур ҳил мақсадлар ёки бошқа кўринишдаги (мактаб ремонти, сўнги қўнғироқ, битирув оқшомлари ва шунга ўхшаш тадбирлар) учун ноқонуний пул маблағларини йиғиш қатъяин тақиқланади. Бугунги кунга қадар пул берган ота-оналар зудлик билан синф раҳбарларидан олиб кетинглар. Ҳурматли ота-оналар агар кимдан ноқонуний пул маблағлари йиғиладиган бўлса зудлик билан мактаб раҳбариятини огоҳлантиринг. 10-мактаб маъмурияти http://t.me//ziyolim
إظهار الكل...
Chust tumanidagi 10-maktab

* таълимдаги янгиликлари * меъёрий ҳужжатлар * қонунчиликдаги янгиликлар * мактаб ҳаёти ҳақидаги хабарлар Мактаб маъмуриятига мурожаат қилиш: @chust10maktabbot

👍 9
DIQQAT GALABA!!! "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari oqituvchilari ortasida "SOGLOM TANDA-SIFATLI TA'LIM" shiori ostida "Kasaba uyushmasi kubogi" uchun otkazilgan sport musobaqalarining stol tennisi turi boyicha maktabimizning jismoniy tarbiya fani oqituvchisi Mahmudova Mahbuba viloyat chempioniga aylandi. Ushbu yutuq bilan maktab ma'muriyati nomidan M. Mahmudovani qizgin muborakbod etamiz hamda ustozga kasbiy barkamollik, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Hurmat bilan 10-maktab ma'muriyati
إظهار الكل...
👍 31👏 10
Photo unavailableShow in Telegram
👍 12👏 1
Namangan viloyati Chust tumani MMTB ga qarashli 10-umumiy oʻrta ta'lim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari S.Haydarova,Z.Sidiqova va amaliyotchilar S.Ubaydullayeva,O.Maqsudovalar bilan hamkorlikda 8-may kuni"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira muqaddas,qadr abadiy" mavzusida tadbir oʻtkazdilar.Tadbirda 1-"B"va 1-"D" sinf oʻquvchilari xotira va qadr haqida sahna koʻrinishi,she'r va qoʻshiqlarni ijro etdilar.
إظهار الكل...
👍 19👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
08.05.2024 kuni 10-umumiy o'rta ta'lim maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni " munosabati bilan boshlang'ich sinf o'qituvchilari Valiyeva D, Irgasheva N, Tursunova N.lar 3- sinf o'quvchilari ishtirokida ,,Inson aziz, xotira muqaddas" nomli sahnalashtirilgan tadbir tashkil etishdi. Tadbirda o'quvchilar vatanimizga, ustozlarga, onalarga bo'lgan mehr-muhabbatlarini, bilim, iste'dodlarini chiroyli kuy-qo'shiqlar, raqslar orqali namoyish etishdi. Vatan ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimiz va maktabimizda kôp yillar mehnat qilgan ustozlar xotirasi yodga olindi. Shuningdek rasmlar tanlovida faol qatnashgan o'quvchilar maktab ma'muriyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
إظهار الكل...
👍 14
Photo unavailableShow in Telegram
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
👍 13