Ilm-fan raqamlarda
Ir al canal en Telegram
O‘zbekiston OTMlarida olib borilayotgan, ilmiy va innovatsion faoliyatni raqamlar, ko‘rsatkichlar va ochiq manbalar asosida yorituvchi monitoring kanali. 📊 Haftalik ilmiy statistikalar 🏫 OTMlar kesimida tahlil 🗞 Ilm-fan raqamlarda @DostOnSaidoff
Mostrar más1 558
Suscriptores
+224 horas
-87 días
-4330 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
junio '26
junio '26
+17
en 7 canales
mayo '26
+15
en 2 canales
Get PRO
abril '26
+62
en 1 canales
Get PRO
marzo '26
+31
en 6 canales
Get PRO
febrero '26
+1 804
en 14 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 16 junio | 0 | |||
| 15 junio | +2 | |||
| 14 junio | 0 | |||
| 13 junio | 0 | |||
| 12 junio | +2 | |||
| 11 junio | 0 | |||
| 10 junio | +6 | |||
| 09 junio | +1 | |||
| 08 junio | 0 | |||
| 07 junio | 0 | |||
| 06 junio | 0 | |||
| 05 junio | 0 | |||
| 04 junio | +2 | |||
| 03 junio | +1 | |||
| 02 junio | 0 | |||
| 01 junio | +3 |
Publicaciones del Canal
+2
🏭🔬 Ilm-fan va sanoat integratsiyasi sari navbatdagi qadam.
Buxoro davlat texnika universiteti vakillari “Chirchiq” kimyo industrial texnoparkiga tashrif buyurib, texnoturda ishtirok etdilar. ⚗️ Mazkur tashrif davomida kimyo sanoatidagi zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion loyihalar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlik istiqbollari o‘rganildi. 🚀 Universitetning ilmiy salohiyatini real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, talabalar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega loyihalarni rivojlantirish ushbu texnoturning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi. 🤝 Ilm-fan, ta’lim va sanoat hamkorligi kuchaygan sari innovatsion iqtisodiyotning poydevori ham mustahkamlanadi.#BuxDTU #Texnotur #KimyoSanoati #Innovatsiya #Texnopark #IlmFanRaqamlarda #Industry4_0 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
| 2 | RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Uzluksiz ta’lim tizimida malakali mutaxassislarni tayyorlashning muammo va yechimlari: 5E modeli mohiyati, xalqaro tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjuman “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” hamda “Maktabgacha ta’lim” kafedralari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.
Tadbir davomida malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini oshirishga oid ilmiy ma’ruzalar tinglanmoqda.
Anjuman doirasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va 5E modeli asosida samarali ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashilmoqda.
⭐Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi — taraqqiyotning muhim omili!
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 252 |
| 3 | 🏛🎓 Buxoro davlat texnika universitetida navbatdagi PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
👨🎓 Adizov Sardor Rashidovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📘 Ixtisoslik:
08.00.13 – Iqtisodiyot va menejment
📌 Dissertatsiya mavzusi:
“Mintaqa tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishda bojxona mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish”
🌍 Bugungi globallashuv sharoitida tashqi savdo iqtisodiy o‘sishning muhim drayverlaridan biri hisoblanadi. Mintaqalar eksport salohiyatini oshirish, logistika jarayonlarini soddalashtirish va xalqaro savdo oqimlarini jadallashtirishda samarali bojxona mexanizmlarining o‘rni beqiyosdir.
📈 Mazkur tadqiqot tashqi savdo faoliyatini yanada rivojlantirish, bojxona tizimi samaradorligini oshirish hamda hududlarning xalqaro iqtisodiy integratsiyadagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🚀 Ilmiy izlanishlar natijalari mintaqalar eksport-import faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalarni shakllantirishga zamin yaratadi.
👏 Adizov Sardor Rashidovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDTU #PhD #Iqtisodiyot #Menejment #TashqiSavdo #Bojxona #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 268 |
| 4 | 🏛🎓 PhD ilmiy darajasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
👨🎓 Ermonov Sherzod Ibrayim o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi sifatida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
📘 Ixtisoslik:
13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
📌 Dissertatsiya mavzusi:
“Talabalarga pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”
💻 Bugungi raqamli transformatsiya davrida ta’lim jarayoniga zamonaviy dasturiy vositalarni samarali integratsiya qilish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
🚀 Mazkur tadqiqot raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
👏 Ermonov Sherzod Ibrayim o‘g‘lini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#PhD #RaqamliTalim #Pedagogika #Dissertatsiya #IlmFanRaqamlarda #GDPI
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 273 |
| 5 | 📊 USTUVOR YO‘NALISHLAR: №1
🤖 SUN'IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Nima uchun ustuvor?⚡️
Bugungi kunda sun'iy intellekt iqtisodiyot, ta'lim, tibbiyot, transport va davlat boshqaruvining barcha sohalariga kirib bormoqda. O‘zbekiston ham raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida ushbu yo‘nalishni ustuvor deb belgiladi.
🔍 Tadqiqot yo‘nalishlari:
• Sun'iy intellekt
• Kiberxavfsizlik
• Big Data va ma'lumotlar tahlili
• Kompyuter ko‘rish texnologiyalari
• Raqamli platformalar
• Robototexnika
🎓 Yetakchi OTMlar:
• TATU
• Yangi O‘zbekiston universiteti
• INHA University in Tashkent
• Turin Politexnika Universiteti
💼 Kelajak kasblari:
• AI Engineer
• Data Scientist
• Machine Learning Engineer
• Cybersecurity Analyst
• Prompt Engineer
🚀 Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
✅ 1,7 baravar stipendiya
✅ Qo‘shimcha moliyalashtirish
✅ Xalqaro grantlarda ishtirok
✅ Yuqori talabga ega ilmiy mavzular
#UstuvorYonalislar #AI #PhD #IlmFan
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 320 |
| 6 | 🧠 Ilmiy hamjamiyatga murojaat
Ilmiy maqola — bu faqat natija emas, balki uzoq jarayon. Har bir bosqichning o‘z sinovi bor.
💬 Savol:
Scopus jurnalida maqola tayyorlash jarayonida siz uchun eng qiyin bosqich qaysi bo‘lgan?
✍️ Izohlarda qisqacha tajribangizni yozsangiz, ayniqsa yosh tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ladi. | 307 |
| 7 | 🌱🏆 Buxoro davlat texnika universiteti vakili xalqaro ekologik startaplar ko‘rgazmasida muvaffaqiyat qozondi!
🌍 “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida Buxoro davlat texnika universiteti vakillari o‘zlarining innovatsion startap loyihalari bilan munosib ishtirok etdilar.
👨🔬 Sanoat ekologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Muxriddin Yoqubov hamda talaba Muinjon Naimov ekologiya, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi innovatsion ishlanmalarini xalqaro ekspertlar e’tiboriga havola etdilar.
🎉 Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, Muxriddin Yoqubovning innovatsion startap loyihasi yuqori baholanib, muallif 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
♻️ “Eco Expo Central Asia 2026” ko‘rgazmasi ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topish, yashil texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.
🚀 Ushbu yutuq Buxoro davlat texnika universitetida ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik uyg‘unligi natijasida yaratilayotgan istiqbolli loyihalarning yana bir yorqin namunasidir.
👏 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz va yangi ilmiy-innovatsion muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDTU #EcoExpo2026 #Startup #Innovation #GreenTechnology #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 389 |
| 8 | Xalqaro energetika kompaniyasi vakillari Buxoro davlat texnika universitetida!!!
🌍 Buxoro davlat texnika universitetiga dunyoning yirik energetika kompaniyalaridan biri — “Energy China” vakillari tashrif buyurdi.
👥 Tashrif doirasida kompaniyaning O‘zbekistondagi rahbar va muhandislari tomonidan “Elektr va energetika muhandisligi” yo‘nalishi talabalari uchun seminar tashkil etildi.
☀️🌬 Seminar davomida:
▪️ quyosh elektr stansiyalari;
▪️ shamol elektr stansiyalari;
▪️ qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
▪️ yirik xalqaro energetika loyihalari
haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
🚀 Talabalar kompaniyada amaliyot o‘tash, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda energetika sohasidagi zamonaviy kasbiy imkoniyatlar bilan tanishdilar.
💡 Bugungi talaba — ertangi muhandis.
Bugungi seminar esa ertangi yirik loyihalarga ochilgan eshikdir.
🌱 Yashil energetika va xalqaro hamkorlik — barqaror kelajak sari muhim qadam.
#BuxDTU #EnergyChina #Energetika #YashilEnergetika #XalqaroHamkorlik #IlmFanRaqamlarda #FutureEngineers
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 379 |
| 9 | 📊2025-YILDA ENG FAOL 10 TA ILMIY YO‘NALISH
2025-yilda ilmiy himoyalar, ilmiy tadqiqotlar va doktorlik dissertatsiyalari e’lonlari tahliliga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar eng faol fanlar qatoridan joy oldi:
🥇 Pedagogika
🥈 Filologiya
🥉 Iqtisodiyot
4️⃣ Tibbiyot
5️⃣ Qishloq xo‘jaligi
6️⃣ Kimyo
7️⃣ Tarix
8️⃣ Texnika fanlari
9️⃣ Fizika-matematika fanlari
🔟 Biologiya
📌 Kuzatuv shuni ko‘rsatadiki, 2025-yilda ilmiy faollikning asosiy qismi ta’lim, tilshunoslik, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda jamlangan. (#)
Ayniqsa, PhD himoyalarida pedagogika va filologiya yo‘nalishlari yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, DSc himoyalarida iqtisodiyot, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi fanlari sezilarli ulushga ega.
#IlmFanRaqamlarda #PhD #DSc #IlmFan #Statistika
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 381 |
| 10 | #bilarmidingiz
📊 2025-yilda O‘zbekistonning eng faol 10 ta universiteti
2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik, innovatsion faoliyat, startap ekotizimi, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi hamda yirik forum va tadbirlardagi faolligi bilan quyidagi universitetlar alohida ajralib turdi:
🥇 Fargʻona davlat texnika universiteti
🥈 Jizzax davlat pedagogika universiteti
🥉 Olmaliq davlat texnika instituti
🔹 Samarqand davlat universiteti
🔹 Andijon davlat texnika instituti
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🔹 Buxoro davlat universiteti
🔹 Toshkent davlat agrar universiteti
🔹 Andijon davlat universiteti
🏆 Ushbu universitetlar quyidagi yo‘nalishlarda yuqori faollik namoyon etdi:
✅ Xalqaro hamkorlik va qo‘shma dasturlar
✅ Startap va innovatsion loyihalar
✅ Ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi
✅ Xorijiy universitetlar bilan memorandumlar
✅ Talabalar va yosh olimlar tashabbuslari
✅ Forum, festival va xalqaro konferensiyalar
✅ Hududiy rivojlanish va sanoat bilan hamkorlik
📌 2025-yilda universitetlar o‘rtasidagi raqobat endi nafaqat ta’lim sifati, balki innovatsiya, xalqaro maydondagi faollik va iqtisodiyot bilan integratsiya darajasi orqali ham belgilanayotganini ko‘rish mumkin.
#IlmFanRaqamlarda #TOP10OTM #Universitetlar2025 #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 5 129 |
| 11 | Germaniyaning xalqaro akkreditatsiya agentligi (FIBAA) vakillari bilan ta’lim sifatini oshirish va xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi
Bugun Toshkent davlat transport universitetida Germaniyaning xalqaro akkreditatsiya agentligi — FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda FIBAA boshqaruvi direktori Nina Rotermund, FIBAA xalqaro akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i Yuliya Bleshmudt hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ruxsora Abdurahmonova ishtirok etdilar.
Universitet tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Said Shaumarov hamda Ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Botir Ibragimov qatnashdilar.
Muloqot davomida oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, xalqaro dastur akkreditatsiyasi jarayonlari, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida baholash hamda universitetda xalqaro akkreditatsiyani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va kelgusida xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishida yaqindan hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) Germaniya, Shveysariya va Avstriya biznes hamjamiyatlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro akkreditatsiya agentligi bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim dasturlarini Yevropa standartlari asosida baholash hamda akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan nufuzli tashkilot hisoblanadi.
#tdtru #hamkorlik #xalqaro #transport
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 434 |
| 12 | 📊 2025-yilda qaysi fan yo‘nalishlarida eng ko‘p dissertatsiya himoya qilindi?
[2025-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha]
UzA | Ilm-fan Telegram kanalida e'lon qilingan himoya postlari asosida tayyorlangan dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, eng faol yo‘nalishlar quyidagicha:
🥇 Iqtisodiyot fanlari — 909 ta
🥈 Pedagogika fanlari — 873 ta
🥉 Tibbiyot fanlari — 778 ta
Shuningdek, texnika, filologiya, tarix, yuridik, biologiya, fizika-matematika, qishloq xo‘jaligi va kimyo fanlari yo‘nalishlarida ham yuzlab dissertatsiyalar himoya qilingan.
📈 Tahlillar amaliy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar faolligi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.
📌 Fanlar kesimidagi to‘liq statistika infografikada.
#IlmFanRaqamlarda #PhD #DSc #IlmFan #Dissertatsiya #Statistika #OAK
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 324 |
| 13 | 🏛🌍 Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida oliy ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
🤝 Buxoro davlat texnika universitetida “Oliy ta’limda boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” mavzusidagi xalqaro seksiya bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, zamonaviy oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
📚 Muhokamalarning asosiy yo‘nalishlari:
▪️ oliy ta’limda boshqaruv samaradorligini oshirish;
▪️ ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;
▪️ xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
▪️ ijtimoiy transformatsiya sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish.
💡 Tadbir davomida sifat menejmenti, innovatsion boshqaruv mexanizmlari va ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
🎓 Kuchli universitet — bu nafaqat bilim beruvchi maskan, balki jamiyat taraqqiyotini boshqaruvchi intellektual markazdir.
#BuxDTU #XalqaroForum #OliyTalim #Ta’limSifati #XalqaroHamkorlik #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 292 |
| 14 | O'zbekiston ilmiy darajalari: o'sish ko'rsatkichlari va sifat savoli
Raqam hayratlanarli: 2013–2016 yillarda butun mamlakatda bor-yo'g'i 101 ta doktorlik darajasi berilgan. Keyingi 7 yilda — 2016 yildan 2023 yilgacha — 4 200 ta PhD va 1 400 ga yaqin DSc darajasi berildi. Bu o'sish 54 barobar. Ammo raqamning ortida qanday haqiqat yashiringan? Springer
📊 Tizim qanday ishlaydi
O'zbekistonda ilmiy daraja olish ikki bosqichli yo'l:
1-bosqich — PhD (Falsafa doktori) — Davomiyligi: 3 yil — Talab: kamida 1 ta ilmiy maqola + 2 ta tezis — OAK imtihonlari topshiriladi
2-bosqich — DSc (Fan doktori) — Davomiyligi: yana 3 yil (jami 6 yil) — Talab: kamida 15 ta ilmiy ish, jumladan 10 ta jurnal maqolasi (bittasi xalqaro nufuzli jurnalda) — OAK imtihonlari yo'q — faqat himoya ResearchGate
Bu tizim 2016 yilda qayta joriy qilindi. 2012–2016 yillarda bir bosqichli DSc tizimi amal qilgan edi.
📈 O'sishning sababi: moliviy rag'batlar
Nega doktorantlar soni shunchalar tez oshdi? Javob iqtisodiy:
— PhD darajasi uchun ish haqiga +30% ustama — DSc darajasi uchun +60% ustama — Davlat byudjeti hisobidan bepul o'qish va stipendiya — Oliy ta'limda lavozim talabi: professor unvoni uchun ilmiy daraja majburiy
2016–2020 yillar orasida o'rtacha professor-o'qituvchi maoshi uch barobar, professor unvoniliklar esa to'rt barobar oshdi — bu akademik kareraga talabni keskin oshirdi. Natija: doktoranturaga borish ratsional iqtisodiy qaror bo'ldi. Springer
⚠️ Asosiy muammo: sifat yoki miqdor?
Raqamlar o'sdi — ammo sifat savoli ochiq qolmoqda.
O'zbekistonlik tadqiqotchilar yirtqich (predatory) jurnallarda nashr etish bo'yicha jahon ro'yxatining boshida turadi. Sababi aniq: OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop etish shart, ammo bu ro'yxatga deyarli barcha yirtqich jurnallar ham kiritilgan — ularda nashr qilish oson va arzonga tushadi. ResearchGateMDPI
Tadqiqotchilar uchun o'tkazilgan so'rovnoma quyidagini ko'rsatdi: — PhD talabalarining 86,7% si akademik yozuv va nashriyot bo'yicha trening olishni xohlaydi — 94,9% grant yozish va moliyalashtirish imkoniyatlari bo'yicha o'qitish zarurligini ta'kidladi — OTMlar doktorantlarni tadqiqot metodologiyasi bo'yicha hech qanday modul yoki mashg'ulot bilan ta'minlamaydi Johepal + 2
Boshqacha aytganda: doktorantlar yolg'iz, metodologik tayyorgarliksiz, va ba'zan sifatli nashr uchun emas — faqat OAK talabini qondirish uchun yozmoqda.
🌍 Xalqaro taqqoslash: bir bosqich yetarlimi?
Dunyoning yetakchi ta'lim tizimlari asosan bir bosqichli PhD tizimida ishlaydi. Ularning DSc ga ekvivalenti deyarli qo'llanilmaydi — chunki PhD bitiruvchilari nashrlar, monografiyalar va mentorlik orqali fanga hissa qo'shishi kutiladi. Kun.uz
Qozog'iston, Xitoy, Koreya — hammasida bir bosqichli PhD. O'zbekiston ikki bosqichni saqlab qolmoqda. Bu xalqaro integratsiyani qiyinlashtiradi: xorijda olingan eng yuqori daraja O'zbekistonda tan olinmasligi mumkin.
📌 Xulosa: miqdor rekord, sifat — ish ustida
2016–2023 yillardagi o'sish — real yutuq. 5 600+ yangi ilmiy daraja egasi — bu kadrlar salohiyati. Ammo bu salohiyat real ilmiy natijalarga — Scopus maqolalari, patentlar, xalqaro hamkorlikka — qanchalik aylanmoqda?
Javob: hozircha to'liq emas.
Tizim ishlayapti. Endi uni sifat tomonga yo'naltirish vaqti. Bir bosqichli PhD muhokamasi, OAK ro'yxatini optimallashtirish, va OTMlarning doktorantlarga metodologik qo'llab-quvvatlashi — eng dolzarb uch masala.
To‘liq statistika va ulushlar infografikada.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 271 |
| 15 | 🏛 Buxoro davlat texnika universitetida energetika yo‘nalishidagi navbatdagi PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
👨🎓 Dissertant: Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘li
📘 Ixtisoslik: 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari
🎓 Ilmiy daraja: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
📌 Dissertatsiya mavzusi: “Kichik suv taqsimlash inshootlarida foydalanishga mo‘ljallangan vertikal o‘qli mikroGESni ishlab chiqish”
💧⚡️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
🔬 Mazkur tadqiqot kichik suv oqimlari va suv taqsimlash inshootlari imkoniyatlaridan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarishga xizmat qiladigan vertikal o‘qli mikroGES qurilmasini yaratishga bag‘ishlangan.
🌱 Bunday innovatsion ishlanmalar:
▪️ energiya tejamkorligini oshirish,
▪️ ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish,
▪️ chekka hududlarning energiya ta’minotini yaxshilash,
▪️ “yashil energetika”ni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🚀 Kelajak energetikasi — qayta tiklanuvchi energiya manbalari va innovatsion muhandislik yechimlarida!
👏 Dissertantni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#BuxDTU #PhD #Energetika #MikroGES #YashilEnergetika #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 325 |
| 16 | 📊 2025-yilda qaysi fan yo‘nalishlari eng faol bo‘ldi?
[2025-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha]
UzA | Ilm-fan Telegram kanalida e'lon qilingan dissertatsiya himoyalari asosida tayyorlangan dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, 2025-yilda himoyalar bir qator fan yo‘nalishlarida yuqori faollik bilan kechgan.
🏆 TOP-10 fan yo‘nalishlari:
1️⃣ Iqtisodiyot fanlari
2️⃣ Pedagogika fanlari
3️⃣ Tibbiyot fanlari
4️⃣ Texnika fanlari
5️⃣ Filologiya fanlari
6️⃣ Tarix fanlari
7️⃣ Yuridik fanlar
8️⃣ Biologiya fanlari
9️⃣ Fizika-matematika fanlari
🔟 Qishloq xo‘jaligi fanlari
📈 Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaliy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi tadqiqotlar fundamental fanlarga nisbatan yuqori ulushni tashkil etgan.
📌 To‘liq statistika va ulushlar infografikada.
#IlmFanRaqamlarda #PhD #DSc #IlmFan #Dissertatsiya #Statistika
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 267 |
| 17 | Buxoro davlat texnika universitetida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🌍 Buxoro davlat texnika universitetida “Ijtimoiy ong va axloqiy tanlov: korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish muammolari” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman tashkil etildi.
🤝 Tadbirda professor-o‘qituvchilar, akademiklar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ekspertlar ishtirok etdilar.
💡 Anjumanda:
▪️ jamiyatda halollik va shaffoflik madaniyatini rivojlantirish;
▪️ yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
▪️ korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
▪️ ta’lim tizimida akademik halollik tamoyillarini kuchaytirish
masalalari muhokama qilindi.
🎓 Korrupsiyaga qarshi kurash faqat qonun bilan emas, balki bilim, tarbiya va yuksak ma’naviyat bilan boshlanadi.
🚀 Halol jamiyat — barqaror taraqqiyot va kuchli davlatning eng muhim poydevoridir.
#BuxDTU #KorrupsiyagaQarshiKurash #AkademikHalollik #IlmFanRaqamlarda #Ta’lim #Yoshlar #HalollikMadaniyati
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 280 |
| 18 | #Respublika_ilmiy-amaliy_konferensiya
🤔 SamDU Urgut filialida “Aniq va tabiiy fanlarda zamonaviy muammolar: ilmiy yondashuvlar va yangi yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.
➡️ Mazkur anjumanda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ta’lim tashkilotlaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
🔹 Konferensiyani filial direktori Shavkat Berdiyev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi.
⚡️ “Bugungi globallashuv davrida ilm-fan yutuqlariga tayangan holda taraqqiyotga erishish har bir davlat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois oliy ta’lim muassasalari nafaqat bilim beruvchi maskan, balki yangi ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlar yaratiladigan markaz sifatida faoliyat yuritishi zarur. Mazkur konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqishda muhim platforma vazifasini bajaradi.”–dedi Shavkat Berdiyev.
▶️ Shuningdek, konferensiya davomida fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni ilmiy faoliyatga keng joriy etish hamda yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishini yanada rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹 Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman fan, ta’lim va innovatsiyalar integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh olimlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy maydon sifatida e’tirof etildi.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 448 |
| 19 | Millionlab maqolalarga bepul kirish: TOP-5 ilmiy manba
Ko'p o'zbek tadqiqotchilari Scopus va Web of Science ga kirish imkoni bo'lmaganda izlanishni to'xtatib qo'yadi. Aslida esa — millionlab maqolaga bepul qonuniy kirish mumkin. Quyida hozir ishlatishingiz mumkin bo'lgan 5 ta platforma:
🔵 Google Scholar — scholar.google.com Ko'p qirrali qidiruv tizimi. Dissertatsiyalar, konferentsiya materiallari, kitoblar ham indekslanadi. Bitta qidiruvda millionlab manbani ko'rishingiz mumkin. → Eng yaxshi: keng qamrovli boshlang'ich qidiruv uchun
🟢 OpenAlex — openalex.org Scopus va Web of Science dan farqli ravishda obuna talab etmaydi. 260 million dan ortiq ilmiy ish indekslangan, har kuni 50 000 ta yangi qo'shiladi. Muassasa profillari, tsitata tahlili, API — hammasi bepul. → Eng yaxshi: bibliometrik tahlil va institusional monitoring uchun arxivKatina Magazine
🟡 Semantic Scholar — semanticscholar.org Sun'iy intellekt asosida ishlovchi bepul xizmat, 214 million dan ortiq maqolani qamrab oladi. Maqolaning asosiy g'oyasini avtomatik ajratib ko'rsatadi, o'xshash ishlarni tavsiya qiladi. → Eng yaxshi: yangi soha bo'yicha tezkor orientatsiya uchun arxiv
🔴 DOAJ — doaj.org 20 yildan beri ochiq kirish uchun kurashib kelgan platforma — hozir 20 000 ta tekshirilgan ochiq jurnalni o'z ichiga oladi. Faqat sifatli, peer-reviewed jurnallar. → Eng yaxshi: yirtqich jurnallardan himoyalanib, ishonchli jurnal topish uchun ISSN
🟠 Unpaywall — unpaywall.org Brauzer kengaytmasi. Yopiq maqolaning qonuniy bepul versiyasini avtomatik topadi. O'rnatgandan so'ng Scopus yoki WoS da maqola ko'rsangiz — to'g'ridan-to'g'ri PDF ni ochib beradi. → Eng yaxshi: to'sib qo'yilgan maqolalarga qonuniy kirish uchun
📌 Xulosa
Ilmiy adabiyotga kirish uchun to'lov to'lash shart emas. Yuqoridagi 5 ta vosita bir-birini to'ldiradi: Google Scholar — keng qidiruv, OpenAlex — chuqur tahlil, Semantic Scholar — AI yordami, DOAJ — jurnal tekshiruvi, Unpaywall — PDF ochish. Barchasi bepul, barchasi qonuniy.
Siz hali ham bizning kanalga obuna bo'lmasdan kuzatayotgan bo'lsangiz, obuna bo'lishni unutmang!
#IlmFanRaqamlarda #OchiqFan #OpenAccess #Tadqiqot #IlmFan #OliyTalim #OpenAlex #DOAJ #Resurslar
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 1 684 |
| 20 | 🏛🎓 Andijon davlat texnika institutida navbatdagi PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
👨🎓 Dissertant: Raxmonqulov Tursunboy Botirali o‘g‘li
📘 Ixtisoslik: 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
🎓 Ilmiy daraja: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
📌 Dissertatsiya mavzusi: “Sholi quritish qurilmasini takomillashtirish va uning asosiy parametrlarini asoslash”
🌾 Qishloq xo‘jaligida hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash samaradorligini oshirish zamonaviy agrotexnologiyalarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🔬 Mazkur tadqiqot sholi quritish jarayonini takomillashtirish, energiya sarfini kamaytirish hamda mahsulot sifatini saqlab qolishga xizmat qiluvchi texnologik yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
🚜 Ilm-fan va muhandislik yutuqlari qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va agrar sohani modernizatsiya qilishning muhim omilidir.
👏 Dissertantni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#ADTI #PhD #QishloqXojaligi #Agrotexnologiya #IlmFanRaqamlarda
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 297 |
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
