Dinara | Nemis tili 🇩🇪
Открыть в Telegram
Gapiring. His qiling. O‘sing. 🌱 • 5 yillik muallima • Nemis tilidagi 13 yillik hayotim • 1000+ o’quvchining ustozi Kursga yozilish: @deutschmax_admin Real natijalar: @ZertifikatNatijalar Study kanalim: @DinaraStudyBlog
Больше8 616
Подписчики
+224 часа
+1457 дней
+38830 дней
Архив постов
Imtixondan oldin kerak bo'ladigan iboralar 🔥
Da stimme ich dir zu.
💚 Bunga qo’shilaman.Suhbatdoshingiz fikr aytdi, siz esa rozisiz. Nima deyishni bilmasdan faqat “Ja, ja” deb turavermasdan bu iborani ishlatsangiz, nuqtingiz ravon chiqadi. Rasmiy holatda dir o'rniga Ihnen ishlatiladi. Da stimme ich Ihnen zu.
✏️ Da stimme ich dir völlig zu. — Bunga to’liq qo’shilaman. ✏️ Da stimme ich Ihnen zu, das ist ein wichtiger Punkt. — Bunga qo’shilaman, bu muhim nuqta.— Izohda bu ibora bilan gap tuzib keting 💚 @DinaraDeutsch
Nihoyat oʻzim uchun rejani yozib chiqishga vaqt boʻldi 🙂
— Buni endi chiroyli ranglar bilan bezatish kerak.
@DinaraDeutsch
Pochtadan qaytyapman 📦
Agar hali kitob uchun to‘lov qilmaganlar bo‘lsa, hozir amalga oshirishingiz mumkin. Kitobingizni bugungi jo‘natmaga qoʻshib yuborib qo‘yaman. 1 kunda yetib boradi.— Faqat bir narsani eslatib o‘taman: kechroq to‘lov qilganlarning kitoblari ham keyingi joʻnatmalar yigʻilguncha, yetib borishi 3, 4 kunga choʻziladi. Shuning uchun imkon qadar bugun to‘lov qilib yuboring. @DinaraDeutsch
+1
Kitoblarmi? Ha-a! 😍❤️
Kitoblarimiz keldi! Nihoyat, o‘z qo‘lim bilan yaratgan, mualliflik kitobimni qo‘limda ushlab turibman 😎Bu mening shaxsiy Schreiben kitobim! — 😍 Ichini sizlarga ham ko‘rsatayinmi?
Hayrli, hayrli tong! 🌧️
Bugun havo rosa yomg‘ir yog‘adigan, salqin va bulutli ko‘rinyapti. Shunday ekan, ob-havoga oid nemischa so‘zlarni yodlab qo‘ymaymizmi? 🥰 Bugungi lug‘atimiz: 🤩das Wetter — ob-havo 🤩 der Regen — yomg‘ir 🤩 regnen — yomg‘ir yog‘moq 🤩 der Regentropfen — yomg‘ir tomchisi 🤩 der Regenschirm — soyabon 🤩 die Regenjacke — yomg‘irpo‘sh 🤩 die Wolke — bulut 🤩 bewölkt — bulutli 🤩 der Himmel — osmon 🤩 der Wind — shamol 🤩 windig — shamolli 🤩 kalt — sovuq 🤩 kühl — salqin 🤩 nass — ho‘l 🤩 trocken — quruq 🤩 das Gewitter — momaqaldiroqli bo‘ron 🤩 der Donner — momaqaldiroq 🤩 der Blitz — chaqmoq 🤩 der Nebel — tuman 🤩 die Pfütze — ko‘lmak 🤩 der Regenbogen — kamalak
Foydali iboralar:➡️ Es regnet. — Yomg‘ir yog‘yapti. ➡️ Es regnet in Strömen. — Yomg‘ir sharros quyayapti. ➡️ Der Himmel ist bewölkt. — Osmon bulutli. ➡️ Es ist ziemlich kalt. — Havo ancha sovuq. ➡️ Vergiss deinen Regenschirm nicht! — Soyaboningni unutma! — 🌦️ Sizda ob-havo qanday? Bugungi ob-havoga qarab, nemis tilida bitta-ikkita so‘z yoki iboralarni yozib qoldiring. @DinaraDeutsch
Hozirgacha toʻlov qilganlardan adress yigʻib chiqdim
Ertaga jo'natiladi kitoblar.
Dars
Seshanba
Payshanba
Shanba
Sabr qilinglar, men bittaman siz yuzta.
— Hammaga sekin sekin javob berib, kursga qoʻshaman ☺️
A2 ni hali to‘liq tugatmagan bo‘lsam, B1 kursida qiynalib qolmaymanmi?
Oxirgi paytlarda aynan shu savolni ko‘p olyapman. Agar siz ham A2 darajangizda hali bo‘shliqlar bor deb hisoblasangiz, B1 boshlashga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bu kurs aynan siz uchun 🥰Kimlar uchun? 💚 A2+ darajadagilar; 💚 A2 ni tugatgan, lekin bilimlarini mustahkamlashni istaganlar; 💚 B1 ni endi boshlayotganlar; 💚 B1 darajasida o‘qiyotgan, ammo ayrim mavzularda qiynalayotganlar.
30 kun davomida nima qilamiz? ✅ A2 dagi muhim mavzularni takrorlab, bo‘shliqlarni to‘ldiramiz; ✅ B1 grammatikasini bosqichma-bosqich o‘rganamiz; ✅ Lug‘at boyligimizni kengaytiramiz; ✅ Sprechen ustida muntazam ishlaymiz.😎 Eng muhimi, darslarni jonli efirda shaxsan o‘zim olib boraman. — Qatnashmoqchi bo‘lsangiz, izohda «B1» deb yozib qoldiring. Batafsil ma’lumot yuboraman. ❗️ @DinaraDeutsch
A2+/B1 CHALLENGE UCHUN QABUL
Kursga qo‘shilish uchun qisqa muddatli qabul ochamiz. Iltimos, qatnashish niyatingiz bo‘lsa, bugunoq ro‘yxatdan o‘ting. Chunki men kitoblarni imkon qadar tezroq pochta orqali jo‘natishim kerak.Challenge'ga qo‘shilishdan oldin bir narsani kelishib olaylik
Iltimos, kursga haftasiga 6 kun shug‘ullanishga, har kuni lug‘at yodlashga va berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga tayyor bo‘lib qo‘shiling.💚 Kuratorimiz har kuni sizlardan vazifalarni so‘rab boradi. Lekin «Qani, bajardingizmi?» deb eslatishini kutib o‘tirmasdan, iltimos, so‘rashidan oldin vazifalaringizni bajarib, tayyor bo‘lib turing 🥰
Vaqtimiz juda qisqa. 30 kun qanday o‘tib ketganini sezmay ham qolasiz.— Men shu qisqa muddat ichida sizlarga imkon qadar ko‘proq bilim va foyda berishga harakat qilaman. Sizlardan ham shuni so‘rayman: mas'uliyat, intizom va muntazamlik. — 30 kunlik kurs narxi 260 ming. @deutschmax_admin ga murojaat qilsangiz, kurs haqida batafsil maʼlumotlarni berib boramiz ✅ @DinaraDeutsch
Darslar qanday tashkil qilinadi?
💚 Haftada 3 kun asosiy dars bo‘ladi, lekin haftasiga 6 kun nemis tiliga vaqt ajratishingiz kerak.
Sababi, 30 kun juda qisqa muddat. Shuning uchun natijaga erishish uchun muntazamlik va intizom muhim.💚 Challenge narxi: 260 000 so‘m. 💚 Bundan tashqari, o‘zim yozgan Schreiben kitobimni ham sovgʻa qilaman. Kitob ishtirokchilarga pochta orqali yuboriladi. @DinaraDeutsch
Assalomu alaykum ❤️
O‘qishga yetib keldim. Lichkaga yozgan xabarlaringizni ko‘rdim, bugun barchasiga javob beraman, nasib!Aytgancha, A2+/B1 daraja uchun 30 kunlik challenge'imizga bugundan boshlab ishtirokchilarni qo‘shishni boshlaymiz 🔥
Bu safar asosiy e’tiborimiz: — Lug‘at boyligini kengaytirish; — Sprechen ko‘nikmasini rivojlantirish; — Nemis tilida erkinroq fikr bildirish;Maqsadimiz shunchaki yangi so‘zlarni yodlash emas, ularni amalda ishlatishni ham o‘rganish ✅ — 30 kunlik chellenjeda qatnashayotgan bormi? @DinaraDeutsch
Mögen Sie auch Obstsalat?
Bugun nemis tilida mevalar va sevimli mevali salatimiz haqida gaplashamiz. Avval shu savolga javob bering: Mögen Sie Obstsalat? – Mevali salatni yoqtirasizmi?Endi quyidagi so‘zlarni yodlab olamiz: 🍎 der Apfel – olma 🍌 die Banane – banan 🍓 die Erdbeere – qulupnay 🍇 die Weintraube – uzum 🍊 die Orange – apelsin 🍐 die Birne – nok 🍍 die Ananas – ananas 🍉 die Wassermelone – tarvuz
Endi sizning navbatingiz! 👇🏻 1. Mögen Sie Obstsalat? 2. Welche Früchte essen Sie am liebsten? 3. Welche Früchte gehören in Ihren Obstsalat?— Javobingizni nemis tilida kommentariyada yozib qoldiring! ❤️ @DinaraDeutsch
Imtixondan oldin kerak bo'ladigan iboralar 🔥
Meiner Meinung nach ... 💚 Mening fikrimcha ...Fikr aytishning eng oddiy usuli. Bu iborani gapning boshida, fikrni aytishda ishlatish mumkin. Og'zaki nuqtda ham, yozma nuqtda ham qo'llasa bo'ladi.
✏️ Meiner Meinung nach sollte man jeden Tag Deutsch üben. — Fikrimcha, har kuni nemis tilini mashq qilish kerak. ✏️ Meiner Meinung nach ist Deutsch nicht so schwer. — Fikrimcha, nemis tili unchalik qiyin emas.— Izohda “Meiner Meinung nach ...” iborasi bilan ikkita gap tuzib keting 👇🏻 @DinaraDeutsch
Assalomu alaykum, hamma yaxshi dam oldimi?
Bugun universitetda bir kunni o‘zida ham nemis, ham ingliz tili bilan shug‘ullanyapmiz 🥲 Shunga sizlar bilan til o‘rganishga oid eng kerakli nemischa so‘zlarni ham yodlab ketaylik dedim💚 die Sprache lernen — til o‘rganmoq 💚 die Vokabeln lernen — so‘zlarni yodlamoq 💚 neue Wörter lernen — yangi so‘zlarni o‘rganmoq 💚 üben — mashq qilmoq 💚 wiederholen — takrorlamoq 💚 sich verbessern — o‘zini rivojlantirmoq 💚 fließend sprechen — ravon gapirmoq 💚 die Aussprache — talaffuz 💚 das Wörterbuch — lug‘at 💚 sich etwas merken — biror narsani eslab qolmoq 💚 etwas verstehen — biror narsani tushunmoq 💚 etwas erklären — biror narsani tushuntirmoq 💚 einen Fehler machen — xato qilmoq 💚 aus Fehlern lernen — xatolardan o‘rganmoq 💚 Fortschritte machen — rivojlanmoq, olg‘a siljimoq 💚 die Sprachkenntnisse verbessern — til bilimini yaxshilamoq — Bugun nechta yangi so‘z yodlab oldingiz 😎 @DinaraDeutsch
Anchadan beri sizlar bilan anonim suhbat qilmabmiz-a? 😊
Menga aytadigan yoki so‘raydigan gaplaringiz bo‘lsa, bemalol anonim tarzda yozib qoldiring. Savollaringizni kutaman!👇🏻 Anonim savol yuborish: http://t.me/voprosy?start=1mg6jgx
Eng kerakli imkoniyat! 🔥
Hozircha so‘zlarni kursdagi o‘quvchilarimiz yodlashi kerak bo‘lgan lug‘atlardan foydalanib qo‘shdik.Lekin siz o‘zingiz ham alohida so‘zlarni qo‘shib, ular orqali mashq qilishingiz mumkin. — Ya’ni, faqat tayyor lug‘atlar bilan cheklanib qolmaysiz. O‘zingizga kerakli so‘zlarni alohida ham qo‘shib, yodlash va takrorlash imkoniyatingiz bor. @DinaraDeutsch
Assalomu alaykum! ❤️
Bugun biroz mazam yo‘q. Lekin nemis tilini ham tashlab qo‘ygim kelmayapti. Bugun kasallik, holsizlik va o‘zini yomon his qilishga oid nemischa so‘zlarni takrorlab olamiz.🥀sich unwohl fühlen — o‘zini noxush his qilmoq 🥀sich schlecht fühlen — o‘zini yomon his qilmoq 🥀erschöpft sein — holdan toygan bo‘lmoq 🥀schwach sein — holsiz bo‘lmoq 🥀sich ausruhen — dam olmoq 🥀krank sein — kasal bo‘lmoq 🥀die Schmerzen — og‘riqlar 🥀Kopfschmerzen haben — boshi og‘rimoq 🥀Halsschmerzen haben — tomog‘i og‘rimoq 🥀Bauchschmerzen haben — qorni og‘rimoq 🥀stechende Schmerzen — sanchuvchi og‘riq 🥀Schwindel haben — boshi aylanmoq 🥀Übelkeit verspüren — ko‘ngli aynimoq 🥀Fieber haben — isitmasi chiqmoq 💚 einen Arzt aufsuchen — shifokorga murojaat qilmoq 💚 einen Termin vereinbaren — qabulga yozilmoq 💚 sich untersuchen lassen — tekshiruvdan o‘tmoq 💚 Medikamente einnehmen — dori qabul qilmoq 💚 sich behandeln lassen — davolanmoq 💚 ein Rezept bekommen — retsept olmoq — Buguncha shularni o‘rganib turamiz. O‘zingizni ehtiyot qiling, sog‘liq birinchi o‘rinda 😊
A2+ / B1 uchun 30 kunlik kurs 🇩🇪
Hozircha rejalarim shunaqa. Birinchi navbatda, lug‘at bazasini kengaytirish va Sprechen ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchiman.😎 Ya’ni, ko‘proq yangi so‘zlar o‘rganish, ularni gapirish jarayonida ishlatish va nemis tilida erkinroq fikr bildirish. — Hozircha asosiy maqsadlarim shular. Qolgan yangiliklarni asta-sekin bo‘lishaman. @DinaraDeutsch
