cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yuridik Yordam 🇺🇿🧑‍✈️

Yuridik sohaga oid va hayotimizga doir har qanday vaziyat va yangiliklar ⚡ Bog'lanish: 👨‍💻 @Shuhrat_Yurist1 👨‍💻 asadbek:

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
260
Obunachilar
-124 soatlar
-87 kunlar
-3230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

01:18
Video unavailableShow in Telegram
🎊🤲💐«ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ» МУБОРАК БЎЛСИН!!!🎁🤲💐 😊Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ! 🎁💐 Мен учун энг яқин бўлган инсоним, «ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ» муборак бўлсин! 🎁💐 Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сўрайман. 🎁💐 Аввало она Юртимиз тинч, осмонимиз доимо шундай мусаффо бўлсин! 🎁💐 Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли ўтказишингизни тилаб қоламан! 🤲 АЛЛОҲИМ, ШУНДАЙ УЛУҒ КУНИДА, Бизларни, Ота-Оналаримизни, Фарзандларимизни, Аёлларимизни, Дўстларимизни ва Барча яқинларимизни ДЎЗАХДАН ОЗОД ҚИЛ! Амийн!🤲 NAMOZ VAQTLARI KANALI 👇🏽 https://t.me/+RTXeCLAxz2CqNsbt
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2668.MP46.75 MB
🥰 2👍 1 1 1🔥 1👏 1🎉 1🕊 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌙 ҚУРБОН ҲАЙИТИ НАМОЗИНИ ЎҚИШ ВАҚТЛАРИ
🕌 Юртимиздаги жоме масжидларда 2024 йил 16 июнь якшанба куни Қурбон ҳайити намози ўқилади. Унга кўра, Тошкент шаҳридаги жоме масжидларда эрталаб соат 05:10 да Қурбон ҳайити намози ўқилади.
🟢Андижон 05:00 🟠Наманган 05:00 🟢Фарғона 05:00 🟠Тошкент ш. 05:10 🟢Тошкент в. 05:15 🟠Сирдарё 05:15 🟢Жиззах 05:15 🟠Самарқанд 05:20 🟢Сурхондарё 05:20 🟠Қашқадарё 05:25 🟢Навоий 05:25 🟠Бухоро 05:30 🟢Хоразм 05:45 🟠Қорақалпоғистон Рес. 05:50 ☝️Ушбу жадвалда кўрсатилган вақтлар қуёш чиққанидан кейин 15-20 дақиқалик фарқни инобатга олиб белгиланди. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати NAMOZ VAQTLARI KANALI 👇🏽 https://t.me/+RTXeCLAxz2CqNsbt
Hammasini ko'rsatish...
8👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
ОТМга кириш тест синовлари 14-28 июл кунлари ўтказилади 1-25 июл кунлари ижодий имтиҳонлар, 14-28 июл кунлари тест синовлари ўтказилиши режалаштирилган. Абитуриентлар ижодий имтиҳонда тўплаган баллни ўша куннинг ўзида, тестда тўплаган баллни эртасига билиши мумкин бўлади. 👉 https://kun.uz/kr/26798105 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1🔥 1🥰 1👏 1🎉 1🕊 1💯 1
‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor #abituriyent 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi. 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Fanlar majmuasi 2024-2025 (yangilangan).pdf5.46 KB
👍 4 1 1🔥 1🥰 1👏 1🕊 1💯 1
❓Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi? ✅ JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. ✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI; ❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi); ❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1 1🔥 1🥰 1👏 1🎉 1🕊 1💯 1🤝 1
⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi
Hammasini ko'rsatish...
9🤝 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
📥 @Xsosbot orqali yuklab olindi — sevimli musiqangizni oson toping!
Hammasini ko'rsatish...
An_7yTuHJ5oUGAmz_DL3lRg57q58x8xtRCkIoxIjL0S98UkTySaSAtC72mqzYRT.mp43.94 MB
🔥 2 1 1👍 1 1🥰 1👏 1🕊 1💯 1🤝 1
Repost from Xushnudbek.uz
04:57
Video unavailableShow in Telegram
‼️Qabul ochildi #abituriyent Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ro'yxatda o'tish jarayonini videoda tushuntirib berganman. Muhim joylari: ➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos; ➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi; ➖ Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas; ➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi; ➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi; ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6689.MP425.75 MB
👍 4👏 2🕊 2💯 2 1 1🔥 1🥰 1🤝 1
‼️Bugun qabul boshlanadi #abituriyent Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, ertalab ochilib qolsa kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1 1🥰 1👏 1😁 1💯 1🤝 1
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazidan tuzatish va uzrnoma "Hurmatli yurtdoshlar! 2024-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan "KRIPTOVALYUTALAR SAVDOSI JOIZMI?" degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini ma’lum qilamiz. Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o‘rinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz. Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta e’tiboringizga havola qilinishini ma’lum qilamiz. Alloh taolo barchamizga rushdu hidoyat bersin", - deyiladi bayonotda.
Hammasini ko'rsatish...
FATVO.UZ

ТУЗАТИШ ВА УЗРНОМА  Ҳурматли юртдошлар! 2024 йил 3 июнь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги Фатво маркази томонидан "КРИПТОВАЛЮТАЛАР САВДОСИ ЖОИЗМИ?" деган мавзуда савол-жавоб лойиҳаси техник сабабларга кўра, эҳтиётсизлик оқибатида ижтимоий тармоқларда эълон қилинганини маълум қиламиз. Фатво маркази директори Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари ва у кишининг ўринбосарлари муборак ҳаж сафарида экани, мазкур фатво лойиҳаси атрофидаги илмий-тадқиқот ишлари ҳали ниҳоясига етмагани ва шунингдек, замонавий масалаларни кенг қамровли ўрганиш ишлари олиб борилаётганини билдирамиз. Сиз азизлардан узр сўраган ҳолда ушбу фатво устидаги илмий тадқиқотларни ниҳоясига етказиб, қайта эътиборингизга ҳавола қилинишини маълум қиламиз. Аллоҳ таоло барчамизга рушду ҳидоят берсин. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази. 🗣 Fatvo.uz GA OBUNA BO'LING ✅

👍 3 1 1🔥 1🥰 1👏 1😁 1😢 1🎉 1🕊 1💯 1