uz
Feedback
JavaScript || DSA

JavaScript || DSA

Kanalga Telegram’da o‘tish

Assalomu Alaykum: Bu Kanalda Dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi. Bu Kanalni ochishdan maqsad masala ishlash ko'nikmasini oshirish. Masalalar asosan leetcode.com dan olinadi va tarjima qilinadi. Takliflar: @abduhamid0v

Ko'proq ko'rsatish
279
Obunachilar
-124 soatlar
-37 kunlar
-830 kunlar
Postlar arxiv
const numbers = [1, 2, 3, 4];
const squared = numbers.map(num => num * num);
console.log(squared);

4. Quyidagi kod natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous voting

let obj = { name: "John" };
let obj2 = obj;
obj2.name = "Doe";
console.log(obj.name);

3. Quyidagi funksiya qanday qiymat qaytaradi?
Anonymous voting

function sum(a, b = 2) {
  return a + b;
}
console.log(sum(3));

2. Quyidagi koddan so‘ng arr ning qiymati qanday bo‘ladi?
Anonymous voting

let arr = [1, 2, 3, 4];
arr.pop();

1. Quyidagi kod natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous voting

function test() {
  console.log(a);
  var a = 5;
}
test();

Tayyormislar ?

🚀 Bugun soat 09:00 da JavaScript kanalida qiziqarli viktorina sizni kutmoqda! ☕️ Coffeeni tayyorlab, bilimlaringizni sinab ko‘rishga tayyormisiz, dasturchilar?

Reaksiya bosib, share qilinglar sizlar uchun yangiligim bor.

Merge Sort — bu taqsim va boshqar (Divide and Conquer) usuliga asoslangan samarali saralash algoritmi. U berilgan massivni ikkiga bo‘lib, har bir qismini alohida tartiblaydi va keyin ularni birlashtiradi. Vaqt murakkabligi O(n log n) bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlar uchun juda qulay hisoblanadi. DAVOMI: CLICK @JavaScriptQuiiz

Assalomu alaykum, uzunroq postlarni mediumga yozmoqchiman, silarga qulaymi postlarni mediumda o'qish ?
Anonymous voting

Uzur so'rayman kanalni active ushlab turmaganim uchun, kanal uchun yangi planlar tuzuldi, endi kanalni active ushlab turamiz. Sizlardam bitta iltimos/talabim bor ,iloji boricha hamma postlarga reaksiya bosing va izoh yozing.

Ishoralarni tartiblang NOTE: Bizda Array berilgan va u teng qiymatdagi musbat va manfiy sonlardan tashkil topgan. Musbat va manfiy elementlarning nisbiy tartibini o'zgartirmasdan, siz navbatma-navbat musbat va manfiy qiymatlar qatorini qaytarishingiz kerak.
Input: ARR = [1,2,-4,-5] output: [1, -4, 2, -5] Input: ARR = [1,2,-3,-1,-2, 3] Output: [1, -3, 2, -1, 3, -2]
Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me Commentariyada boshqalar bilan muhokama qilling, juda muhim. @JavaScriptQuiiz

Repost from Jasur - IT Blog
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure)
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure) hisoblanadi. node - bu Linked List'ning qismlari, ya'ni elementlari.
Linked List insertion (yangi element qo'shish) yoki deletion (mavjud elementni olib tashlash) uchun Array'ga nisbatan osonroq va samaraliroq hisoblanadi
Linked List element'lari 2 ta qismga bo'linadi: data vs address data qismi haqiqiy ma’lumotlarni saqlaydi, address qismi esa keyingi ulangan node'ni manzilini saqlaydi. Node - bu Linked List'ning asosiy tuzilmasi. U ma'lumotlar'ni va keyingi node manzilini saqlaydi. Node kamida bitta address'ga ega bo‘lishi kerak. Oxirgi node'ning manzil qismida null qiymati bo‘ladi, bu ro‘yxatning tugashini bildiradi. *Xotiradagi O'zgaruvchi Butun 15 sonini myNumber o‘zgaruvchiga saqlamoqchimiz va bu son ikki bayt (16 bit) ko‘rinishida saqlanadi. myNumber xotirasidagi manzil 0x7F30 deb faraz qilaylik. 0x7F30 aslida myNumber butun son qiymati saqlanadigan xotiraning ikkita baytining birinchisining manzilidir. Kompyuter butun sonli qiymatni o‘qish uchun 0x7F30 manzil'ga borganida, u birinchi baytni ham, ikkinchi baytni ham o‘qiydi.
⚠️ Kompyuter o'zining arxitekturasiga va o'zgaruvchini e'lon qilgan dastur tiliga qarab, qoidalar va bit'lar o'zgarishi mumkin.
*Xotiradagi massivlar Array'dagi elementlar xotirada ketma-ket saqlanadi. Shuning uchun, har bir element oldingi elementdan keyin saqlanadi. myArray = [3,5,13,2] array'ni xotiraga saqlaymiz. myNumber xotiradagi manzil 0x7F28 deb faraz qilaylik. Kompyuter'da faqat myArray ning birinchi baytining manzili bor, shuning uchun myArray[2] kodi bilan 3-elementga kirish uchun birinchi ikkita butun sondan sakrab o‘tadi. Butun son ikki baytda saqlanadi, shuning uchun u 0x7F28 dan 2x2 bayt oldinga o‘tadi va 0x7F32 manzilidan boshlab 13 qiymatni o‘qiydi.
Address Value ----------------------- 0x7F28 - 3 0x7F29 0x7F30 - 5 0x7F31 0x7F32 - 13 0x7F33
Massivdagi elementlarni olib tashlash yoki qo‘shishda, undan keyin keladigan har bir elementni yangi element uchun joy ochish uchun yuqoriga siljitish yoki olib tashlangan elementning o‘rnini egallash uchun pastga siljitish kerak. Bunday siljish operatsiyalari ko‘p vaqt talab qiladi.
⚠️ Bu real vaqt tizimlarida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
*Xotiradagi Linked List Linked List'lardan foydalanishning afzalligi shundaki, node'lar xotirada har qanday bo‘sh joyda saqlanadi, elementlar massivlarda saqlangani kabi node'lar bir-birining ortidan ketma-ket saqlanishi shart emas. node'larni qo‘shish yoki olib tashlashda ro‘yxatdagi qolgan node'larni siljitish shart emas. Har bir node 4 baytni egallaydi. Butun sonli qiymatni saqlash uchun 2 bayt, ro‘yxatning keyingi node manzilini saqlash uchun esa 2 bayt ishlatiladi. Linked List'ni birinchi elementi Head, oxirgi elementi Tail deb ataladi. Linked List'ni yomon taraflari shundaki, biz array'dan foydalanganimizdek, myArray[5] deb yozish orqali node ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaymiz. Linked List dagi 5-th node ga o‘tish uchun biz head deb nomlangan birinchi node dan boshlashimiz, keyingi node ga o‘tish uchun o‘sha node ning pointer idan foydalanishimiz kerak. Linked List'ning asosiy 3 ta turi mavjud *Singly Linked Lists: Bu eng keng tarqalgan. Har bir node'da ma’lumotlar va keyingi node manzili mavjud. *Doubly Linked Lists: Har bir node'ga oldingi node manzilini qo'shamiz. Shunday qilib, biz istalgan yo‘nalishda: oldinga yoki orqaga yurishimiz mumkin. *Circular Linked Lists: Bu oxirgi element birinchi element bilan bog‘langan bo'ladi.
Linked List Array'ga nisbatan 2 marta ko'proq xotira egallaydi. Chunki, Linked List har bir node uchun qo‘shimcha pointer (yoki reference) saqlaydi, bu esa qo‘shimcha xotira talab qiladi.
🔗 w3schools.com/dsa/dsa_theory_linkedlists_memory.php 🔗 youtu.be/N6dOwBde7-M?si=jEpM9F6RUZjMhs0L 🔗 youtube.com/watch?v=WqrbIUggEXQ&t=6155s #algorithm #linkedList @JasXDev

Repost from Eldor’s AI Lab
📢 1.3 Mashina O‘rganish (ML) ning Ishlash Jarayoni@EldorML 📡 🚀 Ushbu Postda Mashina O‘rganishning Ishlash Jarayoni (Machine Learning Lifecycle) bosqichlarini tushuntiramiz! 🔹 1. Muammoni aniqlash (Problem Definition) ✅ Model qaysi muammoni hal qilishi kerakligini tushunish muhimdir. 📌 Izoh: Noto‘g‘ri aniqlangan muammo modelning samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 🎯 Muammoni to‘g‘ri aniqlash bosqichlari: 🔹 Maqsadni belgilash – Modeldan qanday natijalar kutilayotganini aniqlash. 🔹 Ma’lumotlar manbalarini aniqlash – Model uchun kerakli ma’lumotlarni tanlash. 🔹 Yechim yondashuvlarini tahlil qilish – ML yondashuvi muammoga mos keladimi? ✅ Misollar: ✔️ Bank tizimida firibgarlikni aniqlash ✔️ Tibbiy diagnostika – kasalliklarni sun’iy intellekt yordamida aniqlash 🔹 2. Ma’lumot to‘plash (Data Collection) ✅ Modelning sifatli ishlashi uchun to‘g‘ri tuzilgan dataset zarur. 📌 Izoh: Kam yoki noto‘g‘ri ma’lumot modelning noaniq natija berishiga olib keladi. 📊 Ma’lumot to‘plash usullari: 🔹 Mavjud ma’lumotlardan foydalanish 🔹 Web scraping (BeautifulSoup, Selenium) 🔹 Sensorlar va IoT qurilmalaridan ma’lumot olish ✅ Maslahatlar: ✔️ Ishonchli ma’lumotlardan foydalaning. ✔️ Ma’lumotlarni doimiy yangilang. 🔹 3. Ma’lumotlarni tozalash va oldindan qayta ishlash (Data Cleaning & Preprocessing) ✅ Toza ma’lumotlar model natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. 📌 Izoh: Noto‘g‘ri yoki yetishmayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bashoratlarga olib kelishi mumkin. 🛠 Asosiy bosqichlar: 🔹 Yo‘qolgan qiymatlarni to‘ldirish 🔹 Chegaradan tashqari qiymatlarni aniqlash va boshqarish (Outliers) ✅ Maslahatlar: ✔️ Matnli ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazing (One-Hot Encoding, Label Encoding). ✔️ Ma’lumotlar to‘g‘ri formatda ekanligiga ishonch hosil qiling. 🔹 4. Modelni tanlash va o‘qitish (Model Selection & Training) ✅ Modelni to‘g‘ri tanlash natijaga katta ta’sir qiladi. 📌 Izoh: Muammo tasniflash, regressiya yoki klasterizatsiya ekanligini aniqlash kerak. 🤖 Mashhur ML modellar: ✔️ Chiziqli model (Linear Regression, Logistic Regression) ✔️ Qaror daraxtlari (Decision Trees, Random Forests) ✅ Maslahatlar: ✔️ Overfitting oldini olish uchun kross-validatsiyadan foydalaning. ✔️ Hyperparameter tuning orqali modelni optimallashtiring. 🔹 5. Modelni baholash va optimallashtirish (Model Evaluation & Optimization) ✅ Model ishlashini baholash uchun quyidagi metrikalardan foydalaniladi: 📌 Izoh: Model natijalarining sifati qanday baholanishi kerakligi aniq bo‘lishi lozim. 📊 Asosiy baholash metrikalari: 🔹 Aniqlik (Accuracy), Precision, Recall, F1-score 📌 Modelni optimallashtirish usullari: ✔️ Hyperparameter tuning (GridSearchCV, RandomizedSearchCV) ✔️ Xususiyatlarni optimallashtirish (Feature Engineering & Selection) 🚀 Xulosa Mashina o‘rganish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: ✅ Muammoni aniqlash – Qanday muammo hal qilinishi kerakligini tushunish. ✅ Ma’lumot to‘plash – Model uchun sifatli dataset yaratish. ✅ Ma’lumotlarni tozalash – Ortikcha va noto‘g‘ri ma’lumotlarni olib tashlash. ✅ Modelni o‘qitish – Eng mos modelni tanlash va o‘rgatish. ✅ Modelni baholash va optimallashtirish – Model natijalarini yaxshilash. 📌 Mavzu bo’yicha to’liq ma’lumot: Mavzuni to’liq o’qish 📌 Telegram kanalimizga qo‘shiling va bilimlaringizni oshiring! – @EldorML 📡

AI sohasiga qiziqasizmi ? @EldorML bu kanal aynan siz uchun. Hozirda ML bo'yicha 0 dan postlar yozilib kelinmoqda. Kanal yaqinda ochildi, hozir bemalol commentaryasiga o'tib, o'zizni qizqitirgan savollarni berishingiz mumkin.

Repost from JavaScript || DSA
🟩🟥Question #7 🟦 Armstrong son ekanligini tekshiring. Agar armstrong bo'lsa true, aks holda false qaytaring.
input: N = 153
output: True
Tarif: 1^3 + 5^3 + 3^3 = 153, 3 berilgan sonning uzunligi

Input: N = 170
output: false
Tarif: 1^3 + 7^3 + 0^3 != 170
Agar mobodo savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, misolni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim
-> -> -> [ Javob uchun linklar kun oxirigacha Shu yerga biriktiriladi! ] <- <- <-
@JavaScriptQuiiz