Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 710
المشتركون
-1424 ساعات
-597 أيام
-1 74630 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Inson qadrini ulugʻlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar bugun Sergeli tumanidagi mahallalar qiyofasida, odamlarning kundalik hayotida yaqqol namoyon boʻlmoqda.
—
Последовательные реформы, направленные на возвышение чести и достоинства человека, повышение благосостояния населения, сегодня находят яркое отражение и в облике махаллей Сергелийского района.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📣 Hurmatli jurnalistlar, OAV vakillari hamda blogerlar!
📍 6-iyul kuni Yangihayot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil etish jarayoniga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tadi.
🏕️ Mazkur press-tur davomida yozgi oromgohlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.
🇺🇿 Press-turda ishtirok etishni istagan jurnalist va blogerlarni soat 09:30 da Yangihayot tumani hokimligi binosi oldida kutib qolamiz.
😊 Barchangizni ushbu press-turda ishtirok etishga taklif etamiz!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам социально-экономического развития города Ташкента, в том числе Сергелийского района, а также создания безопасной среды в махаллях.
#Mirziyoyev #videoselektor #Sergeli #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha poytaxt namunasini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Poytaxt tumanlariga respublika rahbarlari biriktirilgani o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi.
Olti oyda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamaydi. 230 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi, 332 ta mahallada jinoyat keskin qisqardi.
Kriminogen vaziyati tashvishli mahallalar soni 60 tadan 23 taga tushdi. Bu shaharda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlar samara berayotganini ko‘rsatmoqda.
Sergeli tumanida ham xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi. Kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi. 17 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi.
Sergeli bu borada Toshkent shahri tumanlari orasida eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbari O‘zgarish mahallasidagi profilaktika ishlari bo‘yicha tajribani ommalashtirish, tumandagi qolgan 46 ta mahallani “yashil” toifaga o‘tkazish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda hokimlar va mas’ullarning axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yil boshidan buyon Toshkent shahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Ularning ko‘pchiligi tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilishni istaydi.
Buning uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, qulay marshrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uchun shahar marshrutlarini ko‘rsatuvchi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etish topshirildi.
Davlatimiz rahbari Toshkent azaldan toza, ozoda va “yashil” shahar sifatida e’tirof etib kelinganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ko‘chalar, xiyobonlar va parklardagi tozalik muhiti aholi va turistlar talabiga qay darajada mos ekani tanqidiy tahlil qilindi.
Bu masala oddiy ko‘rinsa-da, aslida, madaniyat va qadriyat ekani qayd etildi. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birga obodonchilik, daraxt ekish va ularni sug‘orish ishlariga bosh-qosh bo‘lish, yoshlarga “Tozalik ostonadan boshlanadi” degan qadriyatni singdirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga chiqqan aholi uchun hojatxonalar yetishmasligi qayd etildi. Bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqib, shu yilning o‘zida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Chiqindi qutilarini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hiddir. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, bu muammoni bartaraf etish topshirildi.
Kelasi yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayadi.
Joriy yil aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yo‘lida harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.
Kelasi yil Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanadi.
Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Sergeli tumani hokimligining vaziyatlar markazi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
—
Главе нашего государства представлена работа ситуационного центра хокимията Сергелийского района.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, boshqaruvni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил хокимият Сергелийского района, где ознакомился с проводимой работой по цифровизации управления.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #raqamlashtirish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Sergelidagi O‘zgarish mahallasining hayoti bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с жизнью махалли Узгариш в Сергели.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Oʻzgarish mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой в махалле Узгариш Сергелийского района.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari zamonaviy tibbiyot markazida bo‘ldi.
—
Глава нашего государства посетил современный медицинский центр.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida joylashgan “Global International Hospital” xususiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью частного многопрофильного медицинского центра «Global International Hospital» в Сергелийском районе.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #tibbiyot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Yangi Sergeli ko‘chasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с преобразованиями на улице Янги Сергели.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining Ittifoq mahallasidagi Yangi Sergeli koʻchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla faollari bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проделанной работой на улице Янги Сергели в махалле Иттифок Сергелийского района и побеседовал с активом махаллей.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
🔹 49-sonli DMTTda "Quvnoq suv" tadbiri o‘tkazildi
💦 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Quvnoq suv" nomli tadbir o‘tkazildi.
🫧 Tadbir davomida bolajonlar suv bilan bog‘liq qiziqarli o‘yinlar, sport estafetalari hamda jamoaviy bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi va epchilligini namoyon etdi. Quvnoq kuy-qo‘shiqlar va raqslar esa ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
💠 Mazkur tadbir tarbiyalanuvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlash hamda yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
🔔 Hurmatli tumandoshlar!
🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasida yogʻingarchilik va shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning natijasida daraxt va shoxlar sinishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi mumkin.
❗️Barchangizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasligingizni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlaringizni soʻraymiz. Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.
☎️ Favqulodda holatlarda 1050 va 1055 raqamlariga qoʻngʻiroq qiling.
***
🔔 Уважаемые жители района!
🌧 В ближайшие дни в столице ожидаются проливные дожди, сильный ветер, а также, изменение температуры воздуха. В результате чего могут сломаться ветки и деревья, а неустойчивые конструкции могут не выдержать напора ветра.
❗️ Просим вас в условиях сильного ветры не покидать помещения, парковать автомобили вт безопасные места, подальше от деревьев и неустойчивых конструкций. Берегите себя и своё имущество от несчастных случаев.
☎️ В случае возникновения чрезвычайных ситуаций звоните по номерам 1050 и 1055.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
⚡️“Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi.
Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
🇺🇿 Yangihayot tumanida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.
🎓 Texnikumda 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilari kunduzgi hamda dual ta’lim shakllarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishlari mumkin.
📚 9-sinf bitiruvchilari uchun:
🏦 bank nazoratchisi;
🎨 grafik va dizayn texnologiyasi;
🚗 avtomobillar servisi;
🔋 elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi;
🛒 sotuvchi-kassir;
🧵 moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi;
💻 raqamli axborotlarni qayta ishlash;
👨🍳 oshpaz;
🚒 o‘t o‘chiruvchi;
🏗 Bino va inshootlar quruvchisi.
📚 11-sinf bitiruvchilari uchun:
📊 buxgalteriya hisobi va audit;
💰 moliya;
🏦 bank ishi;
🛃 bojxona ishi;
🧾 soliq va soliqqa tortish;
📈 menejment;
👨💻 dasturiy injiniring;
🚘 avtomobil transporti muhandisligi.
🗓 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz portali orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
📍 Manzil: Yangihayot tumani, Qanora ko'chasi, 44-uy
📌 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun:
📞 +998 71 258-06-59
📞 +998 71 258-46-22
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Otabek Hasanov
Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, taqdim etayotgan ushbu roligimiz jamiyatimizda halovat o‘rnini egallab borayotgan dabdabalar haqida. Aslida mehnat qilish, daromad topish mushkul ish, unga umrimizning oltin daqiqalari sarflanadi. Lekin bu vaqtlarni mazmunga almashtirish o‘rniga ko‘z-ko‘z qilish, bir kunlik hashamatga sarflash avvalo, o‘zimizga qilingan jabrdir.
Yaqinda bu mavzular haqida olimlarimiz bilan ham muloqot qilgan edik. Xulosalarimiz shuki, maromiylik, jamiyatimizda me’yor, tejamkorlik, halovat, sabr kabi qadriyatlar, mo‘tadillik, imkoniyat va harakat o‘rtasidagi muvozanatni keng targ‘ib qilish lozim.
Ijtimoiy rolikni tanishlaringizga, yaqinlaringiz guruhlariga ulashing. Kimnidir fikrini o‘zgartirsa, o‘ylantirsa, xursand bo‘lamiz.
@otabek_khasanov
