ar
Feedback
Vatandoş KOREYA

Vatandoş KOREYA

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
475
المشتركون
+524 ساعات
+457 أيام
+7330 أيام
عدد المنشورات

جاري تحميل البيانات...

التفاعلات
التعليقات
نجوم تيليجرام
أفضل المنشورات حسب

جاري تحميل البيانات...

تحليل النشر
المشاركات
ديناميات المشاهدات
🆘 1 yoşu 7 oylik Muhammad Mustafoga yordam beraylik! Murğak Muhammad Mustafoga obstruktiv gidrosefaliya — miyada suyuqlik tö
🆘 1 yoşu 7 oylik Muhammad Mustafoga yordam beraylik! Murğak Muhammad Mustafoga obstruktiv gidrosefaliya — miyada suyuqlik töplanişi taşxisi qöyilgan. 🙏 Hozir uning taşxisi va davolanişi uçun yaxşi insonlarning yordami juda zarur. Kerakli mablağni yiğişda har birimizning ozğina yordamimiz ham katta ahamiyatga ega. Imkoningiz yetganiça kömaklaşaylik — kichik ehsonlar birlaşib, Muhammad Mustafoga katta yordam bölişi mumkin. 💳 8600 0604 8094 0809 Xolmuratova Surayyo (xolasi) 🤲 Yordam beriş imkoniyatingiz bölmasa, iltimos, xabarni yaqinlaringizga ulaşing. Balki aynan siz ulaşgan insonning yordami bilan kerakli mablağ yiğilar. Alloh qilgan ehsonlaringizni qabul qilsin!
288100Loading...
🇺🇿🇰🇷 𝗠𝗶𝗴𝗿𝗮𝘁𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗮𝗴𝗲𝗻𝘁𝗹𝗶𝗴𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶 𝗿𝗮𝗵𝗯𝗮𝗿𝗶 𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘃𝗮𝘁𝗮𝗻𝗱𝗼ş𝗹𝗮𝗿
🇺🇿🇰🇷 𝗠𝗶𝗴𝗿𝗮𝘁𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗮𝗴𝗲𝗻𝘁𝗹𝗶𝗴𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶 𝗿𝗮𝗵𝗯𝗮𝗿𝗶 𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘃𝗮𝘁𝗮𝗻𝗱𝗼ş𝗹𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗺𝘂𝗹𝗼𝗾𝗼𝘁 𝗾𝗶𝗹𝗮𝗱𝗶 Migratsiya agentligi xabariga köra, agentlikning yangi rahbari Muxsinxöja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan yurtdoşlar bilan oçiq muloqot ötkazadi. Uçraşuvda fuqarolar özlarini qiziqtirgan masalalar böyiça agentlik rahbariga bevosita murojaat qilişi mumkin. 📌 𝗔𝘀𝗼𝘀𝗶𝘆 𝗺𝗮𝘃𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿: — mehnat faoliyati va iş vizalari; — iş qidiriş va qonuniy bandlik; — iş beruvçi bilan boğliq masalalar; — mehnat huquqlarini himoya qiliş; — Özbekistonga qaytiş va qayta işga joylaşiş; — davlat tomonidan körsatiladigan moliyaviy yordam; — migratsiyaga oid boşqa masalalar. 📆 𝗦𝗮𝗻𝗮: 13-sentyabr, 2026-yil 🕙 𝗩𝗮𝗾𝘁: 10:00–14:00 📍 𝗠𝗮𝗻𝘇𝗶𝗹: Seul şahridagi HANPASS kompaniyasi binosi B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul 서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층 📢 Barcha yurtdoşlar oçiq muloqotda faol qatnaşişga taklif etiladi. @vatandosh_koreya
319201Loading...
🇰🇷 𝗦𝗲𝘂𝗹𝗱𝗮 𝘅𝗼𝗿𝗶𝗷𝗹𝗶𝗸𝗹𝗮𝗿 𝘂ç𝘂𝗻 𝗯𝗲𝗽𝘂𝗹 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝗿 Sentyabrda xorijliklar uçun bir neçta bepul imkoniyat mavjud: 🩺 𝗧𝗶𝗯𝗯𝗶𝘆 𝗸ö𝗿𝗶𝗸 — 19-sentyabr, Gangdong-gu. 70 kişi şifokorlar körigi, tahlillar, EKG va suyak zichligini tekşirişdan bepul ötişi mumkin. 📚 𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝘀 𝘁𝗶𝗹𝗶 — kuzgi kurs 28-sentyabrdan 4-dekabrgaça. Röyxatdan ötiş 14-sentyabrda. İşbilarmonlik koreys tili kursiga ham 14-sentyabrgaça ariza beriladi. ⚾️ 𝗕𝗲𝘆𝘀𝗯𝗼𝗹 — 25-sentyabr, Jamsil stadioni. Doosan Bears — Lotte Giants maçiga 100 ta bepul çipta. Arizalar 15-sentyabrgaça. 🎭 𝗦𝗽𝗲𝗸𝘁𝗮𝗸𝗹 — 24-sentyabr, Milliy teatr. «Pekmansa» spektakliga 30 ta bepul örin. Arizalar 15-sentyabrgaça. 🎓 «𝗦𝗲𝘂𝗹 𝗯ö𝘆𝗹𝗮𝗯 𝟯𝟬 𝗸𝘂𝗻𝗹𝗶𝗸 𝘀𝗮𝘆𝗼𝗵𝗮𝘁» — xorijiy talabalar uçun 75 ta örin. Arizalar 21-sentyabrgaça. Arizalar MY SEOUL+ portalida qabul qilinadi. @vatandosh_koreya
264600Loading...
🇰🇷 Koreyada kelin-kuyovlarga pul berilişi böydoqlarning jahlini chiqardi 💍 Janubiy Koreyada nikohini rasman qayd ettirganl
🇰🇷 Koreyada kelin-kuyovlarga pul berilişi böydoqlarning jahlini chiqardi 💍 Janubiy Koreyada nikohini rasman qayd ettirganlarning har biriga 500 ming vondan, ya’ni er-xotinga jami 1 mln von bir martalik yordam beriş közda tutilgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bergan. 👶 Farzandli oilalarga ham qoşimça moliyaviy kömak ajratilişi rejalashtirilgan: — birinçi farzand uçun — 10 mln von; — ikkinçi farzand uçun — 12 mln von; — uçinçi va undan keyingi farzandlar uçun — 15 mln von. 💰 Yoşlarni qo‘llab-quvvatlaşga ajratiladigan umumiy mablağ 28,2 trln vondan 43,3 trln vonga oşiriladi. 🤔 Biroq nikoh qurganlarga alohida moliyaviy yordam berilişi ayrim böydoq va yolğiz yaşovçi koreyaliklarning noroziligiga sabab bölmoqda. Ular uy-joy, ijara va kundalik xarajatlar yolğiz yaşovçilar uçun ham katta yuk ekanini ta’kidlaşmoqda. 📌 Mazkur çoralar 2027-yilgi davlat budjeti loyihasi doirasida taklif qilingan. @vatandosh_koreya
219000Loading...
🇰🇷 Koreyaga bir yilda 500 mingdan ortiq xorijlik öqiş uçun kelgan 2025-yilda Janubiy Koreyaga 505 410 nafar xorijlik öqiş y
🇰🇷 Koreyaga bir yilda 500 mingdan ortiq xorijlik öqiş uçun kelgan 2025-yilda Janubiy Koreyaga 505 410 nafar xorijlik öqiş yoki stajirovka ötaş maqsadida kelgan. Bu mamlakatga kelgan jami xorijliklarning 2,7 foizini taşkil etadi. Koreya Milliy turizm tashkilotining 10-sentyabr kuni ma’lum qilişiça, ötgan yili mamlakatga jami 18 936 562 nafar xorijlik taşrif buyurgan. ✈️ Ularning 15 821 073 nafari yoki 83,5 foizi turistik maqsadda kelgan. 👥 Koreyaga kelgan xorijliklarning 46,3 foizini 20–39 yoşdagilar taşkil etgan. @vatandosh_koreya
202000Loading...
💰 Qaytgan mehnat migrantlariga biznes uçun 60 mln sömgaça grant beriladi Xorijda işlab, Özbekistonga qaytgan fuqarolar öz bi
💰 Qaytgan mehnat migrantlariga biznes uçun 60 mln sömgaça grant beriladi Xorijda işlab, Özbekistonga qaytgan fuqarolar öz biznesini yo‘lga qöyiş yoki mavjud biznesini kengaytiriş uçun 60 mln sömgaça grant olişi mumkin. Mablag‘lar tanlov asosida ajratiladi. 🤝 Dastur Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) tomonidan Şvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda. 📌 Tanlovda: — biznes ğoyasining asoslanganligi; — yangi iş örinlari yaratiş imkoniyati; — loyihaning barqarorligi va samaradorligi baholanadi. 👥 Unda 2025–2026-yillarda xorijda işlagan va Özbekistonga qaytgan fuqarolar qatnaşa oladi. Ayollar taşabbuslariga alohida e’tibor qaratiladi. 📅 Arizalar 21-sentyabrgaça onlayn qabul qilinadi. 📲 Qoşimça ma’lumot uçun Telegram orqali: +998 90 021 50 38 ❗️Muhimi, bu kredit emas — qaytarilmaydigan grant. Biroq 60 mln söm har bir murojaat qiluvçiga avtomatik tarzda berilmaydi, loyihalar tanlov asosida saralanadi. 🔗 Ariza topshirish @vatandosh_koreya
215202Loading...
Migrant bolalar uçun 100 mln von xayriya qilindi Gyeonggi provinsiyasi Siheung şahrida migrant oilalar farzandlari uçun mölja
Migrant bolalar uçun 100 mln von xayriya qilindi Gyeonggi provinsiyasi Siheung şahrida migrant oilalar farzandlari uçun möljallangan “Hamma uçun uy” (모두의집) markazi kapital ta’mirdan söng yangidan iş boshladi. Koreyaning Newsis naşri xabariga köra, Super Junior guruhi a’zosi Eunhyuk markazni yangilaş uçun 100 million von öz mablağidan xayriya qilgan. Uşbu mablağ markazdagi yangi makonni tashkil etişga sarflangan. Markaz Siheungdagi bolalar markazi qoşida faoliyat yuritadi. U migrant oilalar farzandlarining dam olişi, turli madaniy tadbirlarda qatnaşişi hamda köp madaniyatli almaşinuv dasturlarida iştirök etişi uçun möljallangan. Loyiha Siheung şahri ma’muriyati va Green Umbrella (초록우산) bolalar xayriya tashkiloti hamkorligida amalga oşirilgan. @vatandosh_koreya
208100Loading...
🇰🇷 Koreyada E-9 böyiça yangi qabul: 12 357 ta örin ajratiladi Janubiy Koreyada 14–29-sentyabr kunlari E-9 vizasi böyiça xorijlik işçilarni yollaş uçun arizalar qabul qilinadi. Bu haqda mamlakat Bandlik va mehnat vazirligiga tayanib, Newsis xabar berdi. Bu — 2026-yildagi törtinçi qabul bölib, jami 12 357 ta işga yollaş ruxsatnomasi ajratilişi rejalaştirilgan. 📊 Örinlar sohalar böyiça quyidagiça taqsimlanadi: 🏭 İşlab çiqariş — 9 020 ta 🌾 Qişloq xöjaligi va çorvaçilik — 1 906 ta 🎣 Baliqçilik — 897 ta 🏗 Quriliş — 394 ta 🛎 Xizmat körsatiş — 140 ta Talab ajratilgan örinlardan oşib ketsa, 10 mingta örindan iborat qöşimça zaxira ham işga solinişi mumkin. 📝 Arizani kim topşiradi? Arizalarni Koreyadagi iş beruvçilar topşiradi. Ular avval kamida yetti kun davomida mahalliy işçi izlagan bölişi kerak. Şundan söng hududiy bandlik va mehnat idorasiga yoki Work24 portali orqali murojaat qilişlari mumkin. 📅 Natijalar va ruxsatnoma beriş muddatlari: • Natijalar — 16-oktyabrda eʼlon qilinadi. • İşlab çiqariş va toğ-kon sanoati uçun ruxsatnomalar — 19–23-oktyabrda beriladi. • Qişloq xöjaligi, çorvaçilik, baliqçilik, örmon xöjaligi, quriliş va xizmat körsatiş sohalari uçun — 26–30-oktyabrda beriladi. Navbatdagi, beşinçi qabul noyabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan. 📌 Bu işçilarning imtihonga röyxatdan ötişi emas, iş beruvçilarning xorijlik xodim yollaş uçun ruxsatnoma söraş bosqiçidir. @vatandosh_koreya
5401000Loading...
🇰🇷 Koreyada bor oyda 184 mingta yangi ish o‘rni yaratildi Janubiy Koreyada avgust oyida ish bilan band aholi soni o‘tgan yi
🇰🇷 Koreyada bor oyda 184 mingta yangi ish o‘rni yaratildi Janubiy Koreyada avgust oyida ish bilan band aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 184 ming kishiga ko‘payib, 29,15 million nafarga yetdi. Bu so‘nggi besh oy ichidagi eng yuqori o‘sishdir. 📊 Mart oyida 206 mingta yangi ish o‘rni yaratilganidan keyin avgustda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Ish o‘rinlari soni ketma-ket uchinchi oy o‘smoqda. May oyida bandlik 40 ming kishiga qisqarib, 17 oy ichida ilk bor pasaygan, iyundan esa yana o‘sish boshlangan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish sohasidagi sustlik davom etmoqda va yoshlar uchun mehnat bozoridagi vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda. Ma’lumotlar Janubiy Koreya Statistika vazirligi tomonidan e’lon qilindi. @vatandosh_koreya
244100Loading...
🇰🇷 Koreya mehnat vaziri xorijiy ishchilar ishlaydigan korxonani ogohlantirmasdan tekshirdi Janubiy Koreya Bandlik va mehnat
🇰🇷 Koreya mehnat vaziri xorijiy ishchilar ishlaydigan korxonani ogohlantirmasdan tekshirdi Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligining 9-sentyabrdagi rasmiy xabariga ko‘ra, vazir Kim Yon Hun Ansan shahridagi xorijliklar ko‘p ishlaydigan ishlab chiqarish korxonasiga oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyurdi. Korxona aprel oyida ham tekshirilgan va rahbariyat aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Biroq takroriy tekshiruvda ayrim xavfsizlik choralari amalda saqlanmagani aniqlandi. Shuningdek, xorijlik ishchilarga xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar asosan koreys tilida berilgani, ularning mazmunni tushungan-tushunmagani yetarlicha tekshirilmagani hamda xavfli uskunalar va hududlarda tasviriy ogohlantirish belgilari o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi. Vazir xorijlik ishchilarga xavfsizlik qoidalarini tushunarli til va tasvirlar orqali yetkazish zarurligini ta’kidladi. @vatandosh_koreya
507304Loading...
“Germaniya sifatli hayot uchun, boyish uchun emas” 🇩🇪 Germaniyaga 2011-yil o‘qish maqsadida kelgan samarqandlik Sherzodbek
“Germaniya sifatli hayot uchun, boyish uchun emas” 🇩🇪 Germaniyaga 2011-yil o‘qish maqsadida kelgan samarqandlik Sherzodbek Boxumdagi Rur universitetini tamomlagan. Sotsial pedagog. U 15 yildan beri Hamm shahrida oilasi bilan istiqomat qilib keladi. Yevropa safari chog‘ida vatandoshimiz bilan Germaniyadagi hayot, ijtimoiy himoya tizimi va migratsiya singari muhim mavzularda suhbatlashdik. 📱YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/tAyEBg6YSaM 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu
208100Loading...
🇰🇷 Toshkentdagi «Seoul Mun» darvozasi Janubiy Koreyada bahslarga sabab bo‘ldi Toshkentdagi «Seoul Mun» majmuasiga o‘rnatilg
🇰🇷 Toshkentdagi «Seoul Mun» darvozasi Janubiy Koreyada bahslarga sabab bo‘ldi Toshkentdagi «Seoul Mun» majmuasiga o‘rnatilgan darvoza Janubiy Koreyada tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi. Songshin ayollar universiteti professori So Kyong-duk ijtimoiy tarmoqlarda darvozaning shakli Yaponiyadagi sinto ibodatxonalari kirishiga o‘rnatiladigan «torii»ni eslatishi, undagi qizil chiroqlar esa Xitoy madaniyatiga xos ekani haqida yozgan. Professorning fikricha, Koreya nomi bilan atalgan majmuada Yaponiya va Xitoyga xos unsurlarning qo‘llanishi xorijliklarda Koreya madaniyati haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin. U darvozani almashtirishga chaqirgan. Shundan so‘ng masala Janubiy Koreyaning qator nashrlarida yoritilgan. Qariyb ikki oy davomida shu yerda turgan darvoza Janubiy Koreya mediasidagi tanqidiy chiqishlardan so‘ng majmua ma’muriyati tomonidan olib tashlangan. @vatandosh_koreya
684924Loading...
🇰🇷 Janubiy Koreya ko‘chib yashash uchun eng yaxshi davlatlar reytingida 30-o‘rinni egalladi Janubiy Koreya Global Relocatio
🇰🇷 Janubiy Koreya ko‘chib yashash uchun eng yaxshi davlatlar reytingida 30-o‘rinni egalladi Janubiy Koreya Global Relocation Index 2026 reytingida 192 ta davlat va hudud orasida 30-o‘rinni egallab, 100 balldan 67,9 ball oldi. Bu haqda reytingni tuzgan xususiy xalqaro Rumavi kompaniyasi ma’lum qildi. Koreyaning kuchli jihatlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: 🟢 xavfsizlik va barqarorlik — 75,4 ball; 🟢 tibbiyot sifati — 83 ball; 🟢 raqamli infratuzilma — 88 ball; 🟢 ta’lim — 84 ball; 🟢 biznes imkoniyatlari — 84 ball; 🟢 startap muhiti — 90 ball. Mamlakat tadbirkorlar uchun tuzilgan reytingda 16-o‘rin, oilalar uchun 22-o‘rin, raqamli ko‘chmanchilar uchun 36-o‘rin, pensionerlar uchun esa 57-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston ushbu reytingda 110-o‘rinda qayd etilgan. Reyting BMT yoki biror davlat idorasi tomonidan emas, ko‘chib o‘tish, rezidentlik va investitsiya masalalariga ixtisoslashgan xususiy kompaniya tomonidan tuzilgan. Tadqiqotda 24 ta ko‘rsatkich hisobga olingan. @vatandosh_koreya
557400Loading...
🇺🇿🇰🇷 Seulda ilk bor O‘zbekiston va Koreya hududlararo forumi o‘tkaziladi 11-sentyabr kuni Seul shahrida birinchi «O‘zbeki
🇺🇿🇰🇷 Seulda ilk bor O‘zbekiston va Koreya hududlararo forumi o‘tkaziladi 11-sentyabr kuni Seul shahrida birinchi «O‘zbekiston — Koreya» hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi ma’lum qildi. Unda ikki mamlakat davlat idoralari va hududlari vakillari, investorlar hamda tadbirkorlar ishtirok etadi. Forumning asosiy yo‘nalishlari: 🔹 sanoat kooperatsiyasi va investitsiyalar; 🔹 professional ta’lim va kadrlar tayyorlash; 🔹 raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va IT; 🔹 madaniyat va sport. Tadbir ikki mamlakat hududlari va kompaniyalari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. @vatandosh_koreya
250100Loading...
🇰🇷 Vanjuda xorijliklarga ham 300 ming vondan beriladi Cholla-Pukto provinsiyasidagi Vanju okrugi har bir kishi uchun 300 mi
🇰🇷 Vanjuda xorijliklarga ham 300 ming vondan beriladi Cholla-Pukto provinsiyasidagi Vanju okrugi har bir kishi uchun 300 ming von miqdorida bir martalik yordam puli to‘lashni boshladi. Vanjuning rasmiy internet nashri xabariga ko‘ra, to‘lovni Koreya fuqarolari bilan birga nikoh migrantlari va F-5 vizasiga ega xorijliklar ham olishi mumkin. Buning uchun ular 2026-yil 31-iyul holatiga ko‘ra Vanjuda ro‘yxatdan o‘tgan va ariza beriladigan kungacha shu hududda yashayotgan bo‘lishi kerak. Dastur jami 100 877 kishini qamrab oladi. Yordam puli oldindan mablag‘ yuklangan karta orqali beriladi. Arizalar 30-oktyabrgacha yashash manzili bo‘yicha ma’muriy markazlarda qabul qilinadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Kartadagi pulni 31-dekabrgacha faqat Vanju hududida ishlatish mumkin. Dastur oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy kichik biznes savdosini rag‘batlantirishga qaratilgan. @vatandosh_koreya
325400Loading...
🇰🇷 E-9 bo‘yicha O‘zbekistonga qo‘yilgan shartlar sabab Koreya tanqid ostida Koreyaning Pressian nashri O‘zbekiston va Korey
🇰🇷 E-9 bo‘yicha O‘zbekistonga qo‘yilgan shartlar sabab Koreya tanqid ostida Koreyaning Pressian nashri O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida 2019-yilda imzolangan Employment Permit System (EPS) bo‘yicha memorandumni o‘rganib, undagi ayrim shartlar migrant ishchilar huquqlari nuqtayi nazaridan bahsli ekanini yozdi. Maqolada asosiy e’tibor memorandumning 15-moddasiga qaratilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan ishchilar orasida ish joyini ruxsatsiz tark etish yoki Koreyada noqonuniy qolish darajasi boshqa ishchi yuboruvchi davlatlar uchun belgilangan o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshsa, Koreya Mehnat vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan oldindan kelishgan holda O‘zbekiston uchun kvotani qisqartirish, ishchilarni ishga joylashtirish jarayonini vaqtincha to‘xtatish yoki memorandumni bekor qilish choralarini ko‘rishi mumkin. Pressian suhbatlashgan migrantlar huquqlari bo‘yicha ekspertlar aynan shu tizimni tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, xorijlik ishchining korxonani tark etishiga ish beruvchining noqonuniy xatti-harakati, ish haqining to‘lanmasligi yoki og‘ir mehnat sharoitlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ishchilar korxonalarni ruxsatsiz tark etishi yoki noqonuniy qolishi ko‘payganda buning oqibatlari butun yuboruvchi davlat va Koreyaga borishni kutayotgan boshqa fuqarolarga ham ta’sir qilishi mumkin. Ekspertlar memorandumda majburiyat va javobgarlik asosan ishchi yuboruvchi davlat zimmasiga yuklanganini ham tanqid qilgan. Ularning fikricha, bunday bosim yuboruvchi davlatlarni ishchilarning ish joyini almashtirishiga to‘sqinlik qiluvchi jarima yoki moliyaviy kafolat kabi choralarni qo‘llashga undashi mumkin. ❗️Muhim jihati, bu Koreya hukumatining yangi qarori yoki O‘zbekiston bilan yangi tuzilgan kelishuv emas. Gap 2019-yil 19-aprelda Toshkentda imzolangan EPS memorandumi va undagi shartlarning Koreyada ekspertlar tomonidan tanqid qilinayotgani haqida ketmoqda. Shuningdek, memorandumning 14-moddasida E-9 ishchisi Koreyaning xorijiy ishchilar to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq ish joyini o‘zgartirishi mumkinligi belgilangan. Bu mavzu yaqinda O‘zbekiston Migratsiya agentligi E-9 vizasi bilan Koreyada ishlayotgan fuqarolar uchun uch tomonlama shartnomadan ish joyini almashtirishdan oldin Agentlik roziligini olish talabi va unga bog‘liq jarima bandini olib tashlagani fonida yanada dolzarb bo‘lib turibdi. Manba: Pressian, 8-sentyabr 2026-yil. @vatandosh_koreya
294309Loading...
🚨 Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda Koreya Milliy politsiya agentligining 12-avgust holatiga ko‘ra ma’lum qil
🚨 Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda Koreya Milliy politsiya agentligining 12-avgust holatiga ko‘ra ma’lum qilishicha, mamlakatda xorijda sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinmoqda. Ular orasida: 🇨🇳 Xitoy — 40 kishi 🇺🇿 O‘zbekiston — 19 kishi 🇲🇳 Mongoliya — 17 kishi 🇻🇳 Vyetnam — 13 kishi 🇰🇿 Qozog‘iston — 8 kishi 🇷🇺 Rossiya — 7 kishi 🇰🇬 Qirg‘iziston — 2 kishi Shu tariqa, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Sobiq ittifoq mamlakatlarining to‘rttasiga jami 36 kishi to‘g‘ri keladi — bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb uchdan bir qismi. Qidiruvdagi 110 kishining 47 nafari firibgarlik ishlari bo‘yicha gumon qilinmoqda. Shuningdek, ular orasida giyohvand moddalar, o‘g‘rilik, hujum, tan jarohati yetkazish, odam o‘g‘irlash va noqonuniy ushlab turish kabi jinoyatlar bo‘yicha qidirilayotganlar ham bor. Koreya politsiyasi xalqaro qidiruv ishlarini kuchaytirib, bu yo‘nalishdagi xodimlar sonini 22 nafardan 64 nafarga oshirdi. O‘tgan yil davomida Koreyadan boshqa davlatlarga 13 nafar qidiruvdagi shaxs topshirilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bu ko‘rsatkich 24 nafarga yetgan. Shaxs qo‘lga olingach, uni boshqa davlatga topshirish masalasi amaldagi xalqaro kelishuvlar asosida hal qilinadi. @vatandosh_koreya
600400Loading...
🇰🇷 Koreyadagi kemasozlik zavodida o‘zbekistonlik ayolga tegajog‘lik qilingan ⚠️ Koreyada E-9 vizasi bilan kemasozlik zavodi
🇰🇷 Koreyadagi kemasozlik zavodida o‘zbekistonlik ayolga tegajog‘lik qilingan ⚠️ Koreyada E-9 vizasi bilan kemasozlik zavodida payvandchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayol rahbari tomonidan muntazam haqorat, kamsitish va jinsiy tegajog‘likka uchraganini ma’lum qildi. 🔴 Ayolning aytishicha, rahbar uning ko‘kragiga tegishga uringan, boshqa ishchilar oldida haqorat qilib, so‘kingan. 🏥 Keyinchalik ushbu voqealar tufayli unda yuzaga kelgan ruhiy buzilish Koreyada ish bilan bog‘liq kasallik sifatida tan olindi. 💰 Bu esa unga kasb kasalliklari sug‘urtasi doirasida davolanish xarajatlarini qoplatish, shuningdek, ishlay olmagan davri uchun tegishli to‘lovlarni olish imkonini beradi. 📌 Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/1027 🇺🇿 @vatandosh_koreya
335216Loading...
🇰🇷 8-sentyabrdan yashash manzillari tekshiriladi: nimaga e’tibor berish kerak? 8-sentyabrdan Janubiy Koreyada har yili o‘tk
🇰🇷 8-sentyabrdan yashash manzillari tekshiriladi: nimaga e’tibor berish kerak? 8-sentyabrdan Janubiy Koreyada har yili o‘tkaziladigan yashash joyi ro‘yxatini tekshirish (주민등록 사실조사)ning bevosita, ya’ni uyma-uy tekshiruv bosqichi boshlanadi. Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat vakillari 8-sentyabrdan 9-noyabrgacha manzillarga borib, rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bilan fuqaroning amalda yashayotgan joyi bir-biriga mos kelishini tekshiradi. ❗️Bu barcha xorijliklarni ommaviy tekshirish kampaniyasi emas. Mazkur tekshiruv, avvalo, Koreyaning 주민등록 tizimida ro‘yxatdan o‘tgan aholiga qaratilgan. Shuning uchun 8-sentyabrdan boshlab barcha xorijliklarning uylariga migratsiya xodimlari boradi, degan xulosa noto‘g‘ri. Shunga qaramay, Koreyada yashayotgan xorijliklar uchun ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili amaldagi manzilga mos bo‘lishi muhim. Agar yaqinda boshqa uyga ko‘chgan bo‘lsangiz, rezident kartangiz (ARC) bilan bog‘langan migratsiya tizimidagi yashash manzilingizni tekshirib qo‘ygan ma’qul. Manzil o‘zgargan bo‘lsa, uni belgilangan muddatda rasmiylashtirish talab etiladi. Ya’ni, yangi manzilda anchadan beri yashayotgan bo‘lsangiz ham, viza uzaytirish yoki boshqa tekshiruvni kutib yurmasdan ma’lumotlarni oldindan to‘g‘rilab qo‘yish tavsiya etiladi. @vatandosh_koreya
3981320Loading...
🇰🇷 E-9 vizasi bilan ishlayotgan quruvchilar uchun yengillik Janubiy Koreya E-9 vizasi asosida qurilish sohasida ishlayotgan
🇰🇷 E-9 vizasi bilan ishlayotgan quruvchilar uchun yengillik Janubiy Koreya E-9 vizasi asosida qurilish sohasida ishlayotgan xorijlik ishchilarni bir obyektдан boshqasiga o‘tkazish tartibini yengillashtirmoqda. Hozirgi tartibga ko‘ra, E-9 vizasi bilan qurilishda ishlayotgan xorijlik ishchi muayyan qurilish obyektiga biriktiriladi. Uni boshqa obyektga o‘tkazishga, asosan, qurilish ishlari tugagan yoki to‘xtatilgan kabi cheklangan holatlarda ruxsat beriladi. Yangi tartib bo‘yicha esa, agar yangi obyekt ham E-9 bo‘yicha xorijlik ishchilarni ishga qabul qilish talablariga javob bersa, xodimni aynan bir kompaniya — bir ish beruvchiga qarashli boshqa qurilish obyektiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. O‘zgarish 2026-yilgi to‘rtinchi bosqich E-9 ishga qabul qilish ruxsatnomalariga oid arizalardan boshlab qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqich uchun arizalar 14–29-sentyabr kunlari qabul qilinadi va qurilish sohasi ham qamrab olinadi. ❗️Muhim jihati: bu o‘zgarish E-9 vizasidagi ishchiga boshqa kompaniyaga yoki boshqa ish beruvchiga erkin o‘tish huquqini bermaydi. Yangi imkoniyat faqat bir ish beruvchining turli qurilish obyektlari o‘rtasida ishchini o‘tkazishga taalluqli. 🔗 Manba: Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi @vatandosh_koreya
333001Loading...