slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
أوزبكستان5 978دسته بندی مشخص نشده است
📈 تحلیل کانال تلگرام slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
کانال slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 647 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه و رتبه 5 978 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 647 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 01 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 015 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -55 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 4.02% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 1.40% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 551 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 192 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
توضیحی برای کانال ارائه نشده است.
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کردهاند.
13 647
مشترکین
-5524 ساعت
-6587 روز
-1 01530 روز
آرشیو پست ها
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha - kulgusi qo'ng'iroqmisiz?
-Boymirzayeva Dilrabo
https://t.me/Oak_jurnallari1/6543
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam, Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..
Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g'.
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q:
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas - mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Povingga tiz cho'kib, qo'lingni oʻpsin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..
Xaydaraliyeva Madina
https://t.me/Oak_jurnallari1/6542
❤️❤️❤️-ishtirokchi
ALLOH GOZAL
Orazi gul, husni hilol,
Alloh gozal, Alloh gozal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Arsh arkida sulton ozi,
Beaybu benuqson ozi.
Poyiga chok, ul Zuljalol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Nahri zilol, bagri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Davronova Charos 1-kurs talabasi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6541
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf she’rlari — yurakdan chiqqan eng nozik tuyg‘ular ovozi. Uning misralarida Vatan ham, muhabbat ham go‘yo bir guldek ochiladi. Shoir so‘zlari qalbni iliqlik bilan o‘rab, insonni sevishga, qadrlashga undaydi.
Uning she’rlarini o‘qiganda go‘yo bahor nafasi, lola va qizg‘aldoqlar hidini his qilgandek bo‘lasan — bu satrlar romantika va mehrga to‘la. 🌹
Choriyeva Mashhura
https://t.me/Oak_jurnallari1/6540
❤️❤️❤️-ishtirokchi
...Menga bir tabassum hadya et, ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan?..
Muhammad Yusuf
Хамидова Мушарраф ✨
https://t.me/Oak_jurnallari1/6539
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Sevgi sadosi
Gulim, mehr ko
zda degani yolgon,
Mening dilimda hech ochmas yolqinsiz,
Qancha korishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bolsak, shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bolak kimim bor yana?..
Siz yoq chogimdagi dunyom begona,
Siz yoq bogimdagi gullar yoqimsiz.
(c) Muhammad Yusuf
Alibekov Toqtarbek
https://t.me/Oak_jurnallari1/6538❤️❤️❤️-ishtirokchi
YURTIM ADO BO'LMAS ARMONLARING BOR...
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor,
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar —
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo‘layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring - mening fig‘onim,
O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor.
Muhammad Yusuf
Xolboboyeva Mehrangiz
https://t.me/Oak_jurnallari1/6537
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Farishtam
Onamning isini taratgan malak,
Tinchligim so‘rab u parvona, halak.
Ko‘nglida g‘ubor yo‘q, buloqday tiniq,
Mehrdan yaralgan, so‘zlari iliq.
Yoshlik yillarimning shirin sirdoshi,
Onamning o‘rni-yu, uyning quyoshi.
Ukam deb doimo qayg‘urgan o‘zi,
Mehrga to‘lib toshar har aytgan so‘zi.
Yiqilsam suyanchim, qorong‘uda nur,
Yuzida tabassum, ko‘zlarida dur.
Oilamiz ko‘rkidir, aziz farishta,
Qadamlari qutlug‘, ko‘ngli sarishta.
Baxtingiz ko‘rganda quvnasin dilim,
Duo qilib turing, ochiqdir yo‘lim.
Siz mening g‘ururim, qadrdon opam,
Siz borsiz – baxtim boʻlmas sira kam...
Tolibjon Atanazarov
https://t.me/Oak_jurnallari1/6536
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Bobodehqonim
Yer aylanar,
Yer aylanar,
Yer yugurib tinmaydi,
Yaktagingning yenglaridan
Ter yugurib tinmaydi,
Qoʻling tegmay bu dunyoda
Bitta giyoh unmaydi,
Tin bilmagan jonim mening,
Bobodehqonim mening.
Oftob chiqar,
Oftob botar,
Choʻgʻlar sochib tanangga,
Bir kungina bormay qoʻysang
Nima qilar dalangga?..
Bir shonacha parvonalar
Boʻlolmaysan bolangga,
Tashnai nolonim mening,
Bobodehqonim mening.
Ish degani faqat senga
Chiqqanmi yo ey moʻmin,
Qora mehnat yoʻrgagingdan
Yuqqanmi yo ey moʻmin?
Onang seni paxtazorda
Tuqqanmi yo ey moʻmin?..
Qadoqqoʻl-tovonim mening,
Bobodehqonim mening.
Yorugʻ yuzim,
Koʻk yorishib
Ketgaydir bir jilmaysang,
Dunyolarni oqqa oʻrab
Qoʻyganingni bilmaysan,
Uyingda ham,
Toʻyingda ham
Paykalingni oʻylaysan,
Sodda dil - iymonim mening,
Bobodehqonim mening.
Kim toliqdi choʻl bagʻrida
Boʻstonlarni yaratib,
Qora dengiz boʻylarida
Kim kezar jon yaratib,
Minbar toʻla gapga chechan
Notiqlarni sayratib,
Oʻzi bezabonim mening,
Bobodehqonim mening.
Shiyponlarda oʻtirarding
Koʻtarolmay belingni,
Semiz vakil maktabidan
Haydab keldi oʻgʻlingni,
Kech kuz edi, yechib berding
Egningdagi toʻningni:
Ol, kiyvol, polvonim mening...
Bobodehqonim mening.
Bolajonim,
Sen-ku kelding,
Joning achib otangga,
Hatto sening mehnatingni
Bilmadilar, attang-a...
Poʻchoqni ham paxta qilib
Topshirganlar Vatanga!..
Topgani talonim mening,
Bobodehqonim mening.
Olam yaralgandan buyon
Dehqon kimni aldabdi,
Dehqon qoʻlin qabartirgan
Ketmon kimni aldabdi,
Oʻzbegimning peshvolari
Oʻzbegimni aldabdi...
Oh, lol-u hayronim mening,
Bobodehqonim mening.
Soddadilim,
Sen-da suyib
Ishonganding ularga,
Tongni tongga ulab mehnat
Qildingmi tulkilarga,
Bir qoʻlingni fursati yoʻq
Bir qoʻlingni silarga,
Mehnati armonim mening,
Bobodehqonim mening.
Jonim bobom,
Gapir sen ham
Bundoq hol-u ahvoling,
Baliq boʻlib uvatlarda
Suzib yurar xayoling,
Seni sotgan olchoqlarga
Yoʻqmidi bir savoling?..
Eh, ogʻir karvonim mening,
Bobodehqonim mening.
Nega xomush yerga boqding,
Boʻyingdan aylanayin,
Shu topda koʻnglingdan kechgan
Oʻyingdan aylanayin:
Arpa ekkan - arpa oʻrar,
Bugʻdoy ekkan - bugʻdoyin!..
Halol tuz-u nonim mening,
Bobodehqonim mening.
Zamin aro tiriklikni
Bor qilguvchi oʻzingsan.
Yo gulzor,
Yo tashnai
Zor qilguvchi oʻzingsan,
Obi hayot taratguvchi
Buyuk suvchi oʻzingsan,
Tinchlikka posbonim mening,
Bobodehqonim mening.
Sen hamisha haq tomonsan,
Sen haqiqat tomonsan,
Inson zotin yorugʻlikka
Yetaklovchi sarbonsan,
Oʻzing bemor,
Oʻzing tabib,
Oʻzing malham, darmonsan,
Bagʻrikeng osmonim mening,
Bobodehqonim mening.
Yer aylanar,
Yer aylanar,
Yer yugurib tinmaydi,
Sening oydek yuzlaringdan
Ter yugurib tinmaydi,
Qoʻling tegmay bu dunyoda
Bitta giyoh unmaydi,
Tin bilmagan jonim mening,
Bobodehqonim mening.
Elim rizqi mudom sening
Peshonangning terida,
Elim rizqi yetilgaydir
Yuragingning qoʻrida,
Savlat toʻkib oʻtirganim
Qurultoylar toʻrida -
Beqasam choponim mening,
Bobodehqonim mening.
Men ham sening tuz-u noning
Ichib yurgan bolangman,
Shoirman deb qushday qoʻnib,
Uchib yurgan bolangman,
Oʻzing bilan paykalda suv
Kechib yurgan bolangman -
Senga bu dostonim mening,
Bobodehqonim mening.
✍Muhammad Yusuf
Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi .
Osiyo Xalqaro universiteti talabasi.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6535
❤️❤️❤️ -ishtirokchi
Orzu
Tug‘ilmasdan oldin men,
Chiqib Arshi a’loga.
Oyni o‘pib, qoldim men,
Yulduzlardan baloga.
Tug‘ilgandan to shu dam,
Qo‘msab kecha-kunduzlar.
Oy qani deb yig‘lasam,
G‘iybat qilar yulduzlar.
Hiqqillama, der yurak,
Dunyo bilan ishim yo‘q.
Bo‘lsa menga Oy kerak,
Yulduzlarga hushim yo‘q.
Ism familiyam: Javohir Buxorov
Muhammad Yusuf she’ridan parcha
https://t.me/Oak_jurnallari1/6534
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Oydan tushganmi ayollar
Maqtasak yuzlarin oy deymiz
Ko'zlarin yulduzga tenglaymiz
O'xshashin osmondan izlaymiz
Yo oydan tushganmi ayollar
O't tushib gohida bu jonga
Dil berdik nozanin janonga
O'ylaymiz termulib osmonga
Yo oydan tushganmi ayollar
Sangirova Dilobarxon.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6533
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
Kumush
Margilonda Kumushni kordim, Koziga yosh olib turibdi. Sochlarini maydalab orib, Otabekni kutib yuribdi.
Tongda turib qalam qoshiga
Osma qoygan ekan quribdi,
Kozdan oqqan achchiq yoshlari
Osmasini yuvib turibdi...
Meni bir oy qiynaydi yomon,
Yana yurak oynaydi yomon. Qoyvor zamin, qoyvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?
Meni bir oy qiynaydi yomon,
Yurak yana oynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Margilon — Qodiriy yoq, Zaynablar omon!
Isoqjonova Naimabonu
https://t.me/Oak_jurnallari1/6532
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusufning so'nggi satrlari:
Rizqim uzilganga o'xshaydi chog'i
Izlama hech qanday tashxis-u malham
Tobora avjlanar dardning o'chog'i
Yetib borolmasam kerak Toshketgacha ham
Tek qo'y, qo'zg'atmagin vujudim og'rir
Ellikqal'a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug'ilib oxir
G'arbida o'lmoqni bitibdi alloh
Ig'vo tarqatmanglar maza bemaza
Mobodo yuz bersa biror bir kor hol
Toshkentda ochmasin hech qanday aza
Sim qoqing, Abdulla Orifga darhol
To'xta aytib qolay jon pishmasidan
Xammasi joyida: seyf, stol, palos.
Faqat, yozuvchilar uyushmasidan
Bir varaq ariza qarzim bor xolos
Aytgancha stolim chap tortmasida
Bir shoir yigitning qo'lyozmasi bor
Adashmasam edi yurtga qasida
Uni nashriyotga taqrizga yubor
Og'zim quriyapti, suv ber bir qultum
Rux o'zin ulfati jondan to'ymoqda
Ex ota bo'lib men nimaham ko'rdim
Yuragim kuymoqda ichim kuymoqda.
Maxmudova Muxlisa
https://t.me/Oak_jurnallari1/6531
❤️❤️❤️-ishtirokchi
YOLG'ONCHILAR
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko'zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg'onchilar, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.
Bag'ri-dilim kuydiradi yolg'onlari, Yonlariga chorlar mohi tobonlari.
Bo'lsam agar men bitta qurbonlari, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.
Ko'hna dunyo, bu qizlaring buncha go'zal, Qarab tursam, ko'klarda oy-kuncha go'zal.
Qancha go'zal bo'lsa, aldar shuncha go'zal!..
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.
Hozir ko'zim yumamanu yerga yotib, Yuragimni sug'uraman qon yig'latib.
Yo'lbarschalar yesin uni kasirlatib —
Yuragimni yo'lbarslarga yediraman.
Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim, Ko'z o'ngimda bo'laqolsin tilim-tilim.
Harom bo'lsin muhabbatsiz ko'rgan kunim, Yuragimni yo'lbarslarga yediraman!..
Ochilova Gulchiroy Azamat qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6530
❤️❤️❤️-ishtirokchi
ONAMGA XAT
Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz - Muhammad Yusuf.
Shodiyeva Shalola Dilshod qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6529
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Mendan nima qolar,
İkki mısra sher
İkki samdiq kitob.
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der..
Men seni öylayman ozimdan koproq.
Lola , lolajonim, lolaqizgaldoq.
Toshmurodova Xolida
https://t.me/Oak_jurnallari1/6528
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Shukur deysan sen qachon
Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo
ymas deydilar.
Nokas ozi toysa ham,
Kozi toymas deydilar.
Boq bir yorug olamga — Kimlar zorga kun korar. Odamlar bor, bogdagi Bulbuldan ham pul sorar. Yolgon dunyo — bu dunyo, Arzon dunyo — bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan Qolgan dunyo — bu dunyo. Kiprikdan ham qisqadir
Mol-u dunyo yollari.
Ibrat bolsin Iskandar
Ochiq ketgan qollari!..
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qoymading odamzod. Tuya toydi, fil toydi,
Sen toymading, odamzod. Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon, Xom sut emgan bandalar?..
Bu uch kunlik dunyoda Savlatigga kerilma.
Qasr qurma, bog qoldir, Davlatingga kerilma.
Oz elingni qaqshatsang,
Xor bolasan ozing ham.
Bir kun shu el mehriga
Zor bolasan o`zing ham!..
Muhammad Yusuf
Bahronova Umida
https://t.me/Oak_jurnallari1/6527❤️❤️❤️-ishtirokchi
Ikki buyuk shoir, ikki musofir -
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni oʻylatmasdi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur...
Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat oʻyni deyinmi yo bir?
Koʻrib qoʻy, Turkiston, ikki shoh bayting–
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Jafo etganga ham jabr etmadik,
Gadoni siyladik goho, xudo bir.
Daholarimiz qadriga yetmadik–
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
abdurashidova Zuxra
https://t.me/Oak_jurnallari1/6526
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Biz baxtli boʻlamiz
Mayli-da, kimgadir yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik?
Biz baxtli bo‘lamiz,
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa —
Uchrasharmidik?..
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom,
Ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig‘lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni chiroyli tuqqan!..
Muhammad YusufMaxmudov Jasurbek Ulugʻbek oʻgʻli TDIU Qoʻshma taʼlim fakulteti magistranti https://t.me/Oak_jurnallari1/6525
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Qiz yo'q uyda sarrin sabo esmaydi, Qiz yo'q uyda jambil-rayhon o'smaydi.
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q,
Qiz otasin har qadamga eslaydi.
Ko'zlariga surgay yurgan izingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz.
Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi, Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi. O'g'il qanday do'st bo'ladi, bilmadim,
Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi.
Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz.
Umr daryo, tolega kim kafildir, Qizning borar joyi bo'lak sohildir. Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir, Qiz bor uyda yorug' bo'lgay yuzingiz,
Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz...
Dunyo ko'rki - shu ko'zlari shahlolar, Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.
Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan, Tohirlarni Tohir qilgan-Zuhrolar.
Qiz tufayli butdir rizq-u ro'zingiz, Qay o'g'ildan kamdir, ayting, qizingiz...
Ayting, kimning paymonasi to'lmagan,
Qiz bor-ota yot bag'rida o'lmagan. O'g'lim yo'q deb o'kinganlar-johillar, Hatto Muhammadning o'g'li bo'lmagan!..
Bilib ayting aytganda har so'zingiz
Qay oʻgʻildan kamdir ayting qizingiz
Feruza Oʻroqboyeva
https://t.me/Oak_jurnallari1/6524
