ru
Feedback
National Erasmus+ Office Uzbekistan

National Erasmus+ Office Uzbekistan

Открыть в Telegram

Official channel of the National Erasmus+ Office in Uzbekistan. The latest news and announcements of the Erasmus+ Programme. 🌐 Website: www.erasmus.uz

Больше
4 158
Подписчики
+424 часа
+827 дней
+37330 день
Архив постов
🎓 CALL 2026 ERASMUS MUNDUS JOINT MASTERS (EMJM) WINNERS Have you been selected as an Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) sch
🎓 CALL 2026 ERASMUS MUNDUS JOINT MASTERS (EMJM) WINNERS Have you been selected as an Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) scholarship winner under the 2026 Call? Congratulations! 🌍✨ The National Erasmus+ Office in Uzbekistan would like to connect with all successful winners from Uzbekistan. 📌 If you are an EMJM 2026 winner but have not yet received an email from the team of the National Erasmus+ Office in Uzbekistan, please contact us at: 📧 neo@erasmusplus.uz We look forward to hearing from you and supporting your Erasmus Mundus journey. Please share this announcement with other EMJM 2026 winners you may know. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

📆⏰ Erasmus+ imkoniyatlari doirasida OCHIQ ESHIKLAR KUNI! Erasmus+ imkoniyatlari haqida savollaringiz bormi? Barcha savollari
📆⏰ Erasmus+ imkoniyatlari doirasida OCHIQ ESHIKLAR KUNI! Erasmus+ imkoniyatlari haqida savollaringiz bormi? Barcha savollaringizga javob olish va ko‘proq ma’lumotga ega bo'lish uchun Ochiq eshiklar kunida bizga qo‘shiling! 📆 Vaqt: 14:00 - 16:00 📍 Manzil: International Business Centre, 7-qavat, A blok (Bodomzor Metro yaqinida) Ochiq eshiklar kuni quyidagi jadval asosida bo’lib o’tadi:
🔹 23-iyun (14:00-15:00) – Talabalar uchun individual imkoniyatlar 🔹 23-iyun (15:00-16:00)– Tashkilotlar uchun imkoniyatlar
📌 Joyingizni band qilish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting: Havola 🗓 Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 18-iyun, 18:00 Erasmus+ haqida batafsil ma’lumot va ko‘rsatmalar olish imkoniyatini boy bermang! 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🌍 Butun dunyo bo‘ylab Erasmus+ yo'nalishlari Erasmus+ - bu faqat talabalarni Yevropada o'qishi yoki oliy ta’lim muassasalarining loyihalari emas! Isboti bilan, ushbu videoda Erasmus+ Yevropadan tashqaridagi shaxslar va muassasalar uchun moliyalashtirish, hamkorlik va mobillik imkoniyatlari orqali global hamkorlikni qanday qo‘llab-quvvatlashi haqida so‘z boradi. 📌 Asosiy mavzular:
🔹 Erasmus+ Yevropani dunyoning qolgan qismi bilan qanday bog‘lashi 🔹 Turli hududlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari 🔹 Mobillik, qo‘shma magistratura dasturlari va salohiyatni oshirish loyihalari 🔹 G‘oyangizni Erasmus+ loyihasiga aylantirish uchun asosiy qadamlar
Agar xalqaro miqyosda hamkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz, bu videoni tomosha qilishingizni tavsiya qilib qolamiz! 👇 🟥 https://www.youtube.com/watch?v=aZef5pJVLy0 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

Repost from EU in Uzbekistan
🎉 2026-yilda O‘zbekistonlik 9 talaba Erasmus Mundus Qo‘shma Magistrlik Dasturlariga qabul qilindi! 2026-yilda O‘zbekistonnin
+5
🎉 2026-yilda O‘zbekistonlik 9 talaba Erasmus Mundus Qo‘shma Magistrlik Dasturlariga qabul qilindi! 2026-yilda O‘zbekistonning 9 nafar iqtidorli talabasi nufuzli Erasmus Mundus Qo‘shma Magistrlik dasturlariga qabul qilindi. Ular Yevropaning yetakchi universitetlarida tahsil olib, xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🎓 Bu yilgi tanlov natijalariga ko‘ra: • 9 nafar talaba qabul qilindi; • 4 nafar talaba Erasmus Mundus stipendiyasi sohibiga aylandi; • 5 nafar talaba self-funded asosida o‘qishni boshlaydi; • Talabalar O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasini namoyon etmoqda. 🌍 Talabalar o‘z o‘qishlarini Fransiya, Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Irlandiya, Polsha, Serbiya va Buyuk Britaniyadagi universitetlarda boshlaydilar. 👏 Ushbu natijalar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro ta’limdagi faolligi ortib borayotganini va Erasmus Mundus dasturining akademik mobillik hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etadi. Barcha tanlangan talabalarni samimiy tabriklaymiz va ularga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌍📖 — 🎉 9 студентов из Узбекистана поступили на программы Erasmus Mundus в 2026 году! В 2026 году девять талантливых студентов из Узбекистана были приняты на престижные программы совместной магистратуры Erasmus Mundus и смогут продолжить обучение в ведущих университетах Европы. 🎓 По итогам отбора этого года: • 9 студентов были зачислены на программы Erasmus Mundus; • 4 студента получили полную стипендию Erasmus Mundus; • 5 студентов будут обучаться на условиях self-funded; • Отобранные кандидаты представляют 9 университетов Узбекистана. 🌍 Своё обучение студенты начнут в университетах Франции, Италии, Финляндии, Нидерландов, Ирландии, Польши, Сербии и Великобритании. 👏 Этот успех отражает растущее участие молодёжи Узбекистана в международном высшем образовании и подчёркивает важную роль программы Erasmus Mundus в развитии академической мобильности и международного сотрудничества. Искренне поздравляем всех отобранных студентов и желаем им успехов в учёбе, новых возможностей и ярких достижений! 🌍📖

🌍 ERASMUS+ MINTAQAVIY AXBOROT KUNI VA “OLIY TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT” KONFERENSIYASI QOZOG‘ISTONDA BO‘LIB O‘TDI 21–22 may k
+4
🌍 ERASMUS+ MINTAQAVIY AXBOROT KUNI VA “OLIY TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT” KONFERENSIYASI QOZOG‘ISTONDA BO‘LIB O‘TDI 21–22 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Erasmus+ Mintaqaviy axborot kuni hamda “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 📊 Tadbirda:
✅ 466 nafar ishtirokchi (440 nafari oflayn, 26 nafari onlayn); ✅ Markaziy Osiyoning 5 davlati; ✅ 25 ta shahar; ✅ 71 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etdi.
🤝 Ikki kun davom etgan tadbirda Markaziy Osiyoning besh davlatidan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, Milliy Erasmus+ Ofislari va Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlari (HERE) ishtirok etib, Erasmus+ dasturining mintaqadagi o‘rni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellektning oliy ta’limga ta’siri masalalarini muhokama qildilar. 🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Milliy Erasmus+ Ofisi koordinatori Aziza Abdurakhmanova, HERE ekspertlaridan Zumrad Usmonova va Ilhom Abdurahmonov ekspertlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston vakillari Erasmus+ loyihalari sifatini oshirish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga oid sessiyalarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 🫥 Konferensiya doirasida:
🔹Erasmus+ dasturi bo‘yicha raqobatbardosh loyiha takliflarini tayyorlash; 🔹Markaziy Osiyoda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish; 🔹Oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning imkoniyatlari va xatarlari; 🔹Akademik halollik, sifat ta’minoti va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi.
📌 Tadbir yakunida xalqaro akademik hamkorlik, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyani rivojlantirish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlab chiqildi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining oliy ta’lim sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadamlar: Ariza topshirish uchun qanday hujjatlar kerak? 📝 Erasmus Mundus Joint Master (EMJM) da
📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadamlar: Ariza topshirish uchun qanday hujjatlar kerak? 📝 Erasmus Mundus Joint Master (EMJM) dasturiga ariza topshirmoqchimisiz? Quyida ko‘pchilik dasturlar talab qiladigan asosiy hujjatlar ro‘yxatini keltiramiz. Har bir dastur o‘z talablariga ega bo‘lishi mumkin, lekin odatda quyidagilar so‘raladi 👇 📄 1. Pasport
Amaldagi (yaroqli) pasport nusxasi kerak bo‘ladi.
🎓 2. Diplom va baholar varaqasi (transcript)
Bakalavr diplomi va transcript (ba’zida ingliz tiliga rasmiy tarjimasi talab qilinadi).
📝 3. Motivatsion xat
Nega aynan shu dasturga ariza bermoqchisiz? Maqsadlaringiz qanday? Keyingi sonlarimizda motivatsion xatni yozish bo'yicha maslaxatlar ham ulashib boramiz.
📚 4. Rezyume (CV)
Ko‘pchilik dasturlar EUROPASS formatini so‘rashadi. Aniq va professional bo‘lishi kerak. 🔗 https://europa.eu/europass/en
🗣 5. Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat
Ko‘pincha IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar talab qilinadi. (Ba’zi dasturlar universitetdan olingan ingliz tili o‘qitilganligi haqida hujjatni ham qabul qiladi — buni tekshirib ko‘rishingizni maslaxat beramiz.)
👥 6. Tavsiyanoma xatlari
Odatda 2 ta tavsiyanoma — o‘qituvchilardan yoki ish beruvchilardan.
🖋 7. Boshqa hujjatlar (agar so‘ralsa):
– Portfolio (ijodiy yo‘nalishlar uchun) – Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat – Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID) – Dastur saytida berilgan maxsus formalar
📝 Qo‘shimcha maslahat: 🔹 Har bir dastur o‘z hujjatlar ro‘yxatini beradi — saytdagi ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qing 🔹 Til testini topshirish, tarjima qilish kabi ishlar vaqt oladi — jarayonni ertaroq boshlang! 🔹 Hujjat nomlarini tartib bilan saqlang. Masalan, Ism_Familiya_CV.pdf, Ism_Transcript.pdf. 🟥 Erasmus Mundusga ariza topshirish tartibi va muvaffaqiyatli ariza topshirish sirlari bo'yicha maxsus EMJM g'olibasidan tavsiyalar: https://youtu.be/CCI0Erc3eVs?feature=shared Erasmus Mundus qo‘shma magistrlari (EMJM) katalogi havolasi: https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/emjmd-catalogue_en Batafsil: https://erasmus.uz/publications/575-emjmga-bosqichma-bosqich-qadamlar-ariza-topshirish-uchun-qanday-hujjatlar-kerak 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🎓 Erasmus+ CBHE loyihalari uchun ariza topshirish tartibi 🌍 O‘zbekiston va undan tashqarida oliy ta’limni yangilik kiritishni xohlaysizmi? Erasmus+ dasturi doirasidagi Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalari universitetlarni modernizatsiya qilish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va akademik soha hamda sanoat o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun mablag‘ ajratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. 📺 Bu videoni tomosha qilib, quyidagilarni o‘rganasiz:
🔹CBHE loyihalarining maqsadlari 🔹CBHE loyihalarini moliyalashtirishning uchta yo‘nalishi 🔹 Kimlar ariza topshirishi hamda kuchli konsorsiumni qanday shakllantirish mumkin 🔹 Arizalarni baholashning asosiy mezonlari va muddatlari
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! CBHE loyihangizni bugunoq boshlang! 🟥 Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=01n3Z6rUaFY 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadam: EMJM stipendiyasi nimalarni qamrab oladi? Siz bilasizmi? Erasmus Mundus Joint Masters dast
📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadam: EMJM stipendiyasi nimalarni qamrab oladi? Siz bilasizmi? Erasmus Mundus Joint Masters dasturida tanlangan aksariyat talabalar to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiyaga ega bo‘lishadi! Quyida stipendiya nimalarni o‘z ichiga olishi va kimlar uchun mo‘ljallangani haqida qisqacha ma'lumot beramiz. 💸 EMJM stipendiyasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
✅ To‘liq kontrakt to‘lovi – siz universitetlarga hech qanday to‘lov qilmaysiz ✅ Oylik stipendiya (~1400 yevro atrofida) – yashash xarajatlari uchun ✅ Yo‘l xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ – sizning qabul qilingan mamlakatingizga qarab ma'lum summa belgilanadi ✅ Sug‘urta va ayrim hollarda viza xarajatlari ✅ 2–3 ta davlatda tahsil olish va qo‘shma yoki ko‘p diplomli bo‘lish imkoniyati
Har bir ariza topshiruvchi fuqaroligidan qat’i nazar avtomatik tarzda stipendiyaga nomzod hisoblanadi. Ammo shuni unutmang-ki, stipendiyalar soni cheklangan va tanlov raqobatli, hamda, ba’zi talabalar stipendiyasiz - nonscholarchip (o‘z hisobidan) ham qabul qilinishi mumkin. 📝 Qo‘shimcha maslahat: Bir nechta EMJM dasturlariga ariza topshirish orqali stipendiya olish imkoniyatingizni oshiring! Erasmus Mundus qo‘shma magistrlari (EMJM) katalogi havolasi: https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/emjmd-catalogue_en Batafsil: https://erasmus.uz/publications/574-emjmga-bosqichma-bosqich-qadam-emjm-stipendiyasi-nimalarni-qamrab-oladi 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🎥 Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingi
+2
🎥 Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingiz mumkin! Erasmus+ Haftaligi 2026 davomida ishtirokchilar Yevropa ta’lim va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ekspertlar hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishdi. Endilikda ushbu sessiyalar yozuvlari orqali ulardan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin. 🤩 Erasmus Mundus bitiruvchisi bilan uchrashuv Mazkur sessiyada Erasmus Mundus bitiruvchisi Azizbek o‘zining Cyberus magistratura dasturidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda bo‘lajak nomzodlar uchun foydali tavsiyalar berdi. 🔹 Sessiya davomida:
🔹 Erasmus Mundus magistratura dasturlari va ularning afzalliklari 🔹 Ariza topshirish jarayoni va muddatlari 🔹 Motivatsion xat va Europass CV tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar 🔹 Ariza topshirishda uchraydigan keng tarqalgan xatolar 🔹 Dasturdan keyingi akademik va kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟥 Yozuvni tomosha qiling: https://youtu.be/5NBxbfs-o6I Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🚀 O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi SIZ uchun nimalar qilishi mumkin? 🇪🇺🇺🇿 Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) O‘zbekistonda
🚀 O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi SIZ uchun nimalar qilishi mumkin? 🇪🇺🇺🇿 Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) O‘zbekistonda Erasmus+ dasturini ilgari surish va unga oid imkoniyatlarni aholiga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ammo bu ofis aynan kimlarga, qanday yordam beradi? 🤔
🔹Erasmus+ imkoniyatlarini targ‘ib qilish – Seminarlar, axborot sessiyalari, tadbirlar orqali dastur haqida xabardorlikni oshirish va muvaffaqiyatli tajribalarni baham ko‘rish. 🔹Oliy Ta'lim Muassasalar va tashkilotlar uchun maslahatlar – Loyihalarga ariza topshirish, hamkor topish va Erasmus+ni amalga oshirishda yordam. 🔹Amaldagi loyihalarga doimiy maslahatlar – Loyihalarni kuzatib borish, fikr-mulohazalar berish va muammolarni hal qilishda yordam. 🔹Loyiha natijalarini targ‘ib qilish – Muvaffaqiyatli loyihalarni vebsayt, axborot xatlari va tadbirlar orqali yoritish. 🔹Oliy ta’lim islohotlari – Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspertlar (HEREs) jamoasi faoliyatini muvofiqlashtirish. 🔹Siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlash – Mahalliy hokimiyat, mutaxassislar va siyosatchilar bilan hamkorlikda Erasmus+ni milliy ustuvor yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirish.
⚡️ Talaba bo‘lasizmi, OTM vakilimi yoki tashkilot xodimimi – Erasmus+ bilan ishlashni istasangiz, NEO doimo sizga yordam berishga tayyor! ✊🕊 📖 Batafsil ma’lumot: NEO vazifalari va maqsadlari 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🎥 Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingi
+2
🎥 Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingiz mumkin! Erasmus+ Haftaligi 2026 davomida ishtirokchilar Yevropa ta’lim va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ekspertlar hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishdi. Endilikda ushbu sessiyalar yozuvlari orqali ulardan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin. 🤩 Horizon Europe moliyalashtirish imkoniyatlari Ushbu sessiyada ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha eng yirik dasturi — Horizon Europe haqida batafsil ma’lumot berildi. 🔹 Sessiya davomida:
🔹 Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari 🔹 Horizon Europe dasturi doirasidagi moliyalashtirish imkoniyatlari 🔹 Milliy aloqa nuqtalari (NCP)ning roli va vazifalari 🔹 Hamkor topish va konsorsium shakllantirish strategiyalari 🔹 Muvaffaqiyatli loyiha taklifi (proposal) tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
🟥 Yozuvni tomosha qiling: https://youtu.be/OWyFagSgg8Y Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadamlar: Katalogdan boshlang! Agar siz Erasmus Mundus qo‘shma magistrlari (EMJM) uchun ariza top
📘 EMJMga bosqichma-bosqich qadamlar: Katalogdan boshlang! Agar siz Erasmus Mundus qo‘shma magistrlari (EMJM) uchun ariza topshirmoqchi bo‘lsangiz, birinchi qadam dasturlarning rasmiy katalogini o‘rganishdir: 🔗 https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/emjmd-catalogue_en Ammo ko‘pchilik talabalar bilmaydigan narsa bor: 👇 ✅ Har bir EMJM dasturi o‘z veb-saytiga ega
Ushbu saytlarda barcha tafsilotlarni topishingiz mumkin: qanday ariza topshirish, talab qilinadigan hujjatlar, muvofiqlik va aloqa ma’lumotlari.
📆 Har bir dastur uchun muddatlar turlicha
Ba’zilari yozda, ba’zilari kuzda, ba’zilari hatto qishda ham qabul ochiladi. Shuning uchun bitta "rasmiy" muddatni kutib o‘tirmang - har bir dasturning saytini alohida tekshiring!
📌 Qancha dasturga ariza topshirishingiz mumkinligi bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q
Ha, bir vaqtning o‘zida bir nechta ariza topshirishingiz mumkin! Ko‘proq topshirilgan arizalar = kattaroq grant yutish ehtimoli.
💸 Ariza topshirish uchun hech qanday to‘lov yo'q
Ariza topshirish mutlaqo bepul!
🎓 Ikki yoki hatto uchta diplom
EMJM dasturlarining aksariyati turli mamlakatlardagi 2-3 ta universitet tomonidan kordinatsiya qilinadi, shuning uchun agar siz tanlansangiz - Yevropada o‘qiysiz, sayohat qilasiz va bir nechta darajalar bilan o‘qishni tugatasiz!
Shuning uchun kutmang - hoziroq katalogni o‘rganishdan va maqsadlaringizga mos keladigan dasturlarni belgilashdan boshlang! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/514-emjmga-bosqichma-bosqich-qadamlar-katalogdan-boshlang 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🌍 Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) (2021-2027) 🎓 Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) talabalar, ilmiy va ma’muri
🌍 Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) (2021-2027) 🎓 Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) talabalar, ilmiy va ma’muriy xodimlarga chet elda o‘qish, o‘qitish yoki malaka oshirish imkoniyatini taklif qilishini bilarmidingiz? 🤔 Kimlar ishtirok eta oladi? Dastur mamlakatlaridan (Yevropa Ittifoqi va unga aloqador davlatlar) hamda hamkor mamlakatlardan (aloqador bo‘lmagan uchinchi davlatlar) talabalar (bakalavr, magistr, doktorant) va xodimlar. ⚡️ U nimalarni taklif qiladi?
🔹 Qisqa muddatli mobillik (2-12 months) 🔹 Aralash mobillik (jismoniy + virtual) 🔹 Treninglar va xodimlarni o‘qitish 🔹 Sayohat va yashash uchun moliyaviy ko‘mak
Qanday ariza topshirish mumkin? Faqat Dastur mamlakatlari universitetlari hamkor mamlakatlar universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Erasmus+ Milliy agentligi orqali moliyalashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin. ICM imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi videoni tomosha qiling! 👇 🟥 https://www.youtube.com/watch?v=vM457ZytRdM 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

📣 Jean Monnet loyiha taklifini tayyorlayapsizmi? Sizga aynan kerak bo‘lgan resursimiz bor! ✨ Haydarali Yunusov ishtirokidagi yozib olingan sessiyani tomosha qiling. U sessiyada quyidagilarni taqdim etadi:
🔹Takliflarni tayyorlash bo‘yicha qadamma-qadam ko‘rsatmalar 🔹Jean Monnet loyihasi talablari haqida tushuncha 🔹Murojaatingizni kuchaytirish uchun amaliy maslahatlar
🟥 Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=QrAHgS222LM 💡 Bu video butunlay Jean Monnet loyihalari haqida, shuning uchun uni o‘tkazib yubormang! Boshqa Erasmus+ takliflarini tayyorlashda yordam beradigan qo‘shimcha ma’lumotlarni kuzatib boring. Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun YouTube kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🌍 Oliy ta’limdagi qadriyatlar: global muhokama va tajriba almashinuvi 2–3-iyun kunlari Erasmus+ dasturining SPHERE tashabbus
+2
🌍 Oliy ta’limdagi qadriyatlar: global muhokama va tajriba almashinuvi 2–3-iyun kunlari Erasmus+ dasturining SPHERE tashabbusi doirasida “Oliy ta’limdagi qadriyatlar: muammolar, amaliyotlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Markaziy Osiyo, Sharqiy Hamkorlik mamlakatlari, G‘arbiy Bolqon va Janubiy O‘rta Yer dengizi mintaqalaridan Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HEREs) ishtirok etdi. 🔹 Ikki kun davomida ishtirokchilar:
🔹akademik erkinlik va universitetlar avtonomiyasi; 🔹akademik halollik va etik tamoyillar; 🔹inklyuzivlik, tenglik va xilma-xillik; 🔹oliy ta’limda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash; 🔹xalqaro hamkorlikda qadriyatlarning o‘rni kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Seminar davomida Yevropa va hamkor mamlakatlar ekspertlari oliy ta’lim tizimlarida qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, akademik erkinlik va institutsional avtonomiyani monitoring qilish bo‘yicha Yevropa darajasidagi vositalar ham taqdim etildi. 🤝 Tadbir ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasalarida asosiy qadriyatlarni mustahkamlash, mavjud muammolarni muhokama qilish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

Repost from KARSU.UZ
⚡️QMUda "Evropa huqıqı" páni xalıqaralıq grant joybarı sheńberinde oqıtılmaqta 🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik unive
+4
⚡️QMUda "Evropa huqıqı" páni xalıqaralıq grant joybarı sheńberinde oqıtılmaqta 🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde 2025-2028-jıllar dawamında ámelge asırılıwı rejelestirilgen, ERASMUS-JMO-2025-HEI-TCH-RSCH baǵdarlaması sheńberinde qarjılandırılıp atırǵan "Teaching European Union Law" ("Evropa Awqamı huqıqın oqıtıw") xalıqaralıq joybarı tabıslı ámelge asırılmaqta. Bul joybar Evropa Komissiyasınıń qararına tiykarlanıp 2025-jıl avgust ayında universitet tárepinen qolǵa kirgizilgen bolıp, joybardıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde joybardı qarjılandırıwshı European Education and Culture Executive Agency (EACEA) hám Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti arasında Grant kelisimine qol qoyılǵan. 🤔Joybar sheńberinde universitettiń yuridika fakulteti studentlerine "Evropa huqıqı" páni oqıtılmaqta. Sabaq arqalı studentlerge Evropa Awqamınıń huqıqıy sisteması, institutları, huqıq dárekleri, Evropa integraciyası processleri hám xalıqaralıq huqıqtıń zamanagóy baǵdarları boyınsha tereń bilimler berilmekte. Pándi oqıtıwda joybar basshısı A.Gulimov hámde joybar aǵzaları - G.Yuldasheva, R.Azxodjaeva hám A.Berdimuratovlar studentlerge joqarı dárejede lekciyalar hám ámeliy sabaqlar alıp barmaqta. ➡️Tolıq oqıw ⚡️QDUda "Yevropa huquqi" fani xalqaro grant loyihasi doirasida o‘qitilmoqda 🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2025-2028 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, ERASMUS-JMO-2025-HEI-TCH-RSCH dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan "Teaching European Union Law" ("Yevropa Ittifoqi huquqini o‘qitish") xalqaro loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Yevropa Komissiyasining qaroriga asosan 2025 yil avgust oyida universitet tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lib, loyihaning ijrosini ta’minlash maqsadida loyihani moliyalashtiruvchi European Education and Culture Executive Agency (EACEA) va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida Grant bitimi imzolangan. 🤔Loyiha doirasida universitetning yuridik fakulteti talabalariga "Yevropa huquqi" fani o‘qitilmoqda. Dars orqali talabalarga Yevropa Ittifoqining huquqiy tizimi, institutlari, huquq manbalari, Yevropa integratsiya jarayonlari va xalqaro huquqning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlar berilmoqda. Fanni o‘qitishda loyiha rahbari A.Gulimov hamda loyiha a’zolari - G.Yuldasheva, R.Azxodjayeva va A.Berdimuratovlar talabalarga yuqori darajada ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. ➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook

📘 Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) ga bosqichma-bosqich qadam: Qanday to'g'ri dastur tanlash mumkin Demak, siz EMJM katal
📘 Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) ga bosqichma-bosqich qadam: Qanday to'g'ri dastur tanlash mumkin Demak, siz EMJM katalogini ochdingiz va ko‘plab qiziqarli dasturlarni topdingiz. Endi-chi? Endi nima qilasiz? Ularni quyidagicha saralash mumkin 👇 🔍 1. O‘z ta’lim yo‘nalingiz bo‘yicha filtrlang
Muhandislik, iqtisodiyot, ekologiya, ommaviy axborot vositalari kabi kalit so‘zlar orqali filtirlang va qidiruv doirasini yaxshilang.
🌍 2. Ishtirokchi universitetlar va mamlakatlarni ko‘rib chiqing
Har bir EMJM kamida 2-3 ta hamkor universitetga ega. O‘zingizga shunday savollar bering: — Qayerda o‘qishni va yashashni istaysiz? — Bu universitetlar sizning sohangizda kuchlimi? — Aniq bu loyiha sizga kerakli narsalarni beroladimi?
📚 3. O‘quv dasturini o‘rganing
Har bir EMJM o'ziga yarasha noyobdir. Ba’zilari tadqiqotga yo‘naltirilgan, boshqalari amaliy. Kurs modullarini va dissertatsiya talablarini diqqat bilan tanishib chiqing.
📆 4. Ariza topshirish muddati va talablarini tekshiring
Muddatlar har xil bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi dasturlar ro‘yxatini tuzing va ularning quyidagi ma’lumotlarini kuzatib boring: — Boshlanish sanasi — Tugash muddati — Talab qilinadigan hujjatlar
🎓 5. Karyera maqsadlaringiz haqida ham o‘ylab ko‘ring
Dastur sizni sohangizga ixtisoslashtirishi mumkinmi? PhD uchun yo‘l ochadimi? Xalqaro miqyosda ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beroladimi?
📝 Qo‘shimcha maslahat: O‘zingizga yoqqan dasturlar haqida elektron jadval tuzing: loyihaga havola, muddatlar, kerakli hujjatlar, aloqa ma’lumotlari kabi zarur narsalarni yig'ib boring. Muhimi tartibli bo‘ling! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/538-erasmus-mundus-joint-masters-emjm-ga-bosqichma-bosqich-qadam-qanday-to-g-ri-dastur-tanlash-mumkin 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🌐 Biz bilan bog‘lanish oson! Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishni istaysizmi? Unda biz bilan bevosita bog‘lanin
🌐 Biz bilan bog‘lanish oson! Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishni istaysizmi? Unda biz bilan bevosita bog‘laning! ⏲ Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha Bizning aloqa ma’lumotlarimiz:
📞 Telefon: +998712389918 📬 Email: neo@erasmusplus.uz 💬 Telegram: @erasmus_uz 📹 Instagram: erasmusinuzbekistan 🌐 LinkedIn: erasmusinuzbekistan 🟥 YouTube: erasmusinuzbekistan 🕸 Vebsayt: www.erasmus.uz
Savolingiz bormi? Xech ikkilanmang – yozing, qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/567-biz-bilan-bog-lanish-oson 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

🔖 Ishtirokchini identifikatsiyalash kodi - Participant Identification Code (PIC) Erasmus+ dasturiga ariza topshirishdan oldi
🔖 Ishtirokchini identifikatsiyalash kodi - Participant Identification Code (PIC) Erasmus+ dasturiga ariza topshirishdan oldin barcha ishtirok etish niyatida bo'lgan tashkilotlar Yevropa Ittifoqining ishtirokchilar reyestrida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tishda 9 xonali PIC raqami beriladi va bu raqam Erasmus+ ning barcha dasturlariga ariza topshirish uchun amal qiladi. PIC raqam olish bosqichlari: 1️⃣ Agar EU Account'ingiz bo'lmasa, yangi hisob yarating: Hisob yaratish. 2️⃣ Takroriy PIC raqam yaratmaslik uchun Tashkilotingiz allaqachon Yevropa Ittifoqi portalida registratsiya qilinganmi yoki yo'q tekshiring. Mavjud ro‘yxatdan o‘tishlarni tekshirish uchun Portaldagi qidiruv funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinadi. 3️⃣ Agar ro‘yxatda bo‘lmasa, Tashkilotingizni saytda berilgan ko‘rsatmalarga amal qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazing. 4️⃣ Onlayn ariza shakllarini to'ldirishdada va Yevropa Ittifoqi xizmatlari bilan qo‘shimcha aloqa qilish uchun PIC raqamdan foydalaning. Batafsil ma’lumot olish uchun Yevropa Ittifoqining moliyalashtirish va tenderlar portaliga yoki O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisiga murojaat qiling. Foydali havolalar: 👉 Tashkilotingizda PIC raqam borligini tekshiring: Qidirish. 👉 Yevropa Ittifoqi grantlari bo‘yicha qo‘llanma (video): Ishtirokchini identifikatsiyalash kodi (PIC). 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | Facebook

🚀 Yevropa Ittifoqining moliyalashtirish va tenderlar portali - EU Funding & Tenders Portal (FTOP) Yevropa Ittifoqi moliyalas
🚀 Yevropa Ittifoqining moliyalashtirish va tenderlar portali - EU Funding & Tenders Portal (FTOP) Yevropa Ittifoqi moliyalashtirish imkoniyatlarini qidiryapsizmi? Yevropa Ittifoqining Moliyalashtirish va Tenderlar Portali (FTOP) muassasalar va tashkilotlar turli dasturlar doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni topishi, ularga ariza topshirishi va ularni boshqarishi mumkin bo‘lgan rasmiy platformadir. 🤔 FTOP nima o'zi? FTOP - loyiha takliflarini yuborish, grant kelishuvlarini imzolash va Yevropa Ittifoqi, jumladan Erasmus+ tomonidan moliyalashtiriladigan tashabbuslarni boshqarish uchun markazlashtirilgan portal bo'lib, u takliflarni qabul qilish, hamkorlarni qidirish vositalari va loyihalarni boshqarish resurslariga kirish imkonini beradi. ❓ Erasmus+ dasturining qaysi faoliyatlari FTOP orqali topshirilishi shart bilasizmi? Bular:
🔹Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) 🔹 Jean Monnet yo'nalishi 🔹 Erasmus Mundus loyihalashtirish choralari (EMDM) 🔹 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlari (EMJM) (ta’lim olish uchun ariza topshirgan talabalar uchun emas, balki dastur yaratish uchun ariza topshirgan konsorsiumlar
📌 Havola: EU Funding & Tenders Portal Batafsil: https://erasmus.uz/en/publications/463-eu-moliyalashtirish-va-tenderlar-portali-yevopa-ittifoqi-imkoniyatlari-uchun-eshik 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

National Erasmus+ Office Uzbekistan - Статистика и аналитика Telegram-канала @erasmus_uz