uz
Feedback
Dinara | Nemis tili 🇩🇪

Dinara | Nemis tili 🇩🇪

Kanalga Telegram’da o‘tish

Gapiring. His qiling. O‘sing. 🌱 • 3 yillik muallima • Nemis tilidagi 13 yillik hayotim • 300+ o’quvchining ustozi Kursga yozilish: @deutschmax_admin Real natijalar: @ZertifikatNatijalar Study kanalim: @DinaraStudyBlog

Ko'proq ko'rsatish
8 332
Obunachilar
-1924 soatlar
-397 kun
+32830 kun
Postlar arxiv
Aytgancha, bugun 🔠1️⃣ kurs boshlanadi 💚45 kun boʻladi 💚Haftada 3/6 kun dars 💚Kechqurun 20 00dan 22 00gacha 💚500 ming Qolib ketishni xoxlamayotganlar, toʻlov qilib kursga qoʻshilib olselar boʻladi. 💳 Karta: "5614681215695630" Dinara Botirova — Yana savollaringiz bo‘lsa, bemalol yozing. Imkon qadar barchasiga javob beraman. @deutschmax_admin

🇩🇪 SCHREIBEN & SPRECHEN UCHUN SHABLONLAR
Sizlarga Schreiben va Sprechen’da ishlatish uchun tayyorlagan shablonlar (Redemittel) to‘plamini jo‘natyapman. Fayl orqali fikringizni nemis tilida aniq, tartibli va chiroyli ifodalash uchun kerakli iboralar bilan tanishishingiz mumkin.
Saqlab qo‘ying, Sprechen va Schreiben’da bu shablonlardan juda ko‘p foydalanasiz. Ayniqsa, imtihonga tayyorgarlikda juda qo‘l keladi. @DinaraDeutsch

Lekin yana bitta muhim jarayonni hisobga olish kerak👇
Sprechen va Schreiben uchun shablonlarni shunchaki yodlab olish yetarli emas. Ularni qaysi vaziyatda va qanday davom ettirishni ham bilish kerak.
Masalan: ❌ Meiner Meinung nach … — deb yodlab olib, keyin gapni qanday davom ettirishni bilmaslik. ✅ Meiner Meinung nach ist diese Möglichkeit sehr praktisch. — Menimcha, bu imkoniyat juda qulay. ❌ Ein weiterer Vorteil ist … — deb to‘xtab qolish. ✅ Ein weiterer Vorteil ist, dass man viel Zeit sparen kann. — Yana bir afzalligi shundaki, ko‘p vaqtni tejash mumkin. 💚 Sprechen’da: 💚 Meiner Meinung nach … 💚 Meiner Meinung nach ist Sport sehr wichtig. 💚 Schreiben’da: 💚 Allerdings muss man berücksichtigen, dass … 💚 Allerdings muss man berücksichtigen, dass nicht jeder genug Zeit dafür hat.
Shuning uchun shablonlarni o‘rganganingizda, ularni tayyor gap sifatida emas, balki fikringizni ifodalashga yordam beradigan qolip sifatida o‘rganing.
Masalan: 💚 Meiner Meinung nach … 💚 Ein weiterer Vorteil ist, dass … 💚 Allerdings muss man berücksichtigen, dass … 💚 Zusammenfassend lässt sich sagen, dass …
❗️ Shablon + o‘z fikringiz = kuchliroq Sprechen va Schreiben — Hammasi tushunarli bo‘ldimi? Agar tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, "🔥" bosib qo‘ying. Tushunarsiz joyi bo‘lsa, bemalol kommentariyada so‘rashingiz mumkin. — 22:00da esa sizlarga Sprechen va Schreiben’da eng ko‘p ishlatiladigan shablonlar ro‘yxatini jo‘nataman 🙂 @DinaraDeutsch

🇩🇪 SPRECHEN VA SCHREIBENDA SHABLONLAR O‘ZI NIMAGA KERAK?
Nemis tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, Sprechen yoki Schreiben qilayotganda quyidagi kabi iboralarni juda ko‘p uchratgansiz: 💚 Meiner Meinung nach … 💚 Ich bin der Meinung, dass … 💚 Ein weiterer wichtiger Punkt ist … 💚 Zusammenfassend lässt sich sagen, dass …
❓ Lekin savol: “Nega Sprechen va Schreiben’da bunday shablonlardan foydalanish kerak?” ❗️ Shablonlar fikrimizni aniq, tartibli va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashimizga yordam beradi. Masalan: ❌ Ich finde das gut. Es gibt viele Vorteile. ✅ Meiner Meinung nach bietet diese Möglichkeit viele Vorteile. ❌ Ich habe noch einen Punkt. ✅ Ein weiterer wichtiger Punkt ist, dass … ❌ Das ist meine Meinung. ✅ Zusammenfassend lässt sich sagen, dass …
Shablonlarning eng katta foydasi har safar gapni noldan o‘ylab o‘tirmaysiz. Siz tayyor konstruksiyaga o‘z fikringizni qo‘shasiz.
Masalan: 💚 Meiner Meinung nach ist … 💚Meiner Meinung nach ist Homeoffice sehr praktisch. 💚 Ein weiterer Vorteil ist, dass … 💚 Ein weiterer Vorteil ist, dass man Zeit spart. 💚 Allerdings muss man berücksichtigen, dass … 💚 Allerdings muss man berücksichtigen, dass nicht jeder zu Hause konzentriert arbeiten kann.
Shuning uchun yangi shablonlarni o‘rganganingizda, ularni o‘z misollaringiz bilan ishlatib ko‘ring.
Post davomida yozgan shablonlarimni oʻzbek tiliga tarjima qiling. Kommentariyada yozib qoldiring. Balki boshqalarga ham foydasi tegib qolar 💚 @DinaraDeutsch

Kuz kelganini sizlaram his qilyapsilarmi 🍂

🇩🇪 SPRECHENDA SHABLONLAR O‘ZI NIMAGA KERAK?
Nemis tilida gapirish yoki Schreiben qilayotganda ba’zida fikrimiz bor, lekin uni nemis tilida qanday boshlashni bilmay qolamiz. Shunday vaziyatlarda tayyor Redemittel va shablonlar juda qo‘l keladi.
💚 Meiner Meinung nach … 💚 Ein weiterer wichtiger Punkt ist … 💚 Ich bin der Meinung, dass … 💚 Zusammenfassend lässt sich sagen, dass … ❓ Lekin shablonlarni shunchaki yodlab olishning o‘zi yetarlimi? ❓ Sprechen va Schreiben’da shablonlardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish kerak?Javobingizni kommentariyada yozib qoldiring. Keyin men o‘zimning variantimni aytaman. 😉 @DinaraDeutsch

🇩🇪 BUGUNGI MAVZU: ARTIKELLAR 🔠🔠🔠 🔠🔠🔠 🔠🔠🔠
Bugun der/die/das/ein/eine nima ekanini va ularning Kasus (kelishik) bo‘yicha qanday o‘zgarishini o‘rganamiz.
Bu mavzu nemis tilining eng muhim grammatik mavzularidan biri. Yaxshi tushunib olsangiz, keyingi mavzular sizga ancha osonlashadi. — Fayl bilan to'liq tanishib, dars haqida fikrlaringizni komentariyada qoldiring 🥰 @DinaraDeutsch

Lekin yana bitta muhim jarayonni hisobga olish kerak👇
Aniq artikllar gapdagi vazifasiga qarab o‘zgaradi. Ya’ni der, die, das har doim bir xil shaklda qolmaydi.
Masalan: 🗣️ Der Mann ist nett. — Erkak mehribon. 🗣️ Ich sehe den Mann. — Men erkakni ko‘ryapman. 🗣️ Ich helfe dem Mann. — Men erkakka yordam beraman. Bu yerda der Mann gapda turli vazifada kelgani uchun artikl ham o‘zgaryapti: 💚 der → den → dem Yana: 🗣️ Die Frau ist nett. — Ayol mehribon. 🗣️ Ich sehe die Frau. — Men ayolni ko‘ryapman. 🗣️ Ich helfe der Frau. — Men ayolga yordam beraman. Bu yerda: 💚 die → die → der Das Kind bilan esa: 🗣️ Das Kind spielt. — Bola o‘ynayapti. 🗣️ Ich sehe das Kind. — Men bolani ko‘ryapman. 🗣️ Ich helfe dem Kind. — Men bolaga yordam beraman. 💚 das → das → dem Shuning uchun artikllarni faqat der = ..., die = ..., das = ... deb yodlab qolish yetarli emas. Ularning Akkusativ va Dativdagi shakllarini ham bilish kerak. — Hammasi tushunarli bo‘ldimi? Agar tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, "🔥" bosib qo‘ying. Tushunarsiz joyi bo‘lsa, bemalol kommentariyada so‘rashingiz mumkin. — 22:00da esa sizlarga der, die, das ning Akkusativ va Dativdagi shakllarini oson yodlab olish uchun jadval va misollarni jo‘nataman 💚 @DinaraDeutsch

🇩🇪 ANIQ ARTIKLLAR O‘ZI NIMAGA KERAK?
Nemis tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, der, die, das kabi aniq artikllarni juda ko‘p uchratgansiz: 💚 der Tisch 💚 die Lampe 💚 das Buch 💚 der Lehrer 💚 die Schule
❓Lekin savol: “Nega bu otlarning oldidan der, die, das kerak?” ❗️Aniq artikl otning ma’lum, aniq yoki oldindan ma’lum bo‘lgan narsa/shaxs ekanini bildiradi. Masalan: ein Tisch — bir stol der Tisch — o‘sha stol / ma’lum stol eine Lampe — bir chiroq die Lampe — o‘sha chiroq / ma’lum chiroq ein Buch — bir kitob das Buch — o‘sha kitob / ma’lum kitob
❓Lekin qachon der, qachon die, qachon das bo‘ladi? 💚 der — maskulin otlar bilan 💚 die — feminin otlar bilan 💚 das — neytral otlar bilan
Buni aniqlashning eng oson usullaridan biri — so‘zning oxirgi qo‘shimchasiga qarash. Chunki ayrim qo‘shimchalar so‘zning artiklini aniqlashga yordam beradi. Masalan: 💚 -ung → die die Zeitung, die Wohnung 💚 -heit → die die Freiheit, die Gesundheit 💚 -keit → die die Möglichkeit, die Freundlichkeit 💚 -chen → das das Mädchen, das Häuschen 💚 -lein → das das Büchlein, das Fräulein 💚 -er → ko‘pincha der der Lehrer, der Fahrer ⚠️ Lekin bu qoida 100% emas. Istisnolar ham bor. Shuning uchun yangi so‘zlarni artikli bilan birga yodlash eng to‘g‘ri usul: ❌ Tisch — stol ✅ der Tisch — stol — Siz der, die, das ni aniqlashda yana qanday qoidalarni bilasiz? Kommentariyada bilganlaringizni yozib qoldiring 💚 @DinaraDeutsch

🇩🇪 ANİQ ARTIKLLI SO‘ZLAR O‘ZI NIMAGA KERAK? 🤔
Nemis tilida aniq artiklli so‘zlarni juda ko‘p ko‘ramiz: 💚 der Tisch 💚 die Lampe 💚 das Buch 💚 die Schule 💚 der Lehrer
❓ Lekin nega nemis tilida otlarning oldidan der, die, das kabi artikllar keladi? ❓ Qachon der, qachon die, qachon das ishlatiladi? — Javobingizni kommentariyada yozib qoldiring. Keyin men o‘zimning variantimni aytaman. 😉 @DinaraDeutsch

A1, A2, B1 kurslarga toʻlov qilgan oʻquvchilar @deutschmax_admin ga yozib yubora olasizlarmi, iltimos ☺️

Uje birinchi fikrlarni oldik. — Oʻzimga oʻxshab oʻquvchilarim ham uxlamagan hali 😬
+1
Uje birinchi fikrlarni oldik. — Oʻzimga oʻxshab oʻquvchilarim ham uxlamagan hali 😬

Hamma kurslarga qoʻshgan yangiligimiz haqida bilishni istasangiz Marhamat, eshitish uchun bosing!

🇩🇪 Ajraladigan old qo‘shimchali fe’llar
Sizlarga ajraladigan old qo‘shimchali fe’llar (trennbare Verben) ro‘yxatini jo‘natyapman. Fayl orqali A1 darajadan boshlab ajraladigan fe’llar bilan tanishib, ularni yodlab olishingiz mumkin.
 — Saqlab qo‘ying, nemis tilida gapirish va yozishda bu fe’llar juda ko‘p ishlatiladi. @DinaraDeutsch

Eng qizigʻi hammasi individual

A1 guruhda 20ta oʻquvchi dars olyapti ekan, bugun sanab chiqsam 🫠

Aytgancha, kursga toʻlov qilgan oʻquvchilarga bugun dars jadvali va materiallarni tashlab beraman Hoziram darsdamande, shunga kech joʻnatyapman 😎

Lekin yana bitta muhim jarayonni hisobga olish kerak👇
Ajraladigan old qo‘shimchali fe’llar modal fe’llar bilan kelganda, old qo‘shimcha alohida ajralmaydi. Ular gap oxirida butun fe’l holida keladi.
Masalan: ❌ Ich muss jeden Morgen auf. ✅ Ich muss jeden Morgen aufstehen. — Men har kuni ertalab turishim kerak. ❌ Ich kann meine Mutter an. ✅ Ich kann meine Mutter anrufen. — Men onamga qo‘ng‘iroq qila olaman. ❌ Wir wollen heute ein. ✅ Wir wollen heute einkaufen. — Biz bugun xarid qilmoqchimiz. 💡 Oddiy gapda: Ich stehe um 7 Uhr auf. — Men soat 7 da turaman. 💡 Modal fe’l bilan: Ich muss um 7 Uhr aufstehen. — Men soat 7 da turishim kerak.
Shuning uchun modal fe’lni ko‘rganingizda, ajraladigan fe’lning old qo‘shimchasini alohida ajratib yubormang. Fe’l infinitiv shaklida gap oxirida qoladi. Masalan: 💚 aufstehen → muss aufstehen 💚 anrufen → kann anrufen 💚 einkaufen → will einkaufen 💚 mitkommen → darf mitkommen
Hammasi tushunarli bo‘ldimi? Agar tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, "🔥" bosib qo‘ying. Tushunarsiz joyi bo‘lsa, bemalol kommentariyada so‘rashingiz mumkin. — 22:00da esa sizlarga eng ko‘p ishlatiladigan ajraladigan old qo‘shimchali fe’llar ro‘yxatini jo‘nataman 💚 @DinaraDeutsch

🇩🇪 AJRALADIGAN OLD QO‘SHIMCHALAR O‘ZI NIMAGA KERAK?
Nemis tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, auf-, an-, ein-, mit-, aus- kabi old qo‘shimchalarni juda ko‘p uchratgansiz: 💚 aufstehen 💚 anrufen 💚 einkaufen 💚 mitkommen 💚 ausgehen
❓Lekin savol: “Nega bu fe’llarga old qo‘shimcha kerak?” ❗️Old qo‘shimcha fe’lga qo‘shilib, uning ma’nosini o‘zgartiradi yoki unga yangi ma’no beradi. Masalan: stehen — turmoq aufstehen — o‘rnidan turmoq rufen — chaqirmoq anrufen — qo‘ng‘iroq qilmoq kaufen — sotib olmoq einkaufen — xarid qilmoq gehen — bormoq ausgehen — tashqariga chiqmoq Ya’ni: 💚 auf + stehen = aufstehen 💚 an + rufen = anrufen 💚 ein + kaufen = einkaufen
Lekin yana bitta muhim jihati bor👇 Bu old qo‘shimchalar ajraladigan bo‘lsa, oddiy gapda fe’ldan ajralib, gapning oxiriga o‘tadi: 🗣️ Ich stehe jeden Morgen um 7 Uhr auf. — Men har kuni ertalab soat 7 da turaman. 🗣️ Ich rufe meine Mutter an. — Men onamga qo‘ng‘iroq qilaman. 🗣️ Wir kaufen heute ein. — Biz bugun xarid qilamiz.
Siz ajraladigan old qo‘shimchali qancha feʼlni bilasiz? Kommentariyada bilgan fe’llaringizni yozib qoldiring 💚 @DinaraDeutsch

Soat 21:33 Shu payt erkak kishiga telefon qilib, gaplashishimiz kerak ekan. Yoʻq, deganimga yozgan javobiga lekin, no comment
Soat 21:33 Shu payt erkak kishiga telefon qilib, gaplashishimiz kerak ekan. Yoʻq, deganimga yozgan javobiga lekin, no comment... ☹️ @DinaraDeutsch