Usmon | Macro
Kanalga Telegram’da o‘tish
Makroiqtisod, xalqaro munosabatlar va ba'zan off topic. x.com/usmon_shoshiy instagram.com/usmon_jurayev https://youtube.com/@usmonwagmi
Ko'proq ko'rsatish1 713
Obunachilar
-124 soatlar
-97 kun
-2430 kun
Postlar arxiv
1 713
Xalqaro moliya tizimlarida bondlar qadrsizlanayotganini ko’rib Lyudvig fon Mizes tavsiflagan Crack Up boom nazariyasiga yanada qiziqib qoldim. So’ngi yillarda investitsiyaga qiziqishlar soni keskin oshganiyam bejiz emas.
Markaziy banklarning doimiy pul chop etishi natijasida milliy valyutaga bo‘lgan ishonchning to‘liq yo‘qolishi va gipennflyatsion kollaps bilan yakunlanuvchi jarayondir. Bu bosqichda aholi va sarmoyadorlar qog‘oz pullar qadrini tez yo‘qotayotganini anglab yetadi va jamg‘armalarini har qanday real aktivlarga almashtirishga shoshiladi.
Yirik davlatlarda davlat qarzi darajasi va byudjet defitsiti rekord darajaga yetgan. Markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirib, obligatsiya bozorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun monetar rag‘batlantirishni to‘xtata olmayapti.
Aksiyalar va aktivlar narxining rekord darajada oshishi real iqtisodiyotning rivojlanishini emas, balki pul birligining tezkor qadrsizlanishini aks ettiradi. Iqtisodiy o'sish shunchaki nominal ko'tarilish xolos.
Jarayonlar qiziq. Ray Dalioning “changing world order” kitobi o’qisangiz yanada yaxshiroq tushuncha xosil bo’ladi
@usmonwagmi
1 713
AQSh Ukrainada urush boshlaydi.
AQSh Yevropa Ittifoqiga Rossiya energiya resurslaridan voz kechishni aytadi.
AQSh boshqa energiya ta’minoti zanjirlarini ham izdan chiqaradi.
AQSh Yevropaga energiyani o‘zidan qimmat narxda sotib olishni taklif qiladi.
AQSh esa Rossiyadan energiyani arzon narxda olib, Yevropaga katta foyda bilan sotadi.
Qisqacha aytganda: Qiz yozmadi.Bola ham yozmadi. G'urur yutib chiqdi. Yevropa esa yana yutqazdi.
@usmonwagmi
1 713
Xitoyga kelishingizdan avval albatta shu videoni ko'ring.
https://youtu.be/4CxgHjehDGI?si=E3jHDDNXGGovJ7Wv
1 713
Prof. Steve Keen’ning savdo haqidagi bir fikri bor edi:
Xalqaro savdoda biz shunchaki pulni tovarga almashtirmaymiz, aslida ishlab chiqarish quvvatini tovarga alishtiramiz.
Masalan, AQSh Xitoydan mahsulot sotib olganda, tashqaridan qaraganda AQSh dollar beradi, Xitoy esa tovar beradi. Lekin Xitoyning asosiy o‘lovi dollar emas u o‘zining zavodlari, ishchilari, texnologiyasi, logistika va ta’minot zanjirlaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradi.
Davlat o‘z valyutasini yaratishi mumkin, ammo pul chiqarish bilan zavod, muhandis, texnologiya yoki ta’minot zanjirini bir zumda yaratib bo‘lmaydi.
1 713
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron:
“Yevropaning raqobatbardoshligidagi muhim omillardan biri Rossiyadan keladigan juda arzon gaz edi. Bu 2022-yilda yakunlandi.
Ammo bizning asosiy eksport bozorimiz Xitoy edi. Bu ham endi o‘tmishda qoldi. Yevropa hozir Xitoy bilan savdoda taqchillikka ega. Bugungi kunda Yevropa Xitoy bilan savdoda har kuni 1 milliard yevro yo‘qotmoqda.
gaz edi. Bu 2022-yilda yakunlandi.
Ammo bizning asosiy eksport bozorimiz Xitoy edi. Bu ham endi o‘tmishda qoldi. Yevropa hozir Xitoy bilan savdoda taqchillikka ega. Bugungi kunda Yevropa Xitoy bilan savdoda har kuni 1 milliard yevro yo‘qotmoqda.
Ikki yil oldin esa bir qator davlatlar Xitoy bilan savdoda hali ham sof eksportchi edi. Masalan, Germaniya 2025-yilgacha Xitoyga nisbatan sof eksportchi bo‘lib qoldi. Endi bu ham tugadi.”
Bu ketish bo’lsa, bundan-da yomonroq bo’ladi.
1 713
Ish o‘rinlari qisqarmoqda, lekin inflyatsiya hamon yetarlicha pasaymayapti.
Bu esa bozor umuman kutishni istamaydigan stagflyatsiya ssenariysini yuzaga keltirishi mumkin.
Anthropic’ning IPO orqali birjaga chiqishi esa AI pufagining cho‘qqisiga yaqinlashganimizdan darak berishi mumkin.
Insayderlar aksiyalarini sotib, pulini naqdlashtiradi. Venchur investorlar o‘z investitsiyalaridan chiqadi. Chakana investorlar esa AI haqidagi katta hikoyaga ishonib, bozorga kiradi.
@usmonwagmi
1 713
Antropik IPO ko’rsatkichlari: 4,6 mlrd daromad, $8,06 mlrd operatsion zarar va $42 mlrd sof zarar. Shunga qarasdan $2 trillion baholanyapti.
Amazon b-n solishtirganda: Amazon’ning yillik daromadi $716 milliardni, bozordagi qiymati esa $2,6 trillionni tashkil etadi. Anthropic esa $4,6 milliard daromad va $42 milliard zarar bilan $2 trillionlik qiymatni ko‘zlamoqda. Kompaniya yil oxiriga kelib yillik run-rate $100 milliardga yetishini ta’kidlayotgan bo'lsa-da, bu raqamlar qanday hisoblangani ochiqlanmagan.
Daromadning deyarli 25 foizi atigi ikkita yirik mijozga to‘g‘ri keladi. Prospektning 80 sahifasi xatarlarga, atigi 48 sahifasi esa biznes tavsifiga bag'ishlangan. Anthropic o'z hujjatida AI tizimlari o‘chirilishga qarshilik ko‘rsatishi, ma’lumotlarni yashirishi yoki shantajga o'xshash harakatlar qilishi mumkinligini xatarlar ro'yxatiga kiritgan.
Bu ham huddi SpaceX dek tez ko’tarilib, keskin tushsa kerak.
@usmonwagmi
1 713
Repost from Market Maker
Биз йил бошида Усмон Жўраев ва бошқа макро-иқтисодчилар билан қимматчилик орқали пул қадрсизланиши ва оҳир-оқибат ҳукумат қарзлари ҳам қадрсизланиши орқали янги пул босиб чиқариши ҳақида суҳбатлар уюштирган эдик.
Куз. Дизел €2.4, бензин €2.2
Кейинги ойларга бошқа маҳсулотлар қимматлаши кутиляпти.
Капиталингизнинг асосий қисмини — риски камроқ активларда ушланг. Трейд қилишда рискни назорат қилинг.@firnascrypto
1 713
🎙 Yangi podkast chiqdi
O'n kun ichida hammasi bo'lib o'tdi:
→ FED 3 yildan keyin stavkani oshirdi
→ 10 yillik obligatsiya 2007-dan beri birinchi marta 5%
→ Yaponiya 31 yillik rekord stavka qo'ydi
→ Neft 131$ gacha sakrab, 100$ ga qaytdi
→ Bitcoin esa 86 000$ — 8 oylik cho'qqi
Nega stavka oshganda bozor o'sdi? Yangi FED raisi Kevin Warsh nima dedi va nimani aytmadi? 39 daqiqada tartib bilan ochdik.
👉 Podkast
1 713
Bondlarni qayergacha borishi qiziq. Bondlar qadrsizlanishi foiz stavkasini oshiradi.
40 trillionlik qarz, 2 trillionlik yillik budjet defitsitiga ega iqtisodiyotda yuqori foizlar inflatsion hisoblanadi.
Yuqori stavka foiz xarajatini oshiradi, ko’proq xarajat defitsitni kattalashtiradi va defitsitni qoplash uchun o’zi “buy back” qilishga majbur bo’ladi.
1 713
Bessent qancha harakat qilmasin, bond foizlari oshmoqda.
Bugungi Eron–AQSh uchrashuvidan so‘ng Eron muzokaralar yakunlanganini ma’lum qildi. Aftidan muzokara ko’ngildak emas, bondlarga yoqmadi.
Bozorga kattaroq miqdorda sotib oluvchi o’yinchi kerak, unday investorni o’zi yo’q.
Balki Jake Paulga emas, Yellen xonimga telefon qilishi kerakdir..
@usmonwagmi
1 713
Masqaraboz prezidentlikka kelganidan beri siyosat maydoni kinoga aylandi. Endi bondlarni inflyuenserlar bilan marketing qilishyapti 😄
1 713
Repost from N/a
🎙 Yangi podkast chiqdi!
Global iqtisodiyotda hozir nima bo‘lyapti?
AQSh iqtisodiyoti, foiz stavkalari, obligatsiyalar, FED va ularning moliya bozorlari hamda treydingga ta’siri haqida suhbatlashdik.
▶️ To‘liq podkast: https://youtu.be/esmBMCmfVNc?si=VPg709rcuM7QMG_S
@wagmistan
1 713
Shunchaki daxshat.
Xitoy Ichki Mog’ulistonda Elon Musk’ning Memfisdagi Colossus superkompyuteridan qariyb 1000 baravar katta AI data center qurishini rejalashtirmoqda.
AQSh kompaniyalari uchun asosiy muammo chiplar va elektr energiyasi. Bunday miqyosdagi markazni ishga tushirish uchun ulkan energiya manbai, hatto yangi atom elektr stansiyalari kerak bo‘lishi mumkin. Xitoy esa Ulanqabda bunday infratuzilmani qurishga tayyor.
AI bozori yanada qiziy boshlaydi.
@usmonwagmi
1 713
Jadvaldan ko’rish mumkinki, monetar holat zaif. Narx osishiga asosiy turtki energiya resurslari va xomashyo narxlarining oshishi sabab bo’lib turibdi.
Bu oydagi FED yeg’ilishi judayam qiziq. Foiz stavka oshirsa ham, tushirsa ham yetarli muammolari bor..
1 713
Fed 2024-yil sentabr oyida foiz stavkalarini 50 punktga pasaytirib, inflyatsiya ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qildi, 125 punktga pasaytirish orqali bu xatoni yanada og‘irlashtirdilar.
Kevin Warsh oldida stavkalarni 50 punktga oshirishi hamda oktabr va dekabr oylarida buni yana 50 bazis punktlik oshirishlar bilan davom ettirishi kerak deydi mutaxasislar.
Investorlar oldidagi savol, bond bozori onglanishiga qandaydir turtki bo’larmikin?
@usmonwagmi
1 713
FED GDP ko’rsatkichini ko’tarilayotgani bilan maqtanishi mumkin va buni ko’rgan noprofessional iqtisodchilaram GDP yaxshiligini sizga aytishi mumkin. Lekin bu GDP nimani hisobiga bunday yaxshi ko’rsatilyapti?
Trillionlab dollar bosilib, nominal GDP baland ko’rsatish mumkin, SpaceX va hokazo aksiyalar IPO bn baland qilish mumkin.
Lekin real GDP-chi? AQSh da yuqori inflatsiya va zaiflashib borayotgan dollar ayni shuni natijasidan kelib chiqdi.
@usmonwagmi
