National Erasmus+ Office Uzbekistan
Kanalga Telegram’da o‘tish
Official channel of the National Erasmus+ Office in Uzbekistan. The latest news and announcements of the Erasmus+ Programme. 🌐 Website: www.erasmus.uz
Ko'proq ko'rsatish4 270
Obunachilar
+524 soatlar
+327 kunlar
+8130 kunlar
Postlar arxiv
📣 Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilishga tayyormisiz?
Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi Erasmus+ Xalqaro Kunlari (12–17-oktabr) doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga mezbonlik qilish istagidagi oliy taʼlim muassasalari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qiladi.
➖ Mezbon universitet sifatida siz:
✅ Talabalar, professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarni Erasmus+ imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirasiz; ✅ Universitetingizning xalqaro faolligi va Erasmus+ dasturlaridagi ishtirokini namoyish etasiz; ✅ Universitetingizni Erasmus+ rasmiy axborot kanallari orqali targʻib qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz; ✅ Erasmus+ HEREs ekspertlari, loyiha koordinatorlari va xalqaro hamkorlar bilan yangi aloqalarni yoʻlga qoʻyasiz.📌 Mezbon universitetlar uchun asosiy talablar:
🔹Kamida 50 nafargacha ishtirokchini sigʻdira oladigan konferensiya zali; 🔹Tadbirni foto, video va PR jihatdan yoritish imkoniyati; 🔹Monitor yoki proyektor mavjudligi; 🔹Ishtirokchilar uchun kofe-breyklarni taqdim etish imkoniyati.🗒 Muhim eslatma: Har bir oliy taʼlim muassasasi Erasmus+ Xalqaro Kunlari doirasida faqat bitta tadbirga mezbonlik qilishi mumkin. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun: Havola ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-avgust, 18:00 🌐 Batafsil maʼlumot: https://www.erasmusdays.eu/ Universitetingizni Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasida xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar markaziga aylantiring! Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Repost from EU in Uzbekistan
Do‘stlik insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, madaniyatlar va chegaralar o‘rtasida ko‘priklar quradi hamda mehr va ko‘mak hayotimizda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatadi.
Xalqaro do‘stlik kunida biz eng yaqinlarimizni, bizni ilhomlantiradigan, o‘sib rivojlanishimizga yordam beradigan insonlarni hamda jamoalarni birlashtiradigan rishtalarni qadrlaymiz.
Ushbu payshanba, #FriendshipDay - Do‘stlik kuni munosabati bilan hayotingizda muhim o‘rin tutgan do‘stingizni belgilang.
Keling, do‘stlikning bizni ruhlantirish, qo‘llab-quvvatlash va birlashtirishdagi kuchini birgalikda nishonlaylik!
—
Дружба сближает людей, строит мосты между культурами и странами и напоминает нам, что даже небольшие проявления доброты и поддержки могут многое изменить.
В Международный день дружбы мы чествуем тех, кто всегда рядом, вдохновляет нас и помогает расти, а также связи, которые объединяют наши сообщества.
В этот четверг, в #FriendshipDay - День дружбы, отметьте друга, который сыграл важную роль в вашей жизни.
Давайте вместе праздновать силу дружбы — вдохновлять, поддерживать и объединять.
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 LOYIHALARI NATIJALARI E'LON QILINDI!
Yevropa Komissiyasi 2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education – CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan loyihalar ro'yxatini e'lon qildi.
🌍 Joriy yilda 180 ta loyiha moliyalashtirish uchun tavsiya etildi. Loyihalarda dunyoning 113 ta mamlakatidan 1 640 ga yaqin oliy ta'lim sohasi vakillari hamkor va koordinator sifatida ishtirok etadi.
🤝 Erasmus+ CBHE loyihalari Yevropa Ittifoqi va hamkor mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalarini birlashtirib, zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, innovatsion o'qitish usullarini joriy etish, akademik va ma'muriy xodimlar salohiyatini oshirish hamda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
➖ 2026-yilgi loyihalar quyidagi ustuvor yo'nalishlarni qamrab oladi:
🔹 raqamli ta'lim va sun'iy intellekt; 🔹 barqaror rivojlanish va iqlim o'zgarishiga moslashish; 🔹 sog'liqni saqlash va muhandislik ta'limini modernizatsiya qilish; 🔹 tadqiqotlarni boshqarish va universitetlarni moliyalashtirish; 🔹 tadbirkorlik ta'limi va bandlikni oshirish; 🔹 dezinformatsiyaga qarshi kurash va media savodxonlik; 🔹 ziddiyatli vaziyatlardandan zarar ko'rgan hududlarda oliy ta'lim barqarorligini ta'minlash va boshqa dolzarb yo'nalishlar.🫥 2021–2027-yillar davomida Erasmus+ dasturi doirasida Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun 613 million yevro ajratilgan bo'lib, shundan 2026-yilgi tanlov uchun 113 million yevro yo'naltirilgan. 🔗 Qo'shimcha ma'lumot: https://erasmus-plus.ec.europa.eu/whats-new/news/latest-selection-of-projects-announced-to-support-international-cooperation-in-higher-education Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
📢 LOYIHANI TAQDIMOT SESSIYASI: Erasmus+ CBHE – GreenCamUz loyihasi
🗓 Sana: 12-avgust
⏲ Vaqt: 11:00
🎙 Format: Onlayn
O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va Qo‘qon universiteti sizni Erasmus+ CBHE GreenCamUz – "Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan" loyihasiga bag‘ishlangan Loyihani taqdimot sessiyasiga taklif etadi.
🫥 Sessiya davomida siz:
🔹Loyiha maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va kutilayotgan natijalar bilan tanishasiz. 🔹Rejalashtirilgan faoliyatlar, asosiy natijalar hamda loyihaning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga kutilayotgan ta’siri haqida ma’lumot olasiz. 🔹Loyiha hamkorlari bilan tanishib, GreenCamUz tashabbusining amalga oshirilishi bo‘yicha tajribalar bilan tanishasiz. 🔹O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Erasmus+ CBHE loyihalari Erasmus+ dasturining beshta ustuvor yo‘nalishidan biri bo‘lgan Yevropa yashil kelishuvi (European Green Deal) maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qanday hissa qo‘shayotganini bilib olasiz.🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 10-avgust, 18:00 Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Repost from Edu.uz
🎉 ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!
Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e'lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
➖ Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta'lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:
SMARTLight – Smart LightWave technologies for 6G telecom systems 📍 Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali) ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future 📍 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti CNE – Chemical Nano-Engineering 📍 Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti📊 2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 🌍 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi. 👉 Rasmiy havola Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🌐 Biz bilan bog‘lanish oson!
Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishni istaysizmi? Unda biz bilan bevosita bog‘laning!
⏲ Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
Bizning aloqa ma’lumotlarimiz:
📞 Telefon: +998712389918 📬 Email: neo@erasmusplus.uz 💬 Telegram: @erasmus_uz 📹 Instagram: erasmusinuzbekistan 🌐 LinkedIn: erasmusinuzbekistan 🟥 YouTube: erasmusinuzbekistan 🕸 Vebsayt: www.erasmus.uzSavolingiz bormi? Xech ikkilanmang – yozing, qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/567-biz-bilan-bog-lanish-oson 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Repost from Edu.uz
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!
2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE) 🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ) 🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT) 🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan. 🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti 🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 🔹Xalqaro Nordik universitetiMa’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi 🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ 🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ 🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ 🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ📊 Loyiha turlari: 🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉 ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!
Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e'lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
➖ Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta'lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:
🤩 SMARTLight – Smart LightWave technologies for 6G telecom systems 📍 Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali) 🤩 ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future 📍 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 🤩 CNE – Chemical Nano-Engineering 📍 Turin Politexnika Universitetining Toshkent shahridagi filiali📊 2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 🌍 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi. 👉 Rasmiy havola Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!
2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE) 🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ) 🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT) 🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan. 🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti 🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 🔹Xalqaro Nordik universitetiMa’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nodavlat tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi 🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ 🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ 🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ 🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ📊 Loyiha turlari: 🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Erasmus+ CBHE natijalari e'lon qilinmoqda📩
Assalomu Alaykum,
Hurmatli kuzatuvchilar,
Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, Erasmus+ CBHE loyihalar natijalarini bugundan e’lon qilinish boshladi🇪🇺
Agar siz OTM nomidan Erasmus+ CBHE loyihalarga topshirgan bo‘lsangiz FTOP portali orqali natijalarni bilishingiz mumkin🎊
Hurmat bilan,
O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi jamoasi
+2
🧊 Erasmus+ DIANA va MECAS loyihalari bo‘yicha onlayn taqdimot sessiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi
21-iyul kuni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan Erasmus+ CBHE loyihalari DIANA va MECASga bag‘ishlangan onlayn taqdimot sessiyalari tashkil etildi.
🫥 Sessiyalar davomida loyiha vakillari:
🔹DIANA loyihasining maqsadlari, amalga oshirilayotgan faoliyatlari va tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda inklyuziv hamda hamma uchun qulay turizmni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlari haqida ma’lumot berdilar; 🔹MECAS loyihasi doirasida oliy ta’limni modernizatsiya qilish, innovatsiyalarni joriy etish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar taqdim etildi.💬 Shuningdek, ishtirokchilar loyihalar doirasida yaratilgan resurslar, hamkorlik imkoniyatlari va Erasmus+ dasturining oliy ta’lim hamda jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Sessiya yakunida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan loyiha ekspertlari bilan fikr almashdilar. 🟥 Sessiyada ishtirok eta olmaganlar uchun: https://youtu.be/Wc-81HoA93Q Erasmus+ loyihalari ta'lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishda davom etmoqda. Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
📖 HEREs Nashrlari | Oʻzbekiston taʼlimida generativ sunʼiy intellekt: pedagogik shart-sharoitlar, xatarlar va qoʻllash cheklovlari tahlili
Sizlarga “Oliy taʼlim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalidan yana bir dolzarb maqolani taqdim etamiz. Ushbu maqolada generativ sunʼiy intellektning Oʻzbekiston taʼlim tizimidagi imkoniyatlari, xavflari va undan masʼuliyatli foydalanish masalalari tahlil qilinadi.
🔹Muallif: Yuliya Vasilevna Risyukova
🔹Sarlavha: Oʻzbekiston taʼlimida generativ sunʼiy intellekt: pedagogik shart-sharoitlar, xatarlar va qoʻllash cheklovlari tahlili
Maqolada generativ sunʼiy intellektning taʼlim jarayoniga taʼsiri, uni samarali joriy etish uchun zarur pedagogik sharoitlar hamda akademik halollik, maʼlumotlar xavfsizligi va raqamli kompetensiyalar bilan bogʻliq muammolar keng yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston taʼlim tizimida ushbu texnologiyalardan oqilona va masʼuliyatli foydalanish boʻyicha tavsiyalar keltiriladi.
👉 Asosiy jihatlar:
✅ Generativ sunʼiy intellekt taʼlimni shaxsiylashtirish va oʻqitish sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi; ✅ AI vositalaridan foydalanishda akademik halollik, etik meʼyorlar va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash muhim; ✅ Oʻqituvchilarning raqamli va AI kompetensiyalarini rivojlantirish taʼlim transformatsiyasining asosiy omillaridan biridir; ✅ Sunʼiy intellekt oʻqituvchini almashtirmaydi, balki uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi vosita sifatida xizmat qilishi lozim; ✅ Taʼlimda AIʼni joriy etish aniq siyosat, metodik tavsiyalar va masʼuliyatli yondashuvni talab etadi.📌 To‘liq maqola bilan tanishing: Jurnal havolasi Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Repost from EU in Uzbekistan
Tabriklaymiz, Ispaniya! 🏆🇪🇸
Sizlar #FIFAWorldCup 2026 turnirini boshidan oxirigacha ajoyib tarzda o‘tkazdingiz.
Butun Yevropa bu g‘alabani sizlar bilan birga nishonlamoqda! 🇪🇸🇪🇺
—-
Поздравляем, Испания! 🏆🇪🇸
Вы провели великолепный чемпионат мира #FIFAWorldCup 2026 — от первого до последнего матча.
Сегодня Европа празднует эту победу вместе с вами 🇪🇸🇪🇺.
⏳ Only 1 Day Left to Register!
📢 Project Promotion Sessions: Erasmus+ CBHE Projects DIANA & MECAS
Don't miss the opportunity to explore two innovative Erasmus+ projects that are shaping the future of inclusive tourism and higher education.
🗓 Date: 21 July 2026
🕚 Time: 11:00 AM
During the sessions, you will:
🔹 Learn about the objectives, activities, and achievements of DIANA & MECAS;
🔹 Discover project resources, tools, and future opportunities;
🔹 Meet project partners and exchange ideas;
🔹 Explore how Erasmus+ projects contribute to innovation, inclusion, and academic development.
👥 Who can participate?
Higher education institutions, researchers, students, tourism professionals, and everyone interested in Erasmus+ projects.
📝 Registration deadline: 18 July 2026, 18:00
🔗 Register now: https://forms.gle/xajHZfBuEcVqzERQ8
Don't wait until the last minute—secure your place today!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
💡Erasmus+ loyihasi bo‘yicha hamkorlar qidiryapsizmi?
Agar sizda loyiha taklifi bo‘lsa va hamkorlar qidirayotgan bo‘lsangiz, Mahalliy hamkor izlovchi yordamga tayyor! 🌍
🔗 Bu yerda ehtimoliy hamkorlar bilan tanishing:
Mahalliy hamkor topish jadvali
💳 Ishtirok etishni xohlaysizmi?
Aloqa ma’lumotlaringizni quyidagi shaklni to‘ldirish orqali NEO veb-saytiga joylashtiring:
Ariza havolasi
Keling, birgalikda yanada mustahkam hamkorlik o‘rnatamiz!
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
⏳ Only 2 Days Left to Register!
📢 Project Promotion Sessions: Erasmus+ CBHE Projects DIANA & MECAS
Don't miss the opportunity to explore two innovative Erasmus+ projects that are shaping the future of inclusive tourism and higher education.
🗓 Date: 21 July 2026
🕚 Time: 11:00 AM
During the sessions, you will:
🔹 Learn about the objectives, activities, and achievements of DIANA & MECAS;
🔹 Discover project resources, tools, and future opportunities;
🔹 Meet project partners and exchange ideas;
🔹 Explore how Erasmus+ projects contribute to innovation, inclusion, and academic development.
👥 Who can participate?
Higher education institutions, researchers, students, tourism professionals, and everyone interested in Erasmus+ projects.
📝 Registration deadline: 18 July 2026, 18:00
🔗 Register now: https://forms.gle/xajHZfBuEcVqzERQ8
Don't wait until the last minute—secure your place today!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
⏳ Only 3 Days Left to Register!
📢 Project Promotion Sessions: Erasmus+ CBHE Projects DIANA & MECAS
Don't miss the opportunity to explore two innovative Erasmus+ projects that are shaping the future of inclusive tourism and higher education.
🗓 Date: 21 July 2026
🕚 Time: 11:00 AM
During the sessions, you will:
🔹 Learn about the objectives, activities, and achievements of DIANA & MECAS;
🔹 Discover project resources, tools, and future opportunities;
🔹 Meet project partners and exchange ideas;
🔹 Explore how Erasmus+ projects contribute to innovation, inclusion, and academic development.
👥 Who can participate?
Higher education institutions, researchers, students, tourism professionals, and everyone interested in Erasmus+ projects.
📝 Registration deadline: 18 July 2026, 18:00
🔗 Register now: https://forms.gle/xajHZfBuEcVqzERQ8
Don't wait until the last minute—secure your place today!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Project Promotion Sessions: Erasmus+ DIANA & MECAS
🗒 Date: 21 July 2026
⏲ Time: 11:00 AM
👥 Target audience: Higher education institutions, researchers, students, tourism professionals, and everyone interested in Erasmus+ projects.
The National Erasmus+ Office in Uzbekistan invites you to the Project Promotion Sessions dedicated to the Erasmus+ CBHE projects DIANA and MECAS.
🌿 DIANA promotes inclusive and accessible tourism in protected natural areas.
💡 MECAS supports the modernization of higher education through innovation, capacity building, and international cooperation.
🫥 During the sessions, participants will:
🔹 Learn about the projects' objectives and results; 🔹 Explore project resources and opportunities; 🔹 Exchange ideas with project partners; 🔹 Discover how Erasmus+ projects contribute to innovation and higher education development.🔗 Register now: Link ⌛️ Deadline for the Registration: July 18, 2026 at 18:00 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
+3
Erasmus+ EMINReM loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi
2026-yil 11–15-may kunlari Qozog‘istonning Satbayev universitetida Erasmus+ CBHE EMINReM – Eco-Mining and Innovative Natural Resources Management loyihasining yakuniy muvofiqlashtirish yig‘ilishi va xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Germaniya, Ispaniya va Turkiya universitetlari hamda sanoat hamkorlari ishtirok etib, loyiha doirasida erishilgan natijalar, konchilik ta’limini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uch yil davomida amalga oshirilgan loyiha natijasida hamkor universitetlarda magistratura dasturlari yangilandi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etildi, raqamli ta’lim yechimlari joriy qilindi hamda professor-o‘qituvchilarning malakasi xalqaro tajriba asosida oshirildi.
👉 Batafsil
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
📖 HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri
Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining 19-sonidan navbatdagi maqolani taqdim etamiz. Mazkur jurnal O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlari (HEREs) tomonidan nashr etiladi.
🔹 Muallif: Jaloliddin Raxmonov
🔹 Maqola nomi: Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri
Mazkur maqolada Erasmus+ dasturlarining O‘zbekistonda yuridik ta’limni modernizatsiya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif o‘quv dasturlarini yangilash, akademik mobillikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda bo‘lajak yuristlarda amaliy va transversal kompetensiyalarni shakllantirishda Erasmus+ dasturining muhim hissasini yoritadi. Shuningdek, MELE (Modernising European Legal Education) loyihasi misolida yuridik ta’limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish tajribasi tahlil qilingan.
👉 Maqolaning asosiy jihatlari:
✅ Erasmus+ yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda; ✅ Akademik mobillik talabalarda amaliy ko‘nikmalar, madaniyatlararo kompetensiyalar, xorijiy til bilimlari va turli huquq tizimlarini tushunish qobiliyatini rivojlantirmoqda; ✅ MELE loyihasi doirasida klinik yuridik ta’lim, keys-stadi, sud jarayonlari simulyatsiyasi (moot court) va talaba markazli o‘qitish usullari joriy etildi; ✅ Erasmus+ raqamli kompetensiyalarni, fanlararo yondashuvlarni hamda sun’iy intellekt, LegalTech va Yevropa huquqi kabi zamonaviy yo‘nalishlarni yuridik ta’limga integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlamoqda; ✅ Maqolada yuridik ta’limni internatsionallashtirish, universitetlar va professional hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda XXI asr talablariga javob beradigan malakali yuristlarni tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.📌 To‘liq maqola bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
