cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qashqadaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyati Prezident, ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari rasmiy kanali.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
815
Obunachilar
+524 soatlar
+47 kunlar
+9930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari #uzbekiston24 📍 Qashqadaryo viloyatidagi imtihon jarayonlari Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
4.mp433.33 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. ‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | "Yangi O‘zbekiston" universitetiga kirish imtihoni o‘tkazildi #uzbekiston24 00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Yangi.mp441.43 MB
👍 1
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3978.MP49.27 MB
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta; 📍Andijon viloyatiga 6 844 ta; 📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta; 📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta; 📍Namangan viloyatiga 5 406 ta; 📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta; 📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta; 📍Toshkent shahriga 3 753 ta; 📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta; 📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
03:09
Video unavailableShow in Telegram
58.03 MB
01:21
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari #6july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Hammasini ko'rsatish...
4.mp433.33 MB
👍 1
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️ Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi yakunlandi. 📍Ma'lumot uchun, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida bugun soat 17:00da 3-smena ham bo‘lib o‘tadi. 📊 Eslatib o‘tamiz, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bolib, shundan 62 062 tasi Prezident maktablari hissasiga togri keladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣📣📣📣📣 🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi. ⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.