ar
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

الذهاب إلى القناة على Telegram

إظهار المزيد
Uzbekistan5 978الفئة غير محددة

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

تُعد قناة slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 13 647 مشتركاً، محتلاً المرتبة في فئة اخرى والمرتبة 5 978 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 13 647 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 01 أغسطس, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 015، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -55، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 4.02‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 1.40‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 551 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 192 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 6.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

وصف القناة غير متوفر.

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 02 أغسطس, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة اخرى.

13 647
المشتركون
-5524 ساعات
-6587 أيام
-1 01530 أيام
أرشيف المشاركات
❤️❤️❤️-ishtirokchi Yodimda kechagi sho'xliklaringiz, Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz, Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz, Siz o'sha - kulgusi qo'ng'iroqmisiz? -Boymirzayeva Dilrabo https://t.me/Oak_jurnallari1/6543

❤️❤️❤️-ishtirokchi Onamga Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Har baloni ko'rib yorug' dunyoda, Toshkanni ko'rmagan bechora onam, Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!.. Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q, Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g'. Menda yurak deganlarin o'zi yo'q: Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam? Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas - mashhur beshafqat, Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?.. Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, Povingga tiz cho'kib, qo'lingni oʻpsin. Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, Men uchun ham aziz holingni so'rsin, Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!.. Xaydaraliyeva Madina https://t.me/Oak_jurnallari1/6542

❤️❤️❤️-ishtirokchi ALLOH GOZAL Orazi gul, husni hilol, Alloh gozal, Alloh gozal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh gozal, Alloh gozal… Arsh arkida sulton ozi, Beaybu benuqson ozi. Poyiga chok, ul Zuljalol, Alloh gozal, Alloh gozal… Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh gozal, Alloh gozal… Nahri zilol, bagri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh gozal, Alloh gozal… Davronova Charos 1-kurs talabasi https://t.me/Oak_jurnallari1/6541

❤️❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf she’rlari — yurakdan chiqqan eng nozik tuyg‘ular ovozi. Uning misralarida Vatan ham, muhabbat ham go‘yo bir guldek ochiladi. Shoir so‘zlari qalbni iliqlik bilan o‘rab, insonni sevishga, qadrlashga undaydi. Uning she’rlarini o‘qiganda go‘yo bahor nafasi, lola va qizg‘aldoqlar hidini his qilgandek bo‘lasan — bu satrlar romantika va mehrga to‘la. 🌹 Choriyeva Mashhura https://t.me/Oak_jurnallari1/6540

❤️❤️❤️-ishtirokchi ...Menga bir tabassum hadya et, ey yor, Nur tomsin lablaring sohillaridan. O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan?.. Muhammad Yusuf Хамидова Мушарраф ✨ https://t.me/Oak_jurnallari1/6539

❤️❤️❤️-ishtirokchi Sevgi sadosi Gulim, mehr kozda degani yolgon, Mening dilimda hech ochmas yolqinsiz, Qancha korishmasak shuncha qadrdon, Qancha olis bolsak, shuncha yaqinsiz.   Devona oshiqman, men bir devona, Ayting sizdan bolak kimim bor yana?.. Siz yoq chogimdagi dunyom begona, Siz yoq bogimdagi gullar yoqimsiz. (c) Muhammad Yusuf Alibekov Toqtarbek https://t.me/Oak_jurnallari1/6538

❤️❤️❤️-ishtirokchi YURTIM ADO BO'LMAS ARMONLARING BOR... Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor, Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor, O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim, Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor. Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar, Oy botgan yoqlarga termulib shomlar. Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mardi maydonlaring bor... Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor. Osmonlaringda ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor. Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni, Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar — Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor... Qurboning bo‘layin, ey onajonim, Sening faryodlaring - mening fig‘onim, O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim, Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor. Muhammad Yusuf Xolboboyeva Mehrangiz https://t.me/Oak_jurnallari1/6537

❤️❤️❤️-ishtirokchi Farishtam Onamning isini taratgan malak, Tinchligim so‘rab u parvona, halak. Ko‘nglida g‘ubor yo‘q, buloqday tiniq, Mehrdan yaralgan, so‘zlari iliq. Yoshlik yillarimning shirin sirdoshi, Onamning o‘rni-yu, uyning quyoshi. Ukam deb doimo qayg‘urgan o‘zi, Mehrga to‘lib toshar har aytgan so‘zi. Yiqilsam suyanchim, qorong‘uda nur, Yuzida tabassum, ko‘zlarida dur. Oilamiz ko‘rkidir, aziz farishta, Qadamlari qutlug‘, ko‘ngli sarishta. Baxtingiz ko‘rganda quvnasin dilim, Duo qilib turing, ochiqdir yo‘lim. Siz mening g‘ururim, qadrdon opam, Siz borsiz – baxtim boʻlmas sira kam... Tolibjon Atanazarov https://t.me/Oak_jurnallari1/6536

❤️❤️❤️-ishtirokchi Bobodehqonim Yer aylanar, Yer aylanar, Yer yugurib tinmaydi, Yaktagingning yenglaridan Ter yugurib tinmaydi, Qoʻling tegmay bu dunyoda Bitta giyoh unmaydi, Tin bilmagan jonim mening, Bobodehqonim mening. Oftob chiqar, Oftob botar, Choʻgʻlar sochib tanangga, Bir kungina bormay qoʻysang Nima qilar dalangga?.. Bir shonacha parvonalar Boʻlolmaysan bolangga, Tashnai nolonim mening, Bobodehqonim mening. Ish degani faqat senga Chiqqanmi yo ey moʻmin, Qora mehnat yoʻrgagingdan Yuqqanmi yo ey moʻmin? Onang seni paxtazorda Tuqqanmi yo ey moʻmin?.. Qadoqqoʻl-tovonim mening, Bobodehqonim mening. Yorugʻ yuzim, Koʻk yorishib Ketgaydir bir jilmaysang, Dunyolarni oqqa oʻrab Qoʻyganingni bilmaysan, Uyingda ham, Toʻyingda ham Paykalingni oʻylaysan, Sodda dil - iymonim mening, Bobodehqonim mening. Kim toliqdi choʻl bagʻrida Boʻstonlarni yaratib, Qora dengiz boʻylarida Kim kezar jon yaratib, Minbar toʻla gapga chechan Notiqlarni sayratib, Oʻzi bezabonim mening, Bobodehqonim mening. Shiyponlarda oʻtirarding Koʻtarolmay belingni, Semiz vakil maktabidan Haydab keldi oʻgʻlingni, Kech kuz edi, yechib berding Egningdagi toʻningni: Ol, kiyvol, polvonim mening... Bobodehqonim mening. Bolajonim, Sen-ku kelding, Joning achib otangga, Hatto sening mehnatingni Bilmadilar, attang-a... Poʻchoqni ham paxta qilib Topshirganlar Vatanga!.. Topgani talonim mening, Bobodehqonim mening. Olam yaralgandan buyon Dehqon kimni aldabdi, Dehqon qoʻlin qabartirgan Ketmon kimni aldabdi, Oʻzbegimning peshvolari Oʻzbegimni aldabdi... Oh, lol-u hayronim mening, Bobodehqonim mening. Soddadilim, Sen-da suyib Ishonganding ularga, Tongni tongga ulab mehnat Qildingmi tulkilarga, Bir qoʻlingni fursati yoʻq Bir qoʻlingni silarga, Mehnati armonim mening, Bobodehqonim mening. Jonim bobom, Gapir sen ham Bundoq hol-u ahvoling, Baliq boʻlib uvatlarda Suzib yurar xayoling, Seni sotgan olchoqlarga Yoʻqmidi bir savoling?.. Eh, ogʻir karvonim mening, Bobodehqonim mening. Nega xomush yerga boqding, Boʻyingdan aylanayin, Shu topda koʻnglingdan kechgan Oʻyingdan aylanayin: Arpa ekkan - arpa oʻrar, Bugʻdoy ekkan - bugʻdoyin!.. Halol tuz-u nonim mening, Bobodehqonim mening. Zamin aro tiriklikni Bor qilguvchi oʻzingsan. Yo gulzor, Yo tashnai Zor qilguvchi oʻzingsan, Obi hayot taratguvchi Buyuk suvchi oʻzingsan, Tinchlikka posbonim mening, Bobodehqonim mening. Sen hamisha haq tomonsan, Sen haqiqat tomonsan, Inson zotin yorugʻlikka Yetaklovchi sarbonsan, Oʻzing bemor, Oʻzing tabib, Oʻzing malham, darmonsan, Bagʻrikeng osmonim mening, Bobodehqonim mening. Yer aylanar, Yer aylanar, Yer yugurib tinmaydi, Sening oydek yuzlaringdan Ter yugurib tinmaydi, Qoʻling tegmay bu dunyoda Bitta giyoh unmaydi, Tin bilmagan jonim mening, Bobodehqonim mening. Elim rizqi mudom sening Peshonangning terida, Elim rizqi yetilgaydir Yuragingning qoʻrida, Savlat toʻkib oʻtirganim Qurultoylar toʻrida - Beqasam choponim mening, Bobodehqonim mening. Men ham sening tuz-u noning Ichib yurgan bolangman, Shoirman deb qushday qoʻnib, Uchib yurgan bolangman, Oʻzing bilan paykalda suv Kechib yurgan bolangman - Senga bu dostonim mening, Bobodehqonim mening. ✍Muhammad Yusuf Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi . Osiyo Xalqaro universiteti talabasi. https://t.me/Oak_jurnallari1/6535

❤️❤️❤️ -ishtirokchi Orzu Tug‘ilmasdan oldin men, Chiqib Arshi a’loga. Oyni o‘pib, qoldim men, Yulduzlardan baloga. Tug‘ilgandan to shu dam, Qo‘msab kecha-kunduzlar. Oy qani deb yig‘lasam, G‘iybat qilar yulduzlar. Hiqqillama, der yurak, Dunyo bilan ishim yo‘q. Bo‘lsa menga Oy kerak, Yulduzlarga hushim yo‘q. Ism familiyam: Javohir Buxorov Muhammad Yusuf she’ridan parcha https://t.me/Oak_jurnallari1/6534

❤️❤️❤️-ishtirokchi Oydan tushganmi ayollar Maqtasak yuzlarin oy deymiz Ko'zlarin yulduzga tenglaymiz O'xshashin osmondan izlaymiz Yo oydan tushganmi ayollar O't tushib gohida bu jonga Dil berdik nozanin janonga O'ylaymiz termulib osmonga Yo oydan tushganmi ayollar Sangirova Dilobarxon. https://t.me/Oak_jurnallari1/6533

❤️❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf Kumush Margilonda Kumushni kordim, Koziga yosh olib turibdi. Sochlarini maydalab orib, Otabekni kutib yuribdi. Tongda turib qalam qoshiga Osma qoygan ekan quribdi, Kozdan oqqan achchiq yoshlari Osmasini yuvib turibdi... Meni bir oy qiynaydi yomon, Yana yurak oynaydi yomon. Qoyvor zamin, qoyvor osmon, Men uyimga yetaman qachon? Meni bir oy qiynaydi yomon, Yurak yana oynadi yomon. Toshkentga qiz berma Margilon — Qodiriy yoq, Zaynablar omon! Isoqjonova Naimabonu https://t.me/Oak_jurnallari1/6532

❤️❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusufning so'nggi satrlari: Rizqim uzilganga o'xshaydi chog'i Izlama hech qanday tashxis-u malham Tobora avjlanar dardning o'chog'i Yetib borolmasam kerak Toshketgacha ham Tek qo'y, qo'zg'atmagin vujudim og'rir Ellikqal'a degan yurtda ne gunoh Vatanning sharqida tug'ilib oxir G'arbida o'lmoqni bitibdi alloh Ig'vo tarqatmanglar maza bemaza Mobodo yuz bersa biror bir kor hol Toshkentda ochmasin hech qanday aza Sim qoqing, Abdulla Orifga darhol To'xta aytib qolay jon pishmasidan Xammasi joyida: seyf, stol, palos. Faqat, yozuvchilar uyushmasidan Bir varaq ariza qarzim bor xolos Aytgancha stolim chap tortmasida Bir shoir yigitning qo'lyozmasi bor Adashmasam edi yurtga qasida Uni nashriyotga taqrizga yubor Og'zim quriyapti, suv ber bir qultum Rux o'zin ulfati jondan to'ymoqda Ex ota bo'lib men nimaham ko'rdim Yuragim kuymoqda ichim kuymoqda. Maxmudova Muxlisa https://t.me/Oak_jurnallari1/6531

❤️❤️❤️-ishtirokchi YOLG'ONCHILAR Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko'zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg'onchilar, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman. Bag'ri-dilim kuydiradi yolg'onlari, Yonlariga chorlar mohi tobonlari. Bo'lsam agar men bitta qurbonlari, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman. Ko'hna dunyo, bu qizlaring buncha go'zal, Qarab tursam, ko'klarda oy-kuncha go'zal. Qancha go'zal bo'lsa, aldar shuncha go'zal!.. Yuragimni yo'lbarslarga yediraman. Hozir ko'zim yumamanu yerga yotib, Yuragimni sug'uraman qon yig'latib. Yo'lbarschalar yesin uni kasirlatib — Yuragimni yo'lbarslarga yediraman. Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim, Ko'z o'ngimda bo'laqolsin tilim-tilim. Harom bo'lsin muhabbatsiz ko'rgan kunim, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman!.. Ochilova Gulchiroy Azamat qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6530

❤️❤️❤️-ishtirokchi ONAMGA XAT Men sizni o‘ylayman shomu saharda, Ona, sog‘insam ham bora olmayman, Tunlari charog‘on shunday shaharda, Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim, Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman... Mana, ketayapman tosh yo‘lda ko‘zim, Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos. Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim, Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos. Va sizni o‘ylayman shomu saharda, Ona, sog‘insam ham bora olmasman. Tunlari charog‘on shunday shaharda Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman... Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib. Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb, Sog‘ingan o‘g‘lingiz - Muhammad Yusuf. Shodiyeva Shalola Dilshod qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6529

❤️❤️❤️-ishtirokchi Mendan nima qolar, İkki mısra sher İkki samdiq kitob. Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan nima desa der.. Men seni öylayman ozimdan koproq. Lola , lolajonim, lolaqizgaldoq. Toshmurodova Xolida https://t.me/Oak_jurnallari1/6528

❤️❤️❤️-ishtirokchi Shukur deysan sen qachon Ta'magirni tortqilab, Nafsi qoymas deydilar. Nokas ozi toysa ham, Kozi toymas deydilar. Boq bir yorug olamga — Kimlar zorga kun korar. Odamlar bor, bogdagi Bulbuldan ham pul sorar. Yolgon dunyo — bu dunyo, Arzon dunyo — bu dunyo. Ne-ne hokim, beklardan Qolgan dunyo — bu dunyo. Kiprikdan ham qisqadir Mol-u dunyo yollari. Ibrat bolsin Iskandar Ochiq ketgan qollari!.. Uzat deysan, ber deysan, Hech qoymading odamzod. Tuya toydi, fil toydi, Sen toymading, odamzod. Shukr qilar hattoki Qumursqa-parrandalar. Shukr deysan sen qachon, Xom sut emgan bandalar?.. Bu uch kunlik dunyoda Savlatigga kerilma. Qasr qurma, bog qoldir, Davlatingga kerilma. Oz elingni qaqshatsang, Xor bolasan ozing ham. Bir kun shu el mehriga Zor bolasan o`zing ham!.. Muhammad Yusuf Bahronova Umida https://t.me/Oak_jurnallari1/6527

❤️❤️❤️-ishtirokchi Ikki buyuk shoir, ikki musofir - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni oʻylatmasdi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur... Buni tasodifmi atayin, ayting, Qitmir qismat oʻyni deyinmi yo bir? Koʻrib qoʻy, Turkiston, ikki shoh bayting– Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Jafo etganga ham jabr etmadik, Gadoni siyladik goho, xudo bir. Daholarimiz qadriga yetmadik– Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. abdurashidova Zuxra https://t.me/Oak_jurnallari1/6526

❤️❤️❤️-ishtirokchi Biz baxtli boʻlamiz Mayli-da, kimgadir yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik? Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa — Uchrasharmidik?.. Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom, Ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig‘lamagin, Gunohim ne deb, Aybing — Onang seni chiroyli tuqqan!..
Muhammad Yusuf
Maxmudov Jasurbek Ulugʻbek oʻgʻli TDIU Qoʻshma taʼlim fakulteti magistranti https://t.me/Oak_jurnallari1/6525

❤️❤️❤️-ishtirokchi Qiz yo'q uyda sarrin sabo esmaydi, Qiz yo'q uyda jambil-rayhon o'smaydi. O'g'illarning ota bilan ishi yo'q, Qiz otasin har qadamga eslaydi. Ko'zlariga surgay yurgan izingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz. Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi, Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi. O'g'il qanday do'st bo'ladi, bilmadim, Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi. Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz. Umr daryo, tolega kim kafildir, Qizning borar joyi bo'lak sohildir. Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir, Qiz bor uyda yorug' bo'lgay yuzingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz... Dunyo ko'rki - shu ko'zlari shahlolar, Qizlar bilan chamanzordir sahrolar. Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan, Tohirlarni Tohir qilgan-Zuhrolar. Qiz tufayli butdir rizq-u ro'zingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz... Ayting, kimning paymonasi to'lmagan, Qiz bor-ota yot bag'rida o'lmagan. O'g'lim yo'q deb o'kinganlar-johillar, Hatto Muhammadning o'g'li bo'lmagan!.. Bilib ayting aytganda har so'zingiz Qay oʻgʻildan kamdir ayting qizingiz Feruza Oʻroqboyeva https://t.me/Oak_jurnallari1/6524