ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 362
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
*** biror kimni unutganmisan? u senga qarab turgan bo'ladi. u yo'lga qarab ketayotgan bo'ladi. u qayg'urayotgan bo'ladi. u sen bilan yig'laydi. unutganmisan? u kuladi. uning kulgisi. indamay jahli chiqib telefon o'ynab ketishi. oxir-oqibat ismingni aytishi. "isming" o, naqadar ajoyib eshitiladi! biror kimni unutganmisan? seni tushunishini? bosh silkib "yo'q" deyishini... unutganmisan? jahl qilib mashinani tez haydashni. mashinada yig'lab ketishni... biror kimni unutganmisan? iloji bormi? 2023 @ahmadali_writer

*** dilmurod yo’q nima deysan? ahmad ali dilmurod bor ahmadaliyev dilmurod bor akhmadaliev dilmurod bor dilmurod yo’q nima deysan? qani dilmurod? yo’q dilmurod qani dilmurod yo’q dilmurod har safar qayta yoza olaman nima qipti? endi bu she’rni o’qib bo’lmaydi dilmurod yo’q nima deysan? yo’q dilmurod hech kim kerak emas hamma kerak tanaffus bo’ldi qo’ng’iroq chalindi hech kim yo’q hamma bor qani dilmurod? yo’q dilmurod ahmad ali bo’lmaydimi? ahmad ali bo’ladimi? qani dilmurod? yo’q dilmurod yana nima deysan? yozib qo’yaman shunaqa endi bu she’rni o’qib bo’lmaydi. 2026 @ahmadali_writer

*** bir o'zing ko'chaga chiq bir o'zing aylan o'sha ko'chani odamlarni tomosha qil keyin - bir o'zing. bir o'zing o'yla bir o'zing orzu qil ishonma ularga ular hatto - orzularingni o'g'irlaydi ablahlar. bir o'zingdan boshqalarni shunday ata - ablahlar. keyin bir o'zing biror yaxshi tamaddixonaga kir to'yib, mazali ovqatlan bir o'zing keyin ketidan shirinlik ye qimmatroq shirinlik bir o'zing ye ishonma ularga ularga shirinlik berma keyin yana ko'chaga chiq bir o'zing yana kechgacha aylan toza havoda bitta o'zing keng ko'cha bo'ylab aylan juft-juft odamlarga qarab ularning ustidan kul ikkita ablah de ularga qarab ikkita bir-birini keyinchalik tashlab ketadigan - ahmoqlar, de! bir o'zing uyingga qayt keyin ertaga yana ishga borasan bir o'zing. bir o'zing keyin uyingga qayt mushuk boqib ol bir o'zing rangining farqi yo'q zotining farqi yo'q - u mushuk bo'lsa, qandayligini nima farqi bor? mushuk ajratasanmi endi? odam ajratgandek? ablahlarga o'xshama, sen ajratma, sen axir bir o'zingsan bir o'zing odam bo'l bir o'zing qolasan baribir oxirida. boshida ham bir o'zing eding. umring o'rtasida balo bormi kimgadir? bir o'zing uxla keyin. bir o'zing uyg'on. shunda balki - uning tashlab ketgani senga og'riqli bo'lmas. 2023 @ahmadali_writer

*** ketgan odamning qaysi oyda ketganini eslab qolish mumkin. keyin yodlab yurasan o'sha oyni - "biror oy" masalan. sen esa bunday qilmaysan. senga hamma oylar bir xil - "bir xil". 2023 @ahmadali_writer

*** senga kim bo'lib ko'rinaman? uzun soqolli erkakmi? yoki nechidir yoshdagi yoshbola bo'libmi? kim bo'lib ko'rinaman senga? hassos ijodkor bo'libmi? hassos inson bo'libmi? hassos... yigit bo'libmi? o, hassoslik qursin... senga qanday ko'rinaman? g'amgin, siqilinch bo'libmi? yoki ko'p kuladigan tez-tez hazil qiluvchi qiziqchi bo'libmi? senga kim bo'lib ko'rinaman? do'sting bo'libmi? yaqining bo'libmi? tanishing bo'libmi? senga kim bo'lib ko'rinaman? yig'loqi bo'libmi? yig'lamas bo'libmi? sen meni yig'laganimni ko'rmagansan-ku? senga kim bo'lib ko'rinaman? sevib qolganmisan meni? hech sevib ko'rganmisan meni? sevib qolganingda qanday ko'rinaman men? men o'zi ko'rinamanmi? qachon ko'rding meni? so'nggi bor, qachon ko'rding? umuman, o'zi hayotingda meni ko'rganmisan? senga kim bo'lib ko'rinaman? uzun soqolli erkak bo'libmi... 2023 @ahmadali_writer

*** inson "siyosat" emas - uni tushuntirmang birovga. insondan qo'rqmang, u "siyosat" emas. inson o'zgarmaydi. insonni quchoqlashingiz mumkin, insonni quchoqlashingiz mumkin. 2023 @ahmadali_writer

Ahmad Ali Dilmurod instagram sahifasi: instagram.com/ahmadalidilmurod kuzatib borasizlar degan umiddaman, rahmat.

*** do'st - men seni do'sting bo'lmoqchiman! - bor-e.. - iltimos, meni o'zingga do'st qil. - yo'q, ket.. - do'sting bo'lay... u uning ortidan tinmay yuraverdi. tashqaridan qaraganlar uning bu insonda nima ishi bor ekan, deb hayron bo'lishlari tabiiy edi. - kel, do'st bo'lamiz! - yo'q, dedim-ku! - do'st bo'lsak, yaxshi edi-da.. u tinmay ushbu taklifini qaytaraverdi, u taslim bo'ladiganga o'xshamasdi. - men do'sting bo'lishni xohlayman... - yo'q, bo'lmaydi! - do'st bo'laqolaylik! - bo'lmaydi... - do'sting bo'lay! - yo'q, dedim-ku!!! - u biroz ovozini baland qildi, - ket, dedim, bor! u xafa bo'ldi. - men shunchaki, do'sting bo'lishni xohlagandim.. u xafa bo'lganini sezib qoldi. - xafa bo'lma, men sen bilan do'st bo'lolmayman... - nega, nega men bilan do'st bo'lolmaysan? - men sen bilan do'st bo'lganimdan keyin, sen haqingda qayg'urishim kerak, seni o'zimni yaxshi ko'rgandek yaxshi ko'rishim kerak, yaxshi va yomon kuningda sen bilan birga bo'lishim kerak, bular hali boshlanishi, - dedi haligi bir dona ham do'sti yo'q odam, - men buni uddalay olmasam kerak deb qo'rqaman, kechir, - dedi-yu, do'stlik taklif qilgan odamdan uzoqlashdi... @ahmadali_writer

*** qaniydi, barcha mohiyat qolish va ketish o'rtasida bo'lsa. sen ketmasding men esa qolardim. @ahmadali_writer

*** yaxshiyam ki yurak tananing ichida. @ahmadali_writer

*** sen haqingda o'ylaganim: sen faqat baxtli bo'lishing kerak edi. @ahmadali_writer

*** hozir boshlasak barcha xatomizni tuzatishga ulguramiz. faqat hozir boshlash kerak. @ahmadali_writer

*** kel, xatolarimizni tuzatib barchasini boshidan boshlaymiz, deding. boshidan boshladik. seni yana sevib qoldim. @ahmadali_writer

*** sen bilan uzoqlarga indamay jim ketaverdik. @ahmadali_writer

*** sen adabiyotga o'xshaysan. ketsam qaytgim kelaveradi. @ahmadali_writer

*** bor narsalarimni sanab chiqdim. seni sanamadim. @ahmadali_writer

*** sen so’zlarni yaxshi tanlaysan. demak, men so’z emasman. demak, men yaxshi so’z emasman. 2026 @ahmadali_writer

*** boshingni devorga urishga devor topolmading erkinligingdan. @ahmadali_writer

*** ko’rmay qolsam seni ko’rmay qolamanmi deb o’yladim birinchi. ammo, nega buni o’yladim sen yo’qsan-ku shundoq ham. 2026

*** seni ismingni ham bilmasam degandim, nega deysanmi? bilmayman… unda nega yozyapsan deysanmi? men yuqorida vergulni xato qo’yibman, seni ismingni ham bilmasam degandim. ismlar qator-qator, qator-qator, qator-qator, seni ismingni ham bilmasam degandim. bu yerda sen haqingda yozgim yo’q, nega deysanmi? bilmayman… men yana yuqorida vergulni xato qo’ydim, bu yerda sen haqingda yozgim yo’q. seni yaxshi ko’raman va seni ismingni ham bilmasam degandim. 2026 @ahmadali_writer