Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Kanalga Telegram’da o‘tish
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
4 710
Obunachilar
-1424 soatlar
-597 kun
-1 74630 kun
Postlar arxiv
#OʻsishNuqtasi
🇺🇿Yangihayotdagi sun’iy tola ishlab chiqaruvchi korxona — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nigohida!
🎹Yangihayot tumanida ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlari izchil rivojlanib, yangi sanoat quvvatlari ishga tushirilmoqda. “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi sonida esa ana shunday istiqbolli yo‘nalishlardan biri bilan tanishtiramiz.
👍 Bu gal e’tiboringiz markazida — “Danim Textil Gold” MCHJ. Korxona bugungi kunda holofayber ya’ni sun’iy tola mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur mahsulot to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatlidir.
👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
👍 Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
🇺🇿 Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hokimi, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ullar ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
📌 O‘rganishlar davomida “Yo‘ldosh” va “Mash’al” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi.
👍 Shuningdek, mas’ul rahbarlar “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududlarda mavjud muammolarni muhokama qildi. Muloqot yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi hamda tegishli topshiriqlar berildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi senatorlarni tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi
👍 Bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senatori hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida o‘rganish olib bordi.
📌 O‘rganishlar davomida Yangihayot tumani hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
↖️ Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va mas’ullar ishtirokida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ishchi guruh faoliyati tahlil qilindi.
👍 Shu bilan birga, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tumandagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni tizimli tashkil etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🏘 Al-Farg'oniy mahallasidagi ichki ko‘chalar asfaltlandi
🇺🇿 Yangihayot tumani mahallalari bo‘ylab “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalar asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
📍 Xususan, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan Al-Farg'oniy mahallasida ham belgilangan ishlar amalga oshirildi. Loyiha asosida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va yo‘laklarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
👍 Jarayonlar videomizda
_______________
🏘 Заасфальтированы внутренние улицы в махалле "Аль-Фергани"
🇺🇿 В махаллях Янгихаётского района последовательно продолжаются работы по строительству и благоустройству на основе проектов, победивших в рамках "Инициативного бюджета."
📍 В частности, намеченные работы были проведены и в махалле "Аль-Фергани," чей проект стал победителем в 1-м сезоне "Инициативного бюджета" за 2023 год. В рамках проекта на внутренних улицах и дорожках махалли было уложено асфальтовое покрытие.
👍 Все подробности — в нашем видео.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
✅ Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.
Bunda:
🟣 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;
🟣 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;
🟣 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;
🟣 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
🟣 1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
#tashabbusli_budjet #open_budget
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Repost from Rasmiy axborot
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#PressTur
🇺🇿 OAV vakillari yozgi oromgohlar faoliyati bilan tanishdi
📌 Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Yangihayot tumanidagi 356-sonli va 329-sonli umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan yozgi oromgohlarga press-tur tashkil etildi.
🎤 Press-tur davomida ishtirokchilar "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi oromgohlar faoliyati, bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulot va to‘garaklar bilan yaqindan tanishdi.
🎬 Jarayonlar videomizda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Dolzarb_60_kun
Hurmatli fuqarolar!
Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting.
—
Ҳурматли фуқаролар!
Жорий йилнинг 1-июлдан 30-августга қадар республикамизда ёз мавсумида ёнғинларни олдини олишга қаратилган “Долзарб 60 кун” тадбирлари ўтказилмоқда.
Мазкур тадбирларда фаол иштирок этинг.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
🇺🇿 Yangihayotda 39 nafar bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi
⭕️ Bugun Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash hamda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yangihayot tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👍 Tadbirda Yangihayot tumani hokimi, mas’ul rahbarlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida maktabni namunali xulq-atvor va yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan tamomlagan 39 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
👍 Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yangihayot tuman bosqichi g‘oliblari ham taqdirlandi.
🥳 Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni 331-sonli umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 329-sonli umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 285-sonli umumta’lim maktabi jamoasi egalladi. G‘olib jamoalarga vaucherlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🎼 Tadbir yakunida yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Live
🇺🇿Hayot Inogamov: “Sizlarning bugungi yutug‘ingiz — tumanimizning, ota-onangiz va ustozlaringizning ulkan g‘alabasidir. Kelajakda yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz”.
⭕️ Ayni daqiqalarda Tumanimizdagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlab, oltin va kumush medallarga loyiq ko‘rilgan bitiruvchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
👍 Tadbirda tuman hokimi va mas’ullar rahbarlar, xalq ta’limi mas’ullari hamda faxriy ustozlar ishtirok etishmoqda. Pilla poyasidan mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bilimdon yoshlarimizga mas’ullar kelgusi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilab, samimiy tilaklarini bildirishmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from E-auksion_Toshkent_shahar
E-auksion.uz savdo platformasidan Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan ijara va mulk huquqi asosida chiqarilgan bo'sh turgan yer uchastkalarini sotib oling!
🔷 Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun)
🔷 Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun)
🔷 Ko'p qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun)
🔷 Yangi Avlod maxsus sanoat zonalari: 👉 (Ko'rish uchun)
🔷 Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun)
Izoh: 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!!
Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!!
Ma'lumot olish uchun:
☎️ (71) 202 21 11
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazildi
🔵 Yangihayot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Xalq demokratik partiyasi hamkorligida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 12 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
🖼 Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida bolajonlar hamda ularning ota-onalari uchun bayram dasturi tashkil etilib, ularga quvonchli lahzalar ulashildi.
🖼 Tadbir yakunida mutasaddilar hamda homiylar tomonidan bolalar va ularning ota-onalariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Life
😎 Press tur topilmagalarga boy bo’lmoqda
👨🏻💻 “Yangi Umid” mahallasining yoshlar yetakchisi nafaqat yetakchilik, balki “Dolzarb 90 kun” doirasida oromgohdagi bolalarga ham o’z bilimlarini ulashib kelmoqda.
👏🏻 Oila+Maktab+Mahalla hamkorigining yorqin namunasi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Ayni vaqtda Yangihayot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil etish jarayoniga bag‘ishlangan press-tur bo’lib o’tmoqda.
🏕️ Mazkur press-tur davomida OAV vakillari yozgi oromgohlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.
📍Birinchi manzil “Yangi Darxon” mahallasida joylashgan 356-umumta’lim maktabi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Bilasizmi
👍 Endi "bolnichniy" pulini faqat ish beruvchi to‘lamaydi!
👍 Gap shundaki, 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi.
🇺🇿 "Bilasizmi?" loyihasining ushbu sonida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi hamda ayrim fuqarolar uchun joriy etilgan qo‘shimcha imtiyozlar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
👍 Foydali deb o'ylasangiz, ushbu videoni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
