fa
Feedback
Usmon | WAGMI

Usmon | WAGMI

رفتن به کانال در Telegram
1 755
مشترکین
-424 ساعت
+157 روز
-630 روز
آرشیو پست ها
Kevin Warshning Jackson Hole'dagi chiqishi mohiyatan hawkish, ammo muddatlar borasida ataylab noaniq edi. So'nggi paytlarda i
Kevin Warshning Jackson Hole'dagi chiqishi mohiyatan hawkish, ammo muddatlar borasida ataylab noaniq edi. So'nggi paytlarda inflyatsiyaning pasayishi yetarli emas, moliyaviy sharoitlar yetarlicha cheklovchi darajada emas va FED qo'shimcha choralar ko'rishiga to'g'ri kelishi mumkin. Markaziy bankning kelgusidagi harakatlar funksiyasi esa hozircha oshkora emas. FEDning asosiy inflyatsiya ko'rsatkichi (PCE) 3.7% atrofida saqlanib qolayotgani bank rahbarini stavkalarni pasaytirishga shoshilmaslikka va kerak bo'lsa, stavkani oshirish variantini ham istisno etmaslikka undamoqda. @usmonwagmi

Jackson Hole Kevin Vorsh FED rahbari sifatida o‘zining ilk yirik nutqida ikki xil bosim ostida qolgan. Bir tomondan, undan foiz stavkalari bo‘yicha aniq va ertangi kun qadamlarini talab qilmoqda. Boshqaruvdagi noaniqlik esa bozorda vahima yoki sotuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, FED raisi faqatgina foiz stavkalari bilan cheklanib qolmasdan, texnologik revolyutsiya, global ta'minot zanjirlari, de-dolarizatsiya va geoiqtisodiy o'zgarishlar kabi uzoq muddatli chuqur muammolarga e'tibor qaratishi kerak. @usmonwagmi

Professor Erian aytishi bo’yicha buni ikki sababi bor: Birinchidan, bozor o‘z faoliyatida buzilishlarga uchragan paytda yoki yirik moliyaviy shoklarning oldini olish uchungina qilinadigan bunday aralashuvlarning tarixi uncha yaxshi emas. Bugungi kunda esa na bozor ishdan chiqqan va na shunday yirik xavf-xatar mavjud. Ikkinchidan, davlat bozorlarni tartibga solishi o‘rniga, bozorlarning o‘zi doimiy ravishda davlatdan favqulodda choralarni talab qila boshlashi — odatda sog‘lom holat emas. Hozirgi vaziyatda esa aynan shunday xavf mavjud. @usmonwagmi

Repost from Ortiqov Jamoliddin
Pul, FED, stavka, bondlar… Bularning barchasi bir-biri bilan qanday bog‘liq? Yangi efirda iqtisodiyot ortidagi asosiy mexanizmlarni sodda va tushunarli tarzda @usmonwagmi bilan tahlil qildik. 🎙 Efir 18-avgust kuni yozib olingan. 📺 To‘liq video: 👉 YouTube

Repost from N/a
Scott Bessentni 40 trillion dollarlik AQSh qarzdorligini 4 milliard dollarini qayta sotib olishi vizual koʻrinishda

Bessent bozor likvidligini oshirish bahonasida uzoq muddatli bondlarini sotib olish hajmini ikki baravar oshirmoqda. Bu bozor
Bessent bozor likvidligini oshirish bahonasida uzoq muddatli bondlarini sotib olish hajmini ikki baravar oshirmoqda. Bu bozorga yashirin yumshatish bo’lib, bondlarga talab sun’iy oshsada, fiskal bosimni hal qila olmaydi. Hozirgi Katta savol — bozor bu harakatlarni qanday qabul qilishidir. Moliya vazirligining qarzni qaytarib sotib olish hajmini oshirishi taxminan 40 trillion dollarlik qarzga nisbatan juda kichik, ammo signalning ahamiyati uning hajmidan muhimroq bo‘lishi mumkin. Muddati katta bondlarni sotib olish, FIMA mexanizmidan foydalanish bondlarni majburiy sotilmasligi va xorijiy markaziy banklarga bondlarni sotmasdan turib dollar likvidligini olish imkonini beradi. @usmonwagmi

BLS bergan ma’lumotga ko’ra, AQShda oziq-ovqat narxlari oxirgi yetti yilda 33% oshibdi. Iqtisodiy nazariyaga ko'ra, xaridorlar ko'proq iste'mol qilganda oziq-ovqat va kundalik mahsulotlar narxi oshishi kerak. Chunki bu turdagi tovarlarga talab o'zgarmas bo‘lib, korxonalar o‘sib borayotgan xarajatlarni osongina oxirgi iste'molchining gardaniga ilib qo‘ya oladi. Lekin 7 yillik raqamlarga nazar solsak, qiziq holatni ko'ramiz: Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi 32 foizga oshgan bir paytda, bazaviy inflyatsiya 28 foiz atrofida. Bu tafovut qanday hosil bo'ldi? Asosiy sir shundaki, uzoq muddat xizmat qiladigan tovarlarni yetkazib beruvchi yirik korxonalar xarajatlarning bir qismini o'z zimmalariga oldilar. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, jarayonlarni optimallashtirish va tannarxni pasaytirish orqali ular inflyatsiya zarbasini yumshatishga erishdilar. Natijada, xomashyo va logistika qimmatlashganiga qaramay, yakuniy bozor narxlari kutilganidan biroz pastroq o'sish dinamikasini ko'rsatdi. @usmonwagmi

Jamoliddin ( @OrtiqovCrypto ) makroiqtisodi bo’yicha suhbat qilamiz deyapti. Qanday savollaringiz bor?

Birinchi grafikda sanoat ishlab chiqarish indeksi 2000-yillardan boshlab sekinlashgani yoki bir tekis chiziqqa aylangani ko'r
Birinchi grafikda sanoat ishlab chiqarish indeksi 2000-yillardan boshlab sekinlashgani yoki bir tekis chiziqqa aylangani ko'rsatilgan. Ikkinchi grafikda esa uy xo'jaliklari sof boyligining GDPga nisbati oshgani, lekin pul muomalasi pasaygani ko’rsatilgan. Uchinchi grafikda Fed foiz stavkalarini 2000-yildan keyin nolgacha tushirgani va uzoq yillar davomida past ushlab turgani ko'rsatilgan. Arzon pul siyosati natijasida iqtisodiyotga katta miqdorda yangi pullar kiritildi. Iqtisodiyot real foyda keltiradigan yo'nalishdan moliyaviy spekulyatsiyaga o’tdi. GDPdagi o’sishlar tekin pul siyosati va real inflatsiyani past ko’rsatishga evaziga bo’ldi. @usmonwagmi

Bir makroiqtisodchi qiziqarli maqola yozibdi: Demak, Yaponiya quyidagilarni qilishi mumkin: 1. Foiz stavkasini oshirish: Yenada amalga oshiriladigan carry trade va pensiya jamg’armalarini inqirozga olib kelishi 2. Yena sotib olish uchun AQSh bondlarini sotish: AQSh bond bozoriga zarar beriladi. 3. Yena sotib olish uchun dollar stanogidan ishga tushirish: Aqshdagi inflatsion bosim oshadi. Voqealar rivoji qiziq, siz bo’lsa 3-variantdan aniq hursand bo’lasiz ) @usmonwagmi

Amerika qarzi 40 trilliondan oshdi. 40 trillion dollarlik qarz yomon. Lekin bundan keyin kelishi mumkin bo‘lgan narsa ancha yomonroq. AQSh qarzi endi 5 oydan kamroq vaqt ichida 1 trillion dollarga o‘smoqda. Asl bosim pul qarzga olingandan keyin boshlanadi. G‘aznachilik departamenti 2025-moliya yilida foizlar uchun 1.22 trillion dollar to‘ladi, 2026-moliya yili to‘lovlari esa allaqachon 520 milliard dollarga yetdi. 2036-yilga borib yillik foiz xarajatlari 2.1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Qachondir qarzga xizmat ko‘rsatish qarzning o‘zidan ham kattaroq muammoga aylanadi. @usmonwagmi

2008-yilgi uy-joy bozori pufaki, 2000-yilgi dot-com pufaki va 1998-yilgi valyuta pufaklarini birlashtirsangiz, nima hosil bo'ladi? @usmonwagmi

پیام صوتی00:05

The easiest job on the planet. Meanwhile, the job: Qiyin joyi yo’q, o’zing uchun ishleysan deyishganida… 2025-26 yil investor
The easiest job on the planet. Meanwhile, the job: Qiyin joyi yo’q, o’zing uchun ishleysan deyishganida… 2025-26 yil investor va treyderlarning holati)

Xitoy sun’iy intellekt bozoridan yana kuchli yurish DeepSeek o‘zining yangi — DeepSeek v4 Flash modelini taqdim etdi. Ko’rsatkichlar ajoyib: — DeepSWE: 54.4% — GLM-5.2 va uning 4 Pro versiyasini ortda qoldirib, flagman darajadagi Opus 4.8'ga juda yaqinlashdi. — TerminalBench: 82.7% — bu yo‘nalishda ham raqobatchilarni ortda qoldirib, yetakchilar bilan deyarli yonma-yon keldi. Hamyonbop: Kirish 1M token $0.28, chiqish 1M token $0.87. Bu OpenAI'ning narxlar siyosatiga javoban qilingan eng kuchli va arzon narx-samaradorlik relizlaridan biri bo‘ldi. Kimi K3 chiqqandagi kabi bozor yana qizidi. Eng muhimi, bunday ulkan sakrashga hech qanday murakkab arxitekturasiz, faqatgina post-training orqali erishilgan. Model GLM-5.2'dan 3 barobar, K3'dan esa naq 10 barobar kichik. Bu shuni anglatadiki, u bemalol oddiy MacBook va Spark qurilmalarida ham ishlay oladi. @usmonwagmi

Imperiya inqirozining belgilari. Ray Dalio’ning Changing World Order konsepsiyasi tasdig'ini topyapti.
Imperiya inqirozining belgilari. Ray Dalio’ning Changing World Order konsepsiyasi tasdig'ini topyapti.

FOMC foiz stavkalarini o'zgarishsiz qoldirdi, ovoz berish natijasi 9-3 ko'rinishida bo‘ldi. Uch nafar hududiy zaxira banki prezidentlari stavkani 25 bps oshirishni yoqlab, rasmiy qarorga qarshi ovoz berdi. Bu 2016-yildan buyon monetar siyosat bo‘yicha bir xil yo‘nalishda uchta qarshi ovoz qayd etilgan birinchi holat bo‘ldi. Kevin Warshning ikkinchi matbuot anjumanidan asosiy muloqot nuqtalari: U yig‘ilishlar oralig‘idagi real va nominal daromadlilik ko‘rsatkichlarining o‘sishiga e’tibor qaratdi. Biz stavkani oshirib o'tirmadik, lekin ritorikamiz va noaniqlik sababli obligatsiyalar bozori ipoteka va kredit foizlarini o'zi oshirib yubordi. Demak, biz bajarmoqchi bo'lgan ishni bozorning o'zi bajarib qo'ya qoldi demoqchi. Buni shunday talqin qilish mumkinki: FED inflatsiya trendlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni kutayotgan bir paytda, rais bozor tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy sharoitlarning qat’iylashuvini vaqtincha rasmiy monetar qadamlar o‘rnini bosuvchi omil sifatida baholamoqda. @usmonwagmi

photo content

Goldman Sachs maʼlumotlariga koʻra, foiz stavkalari boʻyicha fyuchers bozori bugun Fed stavkasi oshirilishi ehtimolini uchdan bir qism deb baholayotgan bir paytda, Fed qanday qaror qabul qilishidan qatʼi nazar, bu 1997-yildan beri stavkani pasaytirish bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlardagi eng katta kutilmagan hodisa boʻladi. Stavkaning oshirilishi esa “Fed monetar siyosat stavkasi oʻzgarishlarini eʼlon qilish uchun rasmiy bayonotlar berishni boshlaganidan beri stavkani pasaytirish holatlarini istisno qilganda yigʻilish kunidagi eng katta kutilmagan qaror" boʻladi, deydi Wall Street jurnali iqtisodchisi. Sizda qanday fikr? @usmonwagmi

Aynan AQSh bondlari qadrsizlanayotgan vaqtda, Yapon yenasi navbatdagi interventsiyaga tayyorlanyapti. Bu degani, Yaponlar yenani sotib olish uchun AQSh dollari aktivlarini, jumladan AQSh bondlarini sotishga majbur bo’ladi. Chiroyli manzara, shunday emasmi?) @usmonwagmi