cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

TDTU_NEFT VA GAZ | RASMIY KANALI

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
241
Obunachilar
-224 soatlar
-67 kunlar
-1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#bunyodkor_yoshlar 🟥Universitet rektori talaba-yoshlarimizdan iborat "Bunyodkor yoshlar mehnat otryadi" talabalari bilan uchrashdi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov universitetga qarashli bo'lgan talabalar turar joylarini yangi o'quv yiliga talabalarni qabul qilish uchun tayyor holatga keltirish maqsadida tashkil etilgan universitet talaba-yoshlaridan iborat "Bunyodkor yoshlar mehnat otryadi" jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda "Bunyodkor yoshlar mehnat otryadi" faoliyatiga rasmiy start berilib, ushbu otryad tomonidan qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida muloqot qilindi. Talabalarning o'z tashabbuslari va fidoiyliklari bilan ushbu otryadda faoliyat yuritayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi. Uchrashuv so'ngida otryad faoliyati uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish va kerakli anjomlar bilan vaqtida ta'minlash bo'yicha ma'sullarga kerakli topshiriqlar berildi. FacebookInstagram Telegram  | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
02:13
Video unavailableShow in Telegram
#tdtu_manaviyat #yoshlar_kuni 🟥 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan universitetimiz talabalari uchun tanlovlar tashkil etildi. ▶️ Tadbir jarayonlari videolavhada Facebook | Instagram Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0868.MOV105.56 MB
👍 1👏 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #magistratura ⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi ▶️ 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. ✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma 👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli talaba yoshlar! Muhtaram Prezidentimizning yoshlar uchun bildirgan tilaklari, yoshlar uchun yaratib berayotgan sharoitlari, yoshlarni kelajagi uchun amalga oshirilayotgan ishlarning guvohi bo‘lmoqdasiz. Siz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi ekanligingiz, bu Siz uchun katta baxtdir. Universitetimizning har bir talabasi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishdek buyuk ishga o‘z hissasini qo‘shishi, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirib, uning ijrosini ta’minlab, yanada yuksak bosqichlarga chiqishimiz zarurdir. Hurmatli talaba yoshlar! Ishonchim komil, Sizlar el-yurt faravonligi, mamlakatimiz ravnaqi va jamiyatimiz istiqboli yo’lida amalga oshiradigan ezgu ishlaringizga va o’qishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar doim yor bo’lsin. Yoshlar kuni bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman. Sadritdin Turabdjanov TDTU rektori
Hammasini ko'rsatish...
🟥“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari 2023/2024-о‘quv yili qaldirg’ochlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Inha universiteti bilan hamkorlikda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” 2023/2024-о‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur kursning maqsadi tinglovchilarga “Data Science” bo‘yicha ta’lim berilib, dasturiy ta’minot asosida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular asosida boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Quvonarlisi, Toshkent davlat texnika universitet talabasi Sattorov Umidjon iqtidorli talabalar qatorida bo'lib o'zining loyihasi bilan o'quv kursini muvaffiqiyatli tamomladi.
Universitet rahbariyati talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan chin qalbdan tabriklab, kelgusi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Facebook | Instagram Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🟥Toshkent davlat texnika universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Satpaev universiteti delegasiyasi tashrif buyurdi. Joriy yilning 26-29 iyun kunlari Toshkent davlat texnika universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Satpaev universiteti (QS=405) Energetika va mashinasozlik instituti direktori Yelemesov Kasim Koptleuevich boshchiligida direktor o‘rinbosari Kaliev Bakitjan Zauitbekovich, «Energetika» kafedrasi mudiri Sarsenbaev Yerlan Aliaskarovich, «Mashinasozlik» kafedrasi mudiri Nugman Yerik Zeynelovich va «Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish» kafedarsi mudiri Barmenshinova Madina Bogembaevna tashrif buyurdilar. Delegasiya tomonidan universitetning Elektr va issiqlik energetikasi, Mashinasozlik va Geologiya-qidiruv va konchilik-metallurgiya fakultetlarga tashrif buyurib, turdosh kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida Toshkent davlat texnika universiteti va Satpaev universiteti orasida tuzilgan memorandumda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muzokaralar olib borildi, shuningdek, kafedralararo o‘qituvchi va talabalar mobil almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va istiqbolli rejalar kelishib olindi. Facebook | Instagram Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида “Халқаро бакалавриат” ва “A-level” дастурлари жорий қилинади. Бу дастурлар асосида сертификат олган ўқувчилар ўша олийгоҳга имтиҳонсиз, контракт асосида қабул қилинади. Ёшларимиз хорижий олийгоҳларда ўқиш учун математика, инглиз тили ва илмий фикрлаш бўйича “SAT” имтиҳонини топширмоқда. Бу тестларда 75 фоиздан юқори натижа кўрсатган ўқувчилар чет элни энг нуфузли олийгоҳларига грант ютаяпти.
- Энди бундай ёшларни ўзимизни олийгоҳларга ҳам грантга қабул қиламиз,
- деди Президент. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Toshkent davlat texnika universitetiga Eron Sharif Texnologiya Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Joriy yilning 28- iyun kuni Toshkent davlat texnika universitetiga Eron Sharif Texnologiya Universiteti rektori Sayyid Abbas Mousavi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda TDTU tomonidan prorektorlar O.Zaripov va S.Donayev xamda fakultet dekanlari J.Toshov va Q.Mirzayevlar qatnashdilar. Eron delegatsiyasi tashrifining asosiy maqsadi akademik hamkorlikni rivojlantirish, potensial hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish va ikki universitet o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan iborat. Tashrif davomida ikki universitetning vakillari o'zlarining akademik dasturlari va tadqiqotlari haqida ma'lumotlar almashishdilar. Tashrif davomida Eron Sharif Texnologiya Universiteti delegatsiyasi universitet laboratoriyalariga tashrif buyurdilar va hozirgi kunda bajarilayotgan loyihalar haqida ma'lumot oldilar. Tashrif yakunlari boʻyicha ikki tomon oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi. FacebookInstagram Telegram  | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Давлатимиз раҳбари ушбу шароитларни карра-карра кўпайтириш бўйича янги ташаббусларни илгари сурди. Мамлакатимиз жадал ривожланиши учун бизга “тўртинчи саноат инқилоби” касблари жуда муҳимлиги қайд этилди. Шу муносабат билан ёшларни физика, кимё, биология, технология, муҳандислик, математика (СТЭМ) билан боғлиқ касбларга қизиқишини ошириш учун янги тизим жорий қилинади. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Эндиликда олийгоҳларнинг биринчи ва иккинчи курсларидаги фанлар техникумлар билан уйғунлашади. Техникумнинг биринчи ва иккинчи йилини яхши ўқиган ёшларга халқаро классификаторнинг тегишли даражасига мос келувчи диплом берилади. Уларга олийгоҳни иккинчи ёки учинчи курсидан ўқишни контракт асосида давом эттириш имконияти берилади. Касби бўйича малака даражаси ва икки йиллик стажи бор ёшлар корхона тавсияси билан олийгоҳларга контракт асосида қабул қилинади. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.