Ilm-fan raqamlarda
Kanalga Telegram’da o‘tish
O‘zbekiston OTMlarida olib borilayotgan, ilmiy va innovatsion faoliyatni raqamlar, ko‘rsatkichlar va ochiq manbalar asosida yorituvchi monitoring kanali. 📊 Haftalik ilmiy statistikalar 🏫 OTMlar kesimida tahlil 🗞 Ilm-fan raqamlarda 901034 @DostOnSaidoff
Ko'proq ko'rsatish1 542
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-127 kunlar
-3830 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyun '26
Iyun '26
+26
7 kanalda
May '26
+15
2 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+62
1 kanalda
Get PRO
Mart '26
+31
6 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+1 804
14 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 27 Iyun | 0 | |||
| 26 Iyun | +3 | |||
| 25 Iyun | +1 | |||
| 24 Iyun | 0 | |||
| 23 Iyun | +1 | |||
| 22 Iyun | 0 | |||
| 21 Iyun | 0 | |||
| 20 Iyun | 0 | |||
| 19 Iyun | 0 | |||
| 18 Iyun | +2 | |||
| 17 Iyun | +1 | |||
| 16 Iyun | +1 | |||
| 15 Iyun | +2 | |||
| 14 Iyun | 0 | |||
| 13 Iyun | 0 | |||
| 12 Iyun | +2 | |||
| 11 Iyun | 0 | |||
| 10 Iyun | +6 | |||
| 09 Iyun | +1 | |||
| 08 Iyun | 0 | |||
| 07 Iyun | 0 | |||
| 06 Iyun | 0 | |||
| 05 Iyun | 0 | |||
| 04 Iyun | +2 | |||
| 03 Iyun | +1 | |||
| 02 Iyun | 0 | |||
| 01 Iyun | +3 |
Kanal postlari
Endi ilmiy rahbarlarga ham talab kuchayadi!
2027-yildan boshlab ilmiy rahbarlik uchun har oy to‘lanadigan haq bekor qilinadi. Buning o‘rniga, doktorant o‘z vaqtida himoya qilsa, ilmiy rahbarga bir martalik rag‘batlantirish to‘lanadi.
💰 Agar ilmiy rahbarning Hirsh indeksi 5 dan kam bo‘lsa — MHEKMning 40 baravari, ya'ni 54,4 mln so‘mgacha;
💰 Agar Hirsh indeksi 5 va undan yuqori bo‘lsa — MHEKMning 80 baravari, ya'ni 108,8 mln so‘mgacha rag‘batlantirish beriladi.
Demak, Hirsh indeksiga ega bo‘lmagan ilmiy rahbar, shogirdi muvaffaqiyatli himoya qilgan taqdirda ham ushbu rag‘batlantirishni ololmaydi.
Bu islohotning asosiy maqsadi aniq, endi nafaqat doktorant, balki ilmiy rahbar ham xalqaro ilmiy bazalarda faol bo‘lishi, iqtiboslari va Hirsh indeksini oshirish ustida ishlashi kerak. Endi natija ham, ilmiy faollik ham rag‘batlantiriladi.
(#)
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
| 2 | 📊 USTUVOR YO‘NALISHLAR: №4
🧬 TIBBIYOT VA BIOTEXNOLOGIYALAR
Nima uchun ustuvor?⚡️
Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, kasalliklarning oldini olish va inson umrini uzaytirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Genetika, biomeditsina va biotexnologiyalar yaqin o‘n yilliklarda dunyo iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
🔍 Tadqiqot yo‘nalishlari:
• Genetika va genomika
• Biomeditsina
• Farmatsevtika
• Telemeditsina
• Yuqumli kasalliklar profilaktikasi
• Bioinformatika
• Regenerativ tibbiyot
🎓 Yetakchi OTM va tashkilotlar:
• Toshkent tibbiyot akademiyasi
• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
• Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
• Genomika va bioinformatika markazi
• Fanlar akademiyasi tizimidagi biologik institutlar
💼 Kelajak kasblari:
• Genetik
• Bioinformatik
• Biotexnolog
• Klinik tadqiqotchi
• Farmatsevtik tadqiqotchi
• Molekulyar biolog
🚀 Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
✅ Xalqaro tibbiyot grantlari
✅ Zamonaviy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish
✅ Farmatsevtika va biotexnologiya startaplari
✅ Xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik
📌 Qiziqarli fakt:
Dunyo bo‘yicha biotexnologiya bozori 2030-yilgacha bir necha baravar o‘sishi prognoz qilinmoqda.
#UstuvorYonalislar #Biotexnologiya #Tibbiyot #PhD #IlmFan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 340 |
| 3 | 23-iyun — Davlat xizmati kuni
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natija berishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz hamda kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 365 |
| 4 | 📊 USTUVOR YO‘NALISHLAR: №3
🌾 AGROINNOVATSIYALAR VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
Nima uchun ustuvor?⚡️
Aholi sonining o‘sishi va iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni talab qilmoqda.
🔍 Tadqiqot yo‘nalishlari:
• Selektsiya
• Urug‘chilik
• Gen texnologiyalari
• Aqlli qishloq xo‘jaligi
• Agrobiotexnologiya
🎓 Yetakchi tashkilotlar:
• Toshkent davlat agrar universiteti
• Genomika va bioinformatika markazi
• Qishloq xo‘jaligi ilmiy markazlari
💼 Kelajak kasblari:
• Agrobiotexnolog
• Genetik
• Agromuhandis
• Precision Agriculture Specialist
🚀 Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi loyihalari
✅ Xalqaro grantlar
✅ Innovatsion startaplar yaratish
#Agroinnovatsiya #IlmFan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 405 |
| 5 | 📚 Ilm yo‘lida tanlovlar
Ko‘pchilik dissertatsiya yoki maqola mavzusida ikkilanadi. To‘g‘ri tanlov keyingi natijaga ta’sir qiladi.
💬 Savol:
Sizningcha, mavzu tanlashda qaysi omil ustun bo‘lishi kerak: shaxsiy qiziqishmi yoki grant/jurnal talabi?
✍️ Izohlarda sababini ham yozib qoldirsangiz, muhokama yanada mazmunli bo‘ladi. | 385 |
| 6 | 📊 USTUVOR YO‘NALISHLAR: №2
⚛️ ATOM ENERGETIKASI VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA
Nima uchun ustuvor?⚡️
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab yil sayin ortmoqda. Atom energetikasi va yashil energiya mamlakat energetik xavfsizligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.
🔍 Tadqiqot yo‘nalishlari:
• Atom energetikasi
• Quyosh energetikasi
• Shamol energetikasi
• Vodorod texnologiyalari
• Energiya saqlash tizimlari
🎓 Yetakchi OTMlar:
• Toshkent davlat texnika universiteti
• Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
• Toshkent kimyo-texnologiya instituti
💼 Kelajak kasblari:
• Nuclear Engineer
• Renewable Energy Engineer
• Energy Analyst
• Hydrogen Technology Specialist
🚀 Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
✅ Strategik davlat loyihalarida ishtirok
✅ Xalqaro laboratoriyalar bilan hamkorlik
✅ Yuqori talabga ega mutaxassislik
#Energetika #PhD #IlmFan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 558 |
| 7 | 🇺🇿🇹🇷 Oliy ta’limning raqamli kelajagi: 12 million dollarlik memorandum imzolandi.
V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2026) doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi hamda Turkiyaning Sabanci DX va ICT Bulut Bilişim A.Ş. (Bulutistan) kompaniyalari o‘rtasida 12 million AQSH dollari miqdoridagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
📌 Loyiha doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich zamonaviy bulutli infratuzilmaga o‘tkazish, universitetlarning IT tizimlarini modernizatsiya qilish hamda ilg‘or bulutli texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
🎓 Ushbu tashabbus oliy ta’lim muassasalarida raqamli xizmatlar sifatini oshirish, ma’lumotlar xavfsizligini kuchaytirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish uchun muhim zamin yaratadi.
💰 Memorandum qiymati: 12 million AQSH dollari.
#IlmFanRaqamlarda #TIIF2026 #DigitalUniversity #CloudComputing #AI #HigherEducation #TIIF_2026 (#)
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 561 |
| 8 | 🏭🔬 Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda!
Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari Qorovulbozor tumanidagi “TEKHNOCHEM” MCHJ korxonasida tashkil etilgan texnoturda ishtirok etdilar.
⚙️ Texnotur davomida neft va gazni qayta ishlash sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda innovatsion uskunalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, korxona va universitet o‘rtasida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yangi texnologik yechimlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
🚀 Bugungi kunda kuchli iqtisodiyotning asosi — ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligidir. Bunday texnoturlar esa nazariya va amaliyot o‘rtasidagi masofani qisqartirib, innovatsion rivojlanishga xizmat qiladi.
#BuxDTU #Texnotur #TEKHNOCHEM #NeftVaGaz #Innovatsiya #IlmFan #IshlabChiqarish #IlmFanRaqam
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 516 |
| 9 | 🇺🇿🇺🇸 O‘zbekiston oliy taʼlimining xalqaro integratsiyasi: “American Councils” bilan yangi kelishuvlar.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF—2026) doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda Amerikaning nufuzli xalqaro ta’lim tashkiloti — American Councils Bosh strategiya direktori Carter R. Johnson o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Muzokaralar markazida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, universitetlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ilm-fan natijalarini iqtisodiyotga integratsiya qilish masalalari turdi.
🔹 Top-100 sari harakat
Mahalliy universitetlarning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, ta’lim muhitini global standartlarga moslashtirish hamda dunyoning eng kuchli 100 ta oliygohi qatoriga kirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔹 Universitetdan bozorga: “Spinoff” modeli
AQSh tajribasi asosida universitetlar qoshida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtiruvchi va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga olib chiqadigan “Spinoff” korxonalarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Akademik almashinuvlar kengayadi
Talabalar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar uchun AQShning yetakchi universitetlari bilan yangi maqsadli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni tizimli ravishda amalga oshirishga kelishib oldilar.
📊 Ilm-fan va innovatsiyalar iqtisodiy rivojlanishning asosiy drayveriga aylanayotgan bugungi davrda, universitetlarning “Spinoff” korxonalar orqali real sektor bilan integratsiyasi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
(#)
#TIIF2026 #AmericanCouncils #OliyTalim #Innovation #Spinoff #IlmFanRaqamlarda #Uzbekistan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 439 |
| 10 | 🏭🔬 Ilm-fan va sanoat integratsiyasi sari navbatdagi qadam.
Buxoro davlat texnika universiteti vakillari “Chirchiq” kimyo industrial texnoparkiga tashrif buyurib, texnoturda ishtirok etdilar.
⚗️ Mazkur tashrif davomida kimyo sanoatidagi zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion loyihalar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlik istiqbollari o‘rganildi.
🚀 Universitetning ilmiy salohiyatini real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, talabalar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega loyihalarni rivojlantirish ushbu texnoturning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.
🤝 Ilm-fan, ta’lim va sanoat hamkorligi kuchaygan sari innovatsion iqtisodiyotning poydevori ham mustahkamlanadi.
#BuxDTU #Texnotur #KimyoSanoati #Innovatsiya #Texnopark #IlmFanRaqamlarda #Industry4_0
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 408 |
| 11 | RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Uzluksiz ta’lim tizimida malakali mutaxassislarni tayyorlashning muammo va yechimlari: 5E modeli mohiyati, xalqaro tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjuman “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” hamda “Maktabgacha ta’lim” kafedralari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.
Tadbir davomida malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini oshirishga oid ilmiy ma’ruzalar tinglanmoqda.
Anjuman doirasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va 5E modeli asosida samarali ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashilmoqda.
⭐Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi — taraqqiyotning muhim omili!
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 393 |
| 12 | 🏛🎓 Buxoro davlat texnika universitetida navbatdagi PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
👨🎓 Adizov Sardor Rashidovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📘 Ixtisoslik:
08.00.13 – Iqtisodiyot va menejment
📌 Dissertatsiya mavzusi:
“Mintaqa tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishda bojxona mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish”
🌍 Bugungi globallashuv sharoitida tashqi savdo iqtisodiy o‘sishning muhim drayverlaridan biri hisoblanadi. Mintaqalar eksport salohiyatini oshirish, logistika jarayonlarini soddalashtirish va xalqaro savdo oqimlarini jadallashtirishda samarali bojxona mexanizmlarining o‘rni beqiyosdir.
📈 Mazkur tadqiqot tashqi savdo faoliyatini yanada rivojlantirish, bojxona tizimi samaradorligini oshirish hamda hududlarning xalqaro iqtisodiy integratsiyadagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🚀 Ilmiy izlanishlar natijalari mintaqalar eksport-import faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalarni shakllantirishga zamin yaratadi.
👏 Adizov Sardor Rashidovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDTU #PhD #Iqtisodiyot #Menejment #TashqiSavdo #Bojxona #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 394 |
| 13 | 🏛🎓 PhD ilmiy darajasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
👨🎓 Ermonov Sherzod Ibrayim o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi sifatida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📘 Ixtisoslik:
13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
📌 Dissertatsiya mavzusi:
“Talabalarga pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”
💻 Bugungi raqamli transformatsiya davrida ta’lim jarayoniga zamonaviy dasturiy vositalarni samarali integratsiya qilish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
🚀 Mazkur tadqiqot raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
👏 Ermonov Sherzod Ibrayim o‘g‘lini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#PhD #RaqamliTalim #Pedagogika #Dissertatsiya #IlmFanRaqamlarda #GDPI
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 360 |
| 14 | 📊 USTUVOR YO‘NALISHLAR: №1
🤖 SUN'IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Nima uchun ustuvor?⚡️
Bugungi kunda sun'iy intellekt iqtisodiyot, ta'lim, tibbiyot, transport va davlat boshqaruvining barcha sohalariga kirib bormoqda. O‘zbekiston ham raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida ushbu yo‘nalishni ustuvor deb belgiladi.
🔍 Tadqiqot yo‘nalishlari:
• Sun'iy intellekt
• Kiberxavfsizlik
• Big Data va ma'lumotlar tahlili
• Kompyuter ko‘rish texnologiyalari
• Raqamli platformalar
• Robototexnika
🎓 Yetakchi OTMlar:
• TATU
• Yangi O‘zbekiston universiteti
• INHA University in Tashkent
• Turin Politexnika Universiteti
💼 Kelajak kasblari:
• AI Engineer
• Data Scientist
• Machine Learning Engineer
• Cybersecurity Analyst
• Prompt Engineer
🚀 Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
✅ 1,7 baravar stipendiya
✅ Qo‘shimcha moliyalashtirish
✅ Xalqaro grantlarda ishtirok
✅ Yuqori talabga ega ilmiy mavzular
#UstuvorYonalislar #AI #PhD #IlmFan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 450 |
| 15 | 🧠 Ilmiy hamjamiyatga murojaat
Ilmiy maqola — bu faqat natija emas, balki uzoq jarayon. Har bir bosqichning o‘z sinovi bor.
💬 Savol:
Scopus jurnalida maqola tayyorlash jarayonida siz uchun eng qiyin bosqich qaysi bo‘lgan?
✍️ Izohlarda qisqacha tajribangizni yozsangiz, ayniqsa yosh tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ladi. | 400 |
| 16 | 🌱🏆 Buxoro davlat texnika universiteti vakili xalqaro ekologik startaplar ko‘rgazmasida muvaffaqiyat qozondi!
🌍 “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida Buxoro davlat texnika universiteti vakillari o‘zlarining innovatsion startap loyihalari bilan munosib ishtirok etdilar.
👨🔬 Sanoat ekologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Muxriddin Yoqubov hamda talaba Muinjon Naimov ekologiya, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi innovatsion ishlanmalarini xalqaro ekspertlar e’tiboriga havola etdilar.
🎉 Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, Muxriddin Yoqubovning innovatsion startap loyihasi yuqori baholanib, muallif 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
♻️ “Eco Expo Central Asia 2026” ko‘rgazmasi ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topish, yashil texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.
🚀 Ushbu yutuq Buxoro davlat texnika universitetida ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik uyg‘unligi natijasida yaratilayotgan istiqbolli loyihalarning yana bir yorqin namunasidir.
👏 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz va yangi ilmiy-innovatsion muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDTU #EcoExpo2026 #Startup #Innovation #GreenTechnology #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 529 |
| 17 | Xalqaro energetika kompaniyasi vakillari Buxoro davlat texnika universitetida!!!
🌍 Buxoro davlat texnika universitetiga dunyoning yirik energetika kompaniyalaridan biri — “Energy China” vakillari tashrif buyurdi.
👥 Tashrif doirasida kompaniyaning O‘zbekistondagi rahbar va muhandislari tomonidan “Elektr va energetika muhandisligi” yo‘nalishi talabalari uchun seminar tashkil etildi.
☀️🌬 Seminar davomida:
▪️ quyosh elektr stansiyalari;
▪️ shamol elektr stansiyalari;
▪️ qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
▪️ yirik xalqaro energetika loyihalari
haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
🚀 Talabalar kompaniyada amaliyot o‘tash, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda energetika sohasidagi zamonaviy kasbiy imkoniyatlar bilan tanishdilar.
💡 Bugungi talaba — ertangi muhandis.
Bugungi seminar esa ertangi yirik loyihalarga ochilgan eshikdir.
🌱 Yashil energetika va xalqaro hamkorlik — barqaror kelajak sari muhim qadam.
#BuxDTU #EnergyChina #Energetika #YashilEnergetika #XalqaroHamkorlik #IlmFanRaqamlarda #FutureEngineers
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 438 |
| 18 | 📊2025-YILDA ENG FAOL 10 TA ILMIY YO‘NALISH
2025-yilda ilmiy himoyalar, ilmiy tadqiqotlar va doktorlik dissertatsiyalari e’lonlari tahliliga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar eng faol fanlar qatoridan joy oldi:
🥇 Pedagogika
🥈 Filologiya
🥉 Iqtisodiyot
4️⃣ Tibbiyot
5️⃣ Qishloq xo‘jaligi
6️⃣ Kimyo
7️⃣ Tarix
8️⃣ Texnika fanlari
9️⃣ Fizika-matematika fanlari
🔟 Biologiya
📌 Kuzatuv shuni ko‘rsatadiki, 2025-yilda ilmiy faollikning asosiy qismi ta’lim, tilshunoslik, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda jamlangan. (#)
Ayniqsa, PhD himoyalarida pedagogika va filologiya yo‘nalishlari yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, DSc himoyalarida iqtisodiyot, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi fanlari sezilarli ulushga ega.
#IlmFanRaqamlarda #PhD #DSc #IlmFan #Statistika
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 431 |
| 19 | #bilarmidingiz
📊 2025-yilda O‘zbekistonning eng faol 10 ta universiteti
2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik, innovatsion faoliyat, startap ekotizimi, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi hamda yirik forum va tadbirlardagi faolligi bilan quyidagi universitetlar alohida ajralib turdi:
🥇 Fargʻona davlat texnika universiteti
🥈 Jizzax davlat pedagogika universiteti
🥉 Olmaliq davlat texnika instituti
🔹 Samarqand davlat universiteti
🔹 Andijon davlat texnika instituti
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🔹 Buxoro davlat universiteti
🔹 Toshkent davlat agrar universiteti
🔹 Andijon davlat universiteti
🏆 Ushbu universitetlar quyidagi yo‘nalishlarda yuqori faollik namoyon etdi:
✅ Xalqaro hamkorlik va qo‘shma dasturlar
✅ Startap va innovatsion loyihalar
✅ Ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi
✅ Xorijiy universitetlar bilan memorandumlar
✅ Talabalar va yosh olimlar tashabbuslari
✅ Forum, festival va xalqaro konferensiyalar
✅ Hududiy rivojlanish va sanoat bilan hamkorlik
📌 2025-yilda universitetlar o‘rtasidagi raqobat endi nafaqat ta’lim sifati, balki innovatsiya, xalqaro maydondagi faollik va iqtisodiyot bilan integratsiya darajasi orqali ham belgilanayotganini ko‘rish mumkin.
#IlmFanRaqamlarda #TOP10OTM #Universitetlar2025 #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 5 855 |
| 20 | Germaniyaning xalqaro akkreditatsiya agentligi (FIBAA) vakillari bilan ta’lim sifatini oshirish va xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi
Bugun Toshkent davlat transport universitetida Germaniyaning xalqaro akkreditatsiya agentligi — FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda FIBAA boshqaruvi direktori Nina Rotermund, FIBAA xalqaro akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i Yuliya Bleshmudt hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ruxsora Abdurahmonova ishtirok etdilar.
Universitet tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Said Shaumarov hamda Ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Botir Ibragimov qatnashdilar.
Muloqot davomida oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, xalqaro dastur akkreditatsiyasi jarayonlari, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida baholash hamda universitetda xalqaro akkreditatsiyani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va kelgusida xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishida yaqindan hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) Germaniya, Shveysariya va Avstriya biznes hamjamiyatlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro akkreditatsiya agentligi bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim dasturlarini Yevropa standartlari asosida baholash hamda akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan nufuzli tashkilot hisoblanadi.
#tdtru #hamkorlik #xalqaro #transport
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 482 |
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
